Energetika va sanoat muhandisligi fakulteti kanali
СтатистикаTermiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalari universiteti. Energetika va sanoat muhandislikgi fakulteti. Fakultet dekani R.Raximov. Dekan òrinbosarlari. O.Xolmurodov. M.Bobomurodov
- Последний пост
- 31 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 336
- 1/48двое суток
- 385
- 1/72трое суток
- 415
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Channel name was changed to «Energetika va sanoat muhandisligi fakulteti kanali»
🌍Kelajagingizni bugundan xalqaro darajaga olib chiqing! Bir tanlov - ikki diplom, cheksiz imkoniyat va yorqin kelajak! 📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamda Xitoyning Shimoliy Xitoy energetika universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta'lim dasturi sizni xalqaro standartlar asosida ta'lim olish sari chorlaydi. ⚡️ Energetika muhandisligi yo‘nalishida tahsil olib, O‘zbekiston va Xitoy oliy ta'lim muassasalari diplomiga ega bo‘lish imkoniyatidan foydalaning. 📌 Hujjatlar qabuli davom etmoqda. 🔔 Joylar soni cheklangan! 📞 Batafsil ma'lumot: +998 91 586 88 55 🌐 tdmau.uz ✅ Telegram 🌐Instagram ✅Facebook 📹YouTube
#Qabul2026 #Abituriyent2026 🧑🎓 Kelajagingizni Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti bilan quring! Siz zamonaviy, mukammal ta’lim va muvaffaqiyatli kelajakni orzu qilyapsizmi? Unda to‘g‘ri manzildasiz! Universitetimiz xalqaro mehnat bozorida eng xaridorgir bo‘lgan 56 ta bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha professional mutaxassislar tayyorlamoqda. Yorqin kelajak va zamonaviy bilimlar sari ilk qadamingizni biz bilan boshlang! 🌐 tdmau.uz ✅ Telegram 🌐Instagram ✅Facebook 📹YouTube
Assalomu alaykum Hurmatli ustozlar. Barchamiz ushbu targ'ibotda faol qatnashishimiz zarur. Mahallalarimiz , o'qigan maktablarimiz kanalllariga yuqoridagi targ'ibotlarni tarqatishimiz va rasmiy kanalimizga a'zo qilish choralarini ko'rishimiz kerak. Universitet ertangi kuni uchun befarq bo'lmang.
Ассалому алайкум ҳурматли устозлар! Биласизлар бугундан ОТМ ва таълим йўналишларини танлаш бошланди. Шу сабабли, Сизлардан илтимос ушбу ва бундан кейин ташланадиган тарғибот роликларимизни ўқитувчилар ва талабалар орқали кенг тарқатишни ташкил қилайлик!
видео или голосовое, без подписи
📢 DIQQAT, TALABALAR! 🎓 Davlat grantini qayta taqsimlash uchun arizalar qabuli boshlandi! Davlat grantini qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etishni istagan talabalar my.hemis.uz tizimi orqali elektron ariza topshirishlari mumkin. 📝 Ariza topshirish tartibi: ✅my.hemis.uz tizimiga kiring. ✅"Mening grantim" bo‘limiga o‘ting. ✅"Grant arizalari" menyusini tanlang. ✅"Ariza yaratish" tugmasini bosing. ✅O‘zingizga mos grant shaklini tanlang. ✅"Saqlash" tugmasini bosib arizangizni tasdiqlang. 📅 Arizalar qabul qilish muddati: 15.07.2026 — 20.07.2026 ⚠️ Muhim eslatma: Arizani yuborishdan oldin kiritilgan ma'lumotlarni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud emas. 📌 Belgilangan muddatdan kechiktirmasdan ariza topshirishingizni so‘raymiz.
Ҳурматли талабалар ким уйдагилари билан келса эрталаб 8-30 да келиб деканатга рўйхатини шахсан ёздиринг.
Ҳурматли талабалар эртага соат 9-00 да формада ўйдагилар келса гул билан етиб келинг
🎓 Aziz bitiruvchilar, qadrli ustozlar va hurmatli ota-onalar! Talabalik yillari — umrning eng unutilmas va sermazmun davri. Bugun ortda qolayotgan bilim, mehnat va do‘stlikka boy yillar sizni yangi marralar sari yetaklamoqda. Erishgan yutuqlaringiz kelajakdagi muvaffaqiyatlaringiz uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Sizni diplom topshirish tantanali marosimi hamda "Bitiruv oqshomi" gala-konsertiga taklif etamiz! 🧑🎓 I QISM: Diplom topshirish marosimi ➡️ Energetika va sanoat muhandisligi fakulteti — 10:00 – 11:00 ➡️ Mexanika va konchilik ishi fakulteti — 11:30 – 13:00 ➡️ Qurilish va irrigatsiya fakulteti — 13:30 – 14:30 ➡️ Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti — 15:30 – 16:30 ➡️ Agrobiologiya fakulteti — 17:00 – 18:30 ✅ Sana: 16-iyul ⏰ Vaqt: 10:00 – 18:30 📍 Manzil: TDMAU, 1-bino, Faollar zali 🌟 II QISM: "Bitiruv oqshomi" gala-konserti Dasturda: 🎓 Magistrlik va imtiyozli diplomlarni tantanali topshirish; 💐 Ota-onalarga tashakkurnomalar; 🎤 Universitet rahbariyati va faxriy mehmonlarning tabriklari; 🎶 Taniqli san'atkorlar hamda iqtidorli talabalar ishtirokidagi shou-konsert. ✅ Sana: 16-iyul ⏰ Vaqt: 20:00 – 22:00 📍 Manzil: TDMAU, Adiblar xiyoboni Aziz bitiruvchi! Ushbu unutilmas oqshomni ustozlaringiz, ota-onangiz va yaqinlaringiz bilan birga nishonlang. Sizni kutamiz! 🌐 tdmau.uz ✅ Telegram 🌐Instagram ✅Facebook 📹YouTube
Хурматли талабалар агар ота онангиз уйдагиларингиз келса бизга эртага руйхатга ездиринг ташаккурнома таерлаймиз, лекин гулни сиз олиб келасиз
Хурматли битирувчилар, 16-июл куни диплом тарқатиш маросими бўлади. Диплом олиш учун1 кун олдин келинг обходной тулдиришнгиз керак. Булмаса 16 июлда диплом олаолмайсиз. Ота-оналарингизни ҳам таклиф этамиз, Барчангиздан илтимос расмий формада келинг қизлар ҳам йигитларимиз ҳам. Энди охирги кун барча чиройли ўтиши кера, бндан ташқари ректор вилоят ҳоими билан расмга тушасизлар, тадбирни эсда қоларли қилиб ўтказиш учун ректорнинг шахсан ўзи жараёнларни назорат қилмоқда. Шу куни Сизлар учун 250 дона мантия (битирувчилар учун кийим) олиб келамиз. 35-40 минг сўм бўлса керак, Шуларни эътиборга олишингизни сўраймиз.
🎉 Yoshlar kuni munosabati bilan gala-konsert tomoshasiga marhamat! 30-iyun – Yoshlar kuni hamda "DXX kubogi" musobaqasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi munosabati bilan Surxondaryo viloyatida yoshlar uchun bayramona gala-konsert tashkil etiladi. Mazkur konsert dasturida O‘zbekistonning taniqli san’atkorlari Osman Navruzov va Zarina, shuningdek, Surxondaryo vohasining 10 dan ortiq mashhur va sevimli xonandalari o‘zlarining eng sara kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etadi. 📍 Manzil: Surxondaryo viloyati hokimligi oldi; 🗓 Sana: 30-iyun; 🕖 Vaqti: soat 19:00. ❗️Konsertga kirish mutlaqo bepul! Barcha yoshlarni, viloyatimiz aholisi va mehmonlarini ushbu bayramona gala-konsertga taklif etamiz! 🌐 tdmau.uz ✅ Telegram 🌐Instagram ✅Facebook 📹YouTube
📢TDMAU “Brend-elchisi” bo‘ling! Aziz talabalar! Bugun minglab abituriyentlar o‘z kelajagini qaysi oliygoh bilan bog‘lash borasida muhim tanlov oldida turibdi. Ular universitetlar haqida xolis va qiziqarli ma’lumotlarni izlashmoqda. Aynan shu jarayonda eng ishonchli manba aynan talabalarning o‘zi bo‘lgani bois, sizning shaxsiy fikringiz, tajribangiz va talabalik hayotingiz haqidagi samimiy hikoyalaringiz abituriyentlar uchun muhim yo‘lko‘rsatkich bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan universitetimiz talabalari o‘rtasida “Brend-elchi” ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! 📹 Ishtirok etish shartlari: 🟢Universitet hayoti, zamonaviy laboratoriyalar, amaliyot, TTJ muhiti yoki o‘z yutuqlaringiz haqida qisqa (Reels/TikTok formatida) kreativ video rolik tayyorlang. 🟢Video rolikni shaxsiy Instagram, TikTok yoki Facebook sahifangizga #TDMAU heshtegi bilan yuklang. 🟢Video rolikni @Zahiriddin_Nizomiddinovich manziliga jo‘nating. 🎯 Asosiy maqsad: Abituriyentlarga TDMAUdagi haqiqiy talabalik muhitini sizning nigohingiz orqali ko‘rsatib berish. Eng sara video roliklar universitetning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi! 🏆 G‘oliblarni nima kutmoqda? ➡️ Universitet miqyosida keng ommalashtiriladi va tanitiladi; ➡️ Universitet tomonidan moddiy rag‘batlantiriladi; ➡️Oliygohning rasmiy “Brend-elchisi” (Ambassador) maqomiga ega bo‘ladi. 🚀 Siz uchun oddiy bo‘lib tuyulgan talabalik hayoti boshqalar uchun orzu bo‘lishi mumkin. O‘z hikoyangizni ulashing, universitetimiz qiyofasini birgalikda namoyon eting va TDMAUning rasmiy Brend elchisiga aylaning! 🌐tdmau.uz ✅ Telegram 🌐Instagram ✅Facebook 📹YouTube
🔷 Diqqat: Yakuniy nazorat imtihonlari boshlanmoqda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 2025/2026-o‘quv yilining bahorgi semestr yakuniy nazorat imtihonlari muddati belgilandi. Joriy yilning 11-mayidan 23-mayiga qadar 1–4-bosqich talabalari uchun test va yozma shakldagi sinovlar o‘tkaziladi. Imtihon jarayonlarining adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha sinovlar shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etiladi. Jarayonlarni to‘liq videokuzatuv orqali YouTube platformasida jonli efirda kuzatib borish imkoniyati yaratilgan. ❗️ Еslatma: 🟢Talabalar belgilangan vaqtda kelishlari shart; 🟢Shaxsni tasdiqlovchi hujjat majburiy; 🟢Aloqa vositalarini olib kirish taqiqlanadi; 🟢Tartib buzilishi yoki ko‘chirmachilik holatida natija bekor qilinadi. 🌐tdmau.uz ✅ Telegram 🌐Instagram 😎Facebook 📹YouTube
9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan sizni unutilmas bayramona muhitga chorlaymiz! 🎖 “Harbiy vatanparvarlik festivali” 📅 Sana: 8-may 🕘 Vaqt: 09:00 📍 Manzil: Termiz tumani, Yangi O‘zbekiston massivi Festival davomida sizni quyidagilar kutmoqda: 🔥 Osh chempionati ikki bosqichda: soat 10:00da kunduzgi ta'lim shakli talabalari o'rtasida, soat 16:00da sirtqi ta'lim shakli talabalari o'rtasida bo'lib o'tadi 🧠 “Zakovat” intellektual o‘yinlari 📚 Kitobxonlik musobaqalari 🏃♂️ Sport o‘yinlari 🎭 Sahna ko‘rinishlari Yuqoridagi tanlov va musobaqalarda g'olib bo'lgan sovrindorlar munosib tarzda taqirlanadi. 🌙 Kechgi dastur: 🕖 Soat 19:00 da amfiteatrda 🎤 Osman Navruz va Ulug‘bek Yo‘lchiyev ishtirokida konsert-shou dasturi 🎆 Yakunda esa barchani hayratga soluvchi mushakbozlik! ✨ Tarixni yod eting, qadriyatlarni his eting va bayramona kayfiyatni biz bilan baham ko‘ring! 👉 Barchangizni ushbu ulkan festivalga taklif etamiz! 👀Bizni kuzating 🔗 Telegram | Instagram | Facebook | You Tube | Web sayt
Талабгорлар булса деканатга келиб учрашинг
ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI FAKULTET DEKANLARI, DEKAN O‘RINBOSARLARI, KAFEDRA MUDIRLARI HAMDA MAS’UL XODIMLAR! 2026-yil 7-may kuni soat 10:00 da Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining bosh binosi (Mexanika fakulteti), 109-xonasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. SURXONDARYO VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI tomonidan Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi uchun malakali kadrlarni xizmatga qabul qilish maqsadida tanlov e’lon qilinadi. Tanlov doirasida (Barcha 3-kurs va barcha bitiruvchi bosqich talaba qizlar va ayollarni) zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda maxsus apparat-dasturiy qurilmalar prototiplarini yaratish yo‘nalishida ishlash istagidagi iqtidorli va suhandon mutaxassislar (ayollar/qizlar) ishga taklif etiladi. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: O‘zbek tilida erkin va ravon so‘zlasha olish; Matnlarni ifodali o‘qish qobiliyatiga ega bo‘lish; Nutq madaniyati va chiroyli diksiyaga ega bo‘lish; Kamera va mikrofon qarshisida o‘zini ishonchli va erkin tutish; Ingliz yoki rus tillari bo‘yicha sertifikatlar mavjudligi ustunlik beradi. Ushbu talablarga javob beradigan va tizimda xizmat qilish istagida bo‘lgan nomzodlar belgilangan vaqtda uchrashuvda ishtirok etishlari so‘raladi.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи