Otabek Nurmuhammad
СтатистикаXatolardan xulosa izlab Dasturchilar uchun: @otabekswe
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Технологии (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 716
- 1/48двое суток
- 820
- 1/72трое суток
- 884
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Farzandim gapimga kirmayapti deyishadi. Do‘stlarimga nasihatim o‘tmayapti deyishadi. Ishchilarim yaxshi ishlamayapti deyishadi. Yangi chaqaloq yoki tili chiqmagan bola, gapirishni ko‘rib o‘rganadi. Ishchi o‘sishi uchun liderni hurmat qilishi kerak. Qilayotgan ishlarini ko'rib turganimiz uchun ham o'sha insonlarni hurmat qilamiz. Eshitmayaptimi? Amal qilmayaptimi? Ko‘rsating. Kamida amal qilishadi, ko'pida sizni doim hurmat qilishadi. 18.12.2025 Kutubxonada | Lodz, Poland
Uyg'onish yo'llari ko'p. Erta va och yotish, bizni erta tongda uyg'otadi. Kitob o'qish, ma'ruzalar tinglash fikrlashimizni uyg'otadi. Iliq va samimiy suhbat, qilgan yaxshiliklarimiz boshqalarda mehr uyg'otadi. Ajoyib fikrlar, qiziq ishlar qilishga xohish uyg'otadi. Yaxshi insonlar amalini ko'rish, bizda ham amalga sabab uyg'otadi. Jamiyatimiz ziyolari yorqin kelajagimiz borligiga ishonch uyg'otadi. Uyg'otishini eshitish maroqli. Ammo biror narsani uyg'otish qiyin. Siz ham kimnidir uyg'oting. "Millatni uyg'otish — uyg'onganlarning vazifasi" (Abdulhamid Cho‘lpon) 30.07.2026 Sayr vaqtida | Tashkent, Uzbekistan
Tanlashda ehtiyot bo'ling. Siz do'st, hamkasb, turmush o'rtog'-u, kasb tanlamayapsiz. Siz butun hayot yo'lingizni tanlayapsiz. Qaysi mavzuda gaplashishni, qachon uxlab qachon uyg‘onishni, nimalarga siqilishni-yu, nimalarni o'ylab nimalarni qilishni tanlayapsiz. Juda kichik ko'ringani bilan shu narsalar bilan kuningizni o'tkazasiz. Kunlaringiz odatlaringizni, odatlaringiz shaxsiyatingizni o'zgartiradi/shakllantiradi. Qisqa qilib aytganda siz muhit va hayot tarzini tanlayapsiz. Va bu narsalar tanlagan insonlarimiz bilan kirib keladi. Shunga bo'lsa kerak do'sting kimligini ayt, senga kimligingni aytaman deyishadi. Va bu maqolni davomi sifatida "... va qanday hayot tarzida yashashingni, nimalar haqida o'ylab qayerga borishingni ham aytaman" desak arziydi. Atrofimdagilarni o'zgartirib olaman deyish oson. O'zgartirish esa qiyin. Tabiatimizdan ma'lumki, biz ich-ichimizdan chiqqan haqiqatni tan olgan kunimiz o'zgaramiz. Tanlov o'zimizda. Har bir yo'l qiyin. Ammo qaysi qiyin bizni yaxshiroq qiladi? 10.07.2026 Xonamda | Tashkent, Uzbekistan
Tanlashda adashmaslikni istaymiz. Shunchaki istash muammoni hal qilmaydi, ammo yaxshi savollar hal qiloladi. Eng zo'r podkast va suhbatlar ham savollar sifatiga qarab bo'ladi. "Beshikdan to qabrgacha ilm izla savollarimiz bor" deb aytganimni eslayman. Bizni har taraflama o'sishimizda turtki bo'lgan ish ham savollar bo'ladi. Yaxshi javob berish oson, yaxshi savol berish qiyin. Yengilmas bo'lishni istaysizmi? Hech kim so'ramayotgan savollarni bering. • Nima qilsam yaxshi kompaniyada ishlayman? • Qanday qilib yaxshi turmush o'rtoq topaman? • Qanday qilib 1 million dollar topaman? Yaxshi savollar og'riq va bor cheklovlarga qaratiladi. Shunga bo'lsa kerak, yuqoridagi savollar to'g'ri javobga yetaklamaydi. • Yaxshi kompaniyalar kimlarni qidirayabdi? • Yaxshi qizlar/yigitlar kimlarni tanlashadi? • Qaysi xislat bo'lsa yoki muammo yechilsa atrofdagilar pul to'lashga tayyor? • O'zimni ishga olarmidi? O'zimga o'xshagan odam bilan do'st bo'lgan bo'larmidim? • Men eng qiyin yechgan muammo nima edi? Nega u qiyin va qiyinligiga sabab? Nima cheklovlar bor ediki uni qiyin qilayotgan? Eng yaxshisiga loyiqmisiz? Eng yaxshi savollarni so'rang. 29.06.2026 Xonamda | Tashkent, Uzbekistan
Kimdir uchun jimlik "yo‘q" degani, yana kimdir uchun bu "xotirjamlik" degani. Ba’zi odamlar bir ishdan so‘nib qolsa, boshqalari undan o‘rganib yanada kuchliroq bo‘ladi. Hayot o‘zgarmayapti, qarashlarimiz o‘zgaryapti xolos. Yoshlar ish topishga, orzularga ega bo‘lishga qiynalayotganini aytishadi. Bugun ham aytishdi. Atrofimizda bo‘layotgan ishlarga emas, biz odatda bizga nima bo‘lishiga reaksiya qilamiz. Shuning uchun ikki xil inson, bitta so‘zni eshitadi, ikkisi ham ikki xil xulosa qiladi. Gap fikrlashda. Biz shunchaki eshitmaymiz, ko‘rmaymiz, yoki gapirmaymiz. Biz o‘tmishimiz bilan eshitamiz, og‘irlar bilan ko‘ramiz va xulosalar bilan gapiramiz. Har bir orttirgan yaramiz bizga dunyo haqida ko‘p ma’lumot beradi. Odatda haqiqatni qidiramiz deb, ko‘ra olganimizni olamiz. Ko‘rganlarimizni hammasi ham haqiqat emas edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, omma oldida gapirganimizda biz aytgandek emas, o‘z dunyo qarashlari bilan tushungandek xulosa qilishadi. Atrofni o‘zgartirishni emas, qarashlarimizni, kutuvlarimizni o‘zgartirishimiz kerak. Shunda balkim baxtliroq yashagan bo‘larmidik? 16.06.2026 Kafeda | Tashkent, Uzbekistan
Eng yaxshi ustozlar, talablari bilan gaplashadiganlari ekan. Eng yaxshi shifokorlar, bemorlar dardini eshitadiganlari va ular bilan gaplashadiganlari ekan. Eng yaxshi nutq so‘zlovchilar, tinglovchilar bilan gaplashadiganlari ekan. Eng yaxshi liderlar, jamoasi bilan gaplashadiganlari ekan. Gaplashish faqat gapirishdan emas, eshitish, o‘ylash va his qilishdan ham iborat. Eng yaxshisi bo‘lmoqchimisiz? Gaplashing. Boshliq, mansab egasi, boy bo‘lganingiz uchunmas. Yaxshiroq bo‘la olishingiz uchun. Jamiyat, atrof-muhitimiz, dunyoni o‘zgartirish uchun qila oladigan eng yaxshi ishimiz, o‘zimizni yaxshiroq qilib borishimiz ekan. 12.06.2026 Ko'chada | Tashkent, Uzbekistan
Oldindan qilib kelgan, ammo yaxshiroq qila olmagan odatim bu tanlash ekan. Restoranga kirganda uzoq vaqt "Nima yesam ekan? Nimani istayapman o‘zi?" deb xayol qilamiz, ovqatlarni ichidan sarasini va ko‘nglimiz istayotganini tanlaymiz. Do‘kondan buyum xarid qilayotganda “Yarashdimikan? Rangi to‘g‘ri keldimikan?” deya savol berib o‘zimizga ma’qulini topishga harakat qilamiz. Qiziq tomoni biz yo‘qolib ketuvchi, eskiruvchi narsalarni juda qattiq va o‘ylanib tanlaymiz. Do‘st yoki hamkasb tanlayotganda “Shu insonga o‘xshashga rozimanmi? Butun umr vaqt o‘tkazishga tayyormanmi?” demaymiz. Kasb tanlayotganda “Katta maosh to‘lamasa ham maza qilib ishlaymanmi? O‘zi qiziqamanmi?” demaymiz. Tanlaganlarimizni har bir ishimizda ta’siri bor. Ilmli do‘st, yaxshi kiyim va moshinangiz ortida yomon gap eshitasizmi? O‘zi yaxshi bo‘lsa-da, “atrofi, muhiti yaxshimas-da” deb ko‘p rad qilishganiga guvoh bo‘lganman. Qaysi shaharda yashashingiz, nima sohani egasi bo‘lishingiz, kim bilan turmush qurishingiz, kimlarni do‘st tutishingiz, barchasi muhim qarorlar. Muhim qarorlarni uzoq tanlashga arziydi, chunki butun umringizdagi trayektoriyangizni hal qiladi. 09.06.2026 Uyda | Tashkent, Uzbekistan
1986-yil 28-yanvarda Challenger kosmik kemasi parvozga ko‘tarildi va parvozning 73-soniyasida portlaydi, natijada bortdagi yetti kosmonavtning barchasi halok bo‘ldi. Hukumat bu jarayon sababini o‘rganish uchun bir guruh olim insonlarni yig‘adi, ular ichida Richard Feynman ham bor edi. Olimlar NASA menejerlarini murakkab nazariyalari tushuntirishlarini tinglayotgan bir vaqtda, Feynman to‘g‘ridan-to‘g‘ri birinchi qavat operatorlariga boradi, ya’ni raketa kuchaytirgichlarini yig‘adigan mexaniklarga murojaat qiladi. Har qanday kompaniyada ikki xil jamoa bo‘ladi, administrativ (boshqaruvdagilar) va operativ (haqiqiy muhandislar). Boshqaruvdagilar kosmik kemaning ishdan chiqishi ehtimoli 100 000 dan 1 ga teng ekanligini da’vo qilishdi. Chunki ular kompyuterlarida chiroyli optimistik matematik modellarni yaratgan edilar. Raketalarni qurgan haqiqiy muhandislar esa falokat xavfini 100 dan 1 ga yaqinroq deb hisoblashdi! Menejerlar muhandislarni e’tiborsiz qoldirishdi. Chunki NASA raketani uchirish uchun kuchli siyosiy bosim ostida bo‘ladi. Uchirishdan bir kun oldin muhandislar rahbariyatni tashqarida uchish uchun havo juda sovuq ekanligi haqida ogohlantirishdi. Raketa gazining chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladigan rezina muhrlar (O-halqalar deb ataladi) muzlab qolishi va ishdan chiqishi mumkin edi. Ular uchirdilar. Muzlagan rezina O-halqalar kengaya olmadi, gaz chiqib ketdi va kema portladi. Televideniye orqali kongress eshituvi paytida NASA menejerlari juda murakkab, himoyaviy tushuntirishlar berishdi. Feynman ular bilan diagrammalar yoki matematik tenglamalar yordamida bahslashish o‘rniga, haqiqatni sodda va inkor qila olmaydigan holatga olib kelishga qaror qiladi. Sud majlisiga ketayotganda u mahalliy qurilish materiallari do‘konidan arzon, oddiy C-qisqich (metall siqish vositasini) sotib oldi. Jonli kameralar oldida Feynman kemaning rezina O-halqa materialidan kichik bir bo‘lakni olib, C-qisqich bilan mahkam siqib, oddiy muzli suv stakaniga tashladi (u aniq 32°F / 0°C edi, xuddi raketa uchirilgan havo bilan bir xil). Uni qo‘yib yuborgandan so‘ng, u rezinani tortib oldi va qisqichni qo‘yib yubordi. Issiq xonada oddiy rezina darhol shakliga qaytadi. Ammo muzli suvda rezina butunlay siqilgan va qattiq bo‘lib qoldi. U qaytib kelmadi. Feynman 2 dollarlik asbob va bir stakan muzli suv bilan butun dunyoga NASAning juda qimmat, "yakdil" ma’muriy modellari mutlaqo yolg‘on ekanligini isbotladi. Odatda noto‘g‘ri hisobotlar bilan aldanib qolamiz. Kompaniya holatini uni qimmatli qog‘ozlari narxiga qarab emas, mijozlar qoniqishiga qarab o‘lchanadi. Ustozni zo‘rligi uni bilimi bilan emas, shogirdlari natijasi va darsga qiziqtira olishi bilan o'lchanadi. Bizga o‘sha muzli suv stakanini topish kerak. 03.06.2026 Uyda | Tashkent, Uzbekistan
Assabiyah. Xalqimiz, oilamiz, kompaniyamiz, va o‘zimizdagi dardlarga yechim. Ibn Xaldun aytishicha barcha jamiyatlar (kompaniyalar, xalqlar, sulolalar) tirik organizmdir (jon). Ular tug‘iladi, voyaga yetadi, chiriydi va o‘ladi. Bu 4 bosqichli avlodlar har 120 yilda shu jarayondan o‘tadi. Birinchi avlod qiyin paytda tug‘iladi. Jamiyat uchun eng katta fundamentni aynan shular quradi, qiyinchilik bilan. Ikkinchi avlod qiyinchilikni ko‘rgan avlodni va qiyinchilikni qisman ko‘rib katta bo‘ladi. Hech nima yengil kelmaganini qisman ko‘rgani uchun ham ular qoidalar o‘rnatadi. Uchinchi avlod qiyinchilik haqida hech narsa bilmaydi. Ularga faqat hashamatli yashash qiziq. Ular shuncha mehnatni o‘z nafslari uchun uvol qilishadi. To‘rtinchi avlod shu paytgacha saqlanib kelgan narsalarni ham butunlayin buzishadi. Ular jamiyatni parchalaydi, yolg‘izlashishni normaga aylantiradi. Muvaffaqiyat - muvaffaqiyatsizlikni mutlaq sababidir. Startaplar juda katta assabiyah, kichik jamoa bilan, va garajda boshlanadi. Hammasi o‘xshasa, jamoa sekin-asta kattalashadi. Keyinchalik kompaniyani emas, bonuslar olishni ko‘proq o‘ylaydigan ishchilar kela boshlaydi. 29.05.2026 Xonamda | Olmaliq, Uzbekistan
Stabillik haqida gap ketdi. Juda uzoq bahs qildik. Oxiri bir qarorga to‘xtadik. Hech narsa bir maromda bo‘lolmaydi. Vafot etmaguncha. Bir kun borlikka, bir kun yo‘qlikka chidaymiz. Kurka egasining muhabbatiga ishonib yashaydi. To rojdestvo kelmaguncha. O‘tmishdagi stabillik kelajakka ham kafolat bo‘lolmaydi. (Turkey illusion) Eng yaxshi askar, tinch kunda jangga tayyorlanadi. Eng yaxshi professional, komfort zonasida tayyorlanadi. Tayyormisiz? Nimaga deysizmi? Stabillikdan voz kechishga. Doim tayyor bo‘lishga. 5.05.2026 Google | Warsaw, Poland
Aeroportga keldim. Chamadonim bor. Kelgunimcha biroz qiynaldim. Chamadonsiz yurib ko’rdim, ancha yengil tortdim. Gap chamadon haqida emas, uni ichidagi yuk haqida. Inson sifatida hammamizda har xil yuklarimiz bor. Borayotgan joyimizga qarab yuklashimiz kerak. Aks xolda ortiqchasi bizni charchatadi. Ishga borayabsizmi? Ish haqida o’ylang. Ibodat qilayabsizmi? Ibodatni o’ylang. Aks holda boshqasi ham chalg’itadi, ham charchatadi. Yukingiz kam bo’lsa, tezlik oshadi. 15.05.2026 Aeroportda | Frankfurt, Germany
So'zlar dunyoni, insonlarni, siyosatni, vaziyatlarni o'zgartira oladi. Inson informatsiyani asosan ko'zi, qulog'i va burnidan oladi. Biz ko'rmaganimizni eshitamiz. Eshitmaganimizni ko'ramiz. Xattoki inson miyyasi daqiqasiga 4000 so'z bilan gaplasha olar ekan. So'z juda katta qurolligiga bu katta ishora emasmi? "Sizni yaxshi ko'raman" kimdadir sizga muhabbat uyg'otadi. "Bilmayman" deyish o'rganishga va o'sishga yo'l ochadi. Va'da berib uni bajarmaslik, sizga bo'lgan ishonchni o'ldiradi. "Bilmayman" deyish qiyin, ammo qiyin ishlar bizni o'stiradi. Bilmayman. 12.05.2026 Ko'chada | Munich, Germany
Uyimizni ta'mirlagan yillarimizni eslayman. Ustalar menga o'lchagich (ruletka) olib kelishni so'rashgandi. O'lchagichdan foydalanayotib noto'g'riligini sezib qoldik. O'lchagichni boshqa o'lchagich bilan o'lchab ko'rib xulosa qilgandik. Biz biror narsani o'lchayotganda ham o'rganishimiz mumkin ekan. Kechikib sherigimizni sabrini va o'zimizni qanchalik mas'uliyatsizligimizni o'lchaymiz. Tanqidimiz ishonchsiz chiqsa o'zimizni, ishonchli bo'lsa ularni zaifligini o'lchaymiz. Agar o'lchagich to'g'ri bo'lsa, o'lchanayotgan obyekt haqida bilib olasiz. Agar o'lchagich noto'g'ri bo'lsa, o'lchagich xatoligi haqida o'rganasiz. Eng asosiy foyda bir, o'rgandingiz. Eng asosiy qoida bir, o'rgandingizmi? O'zgaring! 27.04.2026 Ko'chada | Toshkent, Uzbekistan
O'rganishni eng yaxshi yo'li o'zgarish. Biz hayotni o'yinga o'xshatishimiz mumkin. O'yin o'ynaganda turli xil bosqichlar (levels) bor. Har bir bosqichni o'z qiyinchiligiga mos missiya va raqiblari bor. Biror bosqichdan o'ta olmasak, boshqacharoq harakat qilib ko'ramiz. Har yiqilishdan xulosa olmasak faqat yengilamiz. Yengilishdan o'rnak olib harakatni o'zgartirsak qachondir yutamiz. Hayotda ham xuddi shunday. O'sish, yuksalish yo'qmi? O'zgartirish kerak. Har safar kitob o'qiganda oldingisi bizga turtki bo'lganda o'zgaramiz. Har safar xato qilganda oldingisini og'rig'ini eslab o'zgaramiz. Harakatni o'zgartirish, ishlarga bo'lgan reaksiyamizni o'zgartirish kerak. Dice o'yinidagi toshlarini otganimizda qanday son tushishini boshqara olmaymiz. Ammo qanday son tushsa ham, unga bo'lgan reaksiyamizni boshqara olamiz. Biz boshqara olmaydigan ishlarga ko'p qayg'uramiz. O'zgartirish mumkin yoki kerak bo'lgan narsalar e'tiborimizdan chetda qoldiramiz. Nimadir o'zgarishi uchun, unga bo'lgan harakatlarimiz, reaksiyamiz va qarashimiz ham o'zgarishi kerak. 23.04.2026 Ishda | Tashkent, Uzbekistan
Istaklar haqida ilgariroq yozgandim. Inson istaklari va hozirgi holat ikki xil bo'lganda depressiyaga tushar ekan. Biz pul topishni istaymiz-u, ammo ishlashni istamasak depressiyaga tushamiz. Biz ilmli bo'lishni istaymiz-u, ammo zerikarli va takrorlanuvchi jarayon bo'lmish har kuni ilm olishni istamaymiz. Depressiya insonga baxtsizlik va hayotidan nolishga olib boradi. James Clear shunday deb yozgandi: Nima qilib bo'lsa ham o'sha narsaga ega bo'lishga kuching yetmasa, uni istamagin. Agar sen o'sha hayotdagi jarayonlarda (protsessda) yashashga rozi bo'lmasang, bu istagingdan kech. Natijani istab ammo jarayonga rozi bo'lmaslik, bu baxtsizlikni va natijasizlikni kafolatlaydi. 20.04.2026 Uyda | Tashkent, Uzbekistan
Inson tabiati qiziq. Qimmat sotib, arzon sotib olishni istaydi. O‘zi ish qilmay, boshqalar ishlashini istaydi. Birovni ko‘rib gapiradi, ammo o‘z gapiga amal qilmaydi. Boshqalar xatosini darhol ko‘rib gapiradi, ammo o‘z xatolarini ko‘rmaydi. “Seni o‘rningda bo‘lganimgda...” deb nasihat qilamiz. Aslida u ko‘rgan hayotni yashaganimizda, xuddi uningdek bo‘lib qolardik. Aytgan gaplarimiz emas, qilgan qarorlarimiz va harakatlarimiz natijasi emasmidik? Har bir harakat signal. Atrofimizga signal berib yashaymiz. Kimdir ishlayotganini ko‘rib, biz ham ishlagimiz keladi. Hamma lift kutayotganda, zinadan chiqishni boshlasangiz ba’zilar sizga ergashishadi. Agar signal o‘zimizdan chiqmasa, albatta tashqaridan signal qabul qilamiz. Yomon signal berib, yaxshi natija xohlaymiz. O‘zimiz qilgan ishni boshqalar qilsa, yoqtirmaymiz. O‘zimizni kechirganimiz kabi, boshqalarni kechirishni ham o‘rganaylik. 05.04.2026 Xonamda | Tashkent, Uzbekistan
Asoschilar tezroq mahsulot qurishga shoshiladi. Bolalar o’yin kulguga shoshiladi. Ota-onalar o’zidan soqit qilishga shoshiladi. Yo’ldagilar qayoqqadur shoshiladi. Ishda, ilm yo'lida yurganlar natijaga shoshiladi. “Shoshilishlik nadomatlar onasi” deydi arablar. "Odam" jannatda yaratildi, unga ruh puflandi. Ruh burnidan kirib, beliga yetganda jannatdagi mevalarni ko'rdiyu, u tomon shoshildi. Bu voqeaga qur'onda "bunchalar ham shoshqaloqsizlar-a?" deya xitob qilindi. Kalkulyator xisoblashni oson qildi, odamlar 15+20 ni ham u bilan xisoblayabdi. Sun'iy intelekt kreativlikni o'ldirdiki, kichik fikrlar ham undan so'rala boshlandi. Shoshiling, yaxshi ishlarga va ilm olishga shoshiling. Shoshilmang, ko'nikmalarni ishlatish va rivojlantirishda shoshilmang. Shoshilib qayerga borayabmiz? Shoshilib nimalar qilayabmiz? Agar shoshilib ko'p xato qilsak, yana nimaga shoshilayabmiz?
без подписи
без подписи
Ko’p fikrlar varoqda. Ozrog’i tarmoqda. Kichik fikrlarni ham bo’lishib qo’yay. O’zimga eslatma uchun.