Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi | Rasmiy 🇺🇿
СтатистикаMaktabimizning tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: 🌐 https://www.instagram.com/muzrabot_im 🌐 https://www.facebook.com/groups/ptma.muzrabot.im ▶️ https://www.youtube.com/@Muzrabot_tuman_IM
- Последний пост
- 9 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 82
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 663
- 1/48двое суток
- 759
- 1/72трое суток
- 819
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
https://www.instagram.com/muzrabot_im?igsh=OThhazlsYThiaDU=
https://www.instagram.com/muzrabot_im?igsh=OThhazlsYThiaDU=
#imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#BizningPrezident 🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! ➡️ Rasmiy sahifalar
📢 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! 2026-yil 21-iyul kuni o‘tkazilgan pedagoglar test sinovlarida turli sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmagan nomzodlar uchun quyidagilarni ma’lum qilamiz. 📅 2026-yil 22-iyul 🕛 Soat 12:00 dan keyin Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (ID karta yoki pasport) bilan kelishingiz mumkin. ⚠️ O‘zingiz bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatni olib kelishingiz majburiy. 📌 Belgilangan vaqtda test o‘tkaziladigan binoga o‘z vaqtida yetib kelishingizni so‘raymiz. Omad tilaymiz! 🍀
🔶 Pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi (test) bosqichi: test savollarining tuzilishi va baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining ikkinchi bosqichi test sinovlari shaklida o‘tkaziladi. 📝 Test savollarining tuzilishi ➡️ Test savollari ko‘p variantli (multiple choice) shaklda tuziladi. ➡️ Test jami 40 ta savoldan iborat bo‘ladi. ➡️ Savollar nomzodning: o‘quv fani bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari; mantiqiy fikrlash darajasini aniqlashga qaratiladi. ⏱ Test uchun ajratilgan vaqt ➡️ Aniq va tabiiy fanlar (matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya) uchun — 90 daqiqa. ➡️ Ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun — 60 daqiqa. 📊 Baholash mezonlari ➡️ Har bir to‘g‘ri javob 2,5 ball bilan baholanadi. ➡️ 40 ta savol × 2,5 ball = 100 ball. ➡️ Demak, ikkinchi (test) bosqichida olinishi mumkin bo‘lgan maksimal ball — 100 ball. 🏆 Suhbat bosqichiga kimlar o‘tadi? Test natijalariga ko‘ra, har bir bo‘sh ish o‘rni uchun eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod (ballar ketma-ketligida) suhbat bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. ❌ Testdan chetlashtirishga asos bo‘ladigan holatlar Quyidagi holatlarda nomzod test jarayonidan chetlashtiriladi: ➡️ qonunchilik hujjatlarida, ma’lumot beruvchi adabiyotlarda yoki boshqa materiallardan foydalanish; ➡️ texnik vositalardan foydalanish; ➡️ boshqa shaxslar bilan suhbatlashish; ➡️ test yakunlanmasdan auditoriyani ruxsatsiz tark etish. Bunday holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 📚 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17–24-bandlari. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🔴 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! 🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida hududlar kesimida pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi bosqichi – test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🖱️ Test sinovlari: 🖱️ 21–22-iyul, 2026-yil 🖱️ Reja-grafikda belgilangan sana va soatlarda 🖱️ Test sinovlari quyida ilova qilingan reja-grafikda ko‘rsatilgan manzillarda tashkil etiladi. Hurmatli nomzodlar! Test sinoviga kelishda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni o Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
без подписи
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi #Vazir_ustamasi 🔥 NAVBATDAGI ULKAN MUVAFFAQIYAT: MAKTABIMIZ O‘QITUVCHISI "VAZIR USTAMASI" G‘OLIBI BO‘LDI! 🔷 O‘zining pedagogik mahorati, tinimsiz mehnati va ta’limga bo‘lgan fidoyiligi bilan barchaga o‘rnak bo‘lib kelayotgan maktabimizning tarix fani o‘qituvchisi Jumanazarov Zaxiriddin nufuzli "Vazir ustamasi" sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, 1-o'rinda 🥇 g‘oliblikni qo‘lga kiritdi! 🥳🎉 📌 Ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan ustozimizni, ularning oila a’zolarini va butun maktabimiz jamoasini chin qalbimizdan tabriklaymiz! 🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇 Telegram | Instagram Facebook | Youtube
#Imtihon_2026 🔴 DIQQAT, E’LON! ✅ PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHIDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! 🖌 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 17-iyul kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi. ✅ Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi: 🖱️ matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa; 🖱️ ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi. 🔴 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini to‘ldirish uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK. Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi. 🔴 Muhim eslatma: kirish imtihonlari soat 08:00 da boshlanadi. Barcha talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari so‘raladi. Kirish imtihonini qayta topshirish yoki boshqa kunga ko‘chirish imkoniyati mavjud emas. Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga SMS-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📍 Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Imtihon_2026 📢 TALABGORLAR DIQQATIGA! 🎓 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar uchun muhim xabar! ✅ 2-bosqich imtihonida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalar yuborilishi boshlandi. ✅ SMS-xabarni olgan talabgorlar shaxsiy kabinetlari orqali ruxsatnomani yuklab olib, imtihon sanasi va joyi bilan tanishishlari mumkin. Ruxsatnomani yuklab olgach, undagi quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirib chiqing: ✅ Talabgorning shaxsiy ma’lumotlari; ✅ Imtihon o‘tkaziladigan bino nomi va manzili; ✅ Imtihon o‘tkaziladigan sana va boshlanish vaqti. ‼️ MUHIM! Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi. 🔴 Hurmatli ota-onalar va talabgorlar! Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va muddatlarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlash maqsadida, sizlardan vaqt talablariga qat’iy rioya etishingizni so‘raymiz. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#IChO_2026 📚 IChO 2026: Olimpiadaning Nazariy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. BATAFSIL VIDEOLAVHADA! Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA! ✅ Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/ Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
DIQQAT, E’LON! 📢Agentlik axborot xizmatining rasmiy ogohlantirishi 🟡 Ayni daqiqalarda ijtimoiy tarmoqlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari nomidan soxta akkauntlar ochilib, ular orqali feyk (yolg‘on) xabarlar tarqatilmoqda. 🎓 Agentlik rasmiy ma’lumotlarni faqat quyidagi manbalar orqali e’lon qiladi: ✅Rasmiy veb-sayt, Telegram, YouTube, Instagram va Facebook sahifalari ✅Direktor Sevara Shakirovaning rasmiy telegram kanali ⚠️ Eslatma: ❌ Yolg‘on xabarlarni tarqatmang; ❌ Soxta profillarni bloklang (Report); ❌ Shubhali havolalarga kirmang. ⚠️ Hurmatli fuqarolar, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori yoki Agentlikning boshqa mas'ul xodimlari sizga birinchi bo‘lib shaxsiy messenjerlar orqali yozib, shubhali topshiriq, ko‘rsatma, moliyaviy talab yoki turli takliflar bilan murojaat qilmaydi. Agar sizga Agentlik nomidan shunday mazmundagi xabarlar yuborilsa, ularga ishonmaslikni, shaxsiy ma'lumotlaringizni taqdim etmaslikni hamda hech qanday to‘lovni amalga oshirmaslikni so‘raymiz. Agentlik faoliyati yuzasidan savol, murojaat yoki takliflaringiz bo‘lsa, faqat Agentlikning rasmiy aloqa kanallari va rasmiy axborot manbalari orqali murojaat qilishingizni tavsiya etamiz. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026 #diqqat_eʼlon 🔴 DIQQAT, E’LON! RAHBAR VA PEDAGOG XODIMLAR TANLOVI DAVOM ETMOQDA! 🖌 Hurmatli fidoyi ustozlar va kelajak liderlari! Siz ta’lim orqali kelajakni qurishga tayyormisiz? 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun rahbar va pedagog xodimlar tanlovi davom etmoqda! ✅ Tez kunlarda yangi tashkil etilayotgan hamda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan maktablardagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun hujjatlar qabuli bo‘yicha 1-bosqich saralash jarayoni yakunlanadi. ✅ Saralash natijalariga ko‘ra, munosib nomzodlar: 🖱️ o‘qituvchilar — 2-bosqich (test sinovlari); 🖱️ rahbar xodimlar — 2-bosqich (suhbat jarayonlari)da ishtirok etadilar. Bu — nafaqat ish, balki kelajak avlod taqdiriga daxldor bo‘lish imkoniyati! ✅ Rahbar xodimlar tanlovi 2 bosqichda o‘tkaziladi: 1️⃣ Saralash bosqichi 2️⃣ Suhbat bosqichi Suhbatlar an’anaviy yoki masofaviy shaklda tashkil etilishi mumkin Nomzodlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholanadi: 🖱️ Kasbiy va rahbarlik salohiyati 🖱️ Tashkiliy va moliyaviy bilimlar 🖱️ Ta’lim sohasidagi amaliy tajriba va loyihalar Suhbat davomida sizning: 🖱️ Strategik fikrlashingiz 🖱️ Innovatsion yondashuvingiz 🖱️ Amaliy ko‘nikmalaringiz va liderlik salohiyatingiz sinovdan o‘tadi. Har bir nomzod uchun 3 savoldan iborat bilet taqdim etiladi. 🖌 Pedagog xodimlar tanlovi 3 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Saralash bosqichi 2️⃣ Test bosqichi 3️⃣ Suhbat bosqichi Tanlovning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqadigan eng salohiyatli, tashabbuskor va tajribali kadrlarni saralash! 💼 Agar siz: 🖱️ O‘z sohangizda lider bo‘lishni istasangiz 🖱️ Zamonaviy ta’lim rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan bo‘lsangiz 🖱️ O‘z bilim va tajribangiz bilan yoshlar kelajagini shakllantirishga tayyor bo‘lsangiz unda bu imkoniyat aynan siz uchun! Hujjat topshirish: 🖱️ vacancy.piima.uz platformasi orqali davom etmoqda. Barcha nomzodlardan rasmiy e’lonlar va keyingi bosqichlarga oid ma’lumotlarni kuzatib borishlari so‘raladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Bugun, 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun 🇺🇿 1992-yil 2-iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. ✅Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki ular ushbu xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, Vatanning yorqin timsolidir. ✨Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan. 📌Ma'lumot uchun: "Oʼzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʼgʼrisida"gi Qonun Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan. ➡️Gerbimiz haqida batafsil 👈 #Davlatgerbi34yoshda Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube
#Imtihon_2026 🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari 🇺🇿 Joriy yilning 4-iyul kuni respublika bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Imtihonlar quyidagi vaqtlarda tashkil etiladi: 🖱️ 1-smena — soat 8:00; 🖱️ 2-smena — soat 11:30; 🖱️ 3-smena — soat 17:00. ⏰ Talabgorlar hamda ularning ota-onalaridan kirish imtihonlari o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat avval yetib kelishlari talab etiladi! 🖌 Imtihon quyidagi fanlardan o‘tkaziladi: 🖱️matematika — 30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan; 🖱️ingliz tili — 15 ta topshiriq. ✅ Har bir talabgorga jami 45 ta test topshirig‘ini bajarishi uchun 105 daqiqa vaqt ajratiladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
без подписи
без подписи