SEZIMLARIM...
Статистика#Asosim Qachonlardir xazonlar ham yashil erdi... Kerak bo'lsam:@Besaruband
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 12
- 1/48двое суток
- 13
- 1/72трое суток
- 14
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Kechki_Suhbatdan Qarz munosabatni buzmaydi, buzvorar ekan... @Sezimlarim
#Xirgoyicha #Qörqitar Sharifa Salimova sheʼri @Sezimlarim
#Ishdagi_xirgoyicha Sherigimning birga xirgoyi qilishi tasodif...
#Eslatma Olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim...
Ilk marta mustahzod yozdim... Xatolari boʻlishi mumkin... Inshaallah, davomli boʻlsin deyman... Duo qilib qoʻying, oʻqib fikr bildirishingiz mumkin... #Mustahzod Hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf — —V/ V — — V/ V — — V/ V — —/ — —V/V — — Man yora nazar ayladim, ul boʻldi nazarsiz, oshurdi pisandin, Nogah yuzini ochdi-yu rom etdi xabarsiz, yoshurdi kamandin. Na maysa, na gul unmagi ham amrimaholdur, chektirdi mashaqqat, Bogʻbonni rizo etmasa, uzgoni samarsiz gullarni chamandin. Cho'ng ishq elining rutbasiga yetdi xayolim... Yetgaymi ayog'im? Ammo yuragim yondi, koʻrib koʻkni qamarsiz, jon chiqdi badandin... Ostona qarab koʻzyoshima toʻldiki baytim, gʻarq oʻldi jahon ham, Nuh kemasini topmadilar, qoldi shaharsiz, ayrildi vatandin... Tun birla yurak qiymalanib topmadi hamroz, dil boʻldi faromush, Davron, netasan dil uyiga kelmasa hargiz, yoqqin-da sepandin... Shohrux Davron Ergashev @Sezimlarim
SENI IZLAB Hazaji musaddasi solim Parishonman seni izlab saharlardan, Sabo bergan o'shal daydi xabarlardan. Azob o'lg'ay, seningsiz bir kunim o'tsa, Seni asray Kumush ichgan zaharlardan. Tilim beun, dilim dilxun, xarob o'ldim, Izing ko'rmay ketar bo'ldim shaharlardan. Samolardan topar erdim kezib hatto Somon yo'lin qani bilsam qamarlardan. Sinovingga duchor etding demay bir so'z, Biroq jonim omon etding xatarlardan. Va lek aslo ishim unmas seningsiz hech, Menga ne naf kishi bermish samarlardan. Ko'rib nogah tushimda men, terib gullar, Visol istab, o'tib borsam guzarlardan. Ne tong, Davron, diling bog‘lab vafo kutding Senga har dam jafo qilgan basharlardan. Shohrux Davron Ergashev @Sezimlarim
2026-yil ijodiy/kitob yo‘nalishidagi Telegram kanallari ro‘yxati Hamma kanalga birdan ulanish uchun 👇 👇👇 https://t.me/addlist/FasOpHSHyw8zNjcy
2026-yil ijodiy/kitob yo‘nalishidagi Telegram kanallari ro‘yxati @ahmadali_writer - Ahmad Ali Dilmurod @chegarasiz_fikrlar - Chegarasiz fikrlar @rayhona_sk - Rayhona | BookBlog @yerning_yulduzi - Ko’ngilxonam @sezimlarim - Shohrux Davron Ergashev @sheriyART1 - She’riyART @konglim_hududi - Ko’nglim hududi @QonliBitiklarim - Bitiklarim @sengachalik - QM @Skeptitsizm - Pharmakon @eski_z - Einfach @xayol_chechaklari - Umida Abduhakimova @Sensiz_Dunyolarim - Seni Izlab @mavhumf - шабнам. 2026-yil ijodiy/kitob yo‘nalishidagi Telegram kanallari ro‘yxati
#Tabriklayman Yutuqlaring bardavom boʻlsin, jigarlarim❤️❤️❤️ @Sezimlarim
#Keldim Azobingdin tatib, qoshingga keldim, Duollarni tutib, qoshingga keldim. Ko‘ngil qurg‘ur seni ko‘rmay tin olmas, Yurokim ovutib, qoshingga keldim. Sabolardan Sango yo‘llab xabarlar, G‘azallarni bitib, qoshingga keldim. Sanolarga ko‘mib tashlay damo…
#Keldim Azobingdin tatib, qoshingga keldim, Duollarni tutib, qoshingga keldim. Ko‘ngil qurg‘ur seni ko‘rmay tin olmas, Yurokim ovutib, qoshingga keldim. Sabolardan Sango yo‘llab xabarlar, G‘azallarni bitib, qoshingga keldim. Sanolarga ko‘mib tashlay damo - dam, G‘amim ichga yutib, qoshingga keldim. Yo‘limni burmadim tezroq yetay, deb Tikonzordan o‘tib, qoshingga keldim... Umidim yo‘llarim yoritdi har dam, Murodimga yetib, qoshingga keldim. Sen, ey Davron, niyatni qil ko‘ngildan, Manam baxtim kutib, qoshingga keldim... Shoxruh Davron
#Yangi_Mashq Yoʻq Oftob urgay boshimiz, soyamiz yoʻq, Gar suyansak, yelkamiz yoʻq, qoyamiz yoʻq. Choʻntagi yoʻq oshnolar koʻp topilgay, Yuksalish-chun bu zamon sarmoyamiz yoʻq. Bitta-bitta maqsudimiz gullagaydir, Bittada chiqmakka pillapoyamiz yoʻq. Qirga chiqsak shukr eturmiz Yo Saburga Togʻga chiqsak, chap tushib biz toyamiz... Yoʻq. Tush,- dedilar toʻrga borsak iymanib, soʻng Ket, - dedilar quyi tushsak... Joyimiz yoʻq... Bolalikning ishtiyoqi tanda gʻolib, Ruhimizda ulgʻayish yoʻq, voyamiz yoʻq. Rozi boʻldik qornimiz toʻq, ustimiz but, Bundan ortiq kattaroq bir gʻoyamiz yoʻq. Shohrux Davron Ergashev @Sezimlarim
#Shaxsiy_Qarash Odamlar, huv, odamlar, nega biz kimnidir ajdodlari bilan bogʻlayveramiz, alqayveramiz... Shaxsiylik, individuallik degan tushunchalar qayerga ketgan...
#Yangi_Mashq * * * * Shoxi, barg-u guli aldamchi... Ildizini sevdim daraxtning... Anduhlarga ochdim bagʻrimni, Oshiqlari koʻp boʻlar baxtning... Butun dunyo poshshosi boʻlmam... Egasiman bir dil taxtining... Yurak qilsin borin bayonot, Nima kerak til aytgan sharhning... Badali ham ogʻir boʻlarkan Oshiqlarga qoʻyilgan shartning... Qanchasiga vafo ayladim Almisoqda qilingan ahdning... Chizigʻidan chiqdimmi, Tangrim, Oʻzing chizib bergan ul tarhning... Shohrux Davron Ergashev @Sezimlarim
#Yangi_Mashq * * * * * Sirojiddin Sayyid g'azaliga nazira Sochlaring tun ichra bir-bir sirlashib, Oldilar jon-u jahonim birlashib*. Azm etib dunyoga qildi oshkor Qatl uchun kiprig-u qoshni chorlashib. Qay aziyat jonga qilsa ham jafo, Qolmagay oshiq maqomi yerlashib. Qasd etib ko'nglimga kirdi, dilrabo, Ishqqa aylandi so'ng takrirlashib. Men halovat topmadim oshiq o'lib, Ketdi soʻngra kecha - kunduz chalkashib. Bitsa rostini bitishsin sevgining, Yurmasinlar yolg'on tahrirlashib. @Sezimlarim
без подписи
без подписи
без подписи
#Zomin_2026
#Zomin_2026