Psixologiya siz uchun/ PSYCHOLOGY is for you
Статистика- Последний пост
- 1 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 63
- 1/48двое суток
- 72
- 1/72трое суток
- 77
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Kun maslahati Bitta yomon kayfiyat sabab butun hayotingiz haqida xulosa chiqarmang. Kayfiyat vaqtinchalik, ammo kayfiyat va qarorlar o’zgarishi mumkin. 🧠 Nozira
#Qadr Hayotga ozgina boshqacha nazar tashlashga yordam beradigan oddiygina savollar 😊 1. Dunyoning 5 ta eng boy kishilarini 2. "Dunyo go‘zali" tanlovining so‘nggi 5 ta g‘olibasini 3. "Teffi" mukofotining 5 lauretani 4. Nobel mukofotining 5 lauretini sanang. Eslolmadingizmi? Hechqisi yo‘q - buni ko‘pchilik eslamaydi. Qarsaklar bir kun to‘xtaydi. G‘oliblarni unutib yuborishadi. Endi esa boshqa savollar: 1. Og‘ir damlaringizda yoningizda bo‘lgan uchta do‘stingizni eslang. 2. Hozir ham minnatdorlik bilan yodga oladigan 3 ta muallimingizni esga oling. 3. Sizda iliq tuyg‘ular uyg‘ota olgan uch kishini yodga oling. 4. Sizni yaxshi ko‘radigan insonlarni eslang. Bunisi osonroq kechdi, to‘g‘rimi? Bu insonlar milliy reytinglardan o‘rin olmagan, xalqaro sovrinlar va mukofotlarga ega emas va dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida ham yo‘q. Lekin ular sizni qadrlashadi, yaxshi ko‘rishadi va siz uchun qayg‘urishadi. Shunday ekan, yonimizdagilarni qadrlab yashash eng muhimi emasmi?
“Insonning insonga nisbatan holati — hammaning hammaga qarshi urushidir.” (Lotincha: Bellum omnium contra omnes) Tomas Gobbs
18-bet sindromi: Nega ko‘pchilik mutolaani yarmida tashlab ketadi? Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, aksariyat kitobxonlar kitobning aynan 18-betiga kelganda qiziqishni yo‘qotib, mutolaani to‘xtatishar ekan. Nega aynan boshlanishida? Buning bir nechta sababi bor: “Isinish” jarayoni: Har qanday kitobning dastlabki sahifalari – bu muallif dunyosiga kirish. Ko‘pchilik bu bosqichdagi sekinlikka sabr qilolmaydi. Noto‘g‘ri tanlov: Biz ko‘pincha kitobni muqovasi yoki trendda bo‘lgani uchun tanlaymiz, lekin u bizning dunyoqarashimizga mos kelmasligi mumkin. Diqqat tarqoqligi: Zamonaviy texnologiyalar bizni qisqa va tezkor ma’lumotlarga o‘rgatib qo‘ydi. Uzun hikoyalar biz uchun "zerikarli" tuyula boshladi. Maslahat: Agar kitob 20-30 betdan keyin ham sizni o‘ziga tortmasa, uni majburlab o‘qimang. Lekin 18-betdagi “to‘siq”dan o‘tib olsangiz, sizni butunlay boshqa bir dunyo kutib turgan bo‘lishi mumkin! Sizda ham shunday bo‘ladimi? Kitobni oxirigacha o‘qishga nima majbur qiladi (yoki nima to‘sqinlik qiladi)?
без подписи
без подписи
"Darhaqiqat, ba'zida insonning «hayvoniy» shafqatsizligi haqida gapirishadi, ammo bu hayvonlarga nisbatan g'irt adolatsizlik va haqoratdir: hayvon hech qachon insonchalik shafqatsiz, uchalik san'atkorona, bunchalik ijodkorona shafqatsiz bo'la olmaydi." "Aka-uka Karamazovlar"
O'ylab ko'rib keyin qaror qiling, qaror qildingizmi - o'ylamang. Yapon maqoli
Men insonning yolg‘iz o‘zi qolishini hayotdagi eng katta yomonlik deb bilar edim. Biroq, endi bilsam, hayotdagi eng katta yomonlik insonning o‘zini yolg‘iz his etadigan qilib qo‘yadigan kishilar bilan birga yashashi ekan. «Hikmatlar – saodatga yetaklar» kitobidan
"Ba'zida o'zingizni bo'laklarga bo'lingandek his qilasiz... Ammo hayotni kaleydoskop deb tasavvur qilsangiz, eng ajoyib suratlar parchalar orasidan chiqadi".
Kimlardir hayotning alam-achchiqlaridan qutulish uchun uxlasa, kimlardir uxlaganda hayot uning ozor-aziyatlaridan qutuladi. «Hikmatlar – saodatga yetaklar» kitobidan
😔Kutganing kelmayaptimi, demak boshqasi keladi. Anglaginki: kutganing emas, kelgan Senga munosib...
Hamma narsani oxirini o'ylagan qahramon bo'lolmaydi
Insonlar 2 ga bo'linadi Ba'zilarga haqiqat ayon bo'ladi, ular o'zlari bilgan haqiqat asosida hayot kechirishadi Qolganlari esa haqiqatni tan olishmaydi, uni o'zgartirishga, yangi haqiqat kashf qilishga urinishadi
Xotirangizni g'am-anduhlar bilan to‘ldirib tashlamang, aks holda u yerda ajoyib lahzalar uchun joy qolmasligi mumkin.
💌 Kun maslahati Sevgiya loyiq bo‘lish uchun o‘zingizni haddan tashqari qulay qilib ko‘rsatishga urinmang. Sizni tashlab ketishmasin deb doim moslashaversangiz, asta-sekin o‘zingizni yo‘qota boshlaysiz. Sizga chin dildan kerak bo‘lgan inson esa sizdan o‘z shaxsiyatingizdan voz kechishni talab qilmaydi.
... qalbi haddan ortiq qayg‘ulardan zil-zambil og‘irlashganda yig‘lamaydi kishi. Indamas bo‘lib qoladi. Bor-u yo‘g‘ini ham payqamaysiz. Dostoyevskiy
Foydali ishni qilishni xohlagan kishi, qo'li bog'langan holda ham ko'p yaxshiliklar qila oladi
«Hayotda ko‘pchiligimiz omadsiz sifatida yo‘l bosib o‘tamiz, chunki biror arzirli narsani boshlash uchun doimo «qulay vaziyat»ni kutamiz. Kutmang. «Qulay» vaziyat hech qachon kelmaydi. Hoziroq boshlang, o‘zingizdagi bor imkoniyatlarni ishga soling, yaxshi imkoniyat esa harakatingiz davomida paydo bo’ladi
https://youtu.be/aHwYxcWwVg0?si=Ot6-NLGhIybWa4Lf