tgindex
Otabek’s I/O

Otabek’s I/O

Статистика

I write about Backend, Infrastructure, Math, ML/AI, and Computer Science. Contact: ask@otabek.io

Последний пост
26 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 839
−1 за 3 дн.
Сутки
−1
−0,04%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
7 243
20 постов
Вовлечённость
255,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
5
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
2 133
1/48двое суток
2 444
1/72трое суток
2 636

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 26 июл.2 1635

    Sizga sovg'am bor. Bugun yakshanba, dam olish kuni. Algoritmlar bo'yicha bir paytlar o'tgan jonli darslarimni sizga o'rganishga bermoqchiman. Yana bunday darslarni o'tish uchun vaqt va sharoit topilishi bilan bularni yanada yaxshiroq qilishga harakat qilamiz.…

  • 25 июл.2 64715

    AI modellar quryabmiz. Eng katta olgan xulosalarim: 1. Hozirgi modellarda deyarli arxitektura tomonlama o’zgarish yo’q. 2. Yaxshilanishlar data labeling va reinforcement learning muhiti yaratuvchi kompaniyalar xisobiga bo’layabdi. 3. Fable, Sol ham shunchaki bir sohaga fine-tune (yoki CPT) qilingan chuqur. Ammo modellar o’zgarmasa ham boshqa jarayonlar o’zgarayabdi: 1. Deyarli ko’p agentlar qurgan dasturlada ochiq joylar ko’payabdi. 2. Sifat tushib borayabdi. 3. Hardware kompaniyalar yana inovatsion izlanishlar qilishga kirishyabdi. Yutishni yagona yo’li hali ham bir xil qolmoqda, fundamental bilimlarni o’rganish. VoiceLab dagi ba’zi modellarimiz va ilmiy ishlarimizni bo’lishib o’taman keyinroq. Hammaga hayrli kun.

  • 16 июл.5 75041

    O'zbek tilida ravon so'zlashuvchi sun'iy intelekt qurishimizda hissa qo'shing. Qanday deysizmi? Yo berilgan matnni o'qib, yoki o'qilgan matn audiosini tekshirib. hissa.voicelab.uz @voicelab_uzbot Tez kunda yangiliklarimiz ko'payadi.

  • 24 июн.7 35699

    #startup Texnik qiyin ammo juda katta impact keltiruvchi loyiha qilmoqchimisiz? Sizga men ko'rgan va topgan qiziq muammolarni aytaman. Bular multi-billion dollar startup idealar 1. GPU isolation: CPU uchun hardware va software level da deyarli ko'plab ishlar qilingan. Ammo GPU larni multi-tenant muhitda ishlatish va izolyatsiya qilish bo'yicha effektiv yechimlar halicha yo'q (shaxsan men ko'rmadim). AI kompaniyalar va Data Center'lar sizga katta mijoz bo'ladi kelajakda. 2. Data cleaning/labeling/formatting automation: Bugungi kunda AI engineer'lar vaqtining 80 foizini tartibsiz, formati buzilgan yoki takrorlangan ma'lumotlarni tozalashga sarflaydi. "Garbage in, garbage out" qoidasi AI uchun qonun. Qo'lda tozalash sekin va inson omiliga bog'liq, hozirgi yechimlar esa juda ko'p xatolik qiladi. Ma'lumotlar omboriga (S3, BigQuery, Snowflake) kelib tushayotgan petabaytlab ma'lumotlarni real vaqt rejimida anomal qiyofalarini topuvchi, formatini avtomat to'g'rilovchi va multimodal (matn, rasm, video) ma'lumotlarni o'zaro semantic sintaksis bo'yicha bog'lovchi avtonom servis quring. Mijozlaringiz yana o'sha katta o'yinchilar bo'ladi. 3. Data for robotics and physical world AI systems: Robototexnika (Humanoid robotlar, avtonom transportlar) hozirgi kunda "Sim-to-Real" muammosidan aziyat chekadi. Ya'ni, robot simulyatsiyada (raqamli dunyoda) hamma narsani mukammal bajaradi, lekin uni haqiqiy fizik dunyoga chiqarganda fizik qonunlar, kutilmagan teksturalar va yorug'lik o'zgarishlari tufayli xato qiladi. Real world data yig'ish esa juda qimmat va xavfli. Fizika qonunlari (gravitatsiya, ishqalanish, material elastikligi, gidrodinamika)ga 100% bo'ysunadigan, generative AI'ga asoslangan cheksiz simulyatsiya platformasi qiling. Bu robotlar uchun "Matrix" (kinodagidek) simulyatsiyasini yaratish degani. 4. Storage that can serve static files at scale with scalable network: bir tanishim bilan "expander graph" haqida gaplashgandik. Agar shu konseptsiyani qila olsangiz Dropbox/Youtube va boshqa katta file serve qiladigan service levelda ish qila olasiz. An'anaviy CDN va Storage tizimlari (AWS S3, Cloudflare) markazlashgan yoki cheklangan geografik serverlarga tayanadi. Katta hajmli fayllarni (masalan, 8K video, 3D xaritalar, gigabaytlab AI model og'irliklari) bir vaqtning o'zida millionlab foydalanuvchiga yetkazishda tarmoq o'tkazuvchanligi (bandwidth) botqoqqa botib qoladi. Bu muammo ham aktual. Bonus konseptsiya: Matematik bilimingiz zo'r bo'lsa compression algoritmi toping katta ma'lumotlarni (binary ma'lumotlarni) kichiraytiradigan. Petabayt yoki katta masshtabda ma'lumotlarni o'tkazish uchun hozirgi networking jihozlari oqsaydi, bu orqali boshqalarga halaqit qiladi tezlikni sekinlashtirib. Shuning uchun bu ham aktual mavzu. Nima project qilay deydiganlar, mana qiling endi.

  • 18 июн.6 02345

    #offTopic #startup Ishdan ketib to'liq startap qilish tomon o'tar ekanman ba'zi qiziq narsalarni topdim, va ularni shu yerda yozmoqchiman. Agar siz ham startap qilmoqchi bo'lsangiz, bular haqida albatta o'ylab ko'ring. Investitsiya juda katta tuzoq. Investorlar "biz founderga pul tikamiz" deyishadi, lekin bir qop qog'oz va biznes haqida ma'lumot so'rashadi. To'g'ri risk qilishni hamma ham yoqtirmaydi, ammo so'zlar to'g'irlanishi kerak deb o'ylayman "founderga tikamiz" -> "yaxshi biznes muammoni yechadigan founderga". Agar bozorni, mijozlaringizni va qurayotgan startapingiz nima muammo qanday yaxshi yechishini bilmasangiz bu yo'lga kirishingiz sizni butunlayin charchatib qo'yadi. Eng yaxshi asoschilar jamoasini va yechayotgan muammosini yaxshi tushunadiganlari. Eng zo'r muammolarni 1 inson emas, jamoa yechadi. Bu yerda jamoani qo'llab quvatlash juda muhim. Ularni muammosini topib yechim berishingiz ham sizga va kompaniyaga bo'lgan ulardagi iliqlikni oshiradi. Asoschilarda ko'p ko'radigan vaziyatim, ular faqat foyda olishni istaydi, berishni emas. Olganingiz emas, berganingiz sizniki. Hammasini tashab ketishni o'ylagan kuningiz yechim topiladi. Ochlik juda zo'r qurol. Qancha och bo'lsangiz, shuncha harakatingiz oshadi (albatta ovqat topishga bo'lgan sabablarni qilishni boshlaysiz). Agar pulingiz ko'p bo'lsa, kam harakat bo'lsangiz, qisqacha aytganda komfortda bo'lsangiz ulardan voz keching. Aqlli bo'lsangiz, sizdan aqillilar bilan gaplashing, ahmoqligizni va o'rganishingiz kerakligini tushunasiz. Boy bo'lsangiz, pulingizni ota-onangizga berib yuboring, och qolasiz, ammo natijasi bo'ladi. Stay foolish, stay hungry. Imkoniyatlarga ochiq bo'ling. Startap qilayabsiz degani doim o'xshaydi degani emas. Startap uchun eng muhim narsa bu bozor. Bozor bo'lsa, savdo ham bo'ladi. Men muammolarni, noto'g'ri muhitda yechganim ham pand berdi. Buni inobatga olmaganim katta dars bo'ldi. Ammo quvonarlisi imkoniyatlar to'la, hali o'yin tugagani yo'q. Avallroq Higgsfield AI kompaniyasi ish taklifi bilan chiqqanini yozgandim (o'chirib yuborganman), kecha Alex Mashrabov (CEO @ Higgsfield AI) o'zi yozibdi meeting qilishga. Bunchalik uzoqqa borishini kutmagandim. San Fransisco'da startap qilib foydaga kirgan bir necha asoschilar bilan tanishdim, ulardan mem0.ai, rilla.com, composio.dev, artisan.co, hex.co va boshqalar. Ular bilan qiziq suhbat qildik. Suhbatdan keyin ko'pchiligi jamoaga taklif qilishdi, yechayotgan muammoyimni ular bilan yechishimni aytishdi. O'zimidagi talaygina katta kompaniyalar ham takliflar bilan chiqishdi. Bu juda quvonarli senariy. Eng yomoni 2 tanlov o'rtasida qoldim: 1. Yo orzularimdan kechib yana kimdir bilan muammo yechish. 2. Yo orzularim bilan vaqtinchalik ochlik, yetishmovchilik ammo qiziq sarguzashtga borish. Ikkisi ham qiyin. Biri "boy bo'l" desa, ikkinchisi "istaganingga ega bo'l" deydi. Men shularni yanayam ko'proq o'rgandim va tushundim, siz ertaroq tushuning!

  • 9 июн.7 33848

    #experience Hamma vibe coding qilayabdi. Bilasizmi, korxona ko'p maxsulot ishlab chiqarsa nimalar sodir bo'ladi? Ularni test qilish, ko'rikdan o'tkazish qiyinlashadi. Ko’p moshina chiqarish ko’p sotishga emas, ishlab chiqarishni butunlay to’xtashiga olib boradi. Qayta aytmoqchi bo'lgan so'zim, AI bilan kod yozish ishni tezlashtiradi, sifatni pasaytiradi. Kod yozish oldin ham muammo emas edi. Haqiqiy muammo kodni "review" va "test" qilishda edi. Biz hali ham noto'g'ri muammoni yechayabmiz. "AI bilan kod yozavering, qolganlarni eshitmang" deydigan yomon injenerlikka targ'ib ko'payib qolgan. Haqiqiy injenering o'rganishdan va muammo yechishdan iborat. Muammo yechayabsizmi? Unda nima muammoni qanday yechayabsiz? Shu savolni so'rab ko'ring, agar nimadir o'rganayotgan bo'lsangiz demak to'g'ri yo'ldasiz. Avvalroq kod yozishni AI ga topshirganim haqida aytgandim. Juda ko'p ishimni yengillashtirdi, ammo juda ko'p muammo keltirib chiqa boshladi ham. Bugundan kamroq vibe coding qilishga o'tayabman. Katta va murakkab ishlar, loyihalar uchun yaramas ekan.

  • 31 мая5 60918

    #experience Dropbox'da highly distributed systems qurganmiz deb ko'p aytganman. "O'zi tizimlarni nega distribute (tarqatish) qilish kerak?" degan savolga ham javob bermoqchiman. Ilgariroq agar dasturlar ko'proq foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatishi kerak bo'lgan bo'lsa, insoniyat shunchaki serverlarga ko'proq va kuchliroq RAM, Disk va CPU qo'shib kuchaytirgan. Buni Vertical Scaling (chunki moshina eniga emas, bo'yiga o'sadi faqat) deb ataymiz. Qayisidir nuqataga borib dunyodagi eng kuchli kompyuterni yasab qo'ydik ammo shu ham yetmayabdi degan muammo paydo bo'ladi. CPU cheksiz tezlasha olmaydi, chunki elektr toki bilan gaplashgani uchun juda ko'p qizib ketadi va eriy boshlaydi. Tok o'chib qolsa butun biznesingiz o'chadi degani, chunki bizda faqat bitta kompyuter bor. Serveringiz boshqa regionda bo'lsa RTT (Round Trip Time) va Latency muammolar kelib chiqadi. Xullas siz o'ylagandek ideal emas. Endi bizga lokalizatsiya va tezlik kerak. Bitta super kompyuter o'rniga 100ta kichik kompyuterlarni tarmoq orqali bog'laymizda, ularni bitta tizim sifatida ishlashga o'rgatish fikri keladi, ya'ni Horizontal Scaling. Ammo bu yerda eng katta muammo bor, untrustworthy network (ishonchsiz tarmoq). Networking (reklamada aylanay) yaxshi o'qiganlar buni juda yaxshi bilishadi. Tarmoqda nimadir sodir bo'lsa ikkinchi tomon bilmay qolishi yoki tarmoqda yo'qolishlar bo'lishi mumkin (Network Partition Illusion). Yokida "Split-Brain Catastrophe" muammosi yoki The Gray Network ya'ni servis healthy (sog'lom) mi deb so'rasangiz "ha" deyaveradi lekin u juda sekin bo'lgani uchun nechadir foiz trafikni tashlab yuboradi. Boshqa serverlar unga ishlayabdi deb so'rov yuboraveradi va natijada butun region cloud servisi qulashiga olib boradi. Odatda tizimlarni kengaytirishda (scale), doim ishlab turishini ta'minlashda (Availability) va latency kamaytirish uchun lokalizatsiyalashtirishda distribute qilinadi. Chunki katta traffikga bitta eng kuchli bo'lsa ham qurilma javob bera olmaydi, biri o'chib qolsa ikkinchisi javob berishi uchun va ma'lumot foydalanuvchi regionida saqlansa unga tezroq yetib borishi uchun. Arxitektura qilishda esa "Stateless", "Stateful" va "Consensus Protocols" degan tomonlari bor. Stateless bo'lsa oson, ma'lumot DBga saqlanadi va load balancer orqali istalgan servis o'sha yagona DB'dan ma'lumot o'qib foydalanuvchiga javob bera oladi. Stateful bo'lsa DB da muammolar paydo bo'ladi. Ma'lumotlarni maxsus key'lar orqali sharding qilasiz, va doim replica olib borasiz. "Split-Brain" muammosini yechish uchun serverlar Raft yoki Paxos algoritmlari orqali ovoz berish yo'lga qo'yishadi. Nega? Chunki tizimlar distributed, ular endi bitta emas ko'p. Va ko'pchilik rozi bo'lganda operatsiya bajarilishi kerak, chunki ma'lumotlar bir joyda emas. Va bu tushunchani "Quorum" deb atashadi. U yerda yana vaqt muammosi ham bor ayalanay. Butun dunyo bir xil vaqtda operate qila olmaydi. CAP theorem dagi kimni qurbon qilish masalasi ham bor. Xullas juda murakkab jarayon. Ko'pchilik yozmagan jarayon, menga buni Staff Engineer o'rgatgandi va bu "Formal Verification" deyiladi. Tizimni matematik yo'l bilan to'g'riligini topish mumkin ekan. Test qilishda biz har xil input berib, outputini to'g'ri javob bilan solishtirib olamiz. Lekin distributed systems bunday testlash doim ham ishlayvermaydi. Formal Verification 3ta bosqichdan iborat. Specification bosqichida tizim nima qilishi kerakligini ifodalaysiz. Implementation qismida kodini yozasiz. Engine qismida implementatsiya qilgan kodiz spesifikatsiya qismida tasvirlagandek ishlashini tekshirasiz. Bu jarayon haqida juda kam bilimga egaman, shunga ko'p yoza olmayman. Hozircha shular

  • 24 мая6 16120

    #experience Dropbox'da ishlab ko'p ajoyib narsalarga guvoh bo'lganman. Dunyo bo'ylab ko'p davlatlarda ish faoliyati yuritishiga qaramay, ishchilar soni unchalik ham ko'p bo'lmagan (muhandislar soni men kirganimda > 10k, va layoff'lardan keyin 4.9k qolgandi) kompaniya. Boshqa katta kompaniyalardan farqi bottom-up (basdan-yuqoriga) kulturasida ish yuritilardi, ya'ni muhandislar investorlarga nima ustida ishlashni aytishadi, tepadan "shuni qilasan" degan buyruq kelmaydi (81% holatda). Meni eng ko'p lol qoldirgan narsalardan biri uni oqimga erta ba'zan vaqtida tez moslashishi bo'lgan. "Ask Max" degan servisni ko'rganimda ilk bor hayron qolgandim, men ko'rgan agentic AI. Siz undan savol so'raysiz, yoki prompt yuborasiz. U sizni promptingizni klassifikatsiya qilib, buyruqimi, savolmi yoki shu kabi ishlarni aniqlab shu asosida ish bajarardi. Eng qiziq tomoni, bu servis 2022 yilda May (yoki Mart) oyida ishga tushgan ekan test rejimda, bu degani servis undan oldinroq qurila boshlangan. Birinchi aytgan gapim "Wow, that's how it looks agentic AI systems". Aytgancha, hamma uni "Max" deb chaqirardi, bitta men uni "itvachcha" derdim. Keyin menejerimga o'rgatdim, va butun jamoa uni shunday chaqira boshlagandi :) Staff Engineer bo'lib ishlab OpenAI jamoasi bilan ishlaganim haqida yozgandim ilgariroq. ChatGPT 5.1 chiqqan paytlari edi. Bizga ular "GPT-5.1-Codex, Mini va Max modellarimiz bor koding uchun maxsus" deyishganda juda ko'p so'raganim esimda. Keyin uni ham olib kirgandik. Birinchi bor eshitib o'ylanib qolgan gapim "Skill based development" bo'lgan. 2025 yil, Dekabr oylari edi adashmasam. "Biz skill yozib chiqamiz, u yerda to'liq instruksiya, yaxshi va yomon misollar va nimalarni qanday hohlashimizni to'liq yoritib o'tamiz. Keyin AI u asosida kod yozadi" degani esimda. Yana bir "WOW moment" bo'lgandi. Ulardan tutorial qilib berishini so'ragandim. Butun organizatsiya uchun qilgan eng yaxshi ishlarimdan biri bo'lgan deb o'ylayman, har holda ismimni unutishmaydi shu sabab. Kompaniyadan ketishimdan 2 oy oldin, faqat dokumentatsiya yozishga o'tdim. Loyihalar bo'yicha bilgan bilimlarimni yozib, bor ammo eski bo'lgan dokumentatsiyalarni yangilab chiqish vazifasi berilgandi. Shu paytlar qandaydir coding uchun topshiriq kelsa, SKILL.md yozib, men ham "Skill based development" qilishni boshlagandim (ha to'liq AI bilan kod yozganman). Xattoki review'ni ham to'liq AI ga topshirganman, jamoadan boshqa muhandislar AI o'tkazib yuborgan xatolarni yozishardi, AI uni olib yana ustida ishlab qayta PR ochardi. Yaqinda shu haqda o'ylab qoldim, o'zimni uslubimga mos SKILL yozib ko'rdim. Hozircha 5/10 ishlayabdi. Yaxshilash kerak joylari ko'p. Ammo coding qismdagi deyarli ko'p ishni AIga topshirishga qaror qildim. Ammo code review uchun har bir qatorni o'qib chiqishni ham odat qildim. AI kod generatsiya qilishi mumkin, ammo code review jarayonini hali ham yaxshi bajara olmaydi, ha industriya hali ham eng muhim muammoni yechmagan. Lekin biz o'rganishimiz, va doim bir xil formada turish uchun endi ko'proq review qilishni boshlashimiz kerak. AI generates code, humans review it. Kod yozish ishimizni bir qismi, uni to'g'ri yoki noto'g'ri ishlashi bizni mas'uliyatimiz. Mas'uliyatli bo'ling!

  • 13 мая5 22212

    GridWall RL Environment Reinforcment Learning nimaligiga qiziqadiganlar uchun. Buni vizual ko'rish uchun ilgariroq bir o'yin yasagandim. Uni UI qismini AI dan yaxshilashini so'rab, sal to'g'irlab chiqardim. Kod imkon qadar oson yozilgan, iltimos qattiq kritika qilmang (yosh bo'lganmanda). GridWall o'yinini RL muhitda o'rganish jarayoni uchun o'yin. Siz uni o'rganish jarayonini kuzatib turolasiz. Juda oddiy va qiziq proyekt GridWall - bu qutichalardan iborat bo'lgan o'yin. Unda Start nuqtasi, Trap (tuzoq), Wall (devorlar) va Goal (So'ngi finish) bor. Agent maqsadi bu o'yinda o'ynab, Goal ga borish uchun optimal yo'lni topishga urinish. Xaritani kod orqali istalgancha o'zgartira olasiz. Q-Learning algoritmi modellarsiz o'rganish uchun moslashtirilgan algoritm. Bu yerda hech qanday AI model yo'q, va u o'yin haqida hech narsa bilishi shart emas. Ammo u qilib ko'rib o'rganadi. Ya'ni try action -> receive reward -> update belief Q-Value degan joyi bor Q(state, action). U orqali qaysi state (holatda) qaysi harakat (action) yaxshi bo'lishini shunchaki so'raydi, ya'ni oddiy hashmap deb tasavvur qilsangiz bo'ladi. Ko'proq research qilib ko'ring yana

  • 13 мая4 9526

    #startup Dropbox'da ML team kichik model train qilishgandi. Biz uni olib Reinforcement Learning muhitga tashlab uni qilayotgan ishlarini kuzatgandik. Bu joyiga to'liq to'xtala olmayman, ammo qiziq bir narsani aytmoqchiman. Agent muhitga tushganda turli xil yo'llarni sinab ko'radi. Agentga policy beriladi va u shundan chiqib ketmaslikga harakat qiladi. U har xil oldin ko'rmagan (pre-training jarayonida) ishlarni qilib ko'rishga va model mavjud parametrlarini yangilab, muhitda foydali bo‘lgan yangi xatti-harakat strategiyalarini o'rganishga harakat qiladi. Bu yerda odam emas, muhitni o'zi baho qo'yadi, reward (mukofot) yoki penalty (jazo). Reward funksiyasi yozib chiqiladi (MDP - Markov Decision Process), u orqali agent harakatini baholash uchun formula yozasiz. Bu avtomatlashgan protsess. Qiziq tomoni unga berilgan topshiriq bo'yicha u xato qildi. Yomon baxo olib qayta urinib ko'rib yana xato qildi, umumiy 2ta xato. Yana urinish jarayonida endi bitta xatosini tuzatdi, ammo birinchi qilgan xatosi hali ham turibdi lekin yaxshi baho oldi. Eng qiziq tomoni u qilayotgan ishini unutib qo'ydi. Bu jarayonni qayta-qayta takrorlaganimizda u ba'zan bir nechta xato qilib ko'pini tuzatganda yaxshi baxo olishi bilan eski xatolarni tuzatmadi yoki eski xatosini borligini aytaveradi ammo hech tuzatmasdan boshqa ishlar qiladi. Bu jarayonni AI agent'lar uchun tuzatish mumkin deb o'ylayman. Ba'zi qilib ko'rgan eksperimentlarim natijasi shuni aytayabdi. Ammo LLM modellar uchun bu jarayonga ko'proq RLHF (Reinforcement Learning from Human Feedback) kerak deb o'ylayman. Ammo u yerdagi odamlar ham professional bo'lishlari kerak. Bitta kamchilik bu jarayonda professional odamlarni rozi bo'lib o'tirishi qiyin, va bu ko'p vaqt oladi. Ammo shunday qilinsa hozirgi LLM (GPT) modellar ancha aqilliroq bo'lgan bo'larmidi deb o'ylaman.

  • 12 мая10,1 тыс108

    #startup Juda kuchli founder va oddiy founder lar o'rtasidagi eng katta farq matematikada ekan. Google TPU, Nvidia GPU, Intel CPU yaratayotgan jamolar bilan suhbat qildim. Xulosa bitta, ular matematikada kuchli. Misol uchun Dario Amodei (Anthropic), Ilya Sutskever (OpenAI), Sergey Brin (Google), Elon Musk (SpaceX, Tesla), Pavel Durov (Telegram), Jeff Bezos (Amazon), Mark Zuckerber (Meta), Vitalik Buterin (Ethereum), Nikolai Durov (Telegram), Piotr Dąbkowski (ElevenLabs) va h.k.z Matematika tezkor va aniq fikrlashni o'stiradi. Istalgan eng zo'r ishlar ortida matematika bor. Bizda hali ham "matematika o'rganaymi?" degan savollar bo'lib turadi. G'ayrioddiy ishlarni qilish uchun sizga matematika kerak. Hozirgi startup'im ham juda ko'p matematika talab qiladi. Deyarli nima o'rgansam ham hammasi borib matematikaga taqaladi. Chip levelda ish qilish, OS bilan chip gaplasha olishi uchun compiler qilish, compiler chipga yuborilgan instruksiyani qay tartibda bajarishiyu, bajarish algoritmlari. Bularni barchasiga matematika kerak va juda low-level bilmlar. Hech nima bilmayman, ammo juda ko'p o'rganayabman. Matematika o'rganing!!!

  • 21 апр.8 7739

    Bunday research talab qiladigan g'oyaga pul tikadigan investorlar juda kam, deyarli yo'q ayniqsa O'zbekistonda. Shuning uchun to'liq vaqtim va diqqatimni bu yerga qarata olmayabman. Ba'zi narsalar uchun pul kerak, pul topish uchun short-term ba'zi narsalarga rozi bo'lish kerak. Moshina yoqilg'isiz uzoqga borolmagani kabi, biz ham resurssiz (pul, vaqt va diqqatsiz) uzoqga borolmaymiz. Ammo umid qilamanki kelajakda biror loyiham kattalashib ketsa shunday murakkab jarayon uchun o'zini baxshida qilgan yoshlarga o'zim birinchilardan bo'lib investitsiya qilaman. Hozircha jarayondan bahraman bo'layabmiz.

  • 21 апр.8 45916

    #startup "Hozir startupda nimalar qilayabman?" eng ko'p so'ralgan savollardan. Dropbox'da ishlab yurgan paytlarim kichik experiment qilgandik. Mendagi savol quyidagicha: Nimaga biz kichik, efficient va biror tor yo'nalishdagi modellarni ko'paytirib, ularni CPU da yuritishni o'rniga, general modellarni bilimini (weight) kengaytirib ularni ko'p train qilib, hozirda qimmat bo'layotgan GPU larda yuritishimiz kerak? GPU va CPU o'rtasida ba'zi katta farqlar bor, ammo bu degani modellarni CPU da yaxshi va effektiv yurita olmaymiz degani emas. CPU dagi eng katta ustunlik bu xotirada. Ya'ni siz 256GB RAM istasangiz undan kattaroq qilib ishlatsangiz bo'ladi ammo bu GPUda bu limit 80GB (H100). CPU va RAM o'rtasida gaplashish tezligi ~60-100 GB/s, GPU esa ~1000-2200 GB/s ga teng. Modellar ma'lumotlar va juda ko'p compute (xisob-kitob) dan iborat. Shuning uchun ham hozircha buni yaxshiroq algoritmlari topilmagan. Ammo bu degan bunday algoritmlar topilmaydi degani emas. Qiyin muammo ustida ishlayabman, ammo har kuni nimadir o'rgatadigan muammo ustida ishlayabman.

  • 19 апр.12,5 тыс855

    Sizga sovg'am bor. Bugun yakshanba, dam olish kuni. Algoritmlar bo'yicha bir paytlar o'tgan jonli darslarimni sizga o'rganishga bermoqchiman. Yana bunday darslarni o'tish uchun vaqt va sharoit topilishi bilan bularni yanada yaxshiroq qilishga harakat qilamiz. 1. Algoritmlarga kirish 2. Diskret Matematika 3. Array & Strings 4. Recursion 5. Stack & Queue 6. Graph 7. Tree 8. Deque 9. Linked List 10. Sorting 11. Hash Table 12. Searching 12. Sorting 2-qism 13. Dynamic Programming 14. Greedy Algorithms Darslar yoqgan bo'lsa va fikringiz bo'lsa bemalol donat qilishingiz va fikringizni qoldirishingiz mumkin.

  • 17 апр.6 5725

    Next token prediction (LLM) is not intelligence. Prove me I am wrong.

  • 8 апр.8 2569

    Dropbye! Bugun mana salgina kam bo'lib qolgan sarguzashtga yakun yasayadik. Corporate job bilan hayrlashib, startup olamiga to'liq qadam qo'yayabman. Oldinda nima kutib turibdi aniq bilmayman, lekin limitlarimni sinab ko'rmoqchiman. Ha aytgancha, Big Tech offer'lar 9-oy valid, B plan ham bor, lekin bunga muhtoj bo'lmaymiz deb umid qilamiz. Let's build something great together!!! Goodbye Dropbox. It's been a pleasure journey with you.

  • 18 мар.10,7 тыс30

    Dropbox dan o'rgangan eng muhim 2ta narsam haqida Computer Networking Istalgan kompaniya katta trafik bilan ishlashni boshlaganda bu mavzu haqida ko'proq o'rganadi. Bir hamkasbim boomerang-hire bo'ldi, kecha gaplashib qoldik. U borgan startup kompaniya AI uchun infrastruktura qilar ekan va ko'p AI coding qilishar ekan. Eng yomon tomoni hech kim efficiency haqida o'ylamaydi, duch kelgan narsani yozib yuboraveradi deydi. Tushuntirishga harakat qildim nega buncha ko'p tizimda kamchiliklar va outage bo'lishini, lekin quloq solmadi deydi. AI tez kod yozib beradi, jarayonni tushunadigan dasturchilar endi ko'proq qadirlanishini isboti. Networking'ga keladigan bo'lsa, AI uchun klusterlarni va GPU larni bir-biri bilan samarali gaplashishi uchun tarmoqni tizim dizayn qilishadi va barcha keyslarga solib test qilib ko'rishadi (simulyatsiya). Keyin eng yaxshisini olib ishlatishadi. Internet networking siz mavjud bo'lmasdi, bundan buyog'iga ham Network injenerlarga talab kuchayib boraveradi (hardware va software da ham). Communication Senior bo'lib ishlab yurgan paytlarimda menejerim menga ko'proq Staff engineer bilan ishlashni, unga yaqinroq bo'lishni maslahat bergandi. Shu maslahatiga quloq solib Staff bo'ldim. Chunki undan ko'p bilmlar o'rgandim. 1:1 meeting qilsak ham hech qachon berilgan mavzudamas, boshqa mavzular to'g'risida ko'proq gaplashardik. Shundan keyin har bir system design qilinishi, research qilinishi kerak bo'lgan joylarda birga ishlashni boshladik. Uni kompaniyadagi 7 yillik tajribasini bir qismi menda bo'lgani uchun ham meni promote qilishdi. Ha undan hamma ko'proq ma'lumot olib qolishga harakat qilishdi, ammo ketishiga oz qolganda. Menda bu narsa ancha erta boshlangandi. Staff bo'lganimdan keyin kod yozishdan ko'ra ko'proq boshqa jamoalar bilan ishlash, o'z jamoamga ko'proq o'rgatish va ulardan ham fikrlar olib ular bilan birga o'sishni o'rgandim. Qisqasi yaxshiroq va ko'proq komunikatsiya qilishni o'rgandim. Eng kattalari shular bo'ldi, qolganlari IaC, Distributed Systems, Platform Engineering, AI/ML va Data Center lar haqida bo'lgan.

  • 13 мар.8 61125

    Elon aka bergan ish taklifiga rad javobim qattiq ta’sir qilibdi, tweet yozibdi. O’zi yozsa o’ylab ko’raman )

  • 9 мар.9 36838

    Alright, hey @grok cancel all meetings. I am building startup. Founder mode is on. "Nima pozitsiya?" savoliga javob: Bilmayman, menga "Member of Technical Staff @ x.ai" deyishdi.

  • 9 мар.8 28015

    Sizga hech kim aytmagan sirni aytaman Gigant kompaniyalarda sizga birinchi o’t yoqib, keyin o’chirishga ruxsat bor. Ammo hamma ishga kirganlar buni qilib bo’lmaydi deb, qandaydir yozilmagan qoidalarga amal qilishga harakat qilishadi )