tgindex
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi

Статистика
@Quvasoy_kengashВидеоузбекский

Telegram t.me/Quvasoy_kengash Facebook www.facebook.com/share/g/1DNniuRr3v/?mibextid=wwXIfr Instagram @quvasoykengash YouTube www.youtube.com/@xalqdeputatlariquvasoyshah4636 E-mail quvasoydeputatlari@umail.uz Murojaat: @asilbek_bahtiyorovich

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
71
Всего постов
109
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
415
−1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
93
40 постов
Вовлечённость
22,4%
к подписчикам
Постов в день
10,1
всего 109
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
65
1/48двое суток
74
1/72трое суток
80

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • #24_ta_muhim_masala 🚧 DEPUTAT TASHABBUSI — AMALIY NATIJA Quvasoy shahrida aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. 15-band — jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati va chiptalarni xarid qilish qulayligi bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida ham tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda deputat tashabbusi bilan yo‘lni asfaltlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mavjud yo‘lning holati o‘rganilib, aholi ehtiyojlari inobatga olingan holda yo‘l qoplamasi yangilandi. Natijada transport vositalari va piyodalarning ravon, qulay hamda xavfsiz harakatlanishi uchun munosib sharoit yaratildi. Shuningdek, yo‘l bo‘yida aholi uchun zarur bo‘lgan yangi avtobus bekati ham barpo etildi. Endilikda fuqarolar jamoat transportini kutish vaqtida quyosh va yog‘ingarchilikdan himoyalangan holda, qulay sharoitda kutish imkoniga ega. E’tiborlisi, amalga oshirilgan ushbu ishlar shunchaki obodonlashtirish emas, balki aholi murojaatlarini tinglash, muammoni joyida o‘rganish va uni aniq amaliy natijaga aylantirishning yorqin ifodasidir. Bugun yangi asfalt yo‘ldan harakatlanayotgan transport, xavfsiz yo‘ldan yurayotgan piyoda va qulay bekatda avtobus kutayotgan har bir fuqaro deputat tashabbusining amaliy samarasini his etmoqda. Xalq bilan muloqot — tashabbusga, tashabbus — amaliy ishga, amaliy ish esa aholi roziligiga aylangandagina deputatlik faoliyatining haqiqiy samarasi namoyon bo‘ladi. 📌 Xalq manfaatlari yo‘lidagi bunday amaliy tashabbuslar izchil davom ettiriladi. Shu munosabat bilan, amalga oshirilgan ushbu ezgu va dolzarb ishlarni sifatli tashkil etishda munosib hissa qo‘shgan Quvasoy shahar Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori va barcha xodimlariga Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati M.Murodov nomidan chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Shahrimiz obodligi, yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan bunday xayrli va savobli ishlar bardavom bo‘lishini tilab qolamiz. ✈Telegram | 📹 Youtube | 📘 Facebook Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati rasmiy kanali

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🇺🇿MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGIGA OBOD VA KO‘RKAM QUVASOY! ✔️Ayni kunlarda mamlakatimiz hayotidagi eng ulug‘ va qutlug‘ bayramlardan biri — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, shahrimizni yanada obod va ko‘rkam hududga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborildi. 🔔Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi raisi Sh.Dadaboyev tomonidan hududlardagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari xalq bilan birgalikda o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, ko‘cha va yo‘laklarni tartibga keltirish, atrof-muhit tozaligini ta’minlash, daraxt va manzarali o‘simliklarni parvarishlash hamda aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 📊Obodonlashtirish ishlarida mahalla faollari, deputatlar, jamoatchilik va fuqarolarning faol ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. 📌Zero, shahar obodligi — faqat mas’ul tashkilotlarning emas, balki har birimizga daxldor umumiy vazifadir. ⏱Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tayyorga ✈Telegram | 📹 Youtube | 📘 Facebook Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati rasmiy kanali

  • ▶️🎥1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi 19-sessiyasi yakunida sessiya kotibi Xusanov Shodonbek Alisher o‘g‘lining axboroti o'qib eshittirildi. ✈Telegram | 📹 Youtube | 📘 Facebook Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati rasmiy kanali

  • ▶️🎥1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ Sessiya kun tartibiga kiritilgan 2-masala yuzasidan Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M.Akramova tomonidan tayyorlangan xulosa o‘qib eshittirildi. ✈Telegram | 📹 Youtube | 📘 Facebook Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati rasmiy kanali

  • ▶️🎥1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ Sessiya kun tartibiga kiritilgan 5-6-masala yuzasidan xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Qasimov tomonidan tayyorlangan xulosa o'qib eshittirildi. ✈Telegram | 📹 Youtube | 📘 Facebook Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati rasmiy kanali

  • ▶️🎥1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ Sessiya kun tartibiga kiritilgan 1-masala yuzasidan Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o'rinbosari F.Akbarov tomonidan tayyorlangan xulosa o'qib eshittirildi. ✈Telegram | 📹 Youtube | 📘 Facebook Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati rasmiy kanali

  • ➡️Shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i J.Xasanovning hisoboti tinglandi... 📌Sessiyada 2026-yilning olti oyi davomida Quvasoy shahar Ichki ishlar bo‘limi tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni mustahkamlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda aholi osoyishtaligini saqlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. 🔎Muhokamalar davomida hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jamoat tartibini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. ✅Sessiyada aholi tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi. ✈Telegram | 📹 Youtube | 📘 Facebook Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati rasmiy kanali✅

  • ⚖️Quvasoy shahar prokurori S.Axmadjanovning axboroti tinglandi... 📌Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori hamda 2025-yil 18-martdagi PQ–111-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish borasida 2026-yilning II choragi davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. 🛡Shuningdek, qonuniylikni ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida Quvasoy shahar prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. 🔎Muhokamalar davomida hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. ✈Telegram | 📹 Youtube | 📘 Facebook Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati rasmiy kanali✅

  • 🇺🇿Shahar hokimi hisoboti (murojaati) va axboroti tinglandi... ➡️Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi o‘n to‘qqizinchi sessiyasida muhim ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy masalalar muhokama qilindi. 🏛Sessiyada Quvasoy shahar hokimi Z.To‘raqulovning bir qator dolzarb masalalar yuzasidan hisobot va axborotlari tinglandi. 🔹Jumladan, 2026-yil II choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tahlili, shuningdek, 2026-yil 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. 🔹 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-iyuldagi 30-sonli bayonining 36-bandi ijrosi yuzasidan Quvasoy shahar hokimining jinoyatchilikka qarshi kurashish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish hamda inflyatsiya darajasini barqaror saqlash borasidagi murojaati ko‘rib chiqildi. 📊Sessiya davomida mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarning holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. ✅Muhokamalar yakunida tegishli masalalar yuzasidan vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosini ta’minlash hamda natijadorligini oshirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi. ✈Telegram | 📹 Youtube | 📘 Facebook Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati rasmiy kanali✅

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи