Rayhona | BookBlog
Статистика• kitoblar • fikrlar • fotografiya ✉️ kanal egasi bilan bogʻlanish: @r_khudayberdiyeva
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 54
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 69
- 1/48двое суток
- 79
- 1/72трое суток
- 85
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Usmon Nosirning yurtidan Boburning yurtiga, keyin Kumushning ona Vataniga, ortidan Erkin Vohidov yurtiga keldim. Oxirgi bekat Xudoyorxonning tarixdagi qoʻnogʻi ekan. Lekin kindik qonimiz toʻkilgan joy baribir oʻziga chorlayverdi. Shunga yoʻl-yoʻlakay Chustiyning yurtidan ham oʻtib oxiri oʻzimizning Vatanimizga qaytib keldik.. 😆 Vodiyimizda yashillik oʻylaganimdan ancha koʻproq ekan 💚) (Yana bir orzuyim boʻlsa Lev Tolstoyning ham Vatanini koʻrish – Ясная Поляна'ga borish)) #FromMyLife
Oʻqishga yengil, kichikroq hajmdagi qiziq asarcha tavsiya qilinglar...
Oʻqishga yengil, kichikroq hajmdagi qiziq asarcha tavsiya qilinglar...
Bugun ham yozaman. Oʻylarim, fikrlarim ummondagi kuchli toʻlqinlardek. Yozish orqali esa ularni "tinchlantirishga" harakat qilaman: Darsda muhokama qilingan mavzulardan biri nima uchun bozorlar avvalgichalik gavjum emasligi edi. Toʻgʻri, bunga sabablar koʻp.…
IVAN KARAMAZOV VA FYODOR DOSTOYEVSKIY HAQIDA «Aka-uka Karamazovlar» 4 ta qism, 12 ta kitob, epilog jami 96 ta bobda jamlangan. Romanda 3 ta aka-uka asosiy qahramonlar, xabaringiz boʻlsa kerak: Dmitriy, Ivan va Aleksey. Aleksey nihoyatda dinni hurmat qiladi. Cherkovda buzruk Zosimaga xizmat qiladi. Ivan esa aksincha. Ehtimol, dahriy ham deyish mumkin. 2-kitobining 5-qismida Ivan oʻzining maqolasi haqida boshqalar bilan baxslashyapti (bu uning sevimli ishi!). Aytishicha, cherkov davlatga aylanishi va uni boshqarishi kerak. Ma'lumot uchun ularning dini nasroniylik. Shunda jinoyat qilish soni keskin kamayadi. Chunki cherkovlar davlatning bir qismi. Ular sudlarga aralashmaydi. Shuning uchun jinoyatchilar bilganini qilaveradi. Keyin ogʻir jazo oladi va yana oʻsha jinoyatga qoʻl urishi mumkin. Biroq cherkov butun bir davlat boʻlib, uni boshqarsa, sudlarda asosiy ish yurituvchi boʻlsa, jinoyatchining endi vijdoni ishlashni boshlaydi. «Voy, bu meni dinim-ku. Men jinoyat qilish orqali oʻz dinimga qarshi chiqyapman. Iso Masihga qarshi chiqyapman», – deb vijdoni qiynaladi. Cherkov ham unga keskin jazo bermaydi. Shunchaki va'z-nasihat oʻqib qoʻysa, jinoyatchini oʻzini aybdor his qilib boshqa bu jinoyatga, qingʻir yoʻlga qaytmaydi. «Jinoyat va jazo» romanida ham eslasangiz, Raskolnikov qancha qiynaladi, azob chekadi, necha martalab xushidan ketadi. Xullas, Dostoyevskiyning fikricha, diniga qattiq ishonsa, amal qilsa, nafaqat jinoyatchi boʻlmaydi, balki jamiyat va insonlarga zarar beruvchi yomon ishlardan qaytadi. Vijdoni, insofi ishlaydi. E, voh! Dostoyevskiy bunga shunchalar ishonadi. Lekin men ishonmayman. Hatto dinga e'tiqod qilib ham insonlar bir-biriga zarar yetkazadi, yomon munosabatda boʻladi. Koʻnglini ogʻritadi. Qingʻir ishlar qilishdan qaytmaydi. Va barchasini bilib turadi ba'zida. Odam oʻldirsa ham zarracha vijdoni qiynalmasa kerak Raskolnikovdek. Farzandini qiynoqqa solyapti. Oilasiga xiyonat qilyapti. Pulga vijdonini sotyapti. Ular nimaligini bilib turib, yomonlik qiladi. Sizlar nima deysizlar Dostoyevskiyning qarashlariga? Qoʻshilgan boʻlarmidinglar? (#fikrlar@rayhona_sk)
без подписи
без подписи
MEN SEVGAN TOP 10 KITOBLAR!!! (Fiction) 1. «Urush va tinchlik», Lev Tolstoy 2. «Kichkina shahzoda», Antuan De-Sent Ekzyuperi 3. «Martin Iden», Jek London 4. «Aka-uka Karamazovlar», Fyodor Dostoyevskiy 5. «Ajib yangi dunyo», Oldos Haksli 6. «Otalar va bolalar», Ivan Turgenev 7. «Xavfli doʻstlik», Mariya Korelli 8. «Qarzga olingan umr», Erix Mariya Remark 9. «Ikki eshik orasi», Oʻtkir Hoshimov 10. «Sariq devni minib», Xudoyberdi Toʻxtaboyev 1- va 4-kitoblar hali yakunlanmagan, lekin allaqachon sevimli boʻlishga ulgurgan. 🫶
📕 “BIRINCHI MUALLIM” ✍ Chingiz Aytmatov 1962-yilda yozilgan hajman uncha katta boʻlmagan, ammo hissiy va ma'naviy jihatdan juda boy qissa. Voqealar Qirgʻizistonning Gurkurov ovulida, Sovet hokimiyatining ilk yillarida sodir boʻladi. Asosiy qahramonlardan Duyshen – yosh, savodi mukammal boʻlmasa-da, qishloqda maktab ochib bolalarga ilm berishga qattiq tirishuvchi muallim. Oltinoy – oʻquvchilardan biri, bilimga chanqoq. Duyshen bolalarga bilim berish maqsadida bir kuni eski otxona oʻrnida maktab qurishga qaror qiladi. Ovulida koʻpchilik bunga qarshi chiqsa-da, u yoʻlidan qaytmaydi, ta'limning inson hayotida muhim oʻrni borligini amalda yetti avlodi ham oʻqimagan dehqonlar ovuliga koʻrsatmoqchi boʻladi. Oʻquvchilari orasida Oltinoy, qissaning markazida turuvchi qahramon, maktabga borishni juda ham xohlaydi. Qissada koʻtarilgan yana bir mavzu bor – bu ayollarning ilm olish huquqi; hali bola boʻlib turib, erta yoshlaridanoq turmush qurishga majbur etilayotgan qizlarning ham o‘qish, bilim olish va o‘z iste'dodini ro‘yobga chiqarishga haqli ekanligi asar orqali ilgari surilgan. Yaxshi ustozlar bizga faqatgina bilim bermaydilar, balki taqdirimiz oʻzgarishiga ham sabab boʻla oladilar. Duyshenning bilimga, bolalarga va kelajakka boʻlgan ishonchi Oltinoyning hayotini butunlay oʻzgartiradi. Qolganini qissani oʻqish orqali bilib olishingiz mumkin..)) #kitob_tahlili@rayhona_sk
Ayollar yuraklarining bir chekkasida har tomonlama mustaqil boʻlish orzusi tursa kerak. Bu xuddi ichki instinktdek. Buni 3 ta ayol muallif va ular yaratgan qahramonlarini koʻrib aytyapman. Ayol yozuvchilar ayol qahramonlari orqali o'z qarashlari, orzu-ideallari va fe'l-atvorining ayrim jihatlarini aks ettirishgan. Birinchisi – Jeyn Ostin va uning «Andisha va gʻurur» asaridagi Elizabet Bennet obrazi. Ikkinchisi – Mariya Korelli va uning «Xavfli doʻstlik» asaridagi Mevis Kler obrazi. Uchinchisi – Luiza Mey Olkott va uning «Kichkina xonimlar» asaridagi Jo March obrazi. Avvalo, har biri kitob oʻqishni yaxshi koʻradi. Mustaqil fikrlaydi. Jasur. Aqlli; aqlni goʻzallikdan ustun qoʻyadi. Oʻzini rivojlantira oladi. Yolgʻon va manfaat uchun yashamaydi. Kimdirga yoqish uchun oʻzini qurbon qilmaydi, oʻzidan soxta insonni yasab olmaydi. Boylik va obroʻni hayotdagi eng katta maqsad deb bilmaydi. Va eng oxirida, erkaklarga koʻr-koʻrona ergashmaydi. Men uchchalasida ham shu xususiyatlarni koʻrganman. Albatta, ma'lum ma'noda bir-birlaridan farq qiladigan jihatlari ham bor. Mevis Kler va Jo March esa yanada oʻxshash. Ikkisi ham ijod qiladi, yozadi. Muhabbatdan koʻra erkini afzal biladi. Keyinroq oʻqib chiqsam bu ikki yozuvchi qahramonlari orqali koʻp tomonlama oʻzlarini ham tasvirlashgan. Masalan, Luiza Mey Olkott turmush qurmagan, ijod bilan mashgʻul boʻlgan. Mariya Korelli esa Mevis Kler singari asarlari tufayli koʻp tanqidlarga uchragan. Initsiallar (M.K.) ham bekorga emas. Menimcha, aynan shu jihatlar ularni unutilmas qahramonga aylantirgan. Chunki ular bizga (ayniqsa, ayollarga) oʻz fikriga ega boʻlishni, oʻz qadrini bilishni va hayotni oʻz prinsiplariga sodiq qolgan holda yashashni oʻrgatadi. Asarlar yozilganiga yuz yildan oshgan boʻlsa-da, ularning fikrlari va xarakteri hanuz dolzarbligini yoʻqotmagan. #fikrlar@rayhona_sk))
Aleksandr Grinning “Alvon yelkanlar” qissasidan parcha. Aynan shu qismi kechagi qissadagi holatlarga juda ham bogʻliqdek koʻrindi))
— Kitoblarning koʻpligini... Dunyodagi eng baxtli odam ekansiz, Teodor Lorrens — Odam faqat kitoblar bilangina yashay olmaydi. — Men yashardim) 🎞 «Kichkina xonimlar»
Agar u ota-onasi va boshqa insonlar tomonidan yaxshi munosabat koʻrganida bu yoʻlga kirmasligi aniq edi. Muallif yana bir jihatni qoralaydi – loqaydlik. Insonlar loqayd, atrofida boʻlayotgan voqealar, birovlarning taqdiriga nisbatan. Kimdir oʻlay deb yotganini koʻrishsa ham jim qarab oʻtib ketishadi. Bola tarbiyasida ham loqaydlik qilishadi. Keyinroq bolalarining yomon xulqini koʻrib oʻzlari hayron qolishadi.
“Javdarzordagi xaloskor”ni oʻqishim davomida, ish qilayotib “Alvido, bolalik”ni tinglashni boshlagandim. Ikki kitobda ham oʻzaro oʻxshash mavzu bor – bolalik va oʻsmirlik. Umr yoʻlini axtarayotganlarning hayotidan bir parcha. Qissa Tohir Malikning “Jinoyatning…
“Javdarzordagi xaloskor”ni oʻqishim davomida, ish qilayotib “Alvido, bolalik”ni tinglashni boshlagandim. Ikki kitobda ham oʻzaro oʻxshash mavzu bor – bolalik va oʻsmirlik. Umr yoʻlini axtarayotganlarning hayotidan bir parcha. Qissa Tohir Malikning “Jinoyatning uzun yoʻli” turkumiga kiruvchi birinchi kitob ekan. Men, toʻgʻrisi, ushbu yozuvchi qalamidan ilk marta oʻqidim. Aniqrogʻi, tinglab tugatdim buni ham. Haliroq fikrlarimni yozarman.
2026-yil ijodiy/kitob yo‘nalishidagi Telegram kanallari ro‘yxati @ahmadali_writer - Ahmad Ali Dilmurod @chegarasiz_fikrlar - Chegarasiz fikrlar @rayhona_sk - Rayhona | BookBlog @yerning_yulduzi - Ko’ngilxonam @sezimlarim - Shohrux Davron Ergashev @sheriyART1 - She’riyART @konglim_hududi - Ko’nglim hududi @QonliBitiklarim - Bitiklarim @sengachalik - QM @Skeptitsizm - Pharmakon @eski_z - Einfach @xayol_chechaklari - Umida Abduhakimova @Sensiz_Dunyolarim - Seni Izlab @mavhumf - шабнам. 2026-yil ijodiy/kitob yo‘nalishidagi Telegram kanallari ro‘yxati
📕 "JAVDARZORDAGI HALOSKOR" ✍ Jerom Selinjer ❗️Spoyler boʻlishi mumkin. 1951-yil 16-iyulda chop etilgan. Amerika adabiyoti. Asosiy mavzusi – bolalarcha begʻuborlikning yoʻqotilishi. Voqealar bosh qahramon 16-17 yoshlardagi oʻsmir Holden Kolfild tomonidan hikoya qilinadi. Fanlardan yiqilib, (navbatdagi) maktabidan chiqib ketadi. Uyga borgisi kelmay, mehmonxonalarda turadi. 250 ga yaqin betni oʻqib soʻngra bildim-ki, butun bir soʻzlaganlar 2-3 kun ichida sodir boʻladi. Oʻsmirlik yillarini yaxshi yoritib beruvchi kitob, deb topdim. Holdenchalik boʻlmasa-da, uning ayrim qarashlari menda ham boʻlgan va boʻlib turadi. Oʻsmirlar yo bola, yo katta boʻlmagan, arosatda qolib ketgan boʻlishadi. Bir kunda millionlab hislarni boshdan kechirishadi, millionlab fikrlarni oʻylashadi. Oʻz yoʻllarini topgunlariga qadar ne qilarlarini bilmay tentirab yurishadi. Bolalar tezroq katta boʻlgisi keladi. Kattalar esa yana bola boʻlib qolgisi keladi. Ahir bilishadi-da, kattalarning dunyosi qandayligini. Holden tili bilan aytganda, ikkiyuzlamachi, munofiq, sabrsiz, hayollari yomon, begʻuborlik qolmagan. Holden esa katta boʻlgani sari atrofidagi insonlarga, deyarli hech kimga ishonmay qoʻygan, oʻzi ham yolgʻon soʻzlashni boshlagan qahramon. U jamiyatdan jirkanadi. Chuqur yolgʻizlikni his qiladi. Kimdir bilan yaxshi suhbat qilgisi keladi, lekin niyatiga yetolmaydi. Chunki hamma uning hafsalasini pir qiladi. «Holden» va «Kolfild» atoqli nomlar sifatida ham bejiz tanlanmagan ekan. Holden – inglizcha, «hold on» (tutib turish) fe'lidan; «caul field» (cold field – sovuq dala boʻlishi mumkin) soʻzlaridan olingan ekan. Asar nomi ham bir metafora. Holden koʻchada ketayotganida kichik bola kuylayotgan Robert Burnsning «Javdarzordan ketayotganni kim koʻrdi...» she'rini eshitib qoladi. Orzusi bolalarni qoyadan yiqilib tushishlaridan asrash yoxud kattalarning jirkanchliklaridan himoya qilish... Asarni yarim avtobiografik ekanligini muallifning oʻzi tan olgan ekan. Qolaversa, kitob unda qoʻllangan nomaqbul soʻzlari sabab senzuraga uchragan boʻlsa-da, ammo hali ham Amerika maktablarida oʻqitilar ekan. Qisqasi, baribir bolalar bir kun kelib katta boʻladi. Oʻzligini topishga intiladi. Dunyo va odamlar u oʻylaganidek emasligiga amin boʻladi. Lekin baribir ijtimoiy aloqalarga, gohida inson tasallisi va maslahatlariga muhtojligini bilib turadi. Muhimi, ichimizdagi "bolacha"ni, begʻuborlikni yoʻqotmaslik. (Bularni yozayotib «Kichkina shahzoda» esimga tushdi...) Keskin burilishlarsiz yozilgan bu roman voqealaridan koʻra qahramonning ichki dunyosi va oʻylari bilan oʻziga tortadi. Tavsiya qilaman. #kitob_tahlili@rayhona_sk
без подписи
без подписи
Men uchun har yoz sarguzashtli boʻladi. Bu yil ham shunday. Lekin 2 oydayoq tugab qolgandek boʻldi... Ketma-ket 3 ta intervyuga kirdim. 1. British Councilga ishga qabul qilindim. 2. Top 100 Uni Camp'ga topshirdim. Undan ham intervyu bosqichiga oʻtdim. Natija – neytral (waitlist). 3. Yaponiyaning The Nippon Foundation JACAFA YevroOsiyo stipendiya dasturiga topshirdim. Bundan esa intervyuga bosqichiga oʻtdim-u, shu intervyu muvaffaqiyatli boʻlmadi. Koʻproq umid bogʻlagandim-da... Umuman olganda, hadeb kitob oʻqiyvermayman. Shunaqa narsalar bilan ham ancha band boʻlib qolaman. Koʻp oʻyladim. Muhimi, hammasidan yaxshi tajriba boʻldi. Ayniqsa, essay yozish va intervyular boʻyicha. Oʻz ustimda hali koʻp ishlashim kerakligini, sohamga chuqurroq kirishishim kerakligini tushundim. Oxirgisidan anglab yetganim esa maqsadlarni aniq qoʻyish; faqat oʻziga emas, jamiyatga ham foydasi tegadigan inson boʻlish. Nasibimiz boʻlsa, koʻraverar ekanmiz... :) Shunaqa gaplaaar)) #FromMyLife