SDTU │ Rasmiy kanal
СтатистикаSamarqand davlat texnika universiteti rasmiy telegram sahifasi SDTU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz telegram kanali - @Dr_ChidemTurkyilmaz Rasmiy veb-sayt: sdtu.uz 📲 instagram.com/sstueduuz 📲 facebook.com/sstueduuz 📲 youtube.com/@sstueduuz
- Последний пост
- 21:21
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 58
- Всего постов
- 1 621
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 305
- 1/48двое суток
- 1 495
- 1/72трое суток
- 1 612
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#HuquqiyAxborot #OrtiqchaHujjat ❗️ Ortiqcha hujjat talab qilganlik uchun javobgarlik bor Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim kanallarda Oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalardan qonunchilik hujjatlariga koʻra talab qilish taqiqlangan hujjatlar soʻralayotgani haqida maʼlumotlar keng tarqalmoqda. 🔎 Qonunchilikka koʻra hozirgi kunda (PF–6191-son, PF–6269-son) aholidan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilingan: 🟢 shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini; 🟢 shaxsning belgilangan shakldagi fotosuratini; 🟢 jismoniy shaxs tomonidan oʻrta maxsus, professional (kasb-hunar) taʼlim muassasasi yoki umumiy oʻrta taʼlim muassasasi (11-sinf negizida) tugatilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni (hujjatlarni); 🟢 kam taʼminlangan oila yoki oila aʼzosi sifatida roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni (hujjatlarni); 🟢 soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni (STIR); 🟢 oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisida maʼlumotlarni. 📌 Shuningdek, ushbu hujjat va maʼlumotlarning talab qilinishi davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanib, ularni talab etgan davlat idoralari javobgarlikka tortilishi belgilangan. ➡️ Hurmatli talabalar, agarda Sizdan ushbu hujjatlarni talab qilish holatlari kuzatilsa @samdaqu_murojaat_bot orqali xabar berishingiz mumkin. SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
#Mustaqillikka_35_yil Ustoz, olim, izlanuvchi 🟣 Fayziyev Zafar Xaydarovich — Samarqand davlat texnika universiteti Mexanika muhandisligi kafedrasi mudiri, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 🔋 U qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida issiqlik ta’minoti va energiya samaradorligi yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Xorijiy va mahalliy innovatsion texnologiyalarni zamonaviy tadqiqotlar bilan uyg‘unlashtirib, ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratadi. ✔️ Samarqand sharoitida o‘z-o‘zini drenajlaydigan gelioqurilmalarni qishda muzlashdan, yozda esa qaynashdan asrash bo‘yicha tadqiqotlari uchun PhD ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan. 👥 Bugun uning shogirdlari ham shu yo‘nalishda izlanmoqda. Ustozning mehnati — yosh olimlar uchun ibrat. SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
#Tanlov #DavlatTili DIQQAT! "JONAJON O'ZBEK TILIM" RESPUBLIKA TANLOVI 📢 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi "Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi P-308-son qarorining 7(v)-bandi ijrosi doirasida "Jonajon o'zbek tilim" tanlovi o'tkazilmoqda. ✔️ Tanlovning maqsadi — o'zbek tilining ijtimoiy hayotimizdagi va xalqaro miqyosdagi obro'-e'tiborini oshirish, davlat tilini to'laqonli joriy etishga qaratilgan tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish. 🏛 Tashkilotchilar: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida. 🗓 Loyihalar qabuli: 2026-yil 20-avgustdan boshlanadi. 📄 Ishtirok etish uchun quyidagilar taqdim etiladi: nomzod haqida ma'lumot (F.I.Sh., ish joyi, o'qish joyi); ilmiy-ijodiy ishning elektron nusxasi. Materiallar quyidagi manzillarga yuboriladi: 📧 Uz_til_jamgarma@umail.uz 🤖 Telegram: @Jonajontilim_bot ☎️ Qo'shimcha ma'lumot uchun: (33) 515-50-15 ✔️ Ona tilimizga bo'lgan e'tibor va mehrni amaliy ishda namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat. Faol ishtirok etishga chaqiramiz! SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
#OAV #UzA #Mustaqillik #35_yil Yangi O‘zbekistonni kashf etib: ta’lim, taraqqiyot va xalqaro hamkorlik 📰 Men me’morman. Kasbim taqozosiga ko‘ra butun umrim davomida tosh, g‘isht, koshin va gumbazlarning tilini o‘qishga harakat qilganman. Shu sababli 2021-yilda Samarqandga ilk bor qadam qo‘yganimda o‘zimni bir vaqtning o‘zida ham mutaxassis, ham oddiy bir sayyoh kabi his qilgandim. 👆 Maqola bilan tanishish Telegram | Instagram
#JavoblarQaydnomasi DIQQAT E'LON! 🆔 Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti «Dizayn: interyer dizayni» ta'lim yo'nalishiga boshqa oliy ta'lim muassasasidan o'qishni ko'chirish bo'yicha talabgorning chizmatasvir va kompozitsiya fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon qaydnomalarini e'lon qiladi! 👆 Natijalar bilan biriktirilgan fayllar orqali tanishishingiz mumkin. SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
без подписи
#Ishga_marhamat Bitiruvchilar diqqatiga! 🏢 Samarqand shahrida joylashgan "MD GROUP" MCHJ o'z jamoasiga yosh va kreativ kadrlarni ishga taklif qiladi! 👤 Agar siz dizayn yoki arxitektura yo'nalishini tamomlagan bo'lsangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun! 💼 Bo'sh ish o'rinlari: 🎨 Dizayner – 5 nafar 🏛 Arxitektor (arxitektura yo'nalishini bitirganlar) – 5 nafar 📍 Manzil: Samarqand shahri 📞 Murojaat uchun: +998-99-930-30-44 SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
XALQARO ILMIY KONFERENSIYAGA MAQOLA QABULI BOSHLANDI! 🌍 World Sustainable Construction Conference (WSCC) Series 2026 xalqaro konferensiyasi 2026-yil 15–16-oktabr kunlari Pekanbaru, Riau, Indoneziyada gibrid formatda o‘tkaziladi. 📌 Konferensiyaning asosiy mavzusi: “Emerging AI Technologies for Sustainable Systems & Infrastructure” Konferensiya doirasida quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar qabul qilinadi: 🟣 Sun’iy intellekt va barqaror texnologiyalar 🟣 Qurilish muhandisligi va construction management 🟣 Atrof-muhit muhandisligi 🟣 Transport va avtomobil yo‘llari muhandisligi 🟣 Geotexnika va zilzila muhandisligi 🟣 Suv resurslari va gidrotexnika 🟣 Advanced Materials va Nano Materials 🟣 Urban Engineering and Economy 🟣 Environmental Engineering 🟣 Agricultural Technology and Engineering 🟣 Sustainable Construction Engineering 🟣 Wind Engineering & Earthquake 🟣 Geo-Spatial Engineering va boshqa tegishli yo‘nalishlar. 📚 NASHR ETISH IMKONIYATLARI: ✔️ Scopus indekslangan jurnal — MYR 1800 ✔️ Scopus indekslangan Conference Proceedings — MYR 1200 ✔️ MyCite indekslangan jurnal — MYR 750 Konferensiya materiallari IOP Conference Series: Earth and Environmental Science hamda boshqa tegishli ilmiy nashrlarda chop etilishi ko‘zda tutilgan. 2025-yilgi WSCC doirasida 30 dan ortiq ilmiy maqola taqdim etilgan va IOP Conference Series’da nashr etilgan. (ftka.umpsa.edu.my) 📌 MUHIM SANALAR: 🟣 Annotatsiya topshirishning so‘nggi muddati — 30-sentabr 2026-yil 🟣 Maqolani yakuniy (camera-ready) shaklda topshirish — 5-oktabr 2026-yil 🟣 To‘lov va ro‘yxatdan o‘tish — 5-oktabr 2026-yil 🟣 Konferensiya — 15–16-oktabr 2026-yil 📄 Maqola ingliz tilida, kamida 6 sahifa hajmda bo‘lishi va original, avval nashr qilinmagan ilmiy natijalarni o‘z ichiga olishi lozim. Maqolalar dastlabki saralashdan so‘ng double-blind review jarayonidan o‘tkaziladi. (ftka.umpsa.edu.my) 👥 Ushbu konferensiya SDTU professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilari va talabalariga o‘z ilmiy tadqiqotlarini xalqaro auditoriyaga taqdim etish hamda xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. 🔗 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: WSCC Series 2026 rasmiy sahifasi 📧 Murojaat uchun: @international_office - SDTU Xalqaro aloqalar bo'limi. SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
#OAV_biz_haqimizda #ZarafshonGazetasi 📰 "Zarafshon" gazetasining navbatdagi sonida universitetimiz olimlarining yirik xalqaro loyihasi yoritildi 👆 Batafsil ma'lumot bilan "Zarafshon" gazetasida chop etilgan maqola orqali tanishishingiz mumkin. 👏 Universitetimiz jamoasiga va turkiyalik hamkorlarimizga ushbu dolzarb ilmiy tadqiqotda ulkan zafarlar tilaymiz! SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari 📝 Endi o‘zbekistonlik yoshlar uchun dunyoning yetakchi universitetlarida ta’lim olish va xalqaro diplomga ega bo‘lish imkoniyatlari yanada kengayadi Bu borada Prezidentning “Respublikada xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2026-yil 17-iyuldagi PQ–269-son qarori qabul qilindi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Qabul2026 #TTJ 📣 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! 🗓Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar my.gov.uz portalidan foydalanish va davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanish uchun o‘z nomiga rasmiylashtirilgan SIM-kartaga ega bo‘lishi lozim. 🆔Agar abituriyent hali o‘z nomiga, ya’ni pasportiga SIM-karta rasmiylashtirmagan bo‘lsa, ertaga ushbu masalani hal qilib olish tavsiya etiladi. Shaxsiy raqam orqali my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, yotoqxonaga joylashish uchun onlayn ariza yuborish mumkin. ↔️18 yoshga to‘lmagan abituriyentlar esa SIM-karta rasmiylashtirish masalasida ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi vasiylikdagi shaxs bilan birgalikda mobil aloqa operatorining ofisiga murojaat qilib, o‘z nomiga SIM-karta rasmiylashtirishlari mumkin. ⚙Ayni paytda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari amalga oshirilmoqda. 🏬Mazkur jarayon yakunlangach, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim tashkilotlarining talabalar turar joylariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari kerak bo‘ladi. 🆔 my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish va kirish tartibi: https://youtu.be/2BPWOOPd4to?si=Qs9ld8LFAaftQhZi 📌Eslatma: 1-kurs talabalariga yotoqxonaga joylashish uchun ariza yuborish imkoniyati ochilgach, ushbu jarayon bo‘yicha qo‘shimcha muammo yuzaga kelmasligi uchun SIM-karta masalasini oldindan hal qilib qo‘yish tavsiya etiladi. SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
#Qabul2026 #Apellatsiya Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha 📆 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin. ✅ Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. 🎤 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. 😎 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak. 🔶 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2026-yil 19-avgustdan boshlanadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#vazir_tabrigi Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi. Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi izlanish, mehnat, ustozlaringizning sabog‘i va ota-onangizning ishonchi turibdi. Bu yutuq — nafaqat sizning, balki sizni qo‘llab-quvvatlagan oilangiz va ustozlaringizning ham quvonchidir. Endi oldingizda yangi, yanada mas’uliyatli bosqich — talabalik davri turibdi. Oliy ta’lim dargohida sizlarni yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar kutmoqda. Tanlagan yo‘nalishingizni chuqur egallab, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishingiz, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingizga ishonaman. Shu bilan birga, talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarimiz uchun ham imkoniyatlar eshigi ochiq. Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan texnikumlarda ta’lim olish va zamonaviy kasb egallash imkoniyati mavjud. Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman! Sizlarga mustahkam sog‘liq, katta marralar, ilm yo‘lida muvaffaqiyat va yorqin kelajak tilayman! Talabalik baxti muborak bo‘lsin! Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#forum Oqila ayol — Oila me’mori, jamiyat tayanchidir 🖋Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Oqila ayol — Oila me’mori, jamiyat tayanchidir” shiori ostida “Oqila ayollar forumi” bo‘lib o‘tdi. Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirish, ularning oiladagi o‘rni va mas’uliyatini yuksaltirish, milliy va oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilish hamda hayotiy tajribaga ega oqila ayollarning ibratli tajribalarini yosh avlodga yetkazishdan iborat. Tadbir davomida oila mustahkamligi, farzand tarbiyasi, ayollarning jamiyat va ta’limdagi faolligi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar hamda zamonaviy ayolning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Forum ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashib, mazmunli suhbatlar va ochiq muloqotlarda ishtirok etdilar. 🖼Forumda olingan fotosuratlar — by yerda SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube