Taʼlimga oid | Ochiq Dars
Статистика💡 Ochiq dars — Kreativ dars o‘tish usullari bo‘yicha eng so‘nggi xabarlar Reklama: @Edumedia_reklama
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 75
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 066
- 1/48двое суток
- 1 221
- 1/72трое суток
- 1 317
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⚡ Esse yozish formulasi: struktura + tayyor iboralar 🌌KIRISH QISMI: • Bugungi kunda … masalasi jamiyatimizda dolzarb hisoblanadi. • Hech kimga sir emaski, … muammosi barcha insonlarga ta’sir qiladi. • Mazkur mavzu bo‘yicha turlicha fikrlar mavjud. • Avvalo, … masalasiga e’tibor qaratish lozim. 🌌 Birinchi fikrni bayon qilish: • Ayrimlar fikricha, … • Bir guruh mutaxassislarning ta’kidlashicha, … • Ba’zi odamlar bu borada shunday o‘ylashadi: … 🌌 Qarama-qarshi fikrlar: • Boshqa bir qarashga ko‘ra, … • Shu bilan birga, qarama-qarshi fikrlar ham mavjud. • Aksincha, ayrimlar … deya ta’kidlaydilar. 🌌 Shaxsiy fikrni ifodalash: • Shaxsan men ushbu masalaga quyidagicha yondashaman: … • Mening nazarimda, … • Barchasini inobatga olgan holda, men … deb hisoblayman. 🌌 Dalil va misollar: • Masalan, … • Statistik ma’lumotlarga qaraganda, … • Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, … • Hayotiy tajribadan ham ko‘rinadiki, … 🌌 XULOSA QISMI: • Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, … • Umuman olganda, … • Xulosa qilib aytganda, … • … kelajak taraqqiyoti uchun muhim omil hisoblanadi. 💡 Muhim eslatma: Iboralar essega tartib va ravonlik beradi, lekin ularni haddan tashqari ko‘p ishlatish matnni sun’iy qilib qo‘yadi. Eng to‘g‘ri yondashuv — iboralarni me’yorida qo‘llab, fikrni aniq va ta’sirchan ifodalash. ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!
🐾Arxeolog bolajon bo'lamiz 💡 Bu o‘yin orqali: 🔹 Mayda motorikani rivojlantiradi 🔹 Sabrlilikni o‘rgatadi 🔹 Sensor hislarni faollashtiradi 🔹 Juda katta qiziqish uyg‘otadi! Yoz kunlari uchun ajoyib, xavfsiz va arzon mashg‘ulot! 👶🏻 1 yoshdan boshlab tavsiya etiladi. 😇 Tasavvur qiling, gigant dinozavurlar ulkan muzliklar ichida qotib qolgan. Qiziqarli-a? Haqiqiy kinolardagidek emotsiya beradigan holatni o'zingiz yasashingiz mumkin Uddaburon_ummatcha ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!
⚡⚡ Dars boʻlmagan davrda ham oʻqituvchilar maktabda faoliyat yuritishi zarur Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 114-moddasiga muvofiq, xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq oʻz mehnat vazifalarini bajarishi lozim boʻlgan vaqt ish vaqti hisoblanadi. 🩵 Mehnat kodeksining 125-moddasida ish beruvchi xodimning ishlagan vaqtini hisoblab borishi shartligi belgilangan. Ish beruvchi xodimga bajargan ishi uchun haq toʻlaydi (Mehnat kodeksining 154-moddasi). Qonunchilikka muvofiq, umumiy oʻrta-taʼlim muassasalari pedagog xodimlari oʻz faoliyatini namunaviy yillik ish reja asosida amalga oshirishadi. 👤Pedagoglar ish rejasi ikki yoʻnalishdagi tadbirlar majmuasidan iborat boʻlib, quyidagi ikki yoʻnalishda shakllantiriladi: 👉 oʻquv-tarbiya jarayoniga oid; 👉 oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid. Oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid yillik ish rejada har bir pedagog xodimning lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda oʻquvchilarni barkamol va maʼnaviy yetuk inson etib tarbiyalash maqsadida ularning qobiliyat va isteʼdodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan alohida mashgʻulotlar olib borishi hamda pedagog xodimning oʻz ustida mustaqil ishlashi nazarda tutiladi. 💡Oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayon umumiy oʻrta taʼlim muassasasida olib borilishini inobatga olgan holda, maktabda dars boʻlmagan davrda ham oʻqituvchilar maktabda faoliyat yuritishi zarur. ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!
‼️Tayyor turing… 💎 Farzandingizni injiq yoki itoatkor bo’lib qolishiga o’zingiz sababchisiz. Biz anglab yetganimizda kech bo'lishi mumkin bo'lgan asl haqiqatlar borki, ularni hozir bilib olsak, ham vaqtdan, ham imkoniyatdan yutgan bo'lamiz Shunday ekan, Tayyor turing... Manba: Muhammadali_eshonqulov Videoni barcha ustoz va ota-onalarga yuboring, boshqalarga ham foydali bo'lsin🚀 Bundan ham qiziqarli metodlar kanali👇 ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali
💞💞💞 ❗️"Kreativ Pedagogd" Avgust guruhi uchun qabulni boshladi! Yangi o‘quv yilida yangi metodlarni o'rganaman, sentyabrdan kreativ o'qituvchi bo'laman, zamonaviy dars o'tish texnikalaridan bahramand bo'laman degan ustozlarimiz uchun ajoyib yangilik! 👑 Kutib oling, Kreativ Pedagog onlayn kursining Avgust guruhiga qabul boshlandi! Siz avgust guruhida o'qib nimalarga ega bo'lasiz: ⭐️ Kreativ 70 xil dars o'tish metodlari; ⭐️Faningizga moslangan, darsda qo'llash uchun tayyor qilib qo'yilgan metodlar; ⭐️Istalgan vaqtingiz o'rgana olishingiz uchun videodarslar; 🎚️Qabul rasman ochildi. Ro'yhatdan o'tib, o'z o'rningizni band qilib qo'yishingiz mumkin. Darslar boshlangan! 👉Ro'yhatdan o'tish uchun: @Krepeduz_admin'ga "Kreativ pedagog bo'lmoqchiman" deb yozib yuboring
‼️ Pedagog va xodimlarga maktab hududida quyidagilar taqiqlanadi Yangi odob-axloq qoidalariga asosan: ❌ jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zoʻravonlik koʻrsatish; ❌ oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik; ❌ dars qoldirish holatlarini rasmiy tartibdan tashqari “oʻzboshimchalik” bilan hal qilish; ❌ oʻquvchining holatidan shaxsiy manfaat yoʻlida foydalanish, norasmiy pul yigʻish, moddiy bosim oʻtkazish; ❌ oʻquvchining oilaviy ahvoli, millati, jinsi, sogʻliq holati yoki ijtimoiy maqomi asosida farqlash; ❌ oʻquvchi bilan kasbiy chegaralarni buzuvchi munosabat oʻrnatish; ❌ “Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalingandan keyin oʻquvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish; ❌ dars mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib borish; ❌ taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar va kuchli taʼsir etuvchi moddalar isteʼmol qilgan holda kelish; ❌ taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish; ❌ muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi boʻlmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish; ❌ taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish. ✅Asos: MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!
❗️ Diqqat! Yangi oʻquv yiliga tayyormisiz? Bir oydan so‘ng, darsni shovqinsiz oʻtish, dars jarayonini qiziqarli qilish va barcha uchun sevimli ustoz boʻlishni istaysiz! Lekin biror bir zamonaviy metod bilmasangiz bu orzularni tushingizda koʻravering.) 🎁 Shu vaziyatda sizga, “Kreativ pedagog” intensiv kursi orqali “qiziqarli video shaklidagi metodlarni oʻrganishni tavsiya etamiz!" Bu orqali siz: — Yangi oʻquv yilida sinfni 1 daqiqada tinchlantirish; — Sayohat metodi orqali qiyin mavzuni oson tushuntirish; — Avtofokus metodi bilan barchaning diqqatini darsga qaratishni oʻrganasiz! 🥰 Xullas, oʻquvchilaringizdan har dars soʻngida «darsimiz juda tez tugab qoldi” degan fikrlarini eshitaverib, “mazza” qilasiz! Buning uchun hoziroq @Krepeduz_admin profiliga “Metodlarni oʻrganmoqchiman” deb yozing. Kanalimiz 👉 @Kreativ_pedagog
✅ Maktablarning chet tillarini oʻrganish xonasida quyidagi jihozlar boʻlishi lozim 1-4 sinf xonalari uchun jihozlar: 👉 oʻqituvchi uchun kompyuter texnikasi (noutbuk); 👉 ovoz chiqargich (dinamik); 👉 optik sichqoncha; 👉 videoproyektor; 👉 proyektor uchun ekran; 👉 kompyuter uchun TV-tyuner. Shuningdek, quyidagi qoʻshimcha uskunalar: 👉 statsionar DVD-magnitola; 👉 oʻquv koʻrgazmali qurollar (lugʻat, mevalar va poliz ekinlari mulyajlari hamda oʻzbek xalq ertaklari); 👉 elektron doska. 5-11 sinf xonalari uchun jihozlar: 👉 Sinf doskasi (uch tabaqali) 👉 Oʻquvchi stoli va stuli (1 dona stol, 2 dona stul) 👉 Oʻqituvchi stoli 👉 Yarim yumshoq stul 👉 Kitob javoni (koʻrgazmali qurollar uchun) 🚀 Barcha hamkasblarga yuborib qo'ying, foydali bo'lsin ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!
❓ Maktab formasini sotib olishda nimalarga eʼtibor berish kerak? Maktab formasi qanday boʻlishi kerakligi haqida 5 ta muhim savolga javoblar: 1️⃣ Yangi oʻquv yilidan yagona maktab formasi majburiymi? 🖱️ Yoʻq, oʻquvchilar uchun yagona maktab formasi majburiy emas; 🖱️ Hukumat qarori bilan yagona maktab formasi shakllari tasdiqlangan. Mazkur forma amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan, biroq hali aniq muddat koʻrsatilmagan. 2️⃣ Maktab formasini sotib olishda nimalarga eʼtibor berish kerak? 🖱️ Oʻquvchilar uchun yagona maktab formasi majburiy boʻlmasada, maktabda kiyiladigan kiyimlar uchun umumiy talablar barcha uchun majburiy; 🖱️ Oʻquvchilar maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim; 🖱️ kiyimlar oʻta tor yoki oʻta keng bichimda boʻlmasligi; 🖱️ qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan kamida 5 – 15 sm pastda boʻlishi; 🖱️ oʻgʻil bolalar uchun shimning uzunligi oyoq toʻpigʻidan pastda boʻlishi; 🖱️oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland boʻlmasligi; 🖱️ koʻylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarning qadalgan boʻlishi; 🖱️ kiyimlarning toza va dazmollangan boʻlishi. 3️⃣Qizlar shim kiyishi mumkinmi? Maktablarda quyidagilar taqiqlanadi: ⚠️ oʻgʻil bolalar maktabga tanasining ochiq qismiga tatuyirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qoʻygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun boʻlgan va yorqin ranglarga boʻyagan holda kelishlari; ⚠️ qiz bola oʻquvchilar maktabga tanasining ochiq qismiga tatuyirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga boʻyagan, yuzini koʻzga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulogʻiga bittadan ortiq sirgʻa taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qoʻl tirnoqlarini boʻyagan va uzun qilib oʻstirgan holda kelishlari; ⚠️ Ob-havodan kelib chiqib, oʻquvchilar maktab formasining nimchasini yoki kostyumini, koʻylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin. ⚠️Qishda qizlarga shim kiyishga ruxsat beriladi. 4️⃣ Maktab formasi talablariga rioya etmaslik uchun qanday choralar qoʻllaniladi? Oʻquvchilarning maktab formasi talablarini buzganligi uchun quyidagi choralar qoʻllanishi mumkin: 🖱️ ogohlantirish; 🖱️kundalik daftariga qayd etish; 🖱️ tushuntirish olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish; 🖱️ mahalla va maktab yigʻilishlarda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish. 5️⃣ Maktab formasi sotib olishda kimlarga yordam koʻrsatiladi? 🖱️“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarning oʻquvchi farzandlariga maktab formasi hamda oʻquv qurollari sotib olish uchun yiliga bir marta subsidiya beriladi; 🖱️ Mazkur subsidiyani olish uchun Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlariga murojaat qilish lozim; 🖱️ Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlariga har yili yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar tomonidan maktab formasi sotib olishda yordam koʻrsatiladi. Bu yordamni olish uchun hokimiyatga murojaat qilish kerak. ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!
⚡⚡ 202 TA MANTIQIY SAVOLLAR JAVOBLARI BILAN 📌O'quvchilarni qiziqtirgani va darsda foydalanish uchun ajoyib qo'llanma. O'qituvchilarga yuborib qo'ying. 👉 10% oshgan holda hisoblovchi yangi moliyachi bot 📝 To‘plam elektron shaklda ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!
#ochiq_dars ⚡⚡ Yangi o‘quv yilida Ochiq dars o‘tmoqchi bo‘lganlarga foydali file Saqlab qo‘yishni unutmang ⬆️ Barcha fanlar uchun ochiq dars tashkil etishda to‘ldirish uchun shablon bayonnoma 📌Saqlab qo‘ying va hamkasblaringizga ulashing 💌 O'qituvchilar guruhlariga yuborib qo'ying ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!
⚡️Ayol o‘qituvchilarga qanchalar "QIYIN" ekanligini bilasizmi ? Videoni ayol o'qituvchilarimiz bor guruhlarga sekiiin jo'natib qo'yamiz!↗️ 💌 O'quvchi va ota-onalar guruhlariga yuborib qo'ying ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!
⚡⚡ “Yil o‘qituvchisi” tanlovi: Hal qiluvchi bosqich boshlanmoqda! 28–30-iyul kunlari tanlovning uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 416 nafar pedagog o‘z mahoratini namoyish etadi. ❇️ Muhim tafsilotlar: G‘oliblar: 208 nafar ustoz aniqlanadi. Mukofot: Vazirlar Mahkamasining 264-son qaroriga asosan, har bir g‘olib 576 million 800 ming so‘m (BHMning 1400 baravari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 🔥 Baholash tizimi (100 ball): 👉 Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat (20 ball) — shaxsiy rivojlanish va tashabbuslar taqdimoti. 👉 Kitobxonlik testi (80 ball) — 40 ta savoldan iborat test sinovi. ✊ Ustozlarimizga ushbu nufuzli bosqichda omad tilaymiz! ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!
✅ Bugungi darsimiz mavzusi vijdon ❗️ Ota-onalarimiz qayerda ishlamasin, "Farzandimdan umidlarim katta!" — deya orzu-havasda bo‘ladilar... Muzli va toshyuraklarni ham titratuvchi video ✈️ O'quvchilar guruhlariga yuborib qo'ying Bundan ham qiziqarli videolar kanali👇 ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!
видео или голосовое, без подписи
‼️ #DIQQAT #ELON ‼️ 🎓 "ZAMONAVIY TA’LIM ISLOHOTLARI TASHABBUSKORI" antologiyasiga qabul boshlandi! 🔥 Ayni paytda 50% CHEGIRMA amal qilmoqda! ⏳ Taklif cheklangan muddat uchun! ⚠️ Qabul soni ham CHEKLANGAN! ✨ O‘zingizning ilmiy maqolangiz, metodik ishlanmangiz yoki ijodiy ishingizni xalqaro nashrda chop ettirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🎁 Ishtirokchilarga beriladigan imkoniyatlar: 👑 Esdalik nishoni 📜 Nishon uchun rasmiy guvohnoma (bosma) 📄 Sertifikat (bosma) 💌 Tashakkurnoma (bosma) 📖 Maqolalar va ijodiy ishlar jamlangan KITOB (bosma shaklda) 🌍 Kitob xalqaro nufuzli nashriyotda chop etiladi! 🎉 Rasmiy taqdirlash marosimi: 🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 📍 Toshkent shahrida 📺 OAV ishtirokida tantanali tarzda 📅 Avgust oyida o‘tkaziladi! 📢 Qo‘shimcha imkoniyat: ✍️ Maqola yozish xizmati ham mavjud! 📲 Bog‘lanish uchun: 📩 Telegram: @Mukhammad_Ali_Ruzibayev 📞 Tel: +998888657722 ILM YO‘LIDA BIRGA QADAM TASHLAYLIK! 🌐 Kanal: @Millat_Ziyolilari 🌐 Kanal: @Millat_Ziyolilari ❗️ Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting va 50% chegirmadan foydalanishga ulgurib qoling!
#yaponiya ✅ Yapon o‘quvchilari 10 yoshgacha umuman baho olishmaydi Yapon bog‘cha va maktablaridagi tajribalar butun dunyoda ta’limga yondashuvni o‘zgartirib yubormoqda. Bizning bolalarimiz baho uchun yodlab o‘tirgan bir vaqtda, yapon o‘quvchilari 10 yoshgacha umuman baho olishmaydi. Eng qizig‘i - ularning natijalari dunyodagi eng yuqori darajada. ✨ Bunga sabab bo‘lgan beshta tamoyil bor. 1⃣ Bilimdan avval hurmat. Bolalarga insonni qadrlash o‘rgatiladi: avval yaxshi inson, keyin a’lochi. 2⃣ Maktablarda farrosh yo‘q, bolalar o‘zlari tozalashadi, shuning uchun mustaqil va jamoada ishlashni o‘rganadilar. 3⃣ Tabiat. O‘quvchilar o‘simlik parvarishlaydi, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qiladi,ekologiyani amalda o‘rganadi. 4⃣ Stresssiz ta’lim. Yuqori sinflargacha na imtihon, na baho olish poygasi bor. Bolalar faqat qiziqish uchun o‘rganadi. 5⃣ Xarakter. Odob, aniqlik, halollik - iste’doddan ham muhimroq. Ana shu tamoyillar tufayli Yaponiya bolalari nafaqat bilimli, balki eng avvalo insoniy qadriyatlarni birinchi o‘ringa qo‘ygan yetuk shaxslar bo‘lib ulg‘aymoqda. ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!
#podkast ⚡⚡ BSB VA ChSB ko’zbo’yamachilikka aylanganmi? Xalq taʼlimi info kanalida podkast. To'liq video YouTubeda👇 🌐https://youtu.be/70yTCAF1Wm0 💬 Podkastni ko'rib chiqib, siz ham o'z fikrlaringizni kommentda yozib qoldiring, barcha fikrlar birdek muhim! ✔️ Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!
⚠️ INGLIZ TILI USTOZLARI UCHUN KUTILGAN MARAFON BOSHLANADI! ✔️Siz ham kuzgi attestatsiya yoki kasbiy sertifikatlash imtihoniga tayyorlanyapsizmi? ✔️Unda 1 haftalik MUTLAQO BEPUL INTENSIV MARAFON siz uchun! ✔️Bu oddiy dars emas... 🔥Bu — 7 kun davomida haqiqiy attestatsiya formatida bilimlaringizni sinab ko'rish va kuchli ustozlar bilan bellashish imkoniyati! Marafon davomida sizni kutmoqda: 🔥 C1–C2 Grammar 🔥 Advanced Reading 🔥 Linguistics 🔥 Methodology 🔥 Attestatsiya formatidagi Mock testlar 🔥 Imtihonda ball oshirish strategiyalari Har kuni sizni: ✅ Yangi dars ✅ Yangi test ✅ Yangi challenge kutadi. 🏆 SHEROVA CHALLENGE BOSHLANADI! Har kuni faol qatnashgan ustozlar reytingi e'lon qilib boriladi. 📊 Siz ham TOP ustozlar safidan joy olishingiz mumkin! 🔥🔥🔥🔥📢📢📢📢📢📢 Marafon yakunida eng faol ustozlar uchun 📚 Attestatsiya imtihoniga tayyorlanishda eng kerakli kitoblar to'plami BEPUL taqdim etiladi! 🎯 Nega aynan Sherova? ✅ 18 000+ ustoz yuqori natijaga erishgan. ✅ Minglab ustozlar ishonchini qozongan materiallar. ✅ Haqiqiy attestatsiya formatidagi testlar. ✅ Imtihonda tushish ehtimoli yuqori bo'lgan mavzular. ⚠️ Eslatma: Bu marafon faqat jiddiy tayyorlanayotgan ustozlar uchun. Agar siz bu kuzda yuqori natija olishni maqsad qilgan bo'lsangiz, bugungi darsni o'tkazib yubormang! 📲 Sherova Academy — 18 000+ natija. Endi navbat sizniki! TEZDA QO'SHILIB OLING, PASTDAGI LINKKA BOSING https://t.me/+5EM7y69ttZowZGMy https://t.me/+5EM7y69ttZowZGMy https://t.me/+5EM7y69ttZowZGMy https://t.me/+5EM7y69ttZowZGMy SHU LINKKA BOSING VA DARSLAR BO'LADIGAN KANALIMIZGA ULANIB OLING, HAMKASBLARIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG!
#ajoyib_mashq ✍️ Qo’lni yozishga tayyorlaymiz… 🏤 Maktabga tayyorgarlik ko‘rayotgan bolani yozuvga tayyorlashga yordam beradigan mashqlar jamlanmasi Uddaburon_ummatcha Bundan ham qiziqarli videolarni bizning kanalda kuzatib boring 👇 ✔️ @Ochiqdarsim - Kanaliga obuna bo'ling