Rashidov Husniddin
СтатистикаMaqsad qanchalik katta bo'lsa, natija ham shunga yarasha bo'ladi.
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 30
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 163
- 1/48двое суток
- 186
- 1/72трое суток
- 201
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🏠 IJARA XONADONI IZLAYAPSIZMI? Yangi ijara xonadonlari haqidagi e’lonlar, narxlar, manzil va boshqa ma’lumotlarni o‘z vaqtida olish uchun @KDPI_ijara kanaliga obuna bo‘ling! 📲 🔔 Yangi e’lonlar — bevosita smartfoningizda! 🏡 Qulay va hamyonbop ijara xonadonlarini toping. 👉 @KDPI_ijara — talabalar uchun ijara xonadonlari! Obuna bo‘ling va ijara imkoniyatlaridan bexabar qolmang! 🚀 @KDPI_ijara
⚡️3-4 kurs talabalariga pedagogik faoliyat olib borishlariga ruxsat berildi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligining 2025-yil 22-sentyabr kungi 02/10-4/1-8393-sonli xati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 20-maydagi 168-sonli buyrug‘i bilan Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. 📌 60540100-Matematika, 📌 60540200-Amaliy matematika, 📌 60530500-Fizika, 📌 60530100-Kimyo, 📌 60510100-Biologiya, 📌 60530200-Geografiya, 📌 60220300-Tarix bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 3-, 4-bosqichida tahsil olayotgan talabalar va ushbu ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan bitiruvchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan amaldagi Malaka talablariga asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borishlari mumkinligi to‘g‘risida H.Rashidov
⚠️ RASMIY OGOHLANTIRISH So‘nggi kunlarda Telegram messenjerida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov nomidan ochilgan soxta akkauntlar orqali yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda. Jumladan, institutda go‘yoki rejali tekshiruvlar o‘tkazilishi haqida xabarlar yuborilmoqda. Bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Shuningdek, soxta akkauntlar orqali turli topshiriqlar berish, pul mablag‘i yoki shaxsiy ma’lumotlarni so‘rash holatlari kuzatilmoqda. Bunday murojaatlar yolg‘ondir. Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov bunday xabarlar yubormaydi. Ehtiyot choralariga amal qiling: Xabarlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring. Noma’lum akkauntlarga ishonmang. Shaxsiy va bank ma’lumotlaringizni hech kimga taqdim etmang. Ogoh bo‘ling, soxta akkauntlarga aldanmang!
❗️ Talabalar diqqatiga! ✅ TTJga ariza yuborish bo‘yicha yo‘riqnoma 🖥 my.gov.uz portaliga OneID orqali kiring! ➡️ Ta'lim bo‘limidan "Talabalar turar joyiga ariza yuborish" xizmatini tanlang! ➡️ Xizmatdan foydalanish tugmasini bosing va ariza yuboring! ✅ Imtiyozlar: 1. « Mehribonlik uylari » tarbiyalanuvchilari , yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar; 2. « Ijtimoiy himoya yagona reestri », «Temir daftar », « Ayollar daftari », «Yoshlar daftari»ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila (ayol) farzandlari; 3. I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar; 4. Bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari; 5. Xalqaro va Respublika fan Olimpiada g‘oliblari; 6. « Yil talabasi » va « Talabalar teatr studiyalari » tanlovi Respublika bosqichi g‘olibi; 7. « Zakovat » Respublika bosqichi g‘olibi; 8. TTJda talabalar kengashi raisi va qavat sardori bo‘lgan talabalar. 📹 Video yo'riqnoma H.Rashidov
🎓 Respublika nomdor va Prezident davlat stipendiyalariga arizalar qabuli boshlandi! ⚡️ Agar siz quyidagi talablarga javob bersangiz ariza topshirishga shoshiling! 📌Arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. 📆 Ariza topshirish muddati 1-avgustdan 15-avgustga qadar. 🎥 Batafsil videoda bilib oling. 💬 Telegram | 😀 Instagram
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining Muhandislik fakultetiga 2+2 xalqaro ta’lim dasturi asosida qabul davom etmoqda! Kelajagingiz sari ishonchli qadam tashlang! 2 yil Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida, keyingi 2 yil esa Turin politexnika universitetida yoki Italiyada tahsilni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Shuningdek, dastur bitiruvchilari Kattaqo‘rg‘on tumanida tashkil etiladigan avtomobilsozlik klasterida ishlashlari mumkin. Dastur afzalliklari: • 2+2 xalqaro ta’lim modeli; • Turin politexnika universiteti o‘quv dasturlari asosida ta’lim; • Xalqaro darajadagi diplom; • Avtomobilsozlik klasterida ishlash istiqbollari; • Turin politexnika universitetiga nisbatan maqbul kontrakt to‘lovi; • O‘zingizga yaqin hududda tahsil olish va yashash xarajatlarini sezilarli darajada tejash imkoniyati. Diplom bir xil, tanlov o‘zingizda! 🌐 Hoziroq hujjat topshirish
🚨 #DIQQAT #SHOSHILING #NAHOTKI ❗️Test natijangiz kutilganingizdek bo‘lmadimi? 💡 #Siz_uchun_yana_bir_ajoyib_imkoniyat! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! https://katdpi.uz/ ⚙️ Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Muhandislik fakulteti tashkil etildi. 🎓 Qo‘shma ta'lim yo‘nalishlari: 🔹 Ishlab chiqarish texnologiyalari 🔹 Barqaror transport 🌍 "2+2" xalqaro ta'lim modeli 📍 1–2-kurs — Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida; 📍 3–4-kurs — Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida. ✅ Xalqaro standartlar asosidagi ta'lim ✅ Zamonaviy muhandislik yo‘nalishlari ✅ Kelajak kasblarini egallash imkoniyati 📖 Qabul matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha test shaklida amalga oshiriladi. 📝 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 🌐 https://katdpi.uz/ 🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook
🎓 HALI HAM IKKILANIB TURIBSIZMI? 🤔 Qaysi oliy ta'lim muassasasini tanlash haqida o‘ylayapsizmi? 🎓 Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutini tanlang. 🌐 Institutning barcha ta'lim yo‘nalishlari bilan batafsil tanishing: https://katdpi.uz/yangiliklar/582 ❗️Balingiz OTMlarga kirishga yetmasligidan xavotirdamisiz? 💡 Unda siz uchun #yana_bir_ajoyib_imkoniyat bor! 📌 Hoziroq quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting! https://katdpi.uz/ Nima uchun? ⚙️ Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida MUHANDISLIK FAKULTETI tashkil etildi! 🎯 Bu sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: ✅ "2+2" xalqaro ta'lim modeli 📍 1–2-kurs — Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida; 📍 3–4-kurs — Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida. 📖 Qabul matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha saralash asosida amalga oshiriladi. 🚀 Kelajagingizni bugundan boshlang! 🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook
Hali ham ikkilanib turibsizmi? Qaysi oliy ta’lim muassasasini tanlash haqida o'ylayapsizmi? Bilasiz! 8-avgustga qadar abituriyentlar 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlashi, shuningdek, kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllaridan birini belgilashi mumkin. Hech ikkilanmang! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutini tanlang! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti – zamonaviy ta’lim muhiti, malakali professor-o‘qituvchilar, innovatsion pedagogik yondashuvlar va xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etuvchi oliy ta'lim muassasasidir. Quyidagi havola orqali https://katdpi.uz/yangiliklar/582 institutimizning barcha ta'lim yo‘nalishlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin. Tanlovni my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiring. Kelajagingiz sari ishonchli qadam qo‘ying! Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook | You tube
🎓 Abituriyentlarni qiziqtirayotgan eng muhim savollarga javob! 🤔 O‘tgan yili kirish ballari qancha bo‘lgan? 📊 Bu yil qabul kvotalari qanday? Endi bularni alohida izlashning hojati yo‘q! ✅ 2025–2026-o‘quv yili kirish ballari bilan quyidagi havola orqali tanishing: 🔗 Ustiga bosing 👉 https://infoedu.uz/oliygoh/kattaqorgon-davlat-pedagogika-instituti ✅ Joriy yilgi qabul parametrlari (kvotalar) esa quyidagi havolada: 🔗 Ustiga bosing 👉 https://t.me/KDPIYoshlari/16082?single 📢 Agar siz institutimiz talabasi yoki xodimi bo‘lsangiz va abituriyent tanishlaringizning to‘g‘ri ma'lumot olishini istasangiz, ushbu postni ularga ham yuboring. 🤝 Bilim ulashishdan tortinmang — xasislik qilmang! Balki sizning bitta ulashuvingiz kimningdir kelajagini belgilab berar. #Abituriyent2026 #Qabul2026 #KirishBallari #QabulKvotasi #KattaqoʻrgonDPI H.Rashidov
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
📢 ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! 🎓 2026–2027-o‘quv yili qabuliga oid muhim ma'lumotlar bilan tanishing! Sizni qiziqtirayotgan qabul parametrlari, ta'lim yo‘nalishlari, o‘qitish tillari va davlat granti kvotalari bo‘yicha barcha rasmiy ma'lumotlar quyidagi havolalarda jamlangan. 📚 Bakalavriat (kunduzgi ta'lim) qabul parametrlari: 🔗 https://t.me/katdpi/7890 🌙 Bakalavriat (kechki ta'lim) qabul parametrlari, ta'lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti: 🔗 https://t.me/katdpi/7891 🎓 Magistratura (kunduzgi ta'lim) qabul parametrlari, ta'lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti: 🔗 https://t.me/katdpi/7893 🏅 Davlat granti kvotasi ulushining chegarasi (foizgacha): 🔗 https://t.me/katdpi/7896 📲 Agar siz Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabasi yoki xodimi bo‘lsangiz, ushbu ma'lumotni abituriyent tanishlaringiz bilan ham ulashing. 🤝 Bilim ulashing — imkoniyat ulashing! H.Rashidov
без подписи
📌 2026/2027-o‘quv yili uchun Davlat stipendiyalari kvotalari taqsimoti tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 15-iyuldagi 02/10-5795-sonli xati bilan respublikadagi oliy ta’lim muassasalari hamda ta’lim yo‘nalishlari kesimida yangi o‘quv yili uchun davlat stipendiyalari kvotalari belgilandi. Joriy o‘quv yilida iqtidorli talabalar uchun respublika miqyosida jami 776 ta kvota ajratildi. 📋 Stipendiyalar turlari va ajratilgan kvotalar miqdori: • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi — 187 ta; • Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi (barcha yo‘nalishlar bo‘yicha) — 194 ta; • Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi (gumanitar fanlar yo‘nalishi bo‘yicha) — 175 ta; • Bobur nomidagi davlat stipendiyasi (tarix va geografiya yo‘nalishlari bo‘yicha) — 51 ta; • Imom al-Buxoriy nomidagi davlat stipendiyasi (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun) — 44 ta; • Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi (texnika va texnologiya yo‘nalishlari bo‘yicha) — 38 ta; • Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi (tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha) — 33 ta; • Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi (pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha) — 16 ta; • Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi (tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha) — 13 ta; • To‘lepbergen Qaipbergenov nomidagi davlat stipendiyasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliygohlar talabalari uchun) — 11 ta; • Ibroyim Yusupov nomidagi davlat stipendiyasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliygohlar talabalari uchun) — 11 ta; • Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi (jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha) — 3 ta. ℹ️ Ma’lumot o‘rnida: Mazkur nufuzli stipendiyalar joriy o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan jami 335 ming 471 nafar yuqori kurs bakalavriat talabalari orasidan eng munosib, o‘qishda va ilmiy-ijodiy faoliyatda yuqori natijalar ko‘rsatgan nomzodlarga tanlov asosida taqdim etiladi. 📢 @DTM_Mandat_Bot Abiturientlar natijalarni bilish uchun quyidagi Telegram-botlarga o‘z qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan ID raqamini yuborishlari mumkin. 🖊 @DtmTest2026_Bot orqali maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin. ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
🎥 Grant taqsimotiga ariza berish bo‘yicha video qo‘llanma Hurmatli talabalar! Grant taqsimotida ishtirok etish uchun ariza yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma tayyorlandi. ▶️ Videoqo'llanma orqali, arizani yuborishni ko'rib chiqishingiz mumkin. 📌 Eslatma: Ariza yuborishdan oldin barcha ma’lumotlaringizni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoni mavjud emas. #ijtimoiyfaollik #hemis #grant #tyutor 🌐hemis.uz 🌐my.hemis.uz 📢HEMIS axborot tizimi telegram kanali 💬HEMIS axborot tizimining telegramdagi guruhi H.Rashidov
📢 MUHIM E’LON! 🎓 QO‘SHIMCHA DAVLAT GRANTI UCHUN ARIZA TOPSHIRISHGA SHOSHILING! Hurmatli talabalar! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qaroriga muvofiq, GPA ko‘rsatkichi 4 va undan yuqori bo‘lgan hamda belgilangan toifadagi talabalar navbatdagi o‘quv yili uchun qo‘shimcha davlat grantini olish maqsadida ariza topshirishlari mumkin. 📌 Ariza topshirishning oxirgi muddati — 20-iyul! 📝 Arizalar quyidagi platformalar orqali topshiriladi: 🔹 my.hemis.uz ⏰ Hurmatli talabalar, belgilangan muddatni o‘tkazib yubormang! ⚠️ 20-IYUL — SO‘NGGI MUDDAT! 📣 Shoshiling, hurmatli talabalar! H.Rashidov