OCHUN.UZ | Rasmiy kanal
Статистика🌐 OCHUN.UZ saytining rasmiy Telegram kanali Murojaat va takliflar uchun: @Ochun_Uzgamurojaat Facebook facebook.com/profile.php?i Instagram instagram.com/ochunuz YouTube youtube.com/channel/UCPh4VJhpvzxyIMRrniF2e_g Tel +99899 129 21 29
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 33
- Всего постов
- 57
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 183
- 1/48двое суток
- 209
- 1/72трое суток
- 226
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
Mandat chiqdi. OTMlarga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi Abituriyentlar o‘z natijalarini uch xil usulda bilib olishi mumkin: Birinchisi — my.uzbmb.uz sayti orqali. Buning uchun my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR kiritilishi lozim. Ikkinchisi — mandat.uzbmb.uz sayti orqali. Maxsus saytga kirib, abituriyentning ID raqamini kiritish orqali natijalarni ko‘rish imkoniyati mavjud. Uchinchisi — test natijalari qaydnomasi orqali. Yakuniy natijalar qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi va abituriyentlar o‘zlari hujjat topshirgan OTM orqali natijalarni bilib olishi mumkin. bizga obuna bo‘ling
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Koreya safaridan so‘ng: Navoiyda pulli yo‘l, Smart City va erkin bojxona zonasi — viloyatdagi bo‘lajak o‘zgarishlar Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiyaning Janubiy Koreyaga xizmat safari yakunlandi. Seul va Tegu shaharlarida o‘tkazilgan muzokaralar doirasida Navoiy–Karmana yo‘nalishida 43 km uzunlikdagi pulli aylanma yo‘l, qiymati 150 mln dollarlik suv tozalash majmuasi («KIND») hamda Navoiy aeroporti atrofida “porto-franko” erkin bojxona zonasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, “Studio Galilei” kompaniyasi bilan smart-transport tizimlari joriy etiladigan bo‘ldi, viloyatdagi 337 km issiqlik tarmoqlari esa DXSH asosida modernizatsiya qilinadi (KDHC). Sanoat va energetika sohasida “Navoiy” EIZda BESS tizimiga ega quyosh elektr stansiyasi (EWP), mineral suv, jenshen dori-darmonlari, parfyumeriya, maishiy kimyo, elektrotexnika va qattiq qotishmali mahsulotlar chiqaruvchi qo‘shma zavodlar barpo etiladi. Seulda "Koreya – Navoiy" elektron savdo markazi tashkil etilib, mahalliy mahsulotlar Koreya marketpleyslariga chiqariladi. Ta’lim sohasida KEXIM banki tomonidan Navoiy davlat universitetining yangi kampusini qurishga 10 mln dollar imtiyozli kredit ajratilishi belgilandi, maktablarda esa sun’iy intellekt (AI) sinfxonalari va Koreya ta’lim metodikasi joriy etiladi. O‘z navbatida, “TaeguTec” giganti bilan qo‘shma o‘quv dasturlari va texnologiyalar markazi yo‘lga qo‘yiladi. Eng muhimi — "CJ Corporation", "DL E&C", "Harim Holdings" kabi Koreyaning yirik xoldinglari rahbarlari ushbu loyihalarni joyida o‘rganish uchun joriy yilning sentyabr oyida Navoiyga tashrif buyurishadi. Ochun.uz
Surxondaryoning katta qismi elektr energiyasidan uzilgani aytilmoqda Ayni paytda mutaxassislar sodir bo‘lgan nosozlik sabablarini aniqlab, uning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. bizga obuna bo‘ling
“Afgʻonistonga elektr energiyasi eksport qilish ichki talab to‘liq qondirilgandan keyin amalga oshiriladi” — energetika vaziri Sherzod Xo‘jayev quyosh va shamol elektr stansiyalar yuqori quvvat bilan ishlagan vaqtda hosil bo‘lgan ortiqcha quvvatlarni eksport qilish hisobiga kattaroq iqtisodiy samara olish mumkinligini qayd etdi. bizga obuna bo‘ling
Instagram 10 yil ichida ilk bor logotipini o‘zgartirdi “Ijtimoiy tarmoq 2016-yildan beri birinchi marta interfeysning yuqori qismidagi logotipni o‘zgartirdi”, dedi kompaniya rahbari Adam Mosseri. Unga ko‘ra, yangi versiya yanada ixcham va zamonaviy bo‘lib, har doim Instagram’ning ajralmas qismi bo‘lgan soddalik va tafsilotlarga e’tiborni aks ettiradi. bizga obuna bo‘ling
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining MUROJAATI 🇺🇿 Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan yurtimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilmoqda. Bu borada qator qonun hujjatlari qabul qilinib, javobgarlik choralari keskin kuchaytirilgan. 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi faoliyatida ham halollik, ochiqlik va qonun ustuvorligi asosiy tamoyillardan hisoblanadi. Bugun shaffoflikni ta’minlash, xodimlar mas’uliyatini oshirish, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday omilni barvaqt aniqlash va bartaraf etish masalasi har qachongidan ham dolzarb ahamiyatga ega. ◾️Ba’zan inson bir lahzalik manfaat ortidan quvib, butun umr yiqqan obro‘sini yo‘qotadi. Korrupsiya nafaqat qonunni buzadi, balki oila sha’ni va farzandlar qalbiga ham og‘ir iz qoldiradi. ⚡️Boshqarma rahbariyati barcha xodimlarni o‘z xizmat burchini fidoyilik, halollik va mas’uliyat bilan bajarishga, fuqarolar va tadbirkorlar ishonchini oqlashga chaqiradi. “Fuqaroning roziligi — xizmat sifatining asosiy mezoni” ekanligini aslo unutmang! ▶️ Hurmatli yurtdoshlar! Agar siz soha xodimlarining korrupsion holatlari, ta’magirlik yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlariga guvoh bo‘lsangiz, (+99871) 231-68-51 (ichki 246), (+99897) 411-01-15 telefon raqamlari yoki Kadastr agentligining maxsus Telegram-boti @kadastr_komplaens_bot orqali xabar bering. Murojaat qiluvchining shaxsi va taqdim etilgan ma’lumotlarning maxfiyligi qat’iy kafolatlanadi. Korrupsiyaga qarshi kurash — faqat davlat organlarining emas, balki har bir insonning fuqarolik mas’uliyatidir. Hurmat bilan Abdulaziz Yunusov, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i. #Kadastr #korrupsiyaga_qarshi #murojaat #matn Ochun.uz
Navoiyda 340 mln so‘mlik oltin savdosi fosh etildi Ikki kishi 212,9 gramm quyma oltinni xaridorga shuncha pulga sotishga kelishgan. 26,3 grammini berib, qolganini keyinroq yetkazib berishlarini aytib, 20 ming dollar va 100 mln so‘m olayotganida ushlangan. Ulardan biri o‘z yashash xonadonida qumdan oltinni ajratib olishga mo‘ljallangan yashirin sex ham tashkil qilgan. bizga obuna bo‘ling
🏢 Kompaniya tomonidan buxorolik tadbirkorlarning 7 mingdan ortiq loyihalari moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi. Bu maqsad uchun jami 2 trln 025 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. 🗣Eng ko‘p yordamlardan Buxoro shahri (519 mlrd so‘m), Romitan (309 mlrd so‘m) va G‘ijduvon (171 mlrd so‘m) tumanlarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar foydalangan. Ochun.uz