TKTI TALABALAR HAYOTI
СтатистикаBirlashsak-katta kuchmiz! Demak... Shaffof Adolatli Real Kreativ
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 14
- Всего постов
- 79
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Технологии (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 164
- 1/48двое суток
- 187
- 1/72трое суток
- 202
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Giyohvandlik 🔻 Toshkent shahar IIBB ogohlantiradi! Talabalar va yoshlar diqqatiga! “Oson pul” ortidagi dahshatli qopqon! ↪️Bugungi kunda ayrim yoshlar internet orqali ish izlab, giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlar qopqoniga tushib qolmoqda Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🎬 “Sharafli yo‘l” videoroliklar tanlovi! 🇺🇿 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 18–30 yoshdagi jurnalistlar va blogerlarni tanlovga chorlaydi. 🏆 Nominatsiyalar: • Eng yaxshi videorolik • Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik • Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik 📌 Mavzular: • “Mustaqillik mening taqdirimda” • “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar mamlakati” • “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” • “Mening Vatanim – mening faxrim” 💰 Mukofotlar: 🥇 15 mln so‘m 🥈 10 mln so‘m 🥉 5 mln so‘m 🗓 Arizalar 20-avgustgacha qabul qilinadi. 📲 Ijodiy ishlarni Telegram orqali: @Uyushma_26 ☎️ Murojaat uchun: 71 244-37-87, 71 244-64-62 #foydali #poytaxt_yoshlari 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
#Eʼlon #Tanlov 🗣Ijodiy ishlar tanloviga qabul muddati uzaytirildi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida e’lon qilingan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika tanlovi uchun ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 20-avgustgacha uzaytirildi. ↪️Eslatib o‘tamiz, tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi. 📋 Tanlov nizomi 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
📢DIQQAT, IQTIDORLI TALABALAR! 🎓Kelajagingizni ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘lashni istaysizmi? 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslariga qabul boshlandi! 🚀Ushbu kurslar orqali siz: 🗣sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilim olasiz; 🗣 innovatsion va startap loyihalar ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz; 🗣 ilmiy salohiyatingizni rivojlantirasiz; 🗣 kelajak kasblari uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. 📌Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi. 🌐Ro‘yxatdan o‘tish: https://dscience.uz/qabul/2026 📲Telegram: https://t.me/datasciencekonkurs ⚡️Kelajak texnologiyalarini bugundan o‘rganing va “Mirzo Ulug‘bek vorislari” safidan joy oling! 😎 Telegram 😎 Instagram
🇺🇿“35 000 tashabbus” — katta o‘zgarishlar sari muhim qadam! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasini qo‘llab-quvvatlayman! 👩🎓Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Nematov Otabek yoshlarni o‘z g‘oya va tashabbuslarini ilgari surishga, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chorlaydi. 🟢Ta’lim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda ilgari suriladigan har bir ezgu va innovatsion tashabbus — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissadir. 📌Sizning ham g‘oyangiz bormi? Unda tashabbusingizni yuboring: 🔗 tashabbus.yito.uz 🗓Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi. 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. 😎 Telegram 😎 Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🇺🇿PF–207-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotik va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi bosh inspektori J.Yusupov hamda mas'ul xodim tomonidan Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrif buyurilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–207-son "Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida" Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. ✅O‘rganish jarayonida institutda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va boshqa zararli illatlarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. 😎Shuningdek, talaba-yoshlar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik ishlar, mutasaddi tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik, targ‘ibot tadbirlari, institut hududida xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ham batafsil ko‘rib chiqildi. 👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
📣 E’LON | Diplom va ilovalarni topshirish tartibi aniqlandi. 👩🎓 Bugundan 2025/2026-o‘quv yilida Toshkent kimyo-texnologiya institutini muvaffaqiyatli tamomlagan Qo'shma ta'lim dasturi va Magistratura bosqichi bitiruvchilari uchun diplom va uning ilovasini topshirish boshlandi. 🕘 Diplomlar har kuni soat 09:00 dan 16:00 gacha topshiriladi. 📍 Joylashuv: “Talabalar bilan ishlash” bo‘limi, A.N.-32 binosi, 3-qavat, 303-xona. 🗓 Ish vaqti: Dushanbadan jumagacha, tushlik 13:00–14:00. 📌 Diplom olish uchun pasport va talabalik guvohnomasi talab etiladi. 👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
🏆STARTAP VA SUN’IY INTELLEKT SOHASIDAGI NUFUZLI TANLOVLAR BOSHLANDI! 🚀Innovatsion g‘oyangiz bormi? Uni amaliy loyihaga aylantirish va yurtimizning eng nufuzli tanlovlarida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 💡Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi MChJ tomonidan quyidagi tanlovlar o‘tkazilmoqda: 🏅“President Tech Award” 🤖“President AI Award” 💠Ushbu tanlovlar yoshlar o‘rtasida startap madaniyatini rivojlantirish, innovatsion va sun’iy intellektga asoslangan istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan. 🗓Arizalar 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi. 🌐Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: awards.gov.uz 💥Innovatsion g‘oyangizni namoyon eting, yurtimizning texnologik taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing va yirik tanlov g‘oliblari safidan joy oling! 😎 Telegram 😎 Instagram
⚠️ Diqqat e'lon! 🌐 Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi serverlarida navbatdan tashqari profilaktik ishlar olib borilishi sababli joriy yil 10-avgustga qadar my.gov.uz tizimi orqali Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Talabalar turar joyiga joylashtirish uchun onlayn ariza yuborishda imtiyozlarni aniqlash jarayonida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. ⚙️ Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot tizimi to‘liq ishga tushgach, arizalardagi imtiyozli toifalar tizim tomonidan avtomatik ravishda qayta aniqlanadi. Shu sababli, foydalanuvchilardan xavotir olmasliklarini so‘raymiz ☺️ 🤔Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz! 💬 Telegram | 😀 Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи