DIMI 40
СтатистикаXo'jaobod tumani 40-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati rasmiy telegram kanali.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 68
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 149
- 1/48двое суток
- 170
- 1/72трое суток
- 184
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
#qonunchilik_hujjatlari 📣 Fan olimpiadalari gʻoliblariga "Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasi beriladi ✅ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyuldagi tegishli qarori bilan “Taʼlim va sport yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi gʻoliblarini “Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasini taqdim etish orqali ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi. ➖ Ushbu Nizom respublika va viloyat darajasida taʼlim va sport yoʻnalishlari boʻyicha fan olimpiadasi va sport musobaqasi gʻoliblarini “Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasini taqdim etish orqali ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi. 🔹 Nizomga koʻra, taʼlim va sport yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi gʻoliblariga quyidagi yoʻllanmalar taqdim etiladi: ➖ respublika darajasida – respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlarga Oʻzbekiston hududidagi turistik obyektlarga 3 kunlik sayohat; ➖ viloyat darajasida – hududiy bosqichda gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlarga boshqa viloyat hududidagi turistik obyektlarga 2 kunlik sayohat. 🔹 Tashkilotchi tomonidan sayohat tadbirlari tashkil etilishidan 10 kun oldin yoʻllanmaga ega boʻlgan shaxslar tadbir tashkil etiladigan kun va joy toʻgʻrisida xabardor qilinadi. 👉 Tashkilotchilar tomonidan har yili sayohat xarajatlariga quyidagilar bilan bogʻliq xarajatlar kiritiladi: ➖ transport xizmati; ➖ yashash va ovqatlantirish; ➖ ekskursiyalar (gid xizmati va turizm obyektlariga kirish chiptasi); ➖ sayohat sugʻurtasi. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Muhtaram Prezidentimizga mustahkam sogʻliq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti yoʻlidagi masʼuliyatli faoliyatlarida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilaymiz. @qabuldimi
ONA TILI FANI USTOZLAR HAMDA O‘QUVCHILAR UCHUN BEPUL KURS🧑🏫👨🏫 Ishingiz tufayli repititorga borishga vaqtingiz yoq, buni bilamiz. Shu sababdan ham biz ishli va band insonlar uchun maxsus onlayn kurs ochdik. Eng asosiysi, bu kurs BEPUL! 3 oyda 0 dan A+ darajaga chiqing! 👨🏻🎓Bu kursni A+ sohibi Afzaldin Nizomiddinov olib boradi! ☎️Bizga bogʻlanish uchun quyidagi raqamlarga aloqaga chiqing! 📞+998500775787 HUSNIDDIN 📞+998941060459 DILNOZA 📲@ona_tili_saboqlari_online https://t.me/ona_tili_saboqlari_sertifikat
#Видеомурожаат ❗️Фарзандларингизни турли бузғунчи ғоялар таъсиридан асранг @dinuzbbot
🎒 Farzandingizni o‘z qo‘lingiz bilan maktabdan sovutib qo‘ymang! (Ota-onalar yo‘l qo‘yadigan eng katta xato) 🏫 Ayni qabul vaqtida ko‘pchilik ota-onalar farzandining kelajagi uchun eng yaxshisini xohlab, ammo e’tibordan chetda qoladigan bir jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishadi. “Maktabda o‘zi o‘rganib ketadi”, “Zehni o‘tkir, yoshligidan qo‘shimcha til bilsa, foyda” degan o‘y bilan bolani u umuman tushunmaydigan tildagi sinfga joylashtirishadi. Biroq, bilmay qilingan bu qaror bolaning butun ta’lim hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 🧠 Nima uchun ta’lim tilini to‘g‘ri tanlash o‘ta muhim? ➖ Fanlarni o‘zlashtirishdagi to‘siq: 1-sinfda bola nafaqat o‘qish va yozishni, balki matematika, atrof-olam kabi fanlarni anglashi, mantiqiy fikrlashni o‘rganishi kerak. O‘qituvchisini tushunmasa, u fanni qanday o‘zlashtiradi? Tilni bilmasa, uy vazifalarini qanday bajaradi? Bu jarayonda siz unga qanday yordam bera olasiz? ➖ Psixologik zarba: Psixologlarning ta’kidlashicha, 1-sinf — shundoq ham bola uchun katta stress. Yangi muhit, yangi tartib, notanish jamoa. Bu stress ustiga “til to‘sig‘i” ham qo‘shilsa, bola xato qilishdan va savol berishdan qo‘rqadigan bo‘lib qoladi. ➖ O‘ziga ishonchning sinishi: Bolaning ichidagi ulkan salohiyat va iqtidor faqatgina shu tilni tushunmaslik kompleksi sababli yuzaga chiqmay, so‘nib qoladi. 🎓 Eng muhimi — farzandingiz maktabga o‘zlashtirishdan qiynalib, tushkun kayfiyatda emas, balki bilim olishga bo‘lgan katta ishtiyoq bilan borsin! ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar #Mirziyoyev #Yoshlar #30iyun
“Aziz o‘g‘il-qizlarim! Men sizlardagi shijoat, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, doim ruhlanaman. Siz – aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: katta-katta marralar sari olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang, qiyinchilikdan cho‘chimang, mehnatdan qochmang! Shuni bilingki, ortingizda sizlarni katta umidlar bilan voyaga yetkazgan ota-onangiz bor, sizlarga bilim va tarbiya bergan, kasb o‘rgatgan ustoz va murabbiylaringiz bor, sizlarga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladigan, ishonadigan va doim qo‘llab-quvvatlaydigan Prezidentingiz bor! Yo‘lingiz ochiq, niyatingiz ulug‘, qaddingiz baland bo‘lsin!” – dedi Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot yakunida. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. @alisher_sadullaev
DIQQAT, DIQQAT!!! MAKTAB INTERNATIMIZNING 6–9-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN MUHUM YANGILIK! 🇨🇳 🎉 40-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ajoyib imkoniyat! ✨ Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan yozgi ta'til davrida "Xitoy tili" bo‘yicha BEPUL TO‘GARAK tashkil etilmoqda! 👨🏫 Mashg‘ulotlarni Andijon davlat tillar instituti talabasi Abduhalilova Marjona olib boradilar. 📚 To‘garak mashg'ulotlarimiz: ✅ 6–9-sinf o‘quvchilari uchun 💯 To‘garak mutlaqo BEPUL! 📆 Chorshanba va Juma kunlari 🕑 SOAT 09:00 - 10:30 ga qadar 🔹 xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqsangiz; 🔹 kelajakda xalqaro imkoniyatlarga ega bo‘lishni istasangiz; 🔹 xitoy tilini noldan o‘rganishni xohlasangiz, unda bu imkoniyat aynan Siz uchun! 🌏 Bugungi bilim — ertangi muvaffaqiyat! 🇨🇳 Xitoy tilini biz bilan bepul o‘rganing! @SUPERDIMI
#TABRIK #YOSHLAR_KUNI @superdimi
#TABRIK #YOSHLAR_KUNI @superdimi
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи