Охват к подписчикам
21,9%
ERR
Реакции к просмотрам
2,45%
258 на 27 постов
Пересылки к просмотрам
0,82%
86
Постов в день
2,9
всего 30
Где отзываются чаще
доля реакций к просмотрам- 10 авг.#hayotiy Yaqinda bir qizdan shunday xabar oldim: "Muxlisa, nimaga sizda hamma narsa darrov o‘xshaydi? Nimaga harakat qilsangiz, oxirida erishasiz? Menda esa hech narsa o‘xshamayapti. 5 oydan beri Toshkentga kelib ish qidiryapman, topolmayapman. Grantlarga topshiryapman — birortasi o‘xshamayapti. Chet elda o‘qish orzum ham armon bo'lib qoladigandek endi..." Menimcha, bu holatni juda ko‘pchiligimiz boshdan kechiramiz. Ayniqsa bakalavrni tugatganimizdan keyin. Universitetda hammasi aniq edi: o‘qiysan, imtihon topshirasan, kredit yig‘asan, diplom olasan. Keyin esa birdan hamma narsa noaniq bo‘lib qoladi. “Ish topishim kerak.” Qayerdan? “Magistraturaga topshirishim kerak.” Qayerga? “Chet elga chiqishim kerak.” Qanday? Va eng yomoni, sen biror narsani chin dildan xohlaysan, harakat qilasan, lekin natija kelmaydi. Bir marta. Ikki marta. O‘n marta. 20 yoshlar atrofida, universitetdan keyin hayotning keyingi bosqichiga o‘tishda ko‘pchilik boshdan kechiradigan noaniqlikni ko‘pincha quarter-life crisis deb atashadi. Bu davrda odam nafaqat ish yoki o‘qish haqida, balki “men aslida nima qilmoqchiman?”, “hayotim qayerga ketyapti?”, “boshqalar mendan oldinda ketib qolmadimi?” degan savollar bilan ham kurashadi. Shundan so'ng social comparison, ya'ni o'z hayotini boshqalarniki bilan solishtirish boshlanadi. Katta ehtimol instagramdagi videolar orqali ko'pchilikda shunday holatga sabab bo'lganman. Grantlar, sayohatlar, baxtli hayot, doimo xursandchilik... Lekin biz doim winnerni finish chizig'idagina ko'ramiz. Men ham juda ko‘p joylardan rad javobi olganman. Men ham “balki bu safar ham bo‘lmas” degan paytlarni boshdan kechirganman. Siz mening bitta yutug'imni ko'rasiz, lekin o'nta mag'lubiyatimni emas. Hatto pul topishim kerak bo‘lgan bir paytimda IELTS'dan 7.5 olgan bo‘lsam ham, 30 ga yaqin o‘quv markaziga ishga topshirganman. Va o‘tolmaganman. 30 ta. Tasavvur qiling. Men pul topishim kerak edi. Ishlashim kerak edi. Lekin hech qayerga kira olmayotgandim. Bugun esa o‘sha vaqtni eslab, “yaxshiyam o‘sha paytda ishga joylashib ketmagan ekanman” deb o‘ylayman. Chunki agar o‘sha paytda biror o‘quv markaziga ishga kirib, o‘sha hayotimda qolib ketganimda, ehtimol bugungi hayotimni yashamayotgan bo‘lardim. Balki O‘zbekistondan ham chiqolmay qolgan bo‘lardim. Balki bugun men uchun oddiy bo‘lib qolgan ba’zi narsalar umuman sodir bo‘lmagan bo‘lardi. O‘sha paytda esa men buni bilmasdim. Men faqat “nega hech narsa o‘xshamayapti?” deb o‘ylardim. Keyin hayotimda hech narsa o‘xshamayotgan bir davrda bitta narsani o‘zgartirdim. Niyatimni. “Men albatta mana shu ishga kirishim kerak” degan fikrdan chiqib, “menda hozir nima bor va men shu narsalar bilan nima qila olaman?” deb o‘ylay boshladim. Men “amallar niyatlarga bog‘liq” degan tushunchaga juda qattiq ishonganman. Lekin bu faqat yaxshi niyat qilib, hech narsa qilmaslik degani emas. Aksincha. Niyatni to‘g‘rilab, keyin qo‘lingizdagi imkoniyat bilan harakat qilish. Men o‘sha paytda o‘zimda bor narsalarni sanab chiqdim. Til bilaman. Telefonim bor. Internetim bor. Ingliz tilidan bilimim bor. Demak, men uchun yagona yo‘l o‘quv markaziga ishga kirish emas ekan. Kanallarga e’lon joylab, ingliz tilidan online dars bera boshladim. Va qiziq tomoni… O‘sha paytda o‘quv markazida olsam bo‘ladigan oylikdan ham ko‘proq pul topa boshladim. Keyin shu pulni yig‘ib, birinchi exchange dasturim uchun Polshaga ketdim. Agar o‘sha paytda “30 ta joyga topshirdim, o‘tolmadim, demak men hech narsaga qodir emasman” deb o‘tirib qolganimda-chi?9,56%
- 10 авг.Negadir uzuuuun post yozsam baribir hech kim o’qimaydi degan xayolga kelaveraman 😅 Media zamonida miyamiz qisqa -qisqa videolarga, postlarga o’rganib qolgan. Qisqa qilib aytsam, agar siz hozir o’zingizni “bir joyda qotib qolganman, hech narsam o’xshamayapti” deb siqilib yurgan bo’lsangiz bu post siz uchun 🤍7,61%
- 10 авг.Shuning uchun hozir menga yozayotgan qizga ham, ayni paytda hayotida “hech narsa o‘xshamayapti” deb o‘ylayotgan har bir insonga ham bitta narsani aytmoqchiman: Balki sizning muammoingiz qobiliyatingiz yo‘qligida emasdir. Balki siz faqat bitta eshikni taqillatishda davom etayotgandirsiz. Siz ish qidiryapsiz. Lekin balki o‘zingiz ish yaratishingiz mumkindir? Siz grant kutyapsiz. Lekin balki hozircha boshqa bir yo‘l orqali o‘zingizni kuchaytirishingiz mumkindir? Siz chet elga chiqishni xohlaysiz. Lekin balki aynan hozirgi rad javoblari sizni keyingi imkoniyatingizga tayyorlayotgandir? Men “hamma narsaga harakat qilsangiz, albatta erishasiz” demoqchi emasman. Hayot buncha oddiy emas. Ba’zan juda ko‘p harakat qilasiz va baribir o‘xshamaydi. Ba’zan siz xohlagan narsa umuman sodir bo‘lmaydi. Lekin bu — hayotingiz tugadi degani emas. Ba’zan biz “yo‘q” deb qabul qilayotgan narsa aslida “hozir emas” bo‘lishi mumkin. Ba’zan esa butunlay boshqa eshik ochilishi uchun birinchi eshik yopilishi kerak bo‘ladi. Allohning har bir ishida xayr borligiga ishonaman. Faqat o‘sha xayrni o‘sha paytda ko‘ra olmasligimiz mumkin.6,35%
- 12 авг.Kecha vebinarda ishtirok eta olmaganlar uchun 🫶🏻 Ushbu video orqali siz: - maktabda o’qib turib qanday xalqaro maktablarga topshirish mumkinligi; - O’zbekistondagi bakalavr talabalari qanday xalqaro almashinuv dasturlarida qatnashish mumkinligi; - Bakalavrni chet elda o’qishda uchun grantlar; - 11 yillik/12 yillik ta’limni qabul qiladigan davlatlar; - Magistratura uchun 100% grant beradigan dasturlar/deadlinelar; - “Kuchli uchlik” hujjatlari (Essay, CV, Tavsiyanoma xatlari) qanday tayyorlanishi haqida bilib olishingiz Va boshqa savollaringizga javob olishingiz mumkin ☺️6,14%
- 11 авг.Barcha ishtirok etganlarga rahmat 💫3,86%
- 10 авг.Bu o’sha 3 yil avval “crisis” vaqtida umidsizlikning tubiga cho’kib ketgan Muxlisaning yozganlari 😅 Ba’zan hammasi tugamasdek, xuddiki hayotimiz doimo shunday davom etadigandek tuyulaveradi. Lekin hozir ko’ryapsizki, hammasi o’tkinchi. Dunyo ham ko’rdim, turmush ham qurdim, oilam bilan baxtli hayotim ham bor Alhamdulillah. Chiroyli niyat qilib shunga yarasha harakat qilsak va Allohdan eng xayrlisini so’rasak berishiga ishonaman 🤍3,83%
- 14 авг.без подписи3,82%
- 14 авг.без подписи3,74%
- 13 авг.Men boshlab yubordim 🤓 Shunchaki “bir kun topshiramanda” deb Saved messagesga yoki bir kishilik kanalchalaringizga tashlab qo’yishdan foyda yo’q azizlar 😁3,01%
- 10 авг.Biz vebinarga tayyormiz 🤩 Agar siz maktab o’quvchisi, bakalavr talabasi yoki universitet bitiruvchisi bo’lsangiz ushbu vebinar aynan siz uchun! Balki shu orqali o’z “baxt”ingizni topib ketarsiz 😅 Ishtirok etish mutlaqo TEKIN. Vebinar vaqtini birgalikda aniqlaymiz 👇🏻2,65%
- 3 авг.без подписи2,49%
- 7 авг.без подписи2,33%