🌏 Nu'mon Nasrullayev | Blog
СтатистикаMarmara va Karabük universitetlari magistri, xalqaro turk tili oʻqituvchisi Nu'mon Nasrullayevning shaxsiy kanali. • Shaxsiy fikrlar • Tarjimalar • Oʻzbek tilini oʻzga til vakillariga oʻqitish (Til ta'limi) • Turkiyada taʼlim • Turk tili onlayn kursları
- Последний пост
- 15:13
- Последнее чтение
- 10:01
- Постов за неделю
- 7
- Всего постов
- 33
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 485
- 1/48двое суток
- 555
- 1/72трое суток
- 599
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
"Imtihon sanasini kutmasdan oldindan tayyorgarlik ko‘raveringlar" - deb atbedimaa!? 😂 Ana endi, may oyida boshlaganlar kirib bemalol sertifikatini olib chiqaversa bo‘ladi. Balki doktorantura uchun yana qo'shimcha imtihon qo'yilib qolar, bilib bo‘lmaydi. "Qachon imtohon sanasi e'lon qilinsa keyin tayyorlanaman" - deb qorinni qashlab yotmasdan hozirdan o‘zingiz xohlagan tilni o‘rganishni boshlanglanglar. Baribir yanvardan boshlab toki yozgacha imtohon bo'lishi aniq-ku!? Siz esa erining Rassiyadan kelishini kutayotgan kelinday yanvarni kutib o‘tirmay hozirdan "sossiq ko‘rpangizdan turingdagini" harakatni boshlang!😁 Masalan bugundan boshlang! "Bugun qayerdan topaman kursni" - deysizmi? Mana, mening darslarim soat 22:00'da boshlanyapdi! 😁 Sizga o'xshab mativatsiyaga to‘lib o‘tirgan tanishlariz boʻlsa, ularga ham shu postni yuborib qo‘yingchi, qolgani bir gap bo‘lardaa eee! Bu qandaydir taqiqlangan material emas-ku, oddiy foydali post bo‘lsa deymanda 😄 @NumonNasrullayev
Assalomu alaykum. Ba'zan oddiy bir rahmat ham, qilayotgan mehnatingiz besamar ketmayapti degandek tuyuladi. Alhamdulillah. Gulmira ustozga kattakon rahmat, lekin juda qattiq harakat qildilar o'zlari ham. "Ikkita bolam, ishim, uy-ro‘zg‘or, kamiga maktabda darsim bilan o‘qisam bo‘ladimi, eplay olamanmi?" - deganlarga qo‘limni bigiz qilib o'rnak bera oladigan o'quvchilardan biri - Gulmira ustoz... @NumonNasrullayev
"Soxta" C1 sertifikatlar ham ko‘payib kettiyey! Instagramda yaqinda bir video ko‘rib qoldim: bir turk tili ustozi chiqib, “O‘quvchim 2–3 oyda C1 oldi”, deb faxr bilan gapiribdi. Go‘yo “C1 olib bo‘lmaydi”, deganlarga javobdek: “Mana, ko‘rib qo‘yinglar!” degan kayfiyatda (Kimdir o‘sha videoni ko‘rgan bo‘lsa, iltimos, linkini shu yerga tashlab yuborsin). Aslida, menda ham 60 kunda C1 sertifikatini olgan o‘quvchi bor. Bu, albatta, katta natija. Lekin bir nozik jihati bor: sertifikatidagi darajasi C1 bo‘lsa-da, uning real tildagi bilimi B1 atrofida edi. Endi savol tug‘iladi: unda qanday qilib C1 oldi? Javob oddiy: ayrim o‘quvchilarning til o‘rganishga, ayniqsa turk tiliga moyilligi juda kuchli bo‘ladi. U tilni shunchaki “o‘qimaydi” — uni yashaydi. Qiziqib o‘qiydi, zavqlanib mashq qiladi, vaqt topsa dam olish o‘rniga yangi so‘z yodlaydi. Bunday insonlar uchun grammatika mavzusi ham serialning yangi qismidek qiziq tuyuladi. Shuning uchun ham ular qisqa muddatda juda yaxshi sertifikat natijasiga chiqishi mumkin. Balki shunday o‘quvchilar har bir ustozda bordir. Ammo bir narsani unutmaslik kerak: yuqori natijali sertifikat har doim ham aynan shu darajadagi real til bilimini anglatmaydi. Ba’zan ustozning o‘zi hali “Mehabaaaa!” bosqichidan endigina chiqayotgan bo‘ladi, o‘quvchi esa qo‘lida C1 sertifikat bilan turadi. Shunda beixtiyor o‘ylab qolasiz: bu yerda o‘quvchi o‘zinikimi yoki imtihon tizimi rasvomi? Endi tanganing ikkinchi tomoniga qaraylik: baholash tizimining shaffofligi va aniqligi qay darajada? Nega bunday deyapman? Chunki o‘z tajribamda buni ko‘p ko‘rganman. A1 darajasini tugatgan, A2 da o‘qiyotgan yoki B1 ga endigina o‘tgan ayrim o‘quvchilar imtihonga kirib, B1–B2 natija bilan chiqib kelishgan. Axir, ularga dars bergan ustoz sifatida men o‘quvchimning saviyasini bilaman-ku. Qaysi mavzuda erkin gapira olishini, qayerda so‘z topolmay qolishini, qaysi grammatikada qiynalishini ham yaxshi bilaman. Hatto bir safar o‘zimning ichki imtihonimdan o‘ta olmagan o‘quvchim milliy imtihondan B2 sertifikat olib kelganini ko‘rib, bir muddat nima deyishni ham, nima qilishni ham bilmay qolgandim. Men uni yiqitganim uchun aybdormanmi, u B2 olgani uchun kuchlimi yoki imtihon mezonlari biz o‘ylaganchalik qat’iy emasmi — savollar ko‘p edi. Sertifikat, albatta, muhim. U mehnat, maqsad va imkoniyat eshigini ochadigan hujjat bo‘lishi mumkin. Lekin sertifikat bilan real bilimni bir narsa deb qabul qilish har doim ham to‘g‘ri emas. Chunki qog‘ozdagi C1 bilan hayotdagi C1 orasida ba’zan katta farq bo‘ladi. Xulosa: 1. Qaysi darajadagi sertifikatni olish ko‘p jihatdan o‘z qo‘lingizda. Ilmga mehr, qiziqish va ishtiyoq bilan harakat qilsangiz, natija tezroq, osonroq va albatta shirinroq bo‘ladi. 2. Sertifikat olgan har bir o‘quvchi ham undagi darajaga real hayotda to‘liq loyiq, degani emas. Sertifikat — natija. Haqiqiy bilim esa gapirganda, tinglaganda, yozganda va tushunganda bilinadi. Bu mening firklarim. Xo'sh, siz nima deb o'ylaysiz? Bir tilni bilish sertifikat bilan o‘lchanadimi yoki haqiqiy bilim bilanmi? Izohlarda yozib qoldiring! @NumonNasrullayev
без подписи
Bugun O‘zbekistonda barcha noshudlar va ishga yaramaz boqimandalar aniqlanadigan kun! Assalomu alaykum! Bugun O'zbekistonda ko'pchilikning "taqdiri" hal bo‘ldi! O‘qishga kira olmagan qizlarning aksariyati erga tegadi, yigitlar esa ishlagani ketishadi eng kamida boshqa viloyatga. Men ham birinchi yil o'qishdan yiqilganimda o‘zimdan nafratlanib ketganman, go‘yo men ota-onamning ishonchini oqlay olmaydigan noshud birisidek ko‘rganman o‘zimni. Bir tirik zot kelib "Bu shunchaki bo'lishi mumkin jarayon. Birgina o‘qishga kira olmaganing uchun endi hayoting izidan chiqib, eng past odamga aylanib qolmaysan. Hali hayoting oldinda, endigina 18-19'ni qoralayotgan bolasan, bu degani sen yana ham yaxshirog‘iga loyiqsan. Hali 29 yoshga kirganingda bir emas uchta universitetda oʻqigan, sen orzu qilgan universitetda mutaxassis bo‘lib ishlayotgan bo‘lasan. Televizorda so‘laging oqib ko‘rib o‘tirgan o‘sha davlatlarni o‘z ko‘zlaring bilan ko‘rasan. Ko'rish bilan ish bitmaydi, o‘sha davlatlarning birida o‘zing orzu qilgan hayotni yashaysan. O‘zingni qo'lga ol" - demagan. Agar oralaringda kimningdir opasi, singlisi, akasi, ukasi, jiyani, tog‘asi, o'quvchisi va ustozi o'qishdan yiqilgan boʻlsa, bu hayot tugadi degani emas, hali hammasi oldinda. Agar siz o'sha gaplarni ayta olmasangiz, hech bo'lmasa, mana shu postni ularga yuborib qo‘ying. Siz yuborganingiz uchun mening kanalim odamga to‘lib ketishidan xavotirda bo‘lsangiz, aqalli o‘zingiz aytayotgandek qilib o‘qib bering. Va shularni ham qo'shimcha qilingki, "Siz birinchi sinovdan o‘tib olgandirsiz, balki. O‘shaning uchun o‘zingizni qo'lga olib, oldinga va orzularingizga qadam tashlashni to'xtatmang! Agar hech kim sizga ishonmayotgan bo‘lsa ham men sizlarga ishonaman. Siz o'qish uchun ilm istab harakat qilsangiz toki bu maqsadingiz millat, jamiyat va vatan uchun bo‘lsa, unda siz bilan yaqin kelajakda muvaffaqiyat hikoyalarining muallifi sifatida uchrashuvimiz yaqin! Olg'a abutirriqlar!". Anavi magistratura va doktoranturaga topshirmoqchi boʻlgan opa-singil, aka-uka, o'g'il-qiz-u ustozlaringizga aytib qo'ying likkilab yurmay turk tilini o‘rgansin 😁 @NumonNasrullayev
— Turk tilini qachon o‘rgandingiz? — 2026-yilda. — Nega aynan o‘shanda? — Chunki 2025-yilda “ertaga boshlayman” deb yurgandim. 😂 “Ertaga” degan kunning eng yomon tomoni — u hech qachon kelmaydi. 🇹🇷 Bugun boshlang! 🚨 A1 daraja — noldan yangi guruhga qabul boshlandi! 📅 Darslar: haftaning toq kunlari ⏰ 22:00–23:59'da 💻 Onlayn shaklda olib boriladi 🎁 Birinchi sinov darsi — MUTLAQO BEPUL! 📌 Darslar 17.08.2026 (Chorshanba) kuni soat 22:00'da boshlanadi. Darslarda shunchaki grammatika o‘rganib qolmaymiz. Tushunamiz, eshitamiz, gapiramiz va amalda qo‘llaymiz. 🌟 Chunki turk tilini bilish — shunchaki til bilish emas. Bu — yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va yangi hayot eshiklari. Bundan tashqari A2 va B1 darajadan biz bilan davom etishingiz mumkin. ❗️Guruhda joylar cheklangan. 😉 Kursga yozilish va bepul sinov darsida qatnashish uchun: 👉 @NUMONNASR manziliga murojaat qiling! Qolaversa, Karabük Üniversitesida o‘qish, stajirovka va malaka oshirish kurslari bo‘yicha ham yordam berishga tayyormiz 🤝 👉 @NumonNasrullayev Ertaga emas. Bugun boshlang! 🇹🇷
без подписи
Ustoz va akamiz Dilmurod aka köchyapdilar. Yordam qilyapmiz. Lekin suhbat "udar" kayfiyat "ming" bölyapdi. Yangi uyda osh yeyotganimizda ham post qöyaman hali nasib. 😁😊 @NumonNasrullayev
🌏 Nu'mon Nasrullayev | Blog pinned «— Turk tilini qachon o‘rgandingiz? — 2026-yilda. — Nega aynan o‘shanda? — Chunki 2025-yilda “ertaga boshlayman” deb yurgandim. 😂 “Ertaga” degan kunning eng yomon tomoni — u hech qachon kelmaydi. 🇹🇷 Bugun boshlang! 🚨 A1 daraja — noldan yangi guruhga qabul…»
🌏 Nu'mon Nasrullayev | Blog pinned «— Turk tilini qachon o‘rgandingiz? — 2026-yilda. — Nega aynan o‘shanda? — Chunki 2025-yilda “ertaga boshlayman” deb yurgandim. 😂 “Ertaga” degan kunning eng yomon tomoni — u hech qachon kelmaydi. 🇹🇷 Bugun boshlang! 🚨 A1 daraja — noldan yangi guruhga qabul…»
— Turk tilini qachon o‘rgandingiz? — 2026-yilda. — Nega aynan o‘shanda? — Chunki 2025-yilda “ertaga boshlayman” deb yurgandim. 😂 “Ertaga” degan kunning eng yomon tomoni — u hech qachon kelmaydi. 🇹🇷 Bugun boshlang! 🚨 A1 daraja — noldan yangi guruhga qabul boshlandi! 📅 Darslar: haftaning toq kunlari ⏰ 22:00–23:59'da 💻 Onlayn shaklda olib boriladi 🎁 Birinchi sinov darsi — MUTLAQO BEPUL! 📌 Darslar 17.08.2026 (Chorshanba) kuni soat 22:00'da boshlanadi. Darslarda shunchaki grammatika o‘rganib qolmaymiz. Tushunamiz, eshitamiz, gapiramiz va amalda qo‘llaymiz. 🌟 Chunki turk tilini bilish — shunchaki til bilish emas. Bu — yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va yangi hayot eshiklari. Bundan tashqari A2 va B1 darajadan biz bilan davom etishingiz mumkin. ❗️Guruhda joylar cheklangan. 😉 Kursga yozilish va bepul sinov darsida qatnashish uchun: 👉 @NUMONNASR manziliga murojaat qiling! Qolaversa, Karabük Üniversitesida o‘qish, stajirovka va malaka oshirish kurslari bo‘yicha ham yordam berishga tayyormiz 🤝 👉 @NumonNasrullayev Ertaga emas. Bugun boshlang! 🇹🇷
#tahrirsiz Airportdaman O‘zbekistondan kelgan do‘stlarimni kuzatib ayolimni kutib olgani keldim. Naqt 48 kun bo'lishdi O‘zbekistonda. Ertaroq qaytishmoqchi edi vaziyat to‘g‘ri kelmay qoldi. Ayolimni O'zbekistonda qishloqqa yubormadim chunki to'yimizdan keyin O'zbekistonga birinchi borishi edi. Dadam bilan onamni Toshkentga olib keldim va ular bilan birga oilaviy vaqt o'tkazishdi. Nega qishloqqa yubormadim!? 1. To'yimizdan keyin birinchi marta O'zbekistonga borishi edi, men bilan borsin qishloqqa dedim. Men katta to‘y qilib dang'illama qilishga qarshi bo'lganman va bazi qarindoshlarim va do'stlarim malomat ham qilishgan edi. Shuning uchun o‘zim birato'la borib "og‘zini yopaman" nasib. 2. Bazi "anakondalar" bor qishloqda ularning og‘ziga ayolimni yem qilishni xohlamadim. Ayolimning o‘zi ham ular bilan bas kela oladi albatta, lekin men turgan joyda ayolim mendan o'tib nimadir deyishga botinmaydi. Yo‘q joydan na ayolim, na anakondalar xafa bo'lishini istamadim. Bu holatni ko‘rib ota onam ham arosatda qolishlari aniq edi. 3. Burnini nafas olishdan boshqa hamma narsaga ishlatiganlarning oilam va meni yashash tarzimga, farzandimning tarbiyasiga kelib "tiqishlarini" xohlamadim. Menga hayot haqida falsafa o‘qiydiganlarning gapi cherez ayolim orqali yetib kelishini oldini olish uchun ham shunday qildim. Hali o'zim borsam hammasi yaxshi va yaxshilikka bo‘ladi Insha Alloh. Shunaqa gaplar! Xo'sh kim nima fikrda, to‘g‘ri qilganmanmi? @NumonNasrullayev
без подписи
Sukunat... Nega bundayman ona Sochlaring oqiga sababchi boʻlgan Nega bundayman ona Qoʻllaring qadoq, yuzingga ajinlar toʻlgan Nega bundayman ona Boshimga koʻtara olmasam Nega bundayman ona Qoshingda bir zum oʻtira olmasam Nega bundayman ona Dardlaring koʻp, dardinga sherik emasman Nega bundayman ona Oʻzimcha erkakman-u erik emasman Nega bundayman ona Hayotni "sevmasam-a!" tish tirnogʻim bilan Nega bundayman ona Yaxshilikda boʻsh oʻn barmogʻim bilan Nega bundayman ona Qilmadim, qila olmadim senga jon fido Nega bundayman ona Jamiyat, oila, mehrdan judo ❤️ 👍 ❤️🔥 🔥 P.S: Shoirlikga aslo davogar emasman. Karabük 22.10.2023 @NumonNasrullayev
Sukunat... Nega bundayman ona Serjahil, xudbin va johil Nega bundayman ona Beburt farzand boʻlim, beburt oʻgʻil Nega bundayman ona Qargʻishlar, ohlar bir dunyo Nega bundayman ona Tavba, namoz, zikrdan ayro Nega bundayman ona Yoʻlsiz, goʻyo dinsiz va izsiz Nega bundayman ona Ilmsiz, vatansiz va hissiz Nega bundayman ona Manzilim yoʻq, maqsadim yoʻq, yoʻqlikda yoʻq Nega bundayman ona Bir choʻgʻ mendan yaxshidir, bittagina choʻgʻ Nega bundayman ona Ogʻzing toʻlib maqtana olmaysan Nega bundayman ona Davrimda yayrab, yastana olmaysan Nega bundayman ona Oylardir boshi sajdaga tegmagan Nega bundayman ona Taomlar yeyman, sen bir bor yemagan Nega bundayman ona Ichi kirlashgan-u libosi toza Nega bundayman ona Olish istamasa kimsa andoza Nega bundayman ona Senga butun dardin tashlagan Nega bundayman ona Oddiy dunyo uchun koʻzing yoshlagan Nega bundayman ona... Davomi bor... 👍 ❤️ 😢 🔥 Karabük 26.09.2023 @NumonNasrullayev
Qo'shnilar bilan o‘tiribmiz. Oddiy, samimiy va ochiq ko‘ngilli odamlar. Ben ham bir "yorgunluk çayı" ichdim. Bekorga aytmagan ekan, "Uy olma qo‘shni ol" - deb. @NumonNasrullayev
без подписи
Assalomu aleykum. Hozirda qabullari ochiq bölgan guruhlarimiz: 📌A1 daraja (noldan)! 11.07.2026'da birinchi darsimiz boʻlib oʻtdi. Haftaning juft kunlari 22:00-23:59 oraligʻida darslari bo‘lib o'tmoqda. Bu guruhga asosiy o'quvchi sifatida 2'ta joy qoldi. 📌A2 daraja guruhimiz! 13.07.2026'da (ertaga) darslarimiz boshlanadi. Haftaning toq kunlari 20:00-22:00 oraligʻida darslari bo‘lib o'tadi. Bu guruhga asosiy o'quvchi sifatida 1'ta joy qoldi. ❗️A2 guruhiga o'quvchilar suhbat asosida imtihon qilib olinadi. Kursga yozilmoqchi boʻlsangiz @NUMONNASR manziliga yozishingiz mumkin! @NumonNasrullayev
Ikki oyoqni bir etikka tiqquncha, biroz oldinroq harakatni boshlagan yaxshiroq. 2026-yilning ikkinchi yarmidagi chet tili milliy sertifikat imtihonlari sanasi hali e’lon qilinmadi. Bu — imtihon bo‘lmaydi degani emas, balki hali vaqt bor degani. Magistratura va doktorantura haqida jiddiy o‘ylayotganlar esa allaqachon kitobni ochib, birinchi sahifani allaqachon varaqlab bo‘lgan. Endi bir misol: Imtihon sanasi chiqishini kutib yurgan odam — yomg‘ir boshlangandan keyin tom yopmoqchi bo‘lgan odamga o‘xshaydi. Natija aniq: ho‘l bo‘ladi. Oldindan tayyorgarlik ko‘rayotgan odam esa — hali quyosh chiqib turganda tomini ta’mirlayotgan odam. Yomg‘ir kelsa ham, xotirjam. Aytaylik, 2026-yil oxirigacha imtihon bo‘lmadi. 2027-yil yanvaridan yana boshlanadi. Demak, sizda kamida 5 oy vaqt bor. 5 oy — bu til o‘rganish uchun juda yaxshi muddat. Shoshilmay, bosqichma-bosqich, hatto zavqlanib o‘rganish mumkin. Turk tilining “sirli daryosi”dan qonib-qonib ichishga yetadi. Lekin boshqa bir toifa ham bor: 31-dekabr kuni soat 23:47 da yozadi — “Ustoz, ertaga imtihon, tezda sertifikat olishning iloji bormi?” Bu xuddi imtihonga bir kun qolganda alifboni yodlashga urinishga o‘xshaydi. Real hayotda bunaqa “mo‘jiza”lar bo‘lmaydi. Yana bir misol: Hozirgi issiqda ko‘chaga chiqishga hafsala yo‘q, to‘g‘ri. Gilosdan kampot yopildi, murabbo tayyor, yarim bankalar allaqachon sovutkichda saf tortib turibdi. Lekin o‘sha murabbolarni bemalol yeyish uchun ham avval o‘qishga kirish kerak. Aks holda, murabbo bor, lekin diplom yo‘q bo‘lib qoladi. Ochig‘ini aytganda, hozirdan boshlagan odam — keyin xotirjam kuladi. Kutib yurgan odam esa — oxirida yuguradi. Shuning uchun bugundan boshlang. Kamroq stress, ko‘proq natija. Agar kimda kim imtihonga bir hafta qolganda “sertifikat sotib olsa bo‘ladimi?” deb yozsa o‘sha gilos kampotning bonkasi boshiga tushib ketmasa rozimasman aytib qo‘yay 😁 @NumonNasrullayev
без подписи