Iqtisodiyot va boshqaruv │ SDTU
Статистика© SDTU Iqtisodiyot va boshqaruv fakuletining rasmiy sahifasi Savollar, takliflar, muammolar: Axmedov Nazarbek - Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari +998945751664 Abdukarimov Beknazar - Yoshlar ittifoqi fakultet yetakchisi +998991840631
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 179
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 95
- 1/48двое суток
- 108
- 1/72трое суток
- 117
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
OGOHLANTIRISH: MENING NOMIMDAN SOXTA AKKAUNT! ❗️ So'nggi kunlarda mening ismim va rasmimdan foydalanilgan holda soxta (fake) akkauntlar orqali Telegramda ayrim xabarlar yuborilmoqda. Ushbu xabarlarda turli bahonalar bilan shaxsiy ma'lumot, hujjat yoki moliyaviy ma'lumotlarni so'rashmoqda. Bu — firibgarlik. Bunday xabarlarning menga hech qanday aloqasi yo'q. Men shaxsan hech qachon: 🟣 Telegram yoki boshqa messenjerlar orqali sizdan hujjat, parol, kod yoki moliyaviy ma'lumot so'ramayman; 🟣 "tekshiruv" yoki "so'rovnoma" nomi ostida shaxsiy suhbatga taklif qilmayman. 📌 Nima qilish kerak: 🟣 Bunday xabarlarga javob bermang, havolalarni bosmang; 🟣 Yuboruvchini darhol bloklab, shikoyat qiling; 🟣 Skrinshotini saqlab, universitetning rasmiy telegram boti - @samdaqu_murojaat_bot orqali menga xabar bering; 🟣 Har qanday rasmiy murojaat faqat tasdiqlangan rasmiy manbalar orqali amalga oshirilishini unutmang. ❗️ Ehtiyot bo'ling va bu ogohlantirishni yaqinlaringiz, hamkasblaringiz bilan ham baham ko'ring — bu firibgarlikning oldini olishga yordam beradi. Hurmat bilan, Chidem Turkyilmaz Samarqand davlat texnika universiteti rektori Telegram | Instagram
#ijara_markazi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti talabalari diqqatiga! 🏠 2026/2027-o‘quv yili davomida universitetga imkon qadar yaqin hududlarda joylashgan ijara xonadonlari haqidagi e’lonlar muntazam ravishda quyidagi Telegram kanal va guruhida joylashtirib boriladi. 🔺@sdtu_ijara_markazi 🔺@talabalarga_ijara Kanalga va guruhga a’zo bo‘ling va o‘zingizga qulay ijara xonadonini toping! 😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda 🕊Telegram📱Instagram🕊Info chat
#quruvchilar_kuni 🏗️ Sharafli quruvchilar va kelajak me’morlari! O‘zbekiston Respublikasi qonunining 450-son 1-moddasiga binoan, avgust oyining ikkinchi yakshanbasi — Qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti 60 yillik faoliyati davomida minglab me’morlar, quruvchilar, restavratorlar, shaharsozlar, qishloq arxitektorlari hamda 2000-yildan buyon dizaynerlarni tayyorlab kelmoqda. Ularning fidokorona mehnati tufayli yurtimizning shahar va qishloqlarida zamonaviy maktablar, shifoxonalar, xavfsiz ko‘priklar, mustahkam yo‘llar, qulay bekatlar va yillar sinoviga bardosh beradigan bunyodkorlik inshootlari qad rostlamoqda. Sizlar bugun nafaqat bino va inshootlar, balki kelajak avlodning farovon hayoti, xavfsizligi va qulay yashash muhitini barpo etmoqdasiz. Bugun chizilgan har bir loyiha ertaga kimningdir uyi, ish maskani, ilm dargohi yoki tarixiy obidasiga aylanadi. Qadrli quruvchilar, me’morlar, loyiha mualliflari va soha fidoyilari sizlarni Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Poydevoringiz doimo mustahkam, loyihalaringiz mukammal, bunyodkorlik yo‘lingiz esa ulkan zafarlarga boy bo‘lsin. Omadingiz armaturadek bukilmas, muvaffaqiyatingiz kran kabi yuksak, bunyodkorlik salohiyatingiz esa yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilishda davom etsin! Bayramingiz muborak! SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
Kelajak kasbini bugun tanlang! 🏢 Samarqand davlat texnika universitetida zamonaviy ta’lim, 20 dan ortiq laboratoriya, amaliy darslar, xalqaro loyihalar va xorijda tajriba orttirish imkoniyatlari sizni kutmoqda. ✔️ Arxitektura, qurilish, IT, robototexnika, dizayn, iqtisodiyot, biznes, turizm va boshqa zamonaviy yo‘nalishlarda tahsil oling. ⚡️ 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda. Call-markaz raqamlari: 📞 +998 (66) 237-06-06 📞 +998 (66) 237-44-35 🌐 Rasmiy veb-sayt: www.sdtu.uz 📲 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar: @sstueduuz ⏰️ Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#TTJ #Qabul2026 Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! 📱 Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish”(https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. ✅ Arizalar reglamentga muvofiq imtiyozlar va ustuvorliklar ketma-ketligi asosida qabul qilinadi. Ushbu maʼlumotlar bilan ariza to‘ldirish jarayonida tanishish mumkin. ✅Ariza ma’qullangach, elektronshartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ✅Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. ✅ Yotoqxonaga joylashish uchun yo'llanma va shartnoma olgan talabalar mobil toʻlov tizimlari orqali komissiyasiz (0%) onlayn toʻlov qilishlari mumkin. 🔺Kuzatib boring: @sstueduuz SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
#BizningPrezident Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
#Qabul2026 Kelajak tasodifan yaratilmaydi, u bugungi tanlov bilan boshlanadi SDTUda qabul davom etmoqda. Call-markaz raqamlari: 📞 +998 (66) 237-06-06 📞 +998 (66) 237-44-35 🌐 Rasmiy veb-sayt: www.samdaqu.edu.uz 📲 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar: @sstueduuz ⏰️ Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
#Qabul2026 #MagistraturaTurdosh ⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi. Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin. Magistratura kvotasi bu yerda: 👉 KUNDUZGI 👉 KECHKI 👉 MASOFAVIY Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hurmatli talabalar! Bugundan boshlab yozgi semestr (qayta o‘qish) dars mashg‘ulotlari tasdiqlangan grafik-jadval asosida boshlandi. Qayta o‘qish jadvali – bu yerda 2026-yil 20-iyulga qadar HEMIS axborot tizimi orqali qayta o‘qish istagini bildirgan talabalarning arizalari ko‘rib chiqilib, guruh shakllangan fanlar bo‘yicha qayta o‘qishga ruxsat berildi. Shu munosabat bilan talabalar kontrakt.edu.uz tizimi orqali barcha akademik qarzdor fanlari uchun ariza topshirishlari va shartnomani yuklab olishlari mumkin. Muhim: shartnomani yuklab olganingizdan so‘ng, faqat grafik-jadvalda qayta o‘qishga ruxsat etilgan fanlar uchun belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshiring hamda to‘lov chekini saqlab qo‘ying. Qolgan akademik qarzdor fanlar bo‘yicha guruhlar shakllanib, qayta o‘qishga ruxsat berilgan taqdirda, hozir yuklab olingan shartnoma asosida ushbu fanlar uchun ham to‘lov qilish imkoniyati yaratilishi mumkin. Hozircha faqat ruxsat etilgan fanlar uchun to‘lovni amalga oshiring. 😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda 🕊Telegram📱Instagram🕊Info chat
#talabalar_diqqatiga 📱 O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi Bu faqat 2024-2025 oʼquv yilidan boshlab o‘qishga qabul qilingan talabalar yaʼni hozirgi 1–2-kurslarga taʼlluqli hisoblanadi. 🔺1-kurslar uchun grant kvotasi — bu yerda 🔺2-kurslar uchun grant kvotasi — bu yerda 🔐 Grant olish uchun talabgorning joriy o‘quv yilidagi o‘zlashtirish darajasi kamida GPA 3.5 bo‘lishi kerak. Agar talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bu mezondan past bo‘lsa, u grantlarning tabaqalashtirilgan taqsimotida ishtirok eta olmaydi va ushbu grant o‘rni vakant qoladi. 📱Talabgorlar my.hemis.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tishi va o‘z yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni yuklashi mumkin. Baholash quyidagicha amalga oshiriladi: 🟢O‘zlashtirish (80 ball): GPA 16 ga ko‘paytiriladi 🟢Ijtimoiy faollik (20 ball): Ko‘rsatkich 5 ga bo‘linadi ⏺Agar tanlov natijalari teng chiqsa, akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ustun qo‘yiladi. Agar bu ham teng bo‘lsa, mutaxassislik fanlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. 📊Grantlarni qayta taqsimlash bo‘yicha ariza yaratishda 3 xil grant turidan birini tanlashingiz mumkin: 1⃣ To‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti: 🔺To‘liq ta’lim granti — bir o‘quv yili uchun berilib, o‘qitish xarajati Davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanadigan ta’lim granti; 🔺To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti — bir o‘quv yili uchun berilib, to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanmaydigan ta’lim granti. 2⃣ Qo‘shimcha davlat granti — oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida muayyan o‘quv yili yakuni bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 4 va undan yuqori bo‘lgan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan toifadagi talabalarning (keyingi o‘rinlarda — belgilangan toifadagi talabalar) navbatdagi o‘quv yili uchun o‘qitish xarajati Davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanadigan grant; 3⃣ Oliy ta’lim tashkiloti granti — moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan ularda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oluvchi belgilangan toifadagi talabalarning GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lganda, ularning navbatdagi o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov-kontrakt summasining 20 foizdan 80 foizgacha bo‘lgan qismini ushbu oliy ta’lim tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadigan grant. 🔺Bunda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlari har yili o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdorda oliy ta’lim tashkiloti grantini taqdim etadi. 🔺Bunda oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etilgan talabaning GPA ko‘rsatkichi: 🔅3,3 — 3,39 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 20 foizi; 🔅3,4 — 3,49 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi; 🔅3,5 — 3,59 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 40 foizi; 🔅3,6 — 3,69 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi; 🔅3,7 — 3,79 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 60 foizi; 🔅3,8 — 3,89 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 70 foizi; 🔅3,9 — 3,99 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 80 foizi miqdoridagi qismi ushbu oliy ta’lim tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. 🔺Ariza yuborish uchun video qo‘llanma — bu yerda. SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
📚 ❗️❗️❗️❗️❗️ 📚 📖 KITOBXONLIK YO‘NALISHI BO‘YICHA TEST SINOVLARI Samarqand davlat texnika universiteti talabalarining ijtimoiy faolligini baholash doirasida «Kitobxonlik» yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari davom etmoqda. 🔺Test 18-iyul kuni, soat 17:00da yakunlanadi. 🔅ishtirokchining elektron pochta manzili universitet tomonidan berilgan login va parol orqali avtomatik ravishda aniqlanadi; 🔅Keyingi bosqichda ma’lumotlarni to‘liq va aniq kiritish shart. 🔺Test manzili: https://test.sdtu.uz Eslatma: Testni boshlashdan avval internet aloqa sifatiga ishonch hosil qiling. Savollarga diqqat bilan javob bering, chunki testni qayta topshirish imkoniyati mavjud emas. Test yakunlanganidan keyin natijani yuklab oling. Imkon qadar kompyuter orqali foydalaning. 📚 Barcha talabalarga muvaffaqiyat tilaymiz! SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
#ijtimoiyfaollik #hemis #grant #tyutor HEMIS axborot tizimida "Ijtimoiy faollik indeksi"ni tasdiqlash yo'riqnomasi. Mas‘ul hodimlar uchun. 🔺hemis.uz 🔺my.hemis.uz 😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda 🕊Telegram📱Instagram🕊Info chat
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Ayni vaqtda Samarqand shahridagi "Alisher Navoiy" bogʻida joylashgan "Yoshlar markazida" Aloqa bank tashabbusi bilan "Yoshlar va investorlar" kuni boʻlib oʻtmoqda. Bunda Samarqand davlat Texnika universiteti "Iqtisodiyot va boshqaruv" fakulteti talaba-yoshlari ishtirok etmoqda. @SamDAQU_IB