tgindex
Qashqadaryo TEATRI

Qashqadaryo TEATRI

Статистика
@QVMDTВидеоузбекский

Qashqadaryo teatri yangiliklari, yangi spektakllar, e’lonlar, aktyor va aktrisalar ijodi bilan tanishib borasiz. Bizni kuzatib boring! 👉t.me/QVMDT 👉www.facebook.com/share/1DZi4c5JJx/?mibextid=qi2Omg) www.instagram.com/qashqadaryo_teatri

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
25
Всего постов
63
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
430
−2 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
113
40 постов
Вовлечённость
26,3%
к подписчикам
Постов в день
3,6
всего 63
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
99
1/48двое суток
113
1/72трое суток
122

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🎭 Teatr sahnasida yangi spektaklga tayyorgarliklar qizg‘in davom etmoqda! ✨ Rejissyor Orif Mamatov tomonidan Yevripidning mashhur “Mediya” spektakli sahnalashtirilmoqda. 🎬 Ayni damda ijodiy jamoa spektakl ustida astoydil ishlamoqda. 📣 Premyera sanasi va barcha yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting! 📱 Telegram | 📱 Facebook  📱 Instagram | 🌎 veb-sayt

  • QASHQADARYO   VILOYATI  MUSIQALI DRAMA TEATRIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI”! Aziz tomoshabinlar! Sizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadigan “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etamiz! 📅 2 SENTYABR — “NUSXALAR” 🎭 A. Qahhor asari 🎶 Musiqali komediya Kulgi, hajv va hayotiy haqiqatlar uyg‘unlashgan ushbu spektakl bilan kayfiyatingizni ko‘taring! 📅 3 SENTYABR — “FIDOYI” 🎭 Farmon Toshev asari 🔥 Drama Inson taqdiri, jasorat, sadoqat va fidoyilik haqida hikoya qiluvchi ta’sirchan sahna asari sizga unutilmas taassurot bag‘ishlaydi. 🌟 TEATR — IBRATXONADIR! Aziz yurtdoshlar, qadrli tomoshabinlar! Yaqinlaringiz, oila a’zolaringiz va do‘stlaringizni birga olib keling. Siz uchun eshiklarimiz ochiq! 🎟 Kirish — MUTLAQO BEPUL! 🕚 Boshlanishi — soat 11:00 da. 🎭 Sizni teatrda kutamiz! Birgalikda bayram qilamiz, birgalikda teatr zavqini his etamiz! Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri matbuot xizmati 👉Telegram  👉Facebook  👉Instagram 🌐 veb-sayt

  • 🎭 Aktyorlar uchun muhim imkoniyat! Bugun kino sohasida aktyorlar uchun yangi va muhim imkoniyatlar ochilmoqda. Madaniyat vazirligi tomonidan yaratilayotgan yangi yondashuv asosida kinofilmlarda professional, haqiqiy teatr aktyorlaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa teatr sahnasida o‘z mahoratini namoyon etib kelayotgan aktyorlar uchun kino olamiga kirib borish, yangi obrazlar yaratish va o‘z ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish uchun katta imkoniyatdir. 🎬 Kinofilmlar uchun aktyorlar tanlovi, jumladan, kinoprobalar haqidagi e’lonlar va yangi loyihalarga tanlovlarni kuzatib borish har bir teatr aktyori uchun muhim. Shuning uchun barcha hamkasb aktyorlarga Kinematografiya agentligining rasmiy axborot kanalini kuzatib borishni tavsiya etamiz. Kanalda yangi filmlar, premeralar, kino sohasidagi yangiliklar bilan bir qatorda, aktyorlar uchun muhim bo‘lgan kinoproba va kasting imkoniyatlari ham e’lon qilinishi mumkin. 📌 Imkoniyatni kutib o‘tirmang ✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmatining quyidagi 🌐 Website | ✅Facebook | 🌐Instagram | ✅ Telegram  Ijtimoyi tarmoqlariga a’zo bo‘ling hamda kuzatib boring! Kim biladi, balki navbatdagi kino qahramoni aynan siz bo‘larsiz! 🎥✨ Barcha teatr aktyorlarini ushbu kanalga a’zo bo‘lib, kino sohasidagi yangilik va imkoniyatlardan xabardor bo‘lib borishga chaqiramiz. Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati

  • 🎬 Rejissyor Rashid Malikovning “Paxta” filmi — Saimaa Film Festivalida 11–16-avgust kunlari Finlyandiyada xalqaro Saimaa Film Festival bo‘lib o‘tmoqda. Bu yil festival dasturidan 30 mamlakatning 130 dan ortiq filmi o‘rin olgan. 12-avgust kuni festival doirasida “Paxta” filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi. Film ijodkorlariga muvaffaqiyat tilaymiz. ✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati 🌐 Website | ✅Facebook | 🌐Instagram | ✅ Telegram

  • 🎭 Актёрлар учун муҳим имконият! Бугун кино соҳасида актёрлар учун янги ва муҳим имкониятлар очилмоқда. Маданият вазирлиги томонидан яратилаётган янги ёндашув асосида кинофильмларда профессионал, ҳақиқий театр актёрларидан фойдаланишга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Бу эса театр саҳнасида ўз маҳоратини намоён этиб келаётган актёрлар учун кино оламига кириб бориш, янги образлар яратиш ва ўз ижодий имкониятларини кенгайтириш учун катта имкониятдир. 🎬 Кинофильмлар учун актёрлар танлови, жумладан, кинопробалар ҳақидаги эълонлар ва янги лойиҳаларга танловларни кузатиб бориш ҳар бир театр актёри учун муҳим. Шунинг учун барча ҳамкасб актёрларга Кинематография агентлигининг расмий ахборот каналини кузатиб боришни тавсия этамиз. Каналда янги фильмлар, премьералар, кино соҳасидаги янгиликлар билан бир қаторда, актёрлар учун муҳим бўлган кинопроба ва кастинг имкониятлари ҳам эълон қилиниши мумкин. 📌 Имкониятни кутиб ўтирманг ✅ Кинематография агентлиги Ахборот хизматининг қуйидаги 🌐 Website | ✅Facebook | 🌐Instagram | ✅ Telegram  Ижтимойи тармоқларига аъзо бўлинг ҳамда кузатиб боринг! Ким билади, балки навбатдаги кино қаҳрамони айнан сиз бўларсиз! 🎥✨ Барча театр актёрларини ушбу каналга аъзо бўлиб, кино соҳасидаги янгилик ва имкониятлардан хабардор бўлиб боришга чақирамиз.

  • “DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDA Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida! R. Muhammadjonovning “DAVLAT BOLALARI” spektakli namoyish etiladi. 🎭 Inson taqdiri, hayot haqiqati va bugungi kunning dolzarb masalalari sahna talqinida. 📅 15 avgust ⏰ soat 10:00 📍 Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri San’at va sahna jozibasiga befarq bo‘lmagan barcha aziz tomoshabinlarni “Davlat bolalari” spektakliga taklif etamiz! Sizni teatrda kutamiz! 🎭

  • Qashqadaryo teatrida uzoq yillar rahbarlik qilgan Muhiddin Majidov haqida Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri matbuot xizmati 👉Telegram  👉Facebook  👉Instagram 🌐 veb-sayt

  • ❓ Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? Prezident farmoniga ko‘ra, 31-avgust — dushanba barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. Shunga ko‘ra: ➖5 kunlik ish haftasida — 29-avgustdan 1-sentyabrgacha 4 kun dam olinadi; ➖6 kunlik ish haftasida — 30-avgustdan 1-sentyabrgacha 3 kun dam olinadi. 📅 1-sentyabr — Mustaqillik bayrami. 2-sentyabr, chorshanba — odatiy ish kuni. Asos: 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-sonli Prezident farmoni. Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri matbuot xizmati 👉Telegram  👉Facebook  👉 https://www.instagram.com/reel/Db8bO-Ut_9n/?igsh=MWdqNTJ2b21scms4cg== 🌐 veb-sayt

  • 🎭 YANGI INSTAGRAM SAHIFAMIZGA OBUNA BO‘LING! Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining yangi Instagram sahifasi ishga tushdi! 🎬 Teatr yangiliklari 🎭 Yangi spektakllar ✨ Aktyor va ijodkorlar hayoti 🌍 Xalqaro festivallar 📹 Sahna ortidagi qiziqarli lavhalar Bizni qo‘llab-quvvatlang va yangi sahifamizga obuna bo‘ling! ❤️ 👉 Instagram sahifamizga qo‘shiling! https://www.instagram.com/reel/Db8bO-Ut_9n/?igsh=MWdqNTJ2b21scms4cg== San’atni sevsangiz — biz bilan birga bo‘ling! 🎭❤️

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Adliya xodimlari — “Teatr kuni”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22 noyabrdagi PQ–399-son qarorida aholi, ayniqsa, yoshlarni teatr san’atiga keng jalb etish, ularning teatrlarga muntazam tashrifini ta’minlash maqsadida “Teatr — ibratxonadir” dasturini amalga oshirish hamda “Teatr kuni” tadbirlarini o‘tkazish belgilangan. Mazkur tashabbus doirasida 12 avgust kuni Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida navbatdagi “Teatr kuni” tadbiri tashkil etildi. Unda Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi xodimlari teatr mehmoni bo‘lib, A. Chexovning “Kalxas” hikoyasi asosida Oybek Veycal o‘g‘li tomonidan sahnaga moslashtirilgan “Oqqush qo‘shig‘i” spektaklini tomosha qildilar. “Oqqush qo‘shig‘i” — inson umri, sahna va ijodkor taqdiri haqida hikoya qiluvchi, tomoshabinni hayot va san’at haqida mushohadaga chorlovchi ta’sirchan sahna asaridir. Xalq orasidagi mashhur rivoyatga ko‘ra, oqqushlar boshqa qushlardan farqli ravishda sayramaydi. Ammo o‘limiga bir necha daqiqa qolganda, ular o‘zlarining eng go‘zal va so‘nggi qo‘shig‘ini kuylaydi, degan tushuncha mavjud. Spektaklda inson umrining qadri, o‘tgan yillar sarhisobi, sahnaga va san’atga bo‘lgan muhabbat kabi falsafiy mavzular ta’sirchan talqin etiladi. Asar qahramonlarining kechinmalari orqali tomoshabin qalbida hayot, vaqt va insonning o‘z ortidan qoldiradigan ma’naviy merosi haqida turli savollar uyg‘onadi. Spektakldagi asosiy rollarni “Shuhrat” medali sohibi G‘ayrat Husayinov hamda iste’dodli aktyor Sherali Shoniyozov ijro etdilar. Aktyorlarning samimiy va ta’sirchan ijrosi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. “Teatr kuni” doirasidagi bunday tadbirlar nafaqat teatr san’atini keng targ‘ib etish, balki turli sohalar vakillarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish, san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi barcha teatr ixlosmandlarini yangi spektakllar va ijodiy uchrashuvlarga taklif etadi. Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи