tgindex
Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Статистика

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Maqsadlaringiz kaliti 📚 ✨️ Rasmiy telegram kanal: @SSinKhanka Instagram:https://www.instagram.com/xonqa Facebook: facebook.com/SSinKhanka

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
18
Всего постов
238
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 129
+1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
447
40 постов
Вовлечённость
39,6%
к подписчикам
Постов в день
2,6
всего 238
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
343
1/48двое суток
393
1/72трое суток
423

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.192313из xushnudbek

    ‼️MANDAT CHIQDI #abituriyent ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. 👉 @xushnudbek 👈

  • #diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • XORAZMDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI O‘RGANILDI 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Xorazm viloyatidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi. ✅ Tashrif davomida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, shuningdek, Urganch shahrida yangidan tashkil etilayotgan muhandislik maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar ko‘zdan kechirildi. ✅ Davlat dasturi doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan maktablardagi jarayonlar ham o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, pedagoglar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning takliflari tinglandi hamda ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • ⚡️Nega 56,7 ball davlat OTMlariga topshirganlar uchun ahamiyatli?   Sababi hatto ajratilgan kvota o'rinlariga balli yetsa ham, 56,7 dan kam ball to'plagan abituriyent talaba bo'lolmaydi. ✅ Davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %);    ✅ To‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilangan.  Demak, 56,7 balldan kam to'plaganlarda faqatgina super-kontrak orqali talaba bo'lish imkoni bor.   ✅ @talimuz

  • без подписи

  • #Bitiruvchidan_natija #Muddatidan_oldin_talaba #XONQA_IM 📃 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-A sinf oʻquvchisi ✨ IBRAGIMOVA SHAHZODA UMRBEK QIZI 🇺🇿 O'zbekistondagi nufuzli oliygohlardan xalqaro 🌐 AL-XORAZIMIY UNIVERSITETI (AL-KHWARIZMI UNIVERSITY)ning maxsus imtihonida qatnashib, Sun'iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha 1 yillik jami hisobda 30 000 000 so'mlik grant sohibasi boʻldi va talabalikka tavsiya etildi! 🎉 Ushbu yuksak natija bilan o'quvchimizni, ota-onasi, ustozlari va yaqinlarini tabriklaymiz. Kelajakda ulkan zafarlar tilab qolamiz! Doim yuksaklarda porla, Shahzoda! •┈┈•┈┈•⊰✿🍃🌺🍃✿⊱•┈┈•┈┈• Kanalga aʼzo boʻling! 👇👇👇👇👇👇👇 Xonqa IM

  • #YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • ❓Mustaqillik bayramida o’zbekistonliklar necha kun dam oladi? ✅ Javob: bu yil 1-sentyabr – Mustaqillik bayrami munosabati bilan haftada 5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 4 kun, 6 kunliklar esa 3 kun dam oladi. Boisi 31-avgust, dushanba kuni qo’shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 📄 Asos: 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-sonli Prezident farmoni. Unga ko’ra, dam olish kunlari quyidagicha: ✅❌ 29-avgust, shanba — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish; ✅✅ 30-avgust, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni; ✅✅ 31-avgust, dushanba — barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni; ✅✅ 1-sentyabr, seshanba — Mustaqillik bayrami. 👉 @xushnudbek 👈

  • #Vatanim_uchun_olimpiadachiman 🇺🇿 «Vatanim uchun olimpiadachiman» — challenge! Agar siz olimpiadachi o‘quvchi, olimpiadaga qiziqadigan yosh, olimpiadachi farzandning ota-onasi yoki olimpiada ustozi bo‘lsangiz, ushbu challenge aynan siz uchun! ✅ 30–90 soniyalik ijodiy video tayyorlang va «Vatanim uchun olimpiadachiman» mavzusida o‘z hikoyangizni ulashing. ✅ Videoni Instagram sahifangizga joylashtiring, #Vatanim_uchun_olimpiadachiman xeshtegidan foydalaning hamda Fan olimpiadalari markazini belgilang yoki izohlarda havolasini qoldiring. ✅ Eng kreativ va ta’sirli 10 ta video saralab olinadi. G‘oliblar xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik uchun maxsus kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi. ✅ Challenge 29-avgustga qadar davom etadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • DIQQAT TANLOV! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda mavjud vakant direktor o‘rinbosari lavozimlariga tanlovning birinchi bosqichi o‘tkaziladi Yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun tanlovning birinchi bosqichi — hududiy saralash jarayonlari o‘tkaziladi. Tanlovning birinchi bosqichi quyidagi muddatlarda tashkil etiladi: 👉🏻 O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga — 2026-yil 10–11-avgust kunlari; 👉🏻 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga — 2026-yil 12–13-avgust kunlari. Mazkur bosqich Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tanlov komissiyasi hamda hududiy ishchi guruhlar tomonidan belgilangan tartib asosida o‘tkaziladi. ✔️ Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichi — asosiy suhbatga tavsiya etiladi. Suhbat savollari Agentlik tanlov komissiyasi tomonidan oldindan tayyorlanib, maxsus himoyalangan paketlarda, muhrlangan konvertlar ko‘rinishida hududlarga yetkaziladi. ✔️ Konvertlar nomzodlar ishtirokida ochiladi. Suhbat jarayonlari ochiqlik, shaffoflik, xolislik va teng imkoniyatlar tamoyillari asosida tashkil etiladi. Tanlov nizomiga muvofiq, har bir vakant direktor o‘rinbosari lavozimi uchun eng munosib 3 nafargacha nomzod tanlovning ikkinchi bosqichi — asosiy suhbatga tavsiya etilishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tanlov jarayonlarining ochiq, shaffof, xolis va adolatli o‘tkazilishini ta’minlaydi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • без подписи