tgindex
SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

SIRDARYO VILOYATI KENGASHI

Статистика

Ushbu kanalda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputatlarining faoliyati va amalga oshirgan ishlari yoritilib boriladi

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
69
Всего постов
364
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
459
+1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
42
40 постов
Вовлечённость
9,2%
к подписчикам
Постов в день
9,9
всего 364
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
41
1/48двое суток
46
1/72трое суток
50

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 📚 MAMLAKAT ERTASI — ILM-MA’RIFAT BILAN PORLOQ “Xalq so‘zi” gazetasining navbatdagi sonida Guliston davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor, xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Muhsin Xojievning “Mamlakat ertasi ilm-ma’rifat bilan porloq” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. Maqolada bugungi ta’lim-tarbiya jarayoni, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim va kasb-hunarga yo‘naltirish, oliy ta’lim muassasalarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida muhim fikrlar ilgari surilgan. Unda Guliston davlat universitetida amalga oshirilayotgan ishlar, talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ilmiy salohiyatni oshirish, zamonaviy axborot-resurs markazlari faoliyatini rivojlantirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi tashabbuslar haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, maqolada Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus” doirasidagi vazifalar, xususan, yoshlarni sportga keng jalb etish borasidagi ishlar ham alohida ta’kidlangan. 🎓 Bugungi yoshga berilgan sifatli ta’lim — ertangi taraqqiyotga qo‘yilgan eng mustahkam poydevordir. Maqolada ilgari surilgan fikr va tashabbuslar ilmli, ma’rifatli va zamonaviy fikrlaydigan avlodni tarbiyalash — mamlakat kelajagini barpo etishning eng muhim omili ekanini yana bir bor ko‘rsatadi. 📌 “Mamlakat ertasi ilm-ma’rifat bilan porloq!” 🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati Kanalga ulanish 👇👇👇 📹YouTube ✅Facebook 📸Instagram 🕊Telegram

  • без подписи

  • без подписи

  • KO‘P QAVATLI UYLAR TA’MIRI SIFATI O‘RGANILDI ♻️ Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan Yangi davr mahallasidagi ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati joyiga chiqib o‘rganildi. 🔎 O‘rganish davomida ayrim ta’mirlash ishlari sifatsiz bajarilayotgani aniqlanib, mavjud kamchiliklar qayd etildi. Masala yuzasidan quruvchi bilan uchrashuv o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’mirlash ishlarining sifati va belgilangan talablar asosida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish belgilandi. 📌 Deputatlik nazorati — bajarilgan ishni shunchaki kuzatish emas, uning sifati va natijasiga baho berishdir. Har bir ta’mir — aholi uchun yaratilayotgan sharoit. Shu bois sifatga e’tibor — natijaga e’tibor demakdir. 🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati Kanalga ulanish 👇👇👇 📹YouTube ✅Facebook 📸Instagram 🕊Telegram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • MAKTABDA DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI ❇️ Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati N.Turdiyev tomonidan Oqoltin tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabida deputatlik nazorati amalga oshirildi. 🔎 O‘rganish davomida maktabning faollar zali hamda ta’mirtalab holatdagi qismlari ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklar o‘rganildi. Shuningdek, ta’lim muassasasining ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo ham aniqlanib, mavjud suv quvurlari orqali suv kelmayotgani qayd etildi. 📌 Deputatlar aniqlangan kamchiliklarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, eng muhimi, maktabda o‘quvchilar uchun munosib, qulay va xavfsiz ta’lim sharoitlarini yaratish masalasini deputatlik nazoratiga olish zarurligini ta’kidladilar. Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash emas, uning yechimini ta’minlashga qaratilgan amaliy faoliyatdir. 🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati Kanalga ulanish 👇👇👇 📹YouTube ✅Facebook 📸Instagram 🕊Telegram

  • “HOVLI TA’MIRLANDI” — DEPUTATLIK FAOLIYATINING AMALIY NATIJASI ❇️ Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Ravshanbek Mahmudovning faoliyati “Milliy tiklanish” gazetasining 2026-yil 5-avgust, №30 (1359)-sonida yoritildi. Maqolada deputatning aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va muammolarni amaliy hal etishga qaratilgan faoliyati haqida so‘z yuritilgan. “Hovli ta’mirlandi” — oddiygina sarlavha emas. Bu deputatlik faoliyatining aholi hayotidagi aniq va ko‘zga ko‘rinadigan natijasi. Deputatning saylovchilar bilan bevosita muloqoti, muammolarni joyiga chiqib o‘rganishi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim izlash orqali bir xonadonning muammosi bartaraf etilgan. 📌 Deputatlik faoliyatining haqiqiy mezoni — qancha yig‘ilishda qatnashilgani emas, qancha insonning muammosi hal etilganidir. Bugun aholi bilan ishlashda ana shunday natijaga yo‘naltirilgan deputatlik yondashuvi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. 🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati Kanalga ulanish 👇👇👇 📹YouTube ✅Facebook 📸Instagram 🕊Telegram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • BOYOVUT TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI ✳️ Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi raisi, senator Pokiza Axmedjanova boshchiligida Boyovut tumanida aholi murojaatlarini tinglash va ularni joyida hal etishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. 🗣 Sayyor qabulda senator Pokiza Axmedjanova, viloyat Fermerlar Kengashi raisi Ro‘ziqul Primqulov, Boyovut tumani hokimi Niyoz Hazratqulov, viloyat hamda tuman Kengashi deputatlari va mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Fuqarolar bilan bevosita muloqot davomida ularning kundalik hayotiga daxldor muammolari tinglandi, murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. 🔍 Qabul davomida 53 ta murojaat kelib tushdi. Ularning asosiy qismi tibbiyot, ta’lim, elektr energiyasi, ichimlik suvi, gaz ta’minoti, chiqindilarni olib chiqish hamda ijtimoiy yordam masalalariga oid bo‘ldi. Muhimi, murojaatlarning 30 tasi joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha ham mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi. 👥 Muloqot davomida aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, yosh mutaxassislarni hududga jalb qilish kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Senator Pokiza Axmedjanovaning aholi bilan ochiq va bevosita muloqoti — muammolarni eshitishdan tashqari, ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 📌 Xalq vakilining asosiy vazifasi — xalq dardini eshitish, muammoni nazoratga olish va natijasini ta’minlash. 🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati Kanalga ulanish 👇👇👇 📹YouTube ✅Facebook 📸Instagram 🕊Telegram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI ✅ Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Turdimuhammadov Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi raisi U.Haydarov bilan birgalikda Shirin shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabining 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini joyiga chiqib o‘rgandi. O‘rganish davomida maktabdagi mavjud sharoitlar, o‘quv jarayonini tashkil etish imkoniyatlari hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Bugungi kunda mazkur maktabda 920 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Yangi — 2026–2027-o‘quv yilida 105 nafar o‘quvchini 1-sinfga qabul qilish rejalashtirilgan. O‘rganish natijasiga ko‘ra, maktabda yangi o‘quv yilini munosib boshlash uchun zarur sharoitlar yaratilgani hamda ta’lim muassasasi to‘liq quvvatda o‘quv jarayonini boshlashga tayyor holatga keltirilgani ma’lum bo‘ldi. Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi marralar va farzandlarimiz uchun yanada yaxshi ta’lim sharoitlari demakdir. 🇺🇿 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati Kanalga ulanish 👇👇👇 📹YouTube ✅Facebook 📸Instagram 🕊Telegram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи