PDP Junior
Статистика🚀 Kelajak bizniki - Marra bizniki! 💬 Muhokamalar uchun chat @pdpjuniorcommunity Murojaat uchun: @pdp_junior 📞 Tel: (78) 777-74-77
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 219
- 1/48двое суток
- 250
- 1/72трое суток
- 270
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Adminlarga ham oson emas 😅
🔎 Endigi tashrifimiz Yashnobod va Bektemir filiallarimizga bo‘ldi. 💪 Reyd davomida filiallarning ichki faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va ish jarayonlarini yaqindan o‘rgandik. Aniqlangan muammolarni muhokama qilib, ularning har biri uchun amaliy yechimlarni belgilab oldik Albatta, tashrifimizning eng yoqimli qismi - o‘zini faol, intiluvchan va namunali tutgan o‘quvchilarimizni “Oy qahramoni” nominatsiyasi bilan taqdirlash bo‘ldi. ✨ Bu hali boshlanishi. Oldinda boshqa filiallarimizda ham reydlar davom etadi. 👀
Sun’iy intellektdan “to’g’ri” foydalaning, aks holda…😅
🎓 Nihoyat, bitiruvchilarimiz - qaldirg‘ochlarimiz ham o‘z loyihalarini muvaffaqiyatli taqdim etishdi! 🏆 Ular o‘qish davomida olgan bilimlarini amalda qo‘llab, o‘z qo‘llari bilan yaratgan loyihalarini ota-onalari oldida namoyish qilishdi. 👏 Har bir loyiha ortida mehnat, izlanish va katta harakat bor. Bitiruvchilarimizni ushbu muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagani bilan tabriklaymiz! Qaldirg‘ochlarimizga keyingi bosqichlarda ham katta zafarlar tilaymiz. Bu hali boshlanishi! 🚀
🔎 Filiallarimizda nazorat va rivojlanish ishlari davom etmoqda! Birinchi reydimiz - Keles filialida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashrif davomida filialdagi ichki jarayonlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va mavjud muammolarni o‘rgandik. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha esa muammoga shunchaki baho beribgina qolmay, to‘g‘ri va amaliy yechimlarni birgalikda ishlab chiqdik. 💪 Tashrifimiz davomida yana bir yoqimli vazifa - faol va namunali o‘quvchilarimizga “Oy qahramoni” nominatsiyasini topshirdik. 🏆 Biz uchun har bir filial - bu shunchaki o‘quv markazi emas. Bu yerda o‘quvchilarimizning rivoji, qulayligi va natijasi birinchi o‘rinda! 🚀 Kelayotgan reydlarimizda yana qaysi filialimizga tashrif buyurishimizni kuzatib boring! 👀
🏆 “Oy qahramonlari” nominatsiyasining navbatdagi g‘oliblari bilan tanishing! 🌟 Yashnobod filialimiz administratori Muhammadyusuf - mas’uliyati, mehnatsevarligi va jamoaga qo‘shayotgan hissasi uchun e’tirof etildi. 🤖 Robototexnika ustozlarimiz Abdusattor va Mavlonbek esa o‘quvchilarimiz bilan olib borayotgan samarali ishlari, fidoyiligi va ustozlikdagi yondashuvi uchun “Oy qahramoni” bo‘lishdi. 👏 Muhammadyusuf, Abdusattor va Mavlonbekni ushbu e’tirof bilan tabriklaymiz! 💙 Sizlarning mehnatingiz va fidoyiligingiz - PDP Junior jamoasining rivoji va o‘quvchilarimiz natijalarining muhim qismidir. 🚀
Dasturchilar tushunadi 😉
Sizda ham tushlikdan keyin shundaymi?
🎉 Yaqinda o‘tkazilgan tadbirimiz unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. 👏 Tadbir davomida o‘quvchilarimiz o‘z loyihalarini taqdim etib, o‘quv jarayonida egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyish qilishdi. 💻 Python, Frontend yo‘nalishlaridagi o‘quvchilarimizning ishlari ota-onalar tomonidan katta qiziqish va olqish bilan kutib olindi. ❤️ Farzandlarining yutuqlarini ko‘rgan ota-onalarning quvonchi va iliq fikrlari biz uchun eng katta motivatsiya bo‘ldi. 🚀 Bunday tadbirlar o‘quvchilarimizning nafaqat texnik bilimlarini, balki jamoada ishlash, o‘z fikrini erkin ifodalash va sahnada ishonch bilan chiqish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. 🙏 Tadbirimizda ishtirok etgan barcha ota-onalar va o‘quvchilarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Oldinda bundan ham qiziqarli loyihalar va yirik tadbirlar kutmoqda!
Oʻqituvchingiz ajoyibda 🤩
🚁 Yana bir katta loyiha ustida ish boshlandi! 🇨🇳 Dron loyihamiz uchun Xitoydan buyurtma qilingan kerakli jihozlar yetib keldi. ⚙️ Hozir o‘quvchilarimiz ushbu jihozlar yordamida dronni yig‘ish va dasturlash jarayonini boshlab yuborishmoqda. 🚀 Tez orada tayyor bo‘lgan dron loyihasini va uning imkoniyatlarini sizlarga namoyish qilamiz. @PDPJunior
AahshsjaiaooqavabKzkaoaoqoqha 🤓😄😁😎😎😎👀🤩🧐😁😎😄💪🎉✅
🚗 O‘quvchimiz Muhammadloiq o‘zining ajoyib Batmobile loyihasini yasadi! 🤖 Vedo konstruktoridan foydalanib, kichik mashinalar ustidan hatlab o‘ta oladigan maxsus mashina yasadi. 📲 Eng qiziq tomoni - Batmobile’ni telefon orqali masofadan boshqarish mumkin! 🧠 Bu loyiha Muhammadloiqning tasavvuri, muhandislik fikrlashi va robototexnika bo‘yicha olgan bilimlarini amalda qo‘llay olganining ajoyib natijasi. 🚀 PDP Junior’da o‘quvchilar shunchaki bilim o‘rganmaydi - o‘z g‘oyalarini haqiqiy loyihalarga aylantiradi!
Boʻlaveradimi? 🤓
Yil “oʻg’riligi” 😜
🎉 PDP Junior’ning Algoritm filiali endi rasman ochiq! 🚀 Endilikda Algoritm hududidagi 6–16 yoshli bolalar ham zamonaviy IT va robototexnika yo‘nalishlarini qulay va zamonaviy muhitda o‘rganish imkoniyatiga ega. 💻 Bu yerda farzandlaringiz nafaqat bilim oladi, balki o‘z loyihalarini yaratib, ularni ota-onalar oldida taqdim qilish darajasiga yetadi. 👨👩👧👦 Barcha ota-onalarni yangi filialimizga tashrif buyurishga taklif qilamiz. Kelib dars jarayonlari bilan tanishing va farzandingiz uchun eng to‘g‘ri tanlovni qiling. 💙 PDP Junior Algoritm filialida sizni kutib qolamiz!
💙 Farzandining natijasidan xursand bo‘lgan ota-onaning fikri - biz uchun eng katta motivatsiya. 🤩 Bu safar Chilonzor filialimiz o‘quvchisining onasidan iliq fikrlarni eshitdik. U farzandi darslarga doimo qiziqish bilan, o‘zi xohlab kelishini va har bir mashg‘ulotni intiqlik bilan kutishini aytib o‘tdi. 🚀 O‘quvchilarimizning darslarga mehr bilan qatnashi va yangi bilimlarni ishtiyoq bilan o‘zlashtirishi - bizning eng katta yutug‘imiz. Bildirilgan samimiy fikrlar va ishonch uchun barcha ota-onalarimizga minnatdorchilik bildiramiz!
Ishga kech kelgan xodim… 😄
🚒 Smart bolalar rubrikamizning navbatdagi qahramonlari - Salohiddin va Ahmadjon! 🤖 Ular o‘z qo‘llari bilan Fire Truck (o‘t o‘chiruvchi mashina) loyihasini yasashdi. 🚨 Bu oddiy model emas! Mashinaning narvoni yuqoriga ko‘tariladi, 360° ga aylanadi, chiroqlari yonadi va hatto suv sepish funksiyasiga ham ega. 🧠 Ushbu loyiha orqali o‘quvchilarimiz robototexnika, dasturlash va muhandislik bo‘yicha olgan bilimlarini amalda qo‘llashdi. 👏 Salohiddin va Ahmadjonni ushbu ajoyib loyiha bilan tabriklaymiz! Kelajakda ulardan bundan ham yirik ixtirolarni kutib qolamiz. 💙 PDP Junior’da bolalar shunchaki robot yig‘maydi - ular haqiqiy muhandislik loyihalarini yasashni o‘rganadi.
без подписи