tgindex

Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov

описание

— Backend boʻyicha maʼlumotlar ulashib boraman. — “Ilmning avvali sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatish.” — Imom G'azzoliy. — https://farruxnet.uz Guruh: @pyuzgroup Aloqa: @pyuz_bot

348
подписчиков
Охват к подписчикам
46,8%
ERR
Реакции к просмотрам
0,94%
50 на 26 постов
Пересылки к просмотрам
0,30%
16
Постов в день
0,0
всего 26

Где отзываются чаще

доля реакций к просмотрам
  • 30 июл.без подписи3,13%
  • 5 июн.Assalomu alaykum, Bugun Claude Code Skills bo‘yicha amaliy mashg‘ulotimiz bor. 🕕 18:00 (London vaqti) 📍 77 Marsh Wall, E14 9SH 💻 https://meet.google.com/eak-erzp-hjp Ko‘rishguncha! 👋 📱 @UzTechUK | 😎 @UzTechUK | 📱 @UzTechUK 📱 @UzTech-UK | www.UzTech.uk2,68%
  • 1 июн.#os #system Operatsion tizim (OT) nima? https://farruxnet.uz/blog/2026/05/31/operatsion-tizim-nima/ @Py_uz2,13%
  • 7 июн.Chala tizim = to‘liq tizim Rahmatli domlam, Prof. Abdumajid Po‘latov, aytar edilar: "Tizim to‘liq bo‘lishi uchun, uning har bir tashkil etuvchisi to‘liq bo‘lishi shart emas. Tashkil etuvchilarning har biri o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarsa yetarli." Bittada tushunib olishim qiyin bo‘lgan. Keyin sinab ko‘rib, o‘zim uchun zo‘r dars qilib olgan edim. Keling shuni biroz batafsil aytib bersam: Tizim to‘liq bo‘lishi uchun, uning har bitta tashkil etuvchi (komponentlari) to‘liq bo‘lishi shart emas. - degani tizimda albatta bir necha tashkil etuvchi qismlari bo‘ladi. Shular har xil xususiyatga ega. Masalan, avtomobil uchun - g‘ildirak, rul, o‘rindiq va boshqalar kabi. Tashkil etuvchilarning har biri o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarishi yetarli. - demak har bir tashkil etuvchi qism, o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarsa bo‘ldi. Yana nimalarnidir bilishi bizga kerak emas aslida. Boshqacha ham bo‘ladimi? - deb so‘rashingiz mumkin. Ha bo‘ladi! Yetmaganiga hayotda doim shunday. Har bir tashkil etuvchi qism o‘zi vazifasini bajara olib, lekin boshqa vazifalarda oqsasa (70% foydali desak), shunda ham ularni to‘g‘ri qo‘yib chiqsa, umumiy tizim to‘liq va to‘g‘ri bo‘laveradi - mana shu joyda san’at boshlanadi. Buni masalan jamoani boshqarishda ham ko‘rsa bo‘ladi. Har bir dasturchi yoki har bir jamoa a’zosi har xil kayfiyatga ega, har xil bilimga ega, har xil tajribaga ega. Lekin team lead sifatida sizning vazifangiz - aynan o‘sha, ularning qila oladigan imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga olib, ularni to‘g‘ri joyga qo‘yib, ularni yaxshi tomonlarini umumiy ishga to‘g‘ri ishlata olishda. Kimdir biror narsani yaxshi bilmasligi mumkin. Masalan, bir dasturchi Frontend’da yaxshi kod yozadi, ammo Database’ni yaxshi bilmaydi. Yana kimdir deylik, Frontend’ni yaxshi bilmaydi - ahamiyati yo‘q. Siz qilayotgan ish vaqtida umumiy ishga bittasi faqat Backend’ni bilsa, uni Backend’ga qo‘yasiz. Faqat Database’ni yaxshi bilsa, Database bilan hisobotlarga qo‘yasiz. Agar yana biri Frontend’ni yaxshi bilsa, Frontend’ga qo‘yasiz. Ya’ni, siz ko‘rib turganingizdek, hamma narsani zo‘r biladigan odamlarni yig‘ib olib ishlatayotganingiz yo‘q. Ayni bitta narsani zo‘r biladi, qolgan narsalardan xabari bor, xolos. Ana o‘shalarni ketma-ketligini to‘g‘ri qo‘yib olib, umumiy tizimingizni, umumiy ishingizni to‘g‘ri tashkillashtirgan bo‘lasiz. SI modellari ham shunday. Hamma narsani zo‘r biladigan model hali mavjud emas. Multimodel bo‘lgani bilan, alohida yig‘ilgan tizimlar ketma-ketligi sifatliroq va tezroq bo‘lishi kuzatilmoqda. SI biznesga katta foyda berdi, dasturchilar ishini tezlashtirdi, jarayonlar tezlashdi, - deb eshitib olib, shatta bitta SIni olib, o‘zini ishiga tatbiq qilayotganlar ko‘p. Afsuski ular bitta SI bilan cheklanib, ishlarini orqaga tortishmoqda. Chala SI modellaridan to‘g‘ri foydalanish vaqti keldi, akalar. Xulosam, post uzum bo‘lib ketdi, rozi bo‘lasiz. - SIni ishlatish kerakmi? - Ha. - Bitta SI modelini olib, shuni o‘zini ishlatsam bo‘ladimi? - Yo‘q. - Biznesimga (ishimga) samara berish uchun nima qilay? - SI modellari, turlari, nima uchun ishlatilishini o‘rganing. Boshqalar bilan siz tanlagan SI zo‘r ekanini bahslashmang. Taklif qiling, ularning fikrini eshiting. Kuch birlikda. Kelasi ish haftasini kuchga to‘lib, samarali va barakali boshlab oling. 07.06.2026 London @DrAlgorithm1,88%
  • 18 июн.Terminalda kod yozish zerikarli deganlar adashadi. Mana bu ikki skillni ko‘rib, "shuncha payt qayerda edinglar?!" deyishingiz aniq: 1. /remote-control (yoki /rc) — Terminalni cho'ntakka solib yurish! Kompyuteringizda yoki VPS'da claude remote-controlni yoqasiz va noutbukni yopib ko'chaga ketasiz. Telefoningizdagi Claude mobil ilovasi yoki claude.ai/code orqali uydagi terminalingizni masofadan boshqaraverasiz! Kodlar esa xavfsiz tarzda faqat o'z kompyuteringizda qoladi. 2. /chrome — Claude-ga "ko'z" va "qo'l" beramiz! Terminalingizni Chrome brauzeri bilan ulab qo'yasiz (maxsus extension orqali). Claude siz ochgan saytni yoki localhost:3000ni o'zi ochib, tugmalarni bosib, formani to'ldirib test qila oladi. Console loglardagi xatolarni o'zi o'qib, kodni terminalingizda avtomatik to'g'rilab beradi! Hatto sayt skrinshotini olib, UI to'g'ri chiqqanini tekshiradi. Endi faqat kofe ichib, terminal va brauzer o'zaro qanday "gaplashayotganini" tomosha qilish qoldi!1,85%
  • 27 маяQurbon hayiti muborak bo'lsin 🌙✨1,85%
  • 30 дек.без подписи1,85%
  • 19 июн.Qo’lni qaytarmanglar endi )) Bersangiz ham olmaydigan do’stlaringizga yuborib qo’ying 😁 @mukhammadkarim_tukhtaboev1,72%
  • 15 июн.Kurslar esa endi hamma uchun ochiq. Building Your Own Web Framework in Python va Building Your Own ORM in Python1,61%
  • 4 июн.#os #system Kompyuter va Operatsion tizim. https://farruxnet.uz/blog/2026/06/01/kompyuter-va-operatsion-tizim/ @Py_uz1,55%
  • 4 июн.#linux #history Talabaning hobbiysi bugun milliardlab qurilmalarda ishlayapdi! just a hobby, won't be big and professional like gnu https://groups.google.com/g/comp.os.minix/c/dlNtH7RRrGA/m/SwRavCzVE7gJ 👩‍💻 Ko'p holatlarda startup yoki texnologiyaning rivojlanishi uning o'ziga bog'liq bo'lmaydi, to'g'ri vaqtda to'g'ri joyda bo'lishi muhim bo'ladi. Linux ham 1990-yilda internet endi rivojlanayotgan davrga to'g'ri kelgan. Bu davrda serverlar uchun OT ga bo'lgan talab oshishni boshlagan usha vaqtdagi OTlar(Solaris, AIX, HP-UX) pullik bo'lgan bu kichik korxona va startuplar uchun ortiqcha xarajat edi. Linux esa bepul. Keyin esa maydonda yangi o'yinchi paydo bo'lgan bu Apache. Apache ham bepul veb-server edi. Linux bilan birgalikda zo'r kombinatsiya hosil qilgan, LAMP(Linux, Apache, MySql, PHP). Serverlar dunyosini Linuxsiz tasavvur qilish qiyin. Ko'pchilik Linuxni faqat dasturchilar ishlatadigan OT deb o'ylaydi. Aslida esa Linux hayotimizning deyarli har bir qismida mavjud. Smartfonlar, televizorlar, avtomobillar, routerlar, aqlli soatlar, kir yuvish mashinalari va boshqa ko'plab qurilmalar ichida Linux yoki Linux kerneliga asoslangan tizimlar ishlaydi. TOP500 ro‘yxatidagi deyarli barcha superkompyuterlar Linux ishlatadi(manba). @Py_uz1,52%
  • 8 июл.Nima bo’lganda ham, ming baqir chaqir qilsa ham, Palantir yaxshi kompaniya emas… @aimastava1,05%