ТКТИ Халқаро ҳамкорлик - ТХТИ международное сотрудничество- TICT International cooperation 🇺🇿🇧🇾🇰🇷🇧🇬🇵🇼🇨🇳🇺🇸🇪🇸🇮🇹
СтатистикаТошкент кимё-технология институтининг халқаро ҳамкорлик бўлими телеграм канали. Телеграм канал отдела международного сотрудничества Ташкентского химико-технологического института. Telegram channel of the international cooperation departament of TICT.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 100
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Технологии
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 37
- 1/48двое суток
- 42
- 1/72трое суток
- 45
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📢 QABUL DAVOM ETMOQDA! Toshkent kimyo-texnologiya institutining xalqaro 1+1 qo‘shma ta’lim dasturlari aynan Siz uchun! 🌍🎓 ✨ 1+1 dasturi orqali: — 1 yil O‘zbekistonda, — 1 yil xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasasida tahsil olib, — ikki nufuzli oliy ta’lim muassasasining diplomiga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ling! 🎓 Magistratura | 1+1 | Kunduzgi ta’lim mutaxassisliklari: 🇧🇾 Belarus davlat texnologiya universiteti 70710104 — Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) 🇮🇳 Integral University (Hindiston) 70710201 — Biotexnologiya 🇮🇹 Ca’ Foscari University of Venice (Italiya) 70710201 — Kimyoviy texnologiya (1 semestr - 6 oy) 🚀 Xalqaro ta’lim, zamonaviy bilim va yangi imkoniyatlar sari birinchi qadamni bugun tashlang! 📌 Hujjatlarni onlayn yoki bevosita Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 32-uy manziliga topshiring. 📞 Murojaat uchun: +998 90 966 11 91 +998 71 244 79 20 📲 Telegram: t.me/tktiuz 🌐 Veb-sayt: www.tkti.uz 🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti — xalqaro ta’lim sari ishonchli qadam! 👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
🇨🇭 Shveytsariyada ilmiy tadqiqot olib borish uchun davlat stipendiyasi! O‘zbekistonlik izlanuvchilar uchun yana bir yaxshi imkoniyat — Swiss Government Excellence Scholarships 2027–2028 dasturiga arizalar 2026-yil 20-avgustdan qabul qilina boshlaydi. Dastur Shveytsariya hukumati tomonidan xorijiy yosh tadqiqotchilar uchun tashkil etilgan bo‘lib, barcha akademik yo‘nalishlar bo‘yicha qatnashish imkonini beradi. ✅ Qanday imkoniyatlar mavjud? 🔹 Research Fellowship — o‘z davlatida PhD bosqichida tahsil olayotgan izlanuvchilar uchun Shveytsariyada 6–12 oy ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyati. 🔹 PhD Scholarship — magistr darajasiga ega nomzodlar uchun Shveytsariyada doktorantura olib borish imkoniyati. Stipendiya dastlab 12 oyga beriladi va ilmiy natijalarga qarab 36 oygacha uzaytirilishi mumkin. 💰 Stipendiya miqdori — oyiga CHF 2 450. Bundan tashqari: — majburiy tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplanadi; — turar joy depoziti uchun bir martalik CHF 600 beriladi; — O‘zbekiston kabi EU/EFTA tarkibiga kirmaydigan davlatlardan kelgan stipendiatlar uchun qaytish aviachiptasi bo‘yicha ham yordam mavjud. 