ODTI akademik litsey | rasmiy kanali
СтатистикаInstagram sahifamiz👇🏾 https://www.instagram.com/odti_al?igsh=MWZoeDN2aTEzZ3ZzcQ==
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 106
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 125
- 1/48двое суток
- 143
- 1/72трое суток
- 154
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#tezkor ❗️Mandat ertaga e’lon qilinadi! — Oliy ta’lim vaziri Ertaga degani bugun 00:00 dan keyingi istalgan vaqt bo’lishi ham mumkin. Sayt qotib qolganda telegram botlar sizga yordamga keladi! Abituriyentlar va ularning yaqinlariga qulaylik yaratish maqsadida mandat natijalariga oldindan buyurtma xizmati ishga tushirilgan. Buyurtma berish uchun qilish kerak? 1️⃣. @DTMSTAT_BOT da ro'yxatdan o'ting; 2️⃣. "MANDATGA BUYURTMA" ni bosing; 3️⃣. Abituriyent ID raqamini kiriting; 4️⃣. Buyurtma tayyor! Ushbu @DTMSTAT_BOT natijalar chiqishni boshlashi bilan buyurtma bergan abituriyent natijalarini birinchilardan bo'lib sizga yuboradi. ❌ Foydalanish mutlaqo bepul! Quyidagi botga ID raqamni yuboring: 👉 @DTMSTAT_BOT 👉 @DTMSTAT_BOT
#chorlov Joriy yil 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi. Barcha yurtdoshlarimizni Parkentning betakror va go‘zal tabiatidan, "Uzum sayli"ning chinakam zavqidan bahra olishga chorlaymiz! Sayilga marhamat! ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Mustaqillik bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz? Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2025-yildagi PF-257-son Farmoniga asosan “31-avgust” qoʻshimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shu sababli: 🔹5 ish kunida ishlovchilar 4 kun dam oladi: 29-avgust – (shanba) dam olish kuni; 30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni; 31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni; 1-sentabr – (seshanba) bayram; 🔹6 ish kunida ishlovchilar 3 kun dam oladi: 30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni; 31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni; 1-sentabr – (seshanba) bayram. @litseyhujjat
🎉 TAVALLUD AYYOMI MUBORAK! 🎉 💐Hurmatli Akademik litsey psixologi Ziyayeva Sojibi Shermirzayevna❗️ Sizni tavallud ayyomingiz bilan Akademik litsey jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog'lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, qalbingizga cheksiz quvonch va xonadoningizga fayz-u baraka tilaymiz. Mas'uliyatli mehnatingiz, yoshlar qalbiga yo'l topa oladigan samimiy yondashuvingiz va fidokorona faoliyatingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz. Hayot yo'lingiz doimo baxt, omad va yuksak muvaffaqiyatlar bilan bezansin. Ezgu orzu-niyatlaringiz ushalib, har bir kuningiz quvonch va iliq lahzalarga boy bo'lsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 🌹 Hurmat bilan, Akademik litsey jamoasi. 🌹
🎓 Akademik litseyga qabul qilingan o‘quvchilarga tavsiyalar Hurmatli o‘quvchilar! Sizni akademik litseyimizga o‘qishga qabul qilinganingiz bilan samimiy tabriklaymiz! Akademik litseyda tahsil olish katta mas’uliyat va yangi imkoniyatlar eshigidir. Quyidagi tavsiyalarga amal qilishingiz kelgusidagi muvaffaqiyatlaringiz uchun muhim ahamiyatga ega. 📌 1. ID-karta oling 16 yoshga to‘lgan o‘quvchilar imkon qadar tezroq ID-karta rasmiylashtirishlari tavsiya etiladi. Bu: - milliy va xalqaro sertifikat imtihonlarida ro‘yxatdan o‘tish; - oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish; - turli tanlov va grantlarda ishtirok etish uchun zarur hisoblanadi. 📌 2. Milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorlaning - o‘qishni birinchi kundan boshlab maqsadli tashkil qiling. Quyidagi sertifikatlarni olishga intiling: - chet tillari bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlar (CEFR, IELTS, TOEFL va boshqalar); - kimyo, biologiya, matematika, ona tili va adabiyot va boshqa fanlar bo‘yicha milliy sertifikatlar. Sertifikatlar oliy ta’limga kirishda muhim ustunlik beradi. 📌 3. Dars qoldirmang Akademik litseyda fanlar chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. Bir kunlik darsni qoldirish ham mavzularni o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Darslarga o‘z vaqtida keling. Sababsiz dars qoldirmang. Uy vazifalarini o‘z vaqtida bajaring. 📌 4. Maktabda o‘tilgan mavzularni takrorlang 9-sinfda o‘rganilgan: matematika; ona tili va adabiyot; tarix; biologiya; kimyo; fizika; geografiya; xorijiy til va boshqa fanlar bo‘yicha asosiy mavzularni takrorlab chiqing. Bu yangi o‘quv yiliga moslashishni ancha osonlashtiradi. 📌 5. Sog‘lig‘ingizga e’tibor bering Yuqori natijalarga erishish uchun sog‘lom bo‘lish juda muhim. - kuniga kamida 7–8 soat uxlang; - sog‘lom ovqatlaning; - sport bilan muntazam shug‘ullaning; - shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling; - kasallik alomatlari bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling. 📌 6. Akademik litseydagi yuqori yuklamaga tayyor bo‘ling Akademik litseyda o‘quv yuklamasi umumta’lim maktabiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Shuning uchun: - kun tartibini tuzing; - har kuni mustaqil tayyorgarlik ko‘ring; - vaqtni to‘g‘ri rejalashtiring; - qiyinchilik tug‘ilganda ustozlardan maslahat so‘rashdan tortinmang. 📌 7. Ichki tartib-qoidalarga rioya qiling - Akademik litsey Ustaviga amal qiling. - Pedagoglar va tengdoshlaringizga hurmat bilan munosabatda bo‘ling. - Dars jarayonida mobil telefon va boshqa chalg‘ituvchi vositalardan foydalanmang. - Litsey mulkini asrang. 📌 8. Kitob mutolaasini odat qiling Har kuni kamida 20–30 daqiqa kitob o‘qishga odatlaning. Badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tafakkur, nutq madaniyati va dunyoqarashingizni rivojlantiradi. 📌 9. To‘garak va tanlovlarda faol ishtirok eting fan to‘garaklari; "Zakovat" intellektual o‘yinlari; sport musobaqalari; fan olimpiadalari; turli ko‘rik-tanlovlar sizning bilim va qobiliyatingizni rivojlantirishga xizmat qiladi. 📌 10. Raqamli texnologiyalardan oqilona foydalaning Telefon va ijtimoiy tarmoqlardan faqat zarur maqsadlarda foydalaning. O‘qishga xalaqit beradigan ortiqcha vaqt sarflashdan saqlaning. 📌 11. Yaxshi do‘stlar orttiring Sizni ilmga, kitobxonlikka va ezgu ishlarga undaydigan tengdoshlar bilan do‘st bo‘ling. Yaxshi muhit muvaffaqiyatning muhim omillaridan biridir. 📌 12. Katta maqsadlar qo‘ying Akademik litsey — oliy ta’lim sari muhim bosqich. Bugundan boshlab: qaysi kasbni egallashni istashingizni aniqlang; tanlagan yo‘nalishingiz bo‘yicha chuqur tayyorgarlik ko‘ring; har kuni o‘zingizni rivojlantirishga intiling. Aziz o‘quvchilar! Akademik litseydagi har bir kuningiz bilim, izlanish va yangi yutuqlar sari qo‘yilgan qadam bo‘lsin. Intizom, mehnatsevarlik va qat’iyat sizni ulkan marralarga olib chiqadi. Sizga mustahkam sog‘liq, yuqori natijalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌟 @litseyhujjat
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
видео или голосовое, без подписи
#mandat #akademik_litsey ⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor 2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi. Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin. Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi. Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876 Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan "Dolzarb 40 kunlik" loyihasi doirasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab "Dolzarb 40 kunlik" loyihasi doirasida "Mahallada obodlik va mehr-sahovat oyligi" tadbirlari keng ko‘lamda tashkil etilmoqda. Mazkur loyiha doirasida Olmaliq davlat texnika instituti akademik litseyida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, litsey hududi yovvoyi o‘tlar va turli chiqindilardan tozalandi, daraxtlarning tanalari oqlandi hamda atrof-muhitni yanada obod va ozoda saqlashga qaratilgan amaliy ishlar bajarildi. Bunday ezgu tashabbuslar ta'lim muassasasi hududida tozalik, ozodalik va obod muhitni ta'minlash bilan birga, ekologik madaniyatni yuksaltirishga ham xizmat qiladi. Barchani "Dolzarb 40 kunlik" doirasida o‘tkazilayotgan obodonlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlaymiz 📍Instagram 📍Telegram
#Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 Abituriyentlar diqqatiga! 🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishib boring. Mazkur videoqo‘llanmada abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud. ❗️ Tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Savol: Akademik litseylarga kirish test sinovlari natijalari qachon e'lon qilinadi? Javob: Imtihonlarning yakuniy natijalari kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng (joriy yilda 25-iyul kuni to‘liq yakunlanadi) besh kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz, shuningdek, akademik litseyning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi. Natijalar akademik litseyning eʼlonlar taxtasiga ilib qoʻyiladi. @litseyhujjat
Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin, HURMATLI PREZIDENT! 📱𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚 | 📱𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚 | 📱𝑌𝑜𝑢𝑡𝑢𝑏𝑒
видео или голосовое, без подписи