tgindex
Taftish.uz | Rasmiy kanal

Taftish.uz | Rasmiy kanal

Статистика
@taftish_uzВидеоузбекский

Taftish.uz saytining rasmiy telegram sahifasi. Youtube — bit.ly/2VHyj2s Instagram — https://shorturl.at/mquT8 Facebook — bit.ly/2JOLX11 Murojaat uchun: @Taftish_uzjournalist +998 94 863-77-66

Последний пост
27 янв.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
39
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
8 500
−90 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
6 558
39 постов
Вовлечённость
77,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 39
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 27 янв.6 973163

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat va jamiyat xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyot bo‘yicha ta’sirchan choralarni belgilash yuzasidan videoselektor yig‘ilishi tanqidiy ruhda boshlandi. “Bu muammolarning har biri alohida-alohida xavfli. Lekin ular bir bo‘lib harakat qilayotgani yanada jiddiy tahdidni yuzaga keltiradi”, – dedi Prezidentimiz. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 27 янв.5 933510

    ⚡️ Diqqat! Haj va Umra ziyoratiga boruvchilar uchun yangi qaror qabul qilindi "Haj" va "Umra"ga borish uchun endi yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi. "Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish tizimini raqamlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (2026-yil 24 yanvar. 27-son) qarori qabul qilindi. Mazkur hujjat bilan respublikamizda "Haj va Umra yagona portali" ishga tushirildi. Endilikda muqaddas ziyoratga borish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ushbu portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi. Qarorga muvofiq, yangi tartib quyidagi muddatlardan boshlab kuchga kiradi: 2026-yil 1-fevraldan boshlab — "Haj" tadbiriga; 2026-yil 1-maydan boshlab — "Umra" tadbiriga borish uchun portalda ro‘yxatdan o‘tish shart. Ziyoratchilar haqidagi ma’lumotlar portalga kiritilmasdan turib safarlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 27 янв.4 67592

    ⚡️Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasiga tashrif buyuradi va sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi. Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha namunaviy amaliyotni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazadi. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 27 янв.4 59132

    ⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev: Yangi O‘zbekiston barcha davlatlar bilan sport sohasida ko‘p qirrali hamkorlikka hamisha tayyor. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 16 янв.13,6 тыс106

    O‘zbekistonda bolaga otasining ismi familiya sifatida berilishi mumkin. Buni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi majlisida birinchi o‘qishda ma’qullandi. Loyihaga ko‘ra, Oila kodeksining 69-moddasiga qo‘shimcha kiritilib, bolaning familiyasi ota-onasining familiyasiga ko‘ra yoki ota yoxud ona tomonidan bobosining ismi bilan bir qatorda, otasining ismi asosida ham belgilanishi mumkin bo‘ladi. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 16 янв.12 тыс127

    Janubiy Koreyalik olimlar bir soniyada qon to‘xtatuvchi sprey ishlab chiqdi SciTechDaily ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu sprey qon bilan reaksiyaga kirishadi va yarani bir soniyada "muhrlaydi". Maqolada aytilishicha, preparat harbiy maqsadlar uchun ishlab chiqilgan va jang maydonida odamlar hayotini saqlab qolishda katta yutuq bo‘lishi mumkin. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 16 янв.11,4 тыс1810

    Maktabni tugatgan yoshlarni majburiy ravishda 1–1,5 yillik harbiy xizmatga jalb qilish masalasini o‘ylab ko‘rish taklif etildi. Bu haqda deputat Alisher Qodirovning tashabbusiga tayanadigan holda jamoatchilikka ma’lum qilindi. Bu haqda Rasul Kusherbayev ma’lum qildi. Shu bilan birga, taklifga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan yoshlar hamda sog‘lig‘ida muammosi bor fuqarolar mazkur talabdan istisno qilinishi mumkin. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 16 янв.8 92475

    ✉️ Chiqindi xizmatidan qarzdor abonentlarga ogohlantirish yuborildi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi bugun, 15 yanvar holatida respublika bo‘yicha chiqindi xizmatidan yuzaga kelgan 9,3 mlrd so‘m debitor qarzdorlik uchun jami 118 646 ta abonentga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirish yuborilganini ma’lum qildi. Hozirda ushbu jarayonlar davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, ushbu ogohlantirishdan so‘ng 5 kun muddatda qarzdorligini bartaraf etmagan abonentlarning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov o‘rnatiladi. Ma’lumot o‘rnida: ushbu tartib 2025-yilning 1-iyulidan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun amal qiladi. Ayni tizim 2025-yil 1-noyabr oyidan boshlab oyma-oy qo‘llanib kelinmoqda. Hurmatli fuqarolar, chiqindilarni boshqarish sohasi va xizmat sifatiga doir taklif va shikoyatlaringizni agentlikning “1205” qisqa raqamiga 24/7 rejimda yo‘llashingiz mumkin. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 15 янв.7 9391227

    PROKUROR UY QURSA, EKOLOGIYA VA FUQARO ZARAR KO‘RISHI KERAKMI? Tahririyatimizga navbatdagi murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Pirnazarovdan kelib tushdi. Murojaatda u o‘zi yashab kelayotgan hududga tutash bo‘lgan Do‘stlik kanali suvni muhofaza qilish zonasida bir necha fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda uy-joy qurilganini ma’lum qilgan. To‘liq video Taftish.uz YouTube kanalida ☎️Murojaat uchun telefon: +998 94 863-77-66 Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 15 янв.7 63841

    Iqlim o‘zgarishi va suv taqchilligi sharoitida Ispaniya qishloq xo‘jaligida katta yutuqlarga erishayotgani ta’kidlandi. Masalan, Almeriya hududida 30 ming gektardan ziyod maydonda yaxlit issiqxonalar kompleksi tashkil qilingan bo‘lib, birgina soliq tushumining o‘zi 1,5 milliard yevroga teng. Eng muhimi, bu issiqxonalar quyosh energiyasida ishlaydi, gazdan foydalanmaydi. Ispaniyadagi elchiga ushbu davlatning qishloq xo‘jaligidagi ilg‘or tajriba va texnologiyalarini Surxondaryo va Qashqadaryoga olib kelish bo‘yicha dastur qilish topshirildi. Niderlandiya qishloq xo‘jaligi eksporti bo‘yicha dunyodagi TOP-3 davlatlar qatoriga kiradi. Issiqxonachilik yo‘nalishidagi 100 dan ortiq kompaniyalarni birlashtirgan “World Horti Center” innovatsiya va bilim markaziga har yili butun dunyodan 40 mingdan ziyod mutaxassislar kelib malakasini oshiradi. Belgiyadagi elchiga ushbu markazga kamida 100 nafar mahalliy mutaxassisni olib borib, issiqxona sohasidagi ilg‘or innovatsiya va tajribalarni o‘rganishni tashkil etish topshirildi. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 15 янв.6 28213

    🚑 2025-yilda “Tez yordam” xizmatiga 14 mln.dan ortiq murojaat kelib tushdi SSV hisobotlariga ko‘ra, ular asosan shoshilinch chaqiriqlar, surunkali kasaliklar va to‘g‘uruq holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Eng ko‘p chaqiriqlar: Toshkent shahri — 1 462 006 ta, Farg‘ona viloyati — 1 455 255 ta, Andijon viloyati — 1 344 151 ta, Surxondaryo viloyati — 1 335 614 ta, Namangan viloyati — 1 328 391 ta. Eng kam chaqiriqlar esa Navoiy va Sirdaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 15 янв.5 78075

    Maktabni tugatgan yoshlarni majburiy ravishda 1–1,5 yillik harbiy xizmatga jalb qilish masalasini o‘ylab ko‘rish taklif etildi Bu haqda deputat Alisher Qodirovning tashabbusiga tayanadigan holda jamoatchilikka ma’lum qilindi. Bu haqda Rasul Kusherbayev ma’lum qildi. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 15 янв.5 20438из taftish_lifestyle

    ORAMIZDA YO‘Q SANʼAT DARG‘ALARI O‘zbek kino va teatr san’ati tarixida chuqur iz qoldirgan, o‘z ijodi bilan tomoshabinlarga quvonch va zavq ulashgan ko‘plab ijodkorlar, afsuski, bugun oramizda yo‘q. Ammo, oradan yillar o‘tsada ular yaratgan qahramonlar tomoshabinlar qalbida hanuz yashamoqda. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 15 янв.4 885105

    Toshkentda Donald Tramp ustidan 102 ga shikoyat qilgan erkak jarimaga tortildi Aniqlanishicha, erkak 2026-yilning 6-yanvar kuni mast holda Toshkent shahar IIBBning 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, AQSH prezidenti Donald Tramp hamda Oq uyga nisbatan chora ko‘rish haqida yolg‘on mazmunda xabar bergan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi qarori bilan A.K. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 199-moddasi bilan aybli deb topgan hamda unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, ya’ni 1 million 236 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 15 янв.4 63752

    «Suyuq shisha» mutlaq muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 2026-yil yanvar holatiga ko‘ra, iOS 26'ni barcha iPhone ishqibozlarining atigi 15-20 foizi ishlatmoqda — aksariyati eski versiyalarda qolgan. Solishtiradigan bo‘lsak: 2025-yil yanvarida barcha foydalanuvchilarning 64 foizi, ya'ni yangilanish imkoni bo‘lganlarning deyarli barchasi yangi iOS 18'ga o‘tgandi. iOS 26'ning muvaffaqiyatsizligini asosiy sababi — faqat taqdimotda chiroyli ko‘ringan, ammo amalda qurilma unumdorligi, batareya quvvatini yemiruvchi va ko‘zni toliqtiruvchi Liquid Glass interfeysidir. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 15 янв.4 25521

    O‘zbekiston armiyasi jang sharoitlariga to‘liq mos bo‘lishi shart — Prezident O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashining mamlakat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishida so‘zga chiqdi. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 15 янв.3 73941

    Falastin O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri elchidan ishonch yorlig‘iini qabul qilib oldi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi elchi janoblarini mamlakatimizdagi faoliyati davomida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini qayt etdi. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 14 янв.5 23232

    2026-yildagi ilk bozor: O‘zbekiston uzumlari Koreya Respublikasi bozoriga chiqmoqda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Koreya Respublikasining Hayvonlar va oʻsimliklar karantini agentligi (APQA) oʻrtasida olib borilgan muzokaralar natijasida Oʻzbekistondan yangi uzilgan uzumni Koreya bozoriga eksport qilishga ruxsat olindi. Kelishuvga muvofiq, uzum eksporti xalqaro fitosanitariya talablari asosida amalga oshiriladi. Eksportga moʻljallangan mahsulot faqat roʻyxatdan oʻtgan eksport bogʻlari va qadoqlash korxonalarida yetishtirilib, tayyorlanadi. Eksport bogʻlarida hosil yigʻimiga qadar xavfli zararkunandalarga qarshi doimiy monitoring olib boriladi, zarur hollarda mahsulot fumigatsiya qilinadi. Koreya tomoni belgilagan talablarga koʻra, uzumlar tasdiqlangan qadoqlash korxonalarida saralanadi va maxsus himoya vositalari bilan qadoqlanadi. Har bir quti va palletda mahsulot kelib chiqishi haqidagi maʼlumot hamda “For Korea” belgisi boʻlishi shart. Eksport joʻnatmalari Oʻzbekiston va Koreya mutaxassislari tomonidan birgalikda tekshirilib, fitosanitariya sertifikati rasmiylashtiriladi. Mazkur kelishuv Oʻzbekiston uzumining Koreya bozoriga barqaror kirib borishini taʼminlab, mamlakat eksport salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 14 янв.4 0657из taftish_lifestyle

    “Esmeralda” seriali 28 yoshda Meksika kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Esmeralda” filmi aktyorlari oʻtgan vaqt ichida qanchalik oʻzgardi? Birgalikda tomosha qilamiz. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport

  • 14 янв.3 38632

    Korxonalar reklama uchun sarflagan mablag‘larini davlat qoplab bermoqchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.12.2025-yildagi PQ-365-sonli qaroriga muvofiq, 1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar O‘zbekiston hududida OAV orqali targ‘ib qilish bilan bog‘liq reklama xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladigan bo‘ldi. Mablag‘lar Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan ajratilib, reklama xarajatlarining 50 foizdan 100 foizgacha (lekin 1 yilda 250 mln so‘mdan oshmagan) qismi to‘lab beriladi. Kanalga ulanish: Taftish_uz |Taftish_lifestyle | Instagram | Facebook | YouTube | Sport