👤 Asosiy talablar — magistr darajasiga ega bo‘lish; — 1991-yil 31-dekabrdan keyin tug‘ilgan bo‘lish; — yaxshi tayyorlangan ilmiy loyiha va tadqiqot rejasi bo‘lishi; — Shveytsariyadagi professor yoki ilmiy rahbardan qo‘llab-quvvatlash xati olish. Eng muhim shart. Ariza topshirishdan oldin Shveytsariyadagi universitet yoki ilmiy markazdan mavzuingizga mos professor topishingiz kerak. Professor sizning tadqiqotingizga rahbarlik qilishga rozilik bildirishi va rasmiy qo‘llab-quvvatlash xatini berishi lozim. Ilmiy rahbarsiz topshirilgan ariza ko‘rib chiqilmaydi. Professorni qanday topish mumkin? 1. ETH Zurich, EPFL yoki boshqa Shveytsariya universitetlari saytlaridan mavzuingizga mos kafedra va laboratoriyalarni qidiring. 2.Professorning oxirgi ilmiy maqolalarini ko‘rib chiqing. 3.Unga qisqa xat yuboring va quyidagilarni ilova qiling ilmiy CV, maqolalar ro‘yxati, 1–2 sahifalik tadqiqot g‘oyasi, nima uchun aynan uning laboratoriyasida ishlamoqchi ekaningiz haqidagi qisqa izoh. Muhim yangilik: 2027–2028 o‘quv yilidan boshlab alohida Postdoctoral Scholarship bekor qilingan. Shu sababli ushbu tanlovni postdok dasturi sifatida qabul qilmaslik kerak. Arizalar 20-avgust 2026 dan ochiladi. O‘zbekiston uchun yakuniy topshirish muddati va mavjud stipendiya turlari rasmiy tizimda davlatlar kesimida ko‘rsatiladi. 🔗 Rasmiy tanlov sahifasi: www.sbfi.admin.ch 🔗 Talablar va ariza topshirish tartibi: https://www.eda.admin.ch 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
🌐 Biz bilan bog‘lanish oson! Sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishni istaysizmi? Unda biz bilan bevosita bog‘laning! ⏲ Ish vaqti: Dushanbadan Jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha Bizning aloqa ma’lumotlarimiz: 📞 Telefon: +998712389918 📬 Email: neo@erasmusplus.uz 💬 Telegram: @erasmus_uz 📹 Instagram: erasmusinuzbekistan 🌐 LinkedIn: erasmusinuzbekistan 🟥 YouTube: erasmusinuzbekistan 🕸 Vebsayt: www.erasmus.uz Savolingiz bormi? Xech ikkilanmang – yozing, qo‘ng‘iroq qiling yoki ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating! Batafsil: https://erasmus.uz/publications/567-biz-bilan-bog-lanish-oson 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
🇩🇪 Germaniyada ilmiy tadqiqot olib borish uchun DAAD granti! Doktorant va yosh olimlar uchun yaxshi imkoniyat: Germaniyaning DAAD — Research Grants in Germany dasturi orqali Germaniyada ilmiy tadqiqot olib borish mumkin. Grant deyarli barcha fan yo‘nalishlarini qamrab oladi: huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy va gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, muhandislik va boshqa sohalar. Kimlar qatnashishi mumkin? 🔹 doktoranturada tahsil olayotgan izlanuvchilar; 🔹 PhD darajasini olganiga 4 yildan oshmagan yosh olimlar. Tadqiqot muddati: — doktorantlar uchun: 2–12 oy; — postdoklar uchun: 2–6 oy. Grant doirasida: — oyiga 1 400 yevro stipendiya; — sug‘urta xarajatlari; — ayrim holatlarda yo‘l xarajatlari; — uzoq muddatli tadqiqotlar uchun qo‘shimcha ilmiy xarajatlar ham qoplanishi mumkin. Eng muhim shart. Ariza topshirishdan oldin Germaniyadagi universitet yoki ilmiy markazdan o‘z mavzuingizga mos professor yoki ilmiy rahbar topish kerak. Professor sizning tadqiqot loyihangizni qabul qilishi va tegishli tasdiq xatini berishi lozim. Ariza topshirish muddati: 2026-yil 3-sentabr. Agar hali ilmiy rahbar topmagan bo‘lsangiz: 1. mavzuingizga yaqin maqolalar yozgan nemis olimlarini toping; 2. ularga qisqa CV yuboring; 3. bir sahifalik tadqiqot g‘oyangizni ilova qiling; 4. aynan nima uchun shu professor bilan ishlamoqchi ekaningizni yozing. 🔗 DAAD grantlar bazasi: https://www2.daad.de/deutschland/stipendium/datenbank/en/21148-scholarship-database/ Saytga kirgach, qidiruvga: Research Grants in Germany deb yozing va Country — Uzbekistan ni tanlang. DAAD Scholarships & Funding: https://www.daad.de/en/studying-in-germany/scholarships/ Germaniyadagi universitet va ilmiy markazlarni izlash: https://www.gerit.org/en/ 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
🌍 You're Invited: *Global ESG Symposium 2026* 🎯 _*Title: The Next Decade of ESG: From Commitment to Measurable Impact*_ 📅 Date: Friday, 14 August 2026 🕒 Time: 3:00 PM – 5:00 PM (MYT) 💻 Venue: MS Teams 📝 Summary: Learn how organizations are moving from ESG ambitions to real, measurable impact by embedding sustainability into strategy, governance, and operations using data and technology. 🎟️ Register now to get your access link by *13 August 2026, 5pm (MYT): 👉 https://luma.com/4oseubqq* Let’s shape a more sustainable and accountable future together! 🌱
без подписи
https://newinti.edu.my/brochures/INTI-WA-MBA-Booklet.pdf
https://newinti.edu.my/brochures/INTI-WA-MBA-Booklet.pdf
📢 #Qabul2026 💻 #TKTI_Masofaviy_ta'lim 🌐 Oliy ta'lim endi Sizga yanada yaqin! Masofadan turib sifatli oliy ta'lim olishni xohlaysizmi? Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sizga zamonaviy masofaviy ta'lim imkoniyatini taqdim etadi. 🎓 2026/2027-o‘quv yili uchun masofaviy ta'lim shakli bo‘yicha quyidagi ta'lim yo‘nalishlari kesimida jami 200 ta qabul kvotasi ajratilgan: 📈 Iqtisodiyot — 50 💰 Moliya va moliyaviy texnologiyalar — 25 🏢 Menejment — 25 📢 Marketing — 50 💻 Axborot tizimlari va texnologiyalari — 50 🌍 Qayerda bo‘lishingizdan qat'i nazar, sifatli oliy ta'lim oling! ✅ Zamonaviy platformalar orqali ta'lim ✅ Mustaqil o‘qish uchun qulay imkoniyat ✅ Moslashuvchan o‘quv jarayoni ✅ Tajribali professor-o‘qituvchilar 🚀 Masofalar emas, bilim muhim! Kelajagingizni TKTI bilan quring va zamonaviy kasb egasiga aylaning!
📢 #Qabul2026 🌐 #TKTI_Masofaviy_Magistratura2026 🎓 Kasbiy faoliyatingizni davom ettirgan holda ilmiy salohiyatingizni oshirishni istaysizmi? ✨ Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti masofaviy magistraturasini tanlang! 🏛 Zamonaviy ta'lim platformalari, malakali professor-o'qituvchilar, tajribali ilmiy rahbarlar hamda davlat namunasidagi magistr diplomi — bularning barchasi TKTIda! 📊 2026/2027-o'quv yili uchun masofaviy magistratura bo'yicha jami 30 ta qabul parametri ajratilgan. 📚 Mutaxassisliklar: 📈 Menejment — 15 ta 📢 Marketing — 15 ta 💼 Ishni davom ettiring, ilmiy salohiyatingizni oshiring va magistrlik diplomiga ega bo'ling! ✨ Toshkent kimyo-texnologiya instituti — zamonaviy bilim va muvaffaqiyat sari ishonchli tanlov!
📢 #Qabul2026 👩🎓 #TKTI_Kunduzgi_Magistratura2026 🎓 Kelajakdagi ilmiy faoliyatingizni, akademik salohiyatingizni va professional karyerangizni yangi bosqichga olib chiqishni istaysizmi? ✨ Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistraturasini tanlang! 🏛 TKTI bugungi kunda kimyo texnologiyasi, oziq-ovqat sanoati, neft-gaz, biotexnologiya, Data Science, ekologiya, menejment va boshqa ko'plab zamonaviy yo'nalishlarda yuqori malakali magistrlarni tayyorlaydigan respublikaning yetakchi oliy ta'lim muassasalaridan biridir. 🌟 Nima uchun aynan TKTI magistraturasi? ✅ Yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-o'qituvchilar va tajribali ilmiy rahbarlar ✅ Zamonaviy laboratoriyalar va ilmiy tadqiqot markazlari ✅ Xalqaro grantlar va akademik almashinuv dasturlari ✅ Scopus va Web of Science bazalarida maqolalar chop etish imkoniyati ✅ Yirik sanoat korxonalari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik ✅ Magistraturada tahsil olish bilan birga ilmiy va kasbiy faoliyatni uyg'un olib borish imkoniyati 📊 2026/2027-o'quv yili uchun kunduzgi magistratura bo'yicha jami 691 ta qabul parametri ajratilgan. 🎓 Davlat granti — 397 ta 💳 To'lov-kontrakt — 294 ta 📚 Mutaxassisliklar: 🎓 Davlat granti soni | 💳 To'lov-kontrakt soni | 👥 Jami 📈 Menejment 🎓 2 ta | 💳 28 ta | 👥 30 ta 📊 Loyiha boshqaruvi 🎓 2 ta | 💳 13 ta | 👥 15 ta 📢 Marketing 🎓 1 ta | 💳 29 ta | 👥 30 ta 🌿 Atrof-muhit muhofazasi 🎓 11 ta | 💳 4 ta | 👥 15 ta 🛢 Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi 🎓 8 ta | 💳 7 ta | 👥 15 ta 💻 Ma'lumotlar ilmi (Data Science) 🎓 3 ta | 💳 7 ta | 👥 10 ta ⚗️ Kimyoviy texnologiya 🎓 70 ta | 💳 30 ta | 👥 100 ta 🧪 Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi 🎓 7 ta | 💳 13 ta | 👥 20 ta 💊 Dorivor vositalar va preparatlar texnologiyasi 🎓 2 ta | 💳 18 ta | 👥 20 ta 🏭 Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari 🎓 10 ta | 💳 0 ta | 👥 10 ta 🧬 Biotexnologiya 🎓 45 ta | 💳 30 ta | 👥 75 ta 📏 Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi 🎓 15 ta | 💳 0 ta | 👥 15 ta 📐 Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish 🎓 10 ta | 💳 5 ta | 👥 15 ta ⚙️ Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 🎓 9 ta | 💳 11 ta | 👥 20 ta 🌱 Atrof-muhit muhandisligi 🎓 4 ta | 💳 6 ta | 👥 10 ta 🍞 Oziq-ovqat texnologiyasi 🎓 59 ta | 💳 16 ta | 👥 75 ta 🛡 Oziq-ovqat xavfsizligi 🎓 25 ta | 💳 50 ta | 👥 75 ta 🧱 Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi 🎓 7 ta | 💳 8 ta | 👥 15 ta 🏗 Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari 🎓 10 ta | 💳 0 ta | 👥 10 ta 📄 Sellyuloza-qog'oz ishlab chiqarish texnologiyasi va jarayonlari 🎓 21 ta | 💳 0 ta | 👥 21 ta 🪵 Yog'ochga ishlov berish texnologiyasi va yog'ochshunoslik 🎓 8 ta | 💳 2 ta | 👥 10 ta ⚙️ Neft-gaz sanoati mashinalari va jihozlari 🎓 6 ta | 💳 4 ta | 👥 10 ta 🏭 Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari 🎓 4 ta | 💳 6 ta | 👥 10 ta ⛽️ Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 🎓 30 ta | 💳 0 ta | 👥 30 ta 🍇 Uzumchilik va vinochilik 🎓 20 ta | 💳 0 ta | 👥 20 ta 🌿 Dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi 🎓 10 ta | 💳 5 ta | 👥 15 ta 🚀 Bugun tanlagan magistraturangiz — ertangi ilmiy yutuqlaringiz va muvaffaqiyatli karyerangiz poydevori! ✨ Toshkent kimyo-texnologiya instituti — ilm, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar uyg'unlashgan maskan. 📍 Kelajagingizni bugundan TKTI bilan quring!
📢 #Qabul2026 🌙 #TKTI_Kechki_ta'lim 💼 Ishlaysizmi? Kasbiy faoliyatni to‘xtatmagan holda oliy ma'lumot olishni istaysizmi? Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti kechki ta'lim shakli aynan Siz uchun! 🎓 2026/2027-o‘quv yili uchun kechki ta'lim shakli bo‘yicha quyidagi ta'lim yo‘nalishlari kesimida jami 925 ta qabul kvotasi ajratilgan: 📈 Iqtisodiyot — 25 💼 Buxgalteriya hisobi — 25 💰Moliya va moliyaviy texnologiyalar — 25 🏢 Menejment — 25 🧬 Biologiya — 50 ⚗️ Kimyo — 50 🏭 Kimyo muhandisligi — 100 ⚡️ Energetika muhandisligi — 35 📏 Metrologiya va standartlashtirish — 25 ⚙️ Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish — 25 🍞 Oziq-ovqat texnologiyasi — 110 (o‘zbek), 50 (rus) 🧴 Parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi — 50 🧱 Materialshunoslik — 25 🏗 Texnologik mashinalar va jihozlar — 75 🛢 Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi — 25 🛢 Neft va gaz ishi — 50 🌾 Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi — 50 🍇 Meva-sabzavotchilik va uzumchilik — 30 🚛 Logistika — 75 ✅ Ish va o‘qishni birgalikda olib borish ✅ Zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalar ✅ Tajribali professor-o‘qituvchilar ✅ Davlat namunasidagi diplom 🎯 Bugungi tajribangizni ertangi muvaffaqiyatga aylantiring! TKTI bilan birga rivojlaning va professional faoliyatingizni yangi bosqichga olib chiqing!
📢 #Qabul2026 🎓 #TKTI_Kunduzgi_ta'lim 🌟 Kelajagingizni bugundan Toshkent kimyo-texnologiya institutida boshlang! Sifatli ta'lim, zamonaviy laboratoriyalar, malakali professor-o‘qituvchilar va ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘langan o‘quv jarayoni — bularning barchasi Toshkent kimyo-texnologiya institutida! 👨🎓 2026/2027-o‘quv yili uchun kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha quyidagi ta'lim yo‘nalishlari kesimida jami 3 250 ta qabul kvotasi ajratilgan. 🎨 Dizayn: sanoat dizayni — 25 📈 Iqtisodiyot — 100 (o‘zbek), 25 (rus) 💼 Buxgalteriya hisobi — 50 💰 Moliya va moliyaviy texnologiyalar — 50 🏢 Menejment — 75 (o‘zbek), 25 (rus) 📊 Biznesni boshqarish — 50 👥 Inson resurslarini boshqarish — 50 📢 Marketing — 50 (o‘zbek), 25 (rus) 🧬 Biologiya — 100 🌿 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi — 100 ⚗️ Kimyo — 100 💻 Axborot tizimlari va texnologiyalari — 100 🖥 Dasturiy injiniring — 50 🤖 Sun'iy intellekt — 50 🏭 Kimyo muhandisligi — 300 (o‘zbek), 50 (rus) 🧫 Biotexnologiya — 150 ⚡️ Energetika muhandisligi — 75 📏 Metrologiya va standartlashtirish — 50 ⚙️ Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish — 50 🤖 Mexatronika va robototexnika — 50 🌱 Atrof-muhit muhandisligi — 75 🍞 Oziq-ovqat texnologiyasi — 300 (o‘zbek), 50 (rus) 🧴 Parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi — 100 🧱 Materialshunoslik — 75 🏗 Texnologik mashinalar va jihozlar — 125 (o‘zbek), 50 (rus) ⛽️ Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi — 50 🛢 Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi — 75 🛢 Neft va gaz ishi — 100 🌾 Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi — 100 🍇 Meva-sabzavotchilik va uzumchilik — 75 🌿 Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi — 50 🚛 Logistika — 175 🦺 Hayot faoliyati xavfsizligi — 50 ⚠️ Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi — 50 Agar Siz: ✅ zamonaviy kasb egasi bo‘lishni; ✅ xalqaro darajadagi bilim olishni; ✅ kuchli professor-o‘qituvchilardan tahsil olishni; ✅ yirik sanoat korxonalarida amaliyot o'tashni; ✅ bitirganingizdan so‘ng yuqori maoshli ishga joylashishni istasangiz, 🎯Toshkent kimyo-texnologiya instituti aynan Siz uchun! 🚀TKTI — bilim, innovatsiya va muvaffaqiyat sari ishonchli qadam!
#InnoWeek_2026 ✅ Hurmatli olimlar, tadbirkorlar va investorlar! ➡️ 2026-yilning 27–29-oktabr kunlari “InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi. Tadbir ilm-fan, yuqori texnologiyalar va investitsiyalar sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda quyidagi yo‘nalishlar qamrab olinadi: ⚫️ Istiqbolli loyihalar va startaplar taqdimoti; ⚫️ Olimlarning yangi texnologiyalari namoyishi; ⚫️Chet ellik va mahalliy hamkorlar, investorlar hamda biznes vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish. 🔍 Sana: 2026-yil, 27–29-oktabr ✅ O‘tkazilish joyi: CAEx 🖥 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: https://innoweek.uz Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
💡Erasmus+ loyihasi bo‘yicha hamkorlar qidiryapsizmi? Agar sizda loyiha taklifi bo‘lsa va hamkorlar qidirayotgan bo‘lsangiz, Mahalliy hamkor izlovchi yordamga tayyor! 🌍 🔗 Bu yerda ehtimoliy hamkorlar bilan tanishing: Mahalliy hamkor topish jadvali 💳 Ishtirok etishni xohlaysizmi? Aloqa ma’lumotlaringizni quyidagi shaklni to‘ldirish orqali NEO veb-saytiga joylashtiring: Ariza havolasi Keling, birgalikda yanada mustahkam hamkorlik o‘rnatamiz! 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
💥💥You're Invited to Online Seminar organised by Malaysian University INTI!* MAVZU: Failure Analysis and Eco-Friendly Corrosion Prevention for Enhanced Asset Integrity 🗓 Monday, 20 July 2026 ⏰ 7:00 - 9:00 (TASHKENT VAQTI) Organised by the *Faculty of Engineering and Quantity Surveying*, INTI International University, Nilai, Negeri Sembilan, Malaysia. 💻 *Join online:* (https://teams.microsoft.com/meet/47523278891863?p=f7PqkWNLf0jczNRw7g) or scan the QR code. Feel free to share this invitation with colleagues and friends who may be interested.
Ҳурматли ҳамкасблар! Сизларни “Фан ва тараққиёт” Давлат муассасасининг 2026 йил 17–19 сентябрь кунлари ўтказиладиган «Материалшуносликнинг истиқболлари: янги авлод композицион ва нанокомпозицион материаллари» мавзусидаги халқаро илмий-амалий анжуманида иштирок этишга таклиф этамиз. Тезислар conf.gupft@mail.ru электрон почтаси орқали 15-августгача қабул қилинади.
🎊Приглашение 🔥Международный форум «Цифровые технологии и искусственный интеллект: современные тренды в науке и образовании государств-участников СНГ». 🔥Форум состоится с 16 по 18 сентября 2026 при поддержке Межгосударственного фонда гуманитарного сотрудничества государств-участников Содружества Независимых Государств Больше информации: https://uust.ru/projects/ru/forum/
без подписи
📖 HEREs Nashrlari | Erasmus+ dasturlarining yuridik ta’limni rivojlantirishga ta’siri Sizlarga “Oliy ta’lim taraqqiyotining istiqbollari” ilmiy-uslubiy jurnalining 19-sonidan navbatdagi maqolani taqdim etamiz. Mazkur jurnal O‘zbekiston Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha milliy ekspertlari (HEREs) tomonidan nashr etiladi. 🔹 Muallif: Jaloliddin Raxmonov 🔹 Maqola nomi: Erasmus+ dasturlarining yuridik ta’limni rivojlantirishga ta’siri Mazkur maqolada Erasmus+ dasturlarining O‘zbekistonda yuridik ta’limni modernizatsiya qilishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Muallif o‘quv dasturlarini yangilash, akademik mobillikni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda bo‘lajak yuristlarda amaliy va transversal kompetensiyalarni shakllantirishda Erasmus+ dasturining muhim hissasini yoritadi. Shuningdek, MELE (Modernising European Legal Education) loyihasi misolida yuridik ta’limni zamonaviy talablar asosida rivojlantirish tajribasi tahlil qilingan. 👉 Maqolaning asosiy jihatlari: 📌 To‘liq maqola bilan tanishing: Havola Batafsil 👈 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube