KITOB_HIKMATI | ®️asmiy kanal🇺🇿
СтатистикаJamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Kitob tuman bo'limi axborot xizmati
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 57
- Всего постов
- 285
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 68
- 1/48двое суток
- 77
- 1/72трое суток
- 84
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🌍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi yana bir tanlovga start beradi! “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida “Eng fayzli hovli”, “Eng obod ko‘cha” va “Eng namunali mahalla” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovda obodligi, ozodaligi, ko‘kalamzorligi, tashabbuskorligi va mahalla hayotidagi faolligi bilan ajralib turgan hovli, ko‘cha va mahallalar bellashadi. 🌿 Eng fayzli hovli — fayz va ozodalik namunasi. 🌳 Eng obod ko‘cha — ko‘rkamlik va hamjihatlik namunasi. 🏘️ Eng namunali mahalla — obodlik, tashabbus va birdamlik namunasi. Tanlov mahalla, tuman/shahar hamda hududiy bosqichlarda o‘tkaziladi. Zero, obod mahalla — fayzli hovlidan, fayzli hovli esa har bir oilaning tashabbusidan boshlanadi! Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar o‘z mahallasidagi “Mahalla yettiligi”ga murojaat qilishi mumkin. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Ҳаёт велосипед ҳайдашга ўхшайди Ҳаётдаги балансингизни сақлаб қолиш учун сиз хар доим ҳаракат қилишингиз ва олдинга интилишингиз керак. Алберт Эйнштейн
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Kitob tumani hokimligida Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv va yangi kutubxona ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi Bugun jonajon yurtimizda ulug‘ va aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi shodiyonalari keng nishonlanmoqda. Ushbu qutlug‘ sana arafasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan respublikamiz bo‘ylab katta ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar karvoni tashkil etilmoqda. Mazkur adabiy karvonning navbatdagi manzili sifatida nomi ham ilm-u ma’rifat bilan uyg‘un bo‘lgan Kitob tumanining tanlangani alohida ahamiyat kasb etdi. Kitob tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv hamda yangi kutubxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov ochib berib, davraga tashrif buyurgan aziz mehmonlar, ijodkorlar va ziyolilarni samimiy qutladi. O‘z so‘zida yurtimizda ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoir G‘ayrat Majid hamda «XXI asr» gazetasi bosh muharriri, yozuvchi va publitsist Norqobil Jalil ishtirok etdi. Ijodkorlar tomonidan kitobning inson ma’naviyati va tafakkurini yuksaltirishdagi beqiyos o‘rni, mutolaa madaniyatini rivojlantirish, yoshlarni adabiyot va ijod olamiga keng jalb etish masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi. Samimiy muloqot davomida adabiyot, ma’rifat va kitobxonlikning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Tadbirning eng muhim voqealaridan biri — yangi kutubxonaning tantanali ochilishi bo‘ldi. Zamonaviy va shinam maskan endilikda tuman aholisi, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ilmiy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan kutubxonaga kitoblar to‘plami topshirildi. Ushbu ezgu tashabbus yangi kutubxona fondini boyitish bilan birga, kitobxonlar uchun adabiyotlarning yanada keng va rang-barang tanlovini yaratishga xizmat qiladi. Tadbir yakunida ishtirokchilar yangi kutubxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ijodkorlar bilan samimiy muloqot qildilar. Zero, kitob — inson tafakkurini boyitadigan, ma’naviyatini yuksaltiradigan va kelajak sari yo‘l ko‘rsatadigan bebaho manbadir. Yangi kutubxonaning foydalanishga topshirilishi esa Kitob tumanida ma’rifat va kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 ❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h 💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | ✅Twitter | 📹YouTube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи