Smart Academy english course
СтатистикаAssalomu alaykum hurmatli guruhimiz obunachilari. Ushbu kanal Muzrabot tumanida joylashgan Smart Academy oʻquv markaziga tegishli. Murojaat uchun: @behzodz
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Языки
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 173
- 1/48двое суток
- 198
- 1/72трое суток
- 213
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bugun sizlar bilan qalbimdagi bir og‘riqni bo‘lishmoqchiman. Yillar davomida birga mehnat qilamiz. Ba'zilarni eng sodda bilimlardan boshlab tayyorlaymiz, ishonch uyg‘otamiz, yiqilganda dalda beramiz, charchaganda ruhlantiramiz. Imtihon kunigacha birga hayajonlanamiz, natija chiqqan kuni esa siz bilan birga quvonamiz. Ammo ko‘pincha shunday bo‘ladiki, siz orzu qilgan universitetga qabul qilinasiz yoki uzoq kutilgan sertifikatingizni qo‘lga kiritasiz... va oradan ko‘p o‘tmay ta'lim kanalimizni tark etasiz. Shunda beixtiyor bir savol tug‘iladi: Nahotki, sizni orzuingiz sari yetaklagan maskanda qolish shunchalik og‘ir bo‘lsa? Achinarlisi shundaki, Telegram'ingizda ta'limga umuman aloqasi bo‘lmagan yuzlab kanallar qoladi, ammo sizning muvaffaqiyatingizga oz bo‘lsa-da hissa qo‘shgan ta'lim kanali tark etiladi. Biz sizlardan moddiy manfaat kutmaymiz. Sizlardan faqat bir narsani istaymiz — bizni unutmang. Sizning kanalda qolishingiz biz uchun shunchaki bitta obunachi emas. Bu — mehnatimiz qadrlanayotganining belgisi, davom etishga kuch beradigan dalda, "qilgan ishimiz bekorga emas ekan", degan ishonchdir. Ehtimol, sizning birgina a'zoligingiz sabab kanalimiz yanada rivojlanar. Yangi darslar tayyorlanar. Yana o‘nlab, yuzlab yoshlar ilm olish imkoniga ega bo‘lar. Balki siz bugun qolgan kanalingiz sabab ertaga yana bir Muzrabot farzandi talaba bo‘lar, yana biri xalqaro sertifikat egasiga aylanishi mumkin. Bizning eng katta orzuimiz — Muzrabot tumani ilmli yoshlari bilan tanilsin. Har bir mahalladan ilm ahli, ustozlar, shifokorlar, muhandislar, dasturchilar va olimlar yetishib chiqsin. Aziz bitiruvchilar! Muvaffaqiyatga erishganingizdan keyin ham ortingizdan kelayotgan ukalaringiz va singillaringizni unutmang. Sizning kanalda qolishingiz ularga berilgan eng oddiy, ammo eng qimmatli yordamlardan biridir. Ilm olgan joyingizni tark etmang. Chunki insonni yuksaltirgan maskanni unutmaslik — minnatdorlikning eng go‘zal ko‘rinishidir. @SmartAcademyCenter
📚 Smart Academy Centerda yangi guruhga qabul boshlandi! 🎉 Markazimizning fidoyi ustozi Iqboloy Teacher yangi guruhlariga start berdilar! 🌟 Ingliz tilini ishonchli ustoz bilan o‘rganishni istasangiz, hoziroq tepadagi telefon raqami orqali bog‘laning va o‘z o‘rningizni band qiling. 📞 🎁 Avgust oyi davomida ro‘yxatdan o‘tganlar uchun maxsus chegirma amal qiladi! Shoshiling, joylar soni cheklangan! @SmartAcademyCenter
📚 Bugun "Smart Academy Center" o‘quv markazida CEFR saralash testi bo‘lib o‘tdi. Imtihon yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Ushbu saralash testi o‘quvchilarimiz uchun yil davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, o‘z ustida ishlash natijalarini baholash hamda kelgusi maqsadlarini yanada aniq belgilab olish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! Natijalaringiz siz kutgandan ham yuqori bo‘lishini tilab qolamiz. 🌟 📲 Instagram sahifamiz: https://www.instagram.com/smart.academy.uz?igsh=OG1rdno4bGxuZWow @SmartAcademyCenter 😊
📢 DIQQAT, 9–11-SINF O‘QUVCHILARI VA ABITURIYENTLAR! 🌟 ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN "MILLIY SERTIFIKAT" TAYYORLOV KURSIGA QABUL BOSHLANDI! 👨🏫 Ustoz: Oliy toifali oʻqituvchi va milliy sertifikatdan A+ daraja sohibi Narmuradov Boburjon Agar siz: 🏆 Milliy sertifikatdan yuqori natija olishni; 🎯 OTMga puxta tayyorgarlik ko‘rishni; 📚 Ona tili va adabiyot fanini mukammal o‘zlashtirishni istasangiz, unda ushbu kurs aynan siz uchun! 📖 KURS DAVOMIDA: ✅ 📚 Grammatika ✅ 📑 Ilmiy matnlar bilan ishlash ✅ 📘 Badiiy matnlar tahlili ✅ 📜 Mumtoz matnlar tahlili ✅ ✍️ Esse yozish sirlari ✅ 📝 Testlar va amaliy mashg‘ulotlar 📅 DARSLAR BOSHLANISH SANASI: 🗓 31-IYUL soat 10:00 da ⏰ DARS KUNLARI: 📌 Dushanba 📌 Chorshanba 📌 Juma 💵 KURS NARXI: 💰 250 000 so‘m / oyiga 📞 RO‘YXATDAN O‘TISH UCHUN: ☎️ +998 93 208 01 24 +998 33 588 13 02 🏢 Manzil: Shaxronbek toʻyxonasining roʻparasida "Smart akademiya" oʻquv markazi 🔥 Bugungi harakatingiz — ertangi muvaffaqiyatingiz! ⚡ Joylar soni cheklangan! Shoshiling @SmartAcademyCenter
без подписи
без подписи
📢 Assalomu alaykum, hurmatli Smart Akademiyasi yoshlari! Yuqorida matematika ustozimiz Davron Shosaidovning atigi 2 oy davomida DTM majburiy matematika fanidan tayyorlagan o‘quvchilarining ajoyib natijalarini ko‘rishingiz mumkin. 📊👏 Bu mehnat, intilish va to‘g‘ri tayyorgarlikning samarasi! 🤲 Nasib qilsa, mandat natijalari e'lon qilingach, oliy ta'lim muassasalariga talaba bo‘lgan o‘quvchilarimizning quvonchli natijalarini ham siz azizlar bilan baham ko‘ramiz. Hozircha esa... bu kichik sir bo‘lib tursin! 😉 @SmartAcademyCenter hamisha siz bilan 😊
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🎓 SMART ACADEMYDA TURK TILIDAN QABUL BOSHLANDI! 📌 Ushbu kurs: ✅ Chet tili bo‘yicha bilimini oshirmoqchi bo‘lganlar ✅ Turk tili sertifikatiga tayyorlanayotganlar ✅ Magistraturaga topshirishni rejalashtirayotganlar uchun mo‘ljallangan. 📚 3 oylik intensiv dastur 🔹 1–2 oy davomida ✅ Darajaga moslashtirilgan to‘liq grammatika darslari ✅ Grammatika mavzularini mustahkamlash ✅ Gapirish mashg‘ulotlari ✅ Amaliy topshiriqlar bilan ishlash 🔹 3-oy davomida ✅ To‘liq Mock testlar bilan ishlash ✅ Ilmiy maqolalarni o‘qish va tahlil qilish ✅ Imtihon formatiga mos tayyorgarlik ⚠️ Muhim eslatma! 3 oy davomida to‘liq fokusda ishlash, darslarda faol qatnashish va berilgan vazifalarni muntazam bajarish orqali yaxshi natijaga erishish mumkin. 🗓 Darslar 1-avgust boshlanadi. 📍 Manzil: Smart Academy 📞 Murojaat uchun: 88 244 33 31 @Sabr1n_a2