Anhor.uz | Rasmiy kanal
СтатистикаYangiliklar, voqealar, fikrlar. Reklama boʻyich: @anhorreklama https://anhor.uz/anhor-reklama/ Sayt tahririyati bilan aloqa uchun: @RedAnhorBot +99890 529-9-925 Pochta: info@anhor.uz Telegram (rus tilida) - https://t.me/anhoruz
- Последний пост
- 20:00
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 167
- Всего постов
- 184
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 120
- 1/48двое суток
- 137
- 1/72трое суток
- 148
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Xorazmning so‘nggi 9 yildagi iqtisodiy ko‘rsatkichlari qanday? Xabarga ko‘ra, so‘nggi to‘qqiz yilda viloyatga 7,5 milliard dollar investitsiya kiritilib, 9,7 mingta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirilgan. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/khorazm-iqtisodiy-kozhatkichlari-9-yil @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Pardevor rostdan ham mustahkammi? KNAUF’ni Qarshida sinadik 15-avgust kuni Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomidagi parkda KNAUF kompaniyasining “Pardevorlarni o‘zingiz tekshirib ko‘ring” interaktiv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar mahsulotlarni shunchaki tomosha qilish bilan cheklanmay, maxsus tayyorlangan konstruksiyalar orqali ularning imkoniyatlarini amalda sinab ko‘rishdi. ▶️ Video: https://youtu.be/WtJBwUUXYxM 🌐 Batafsil: https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/pardevor-mustahkammi-knauf-qarshi @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Tadbirkorlar uchun majburiy talablarning yagona reyestri joriy etiladi Qonunchilikdagi boshqa o‘zgarishlarga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy va ekologik muammolarni hal etish yoki ularning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan faoliyati ijtimoiy tadbirkorlik deb e’tirof etiladi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/tadbirkorlar-majburiy-talablar-reestri @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Tramp AQSh-Eron kelishuvi muddati tugagach, Ummonga zarba berish bilan tahdid qildi Trampning Ummonni tahdid qilishi birinchi marta emas. U may oyida Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida ham Ummon AQSh talablariga bo‘ysunmasa, mamlakatga qarshi kuch ishlatilishi mumkinligini aytgan. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/tramp-ummonga-tahdid-eron-kelishuvi @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Qirg‘iziston Markaziy Osiyodagi elektr uzilishlari uchun javobgar emasligini aytdi Avariya yuzasidan ikki davlatning pozitsiyasi bir-biridan farq qilmoqda. Qozog‘iston tomoni avvalroq nosozlikning rivojlanishini aynan To‘qto‘g‘ul GESidagi generatorlarning o‘chishi bilan bog‘lagan. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/qirg-elektr-uzilish-javobgar-emas @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
O‘zbekiston Xitoyda Argentina bilan o‘yin o‘tkazishi mumkin Fabio Kannavaro boshchiligidagi vakillarimiz sentyabr oyining so‘nggida amaldagi jahon futboli grandlaridan biri — Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin. O‘yin 30-sentyabr kuni Xitoyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/argentina-bilan-oyin @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Xorazmda 176 million dollarlik 12 ta loyiha ishga tushirildi Yirik loyihalar qatorida Tuproqqal’a tumanida Birlashgan Arab Amirliklaridagi hamkorlar bilan 6 milliard dollarlik ekologik aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish loyihasi bor. Loyihaga Xitoyning “Sinopec” kompaniyasi ham jalb etilgan. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/xorazm-176-million-dollar-12-proyekt @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Noqonuniy tamaki savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi Tezkor tadbirlar davomida jami yuzlab million so‘mlik aksiz markasisiz tamaki va nikotin mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/noqonuniy-tamaki-savdosi @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Misr O‘zbekistonda AES qurishi kerak bo‘lgan “Rosatom”ni jiddiy kamchiliklarda aybladi Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasi tomonidan Misrda barpo etilayotgan “El-Dabaa” atom elektr stansiyasi atrofida jiddiy xavotirlar va xavfsizlikka doir bahslar yuzaga keldi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/rosatom-misr-aes @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Prezident Xivadagi Xitoy universiteti faoliyati bilan tanishdi Yangi ta’lim majmuasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti va Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etilgan. Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan va 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/prezident-xivadagi-xitoy-universiteti @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
OTMlar super kontrakt narxlarini e’lon qila boshladi Shu kunlarda abituriyentlar va ularning ota-onalari e’tiborida turgan eng muhim masalalardan biri — super kontrakt (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt) tizimi bo‘lib turibdi. Bu vaqtga kelib, OTMlar tomonidan super kontrakt miqdorlari ham e’lon qilina boshlandi. Joriy yilda ushbu tizim bo‘yicha narxlarni belgilash va tartibga solishda bir qator o‘ziga xos jihatlar mavjud. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/super-kontrakt-miqdorlari-termiz @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Prezident yangi elektropoyezdda Urganchdan Xiva shahriga bordi Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Urganch xalqaro aeroporti va Xiva temir yo‘l bekatini bog‘laydigan yangi temir yo‘l liniyasi taqdimoti o‘tkazildi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/prezident-xivaga-bordi @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara masalasida yangi ishchi guruhini tuzdi O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayoni yangi, amaliy bosqichga o‘tdi. Ikki davlat vakillari Qirg‘izistonning Botken viloyati, Qadamjoy tumanida tashkiliy-texnik masalalarni hal etish maqsadida uchrashuv o‘tkazishdi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/davlat-chegaralarini-delimitatsiya-demarkatsiya-qilish @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Ronaldu butsalarini mixga iladimi? Futbol olami katta bir davrning yakuniga yaqinlashmoqda. 41 yoshli afsonaviy hujumchi, besh karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu yaqinda bergan intervyusida professional faoliyatini yakunlashi mumkinligiga sha’ma qildi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/ronaldu-butsalarini-mixga-iladimi @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Prezident maktablariga kirish imtihonlarining asosiy natijalari e’lon qilinmoqda Prezident maktablariga kirish uchun 17-iyul kuni o‘tkazilgan asosiy imtihonlarning natijalari e’lon qilinmoqda. Talabgorlar o‘z ballarini onlayn tarzda tekshirishi mumkin. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/prezident-maktablariga-kirish-imtihonlari-natijalari @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Xorazmda yoshlar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi O‘zbekistonda ish beruvchilar ehtiyojiga mos mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish davom etmoqda. Xorazmda buning uchun yangi texnikum va Kasblar shaharchasi tashkil etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni Urganch shahridagi ushbu majmua faoliyati bilan tanishdi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/xorazmda-yoshlar-talab-kasblari @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
G‘azoda har kecha 30−40 falastinlikni o‘ldirish lozim Itamar — Ben-Gvir Isroilning radikal o‘ng qanot Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir G‘azoda har kecha 30−40 kishini o‘ldirish kerakligini aytdi. U falastinliklarni faqat tunda to'g'ri kelgan odamni cheklamasdan nishonga olishga chaqirdi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/gazoda-har-kecha-falastin-oldirish-ben-gvir @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida salkam 4 mlrd so‘m zarar yetkazildi O‘zbekistonning bir qator hududlarida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanib, yirik miqdorda elektr energiyasidan foydalanish holatlari aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lumotlariga ko‘ra, aniqlangan holatlar natijasida elektr ta’minoti korxonalariga jami salkam 4 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/elektr-noqonuniy-foydalanish-zarar @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Tramp Saudiya Arabistoni, Pokiston va Turkiya o‘rtasidagi mudofaa kelishuvini olqishladi Uning ta’kidlashicha, kelishuv Yaqin Sharq mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalar tobora mustahkamlanayotgani va ularning o‘zini yanada samarali himoya qilish imkoniyati ortib borayotganini ko‘rsatadi. “Katta, dadil va muhim birinchi qadam”, — deya baholadi Tramp kelishuvni. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/tramp-saudiya-mudofaa-kelishuvi @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Tramp Janubiy Koreya bilan harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirmoqchi AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya bilan o‘tkaziladigan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni sezilarli darajada qisqartirishini ma’lum qildi. U bunga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan yaxshi munosabatlarini va Seulning AQShning Eronga qarshi harakatlariga qo‘shilmagani sabab bo‘lganini aytdi. Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/tramp-janubiy-koreya-harbiy-mashg-ulotlar @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android