SDTU 24│(SamDAQU 24)
Статистика(SDTU) Samarqand davlat texnika universiteti bugungi kungacha: ◾️15.07.1966 — SamDAQI tashkil topdi ◾️03.05.1967 — Mirzo Ulug‘bek nomi berildi ◾️08.11.2022 — SamDAQU nomi berildi ◾️26.05.2026 — SDTU nomi berildi Axborot xizmati xodimi: @Tohirjon_Tolibov
- Последний пост
- 10:00
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 46
- Всего постов
- 564
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 959
- 1/48двое суток
- 2 245
- 1/72трое суток
- 2 421
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#diqqat_muhim 📆 Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar bugun 18-avgust kuni soat 16:00 dan 18:00 ga qadar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin. 😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda 🕊Telegram📱Instagram🕊Info chat
#rasmiy_xabar 📣1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi. 🔺Online ariza yuborish videoyo‘riqnomasi: t.me/sdtu_samdaqu_samdaqi/7883 🆔 my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish va kirish tartibi: t.me/sdtu_samdaqu_samdaqi/7879 😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda 🕊Telegram📱Instagram🕊Info chat
#HuquqiyAxborot #OrtiqchaHujjat ❗️ Ortiqcha hujjat talab qilganlik uchun javobgarlik bor Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim kanallarda Oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalardan qonunchilik hujjatlariga koʻra talab qilish taqiqlangan hujjatlar soʻralayotgani haqida maʼlumotlar keng tarqalmoqda. 🔎 Qonunchilikka koʻra hozirgi kunda (PF–6191-son, PF–6269-son) aholidan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilingan: 🟢 shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini; 🟢 shaxsning belgilangan shakldagi fotosuratini; 🟢 jismoniy shaxs tomonidan oʻrta maxsus, professional (kasb-hunar) taʼlim muassasasi yoki umumiy oʻrta taʼlim muassasasi (11-sinf negizida) tugatilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni (hujjatlarni); 🟢 kam taʼminlangan oila yoki oila aʼzosi sifatida roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni (hujjatlarni); 🟢 soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni (STIR); 🟢 oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisida maʼlumotlarni. 📌 Shuningdek, ushbu hujjat va maʼlumotlarning talab qilinishi davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanib, ularni talab etgan davlat idoralari javobgarlikka tortilishi belgilangan. ➡️ Hurmatli talabalar, agarda Sizdan ushbu hujjatlarni talab qilish holatlari kuzatilsa @samdaqu_murojaat_bot orqali xabar berishingiz mumkin. 😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda 🕊Telegram📱Instagram🕊Info chat
без подписи
#Chet_tili_malaka_imtihoni 📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkaziladi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil sentyabr oyida quyidagi chet tillari bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazilishi belgilandi: 🇬🇧 Ingliz tili 🇩🇪 Nemis tili 🇫🇷 Fransuz tili 🇹🇷 Turk tili 🇸🇦 Arab tili 🧾 Ro‘yxatdan o‘tish: 🆔 Malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali odatdagi tartibda amalga oshiriladi. 👨💻 Bunda roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi 29-avgust, toʻlov qilishning oxirgi sanasi 30-avgust hisoblanadi. 📆 Malaka imtihonlari 2026-yil 13–15-sentyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 💼 Muhim: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ⛳ Test sinovlari o‘tkaziladigan aniq manzil va vaqt ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarga qo‘shimcha ravishda yetkaziladi. 📎 Eslatma: nemis va fransuz tillaridan malaka imtihonlari kompyuterda maxsus dastur asosida o‘tkaziladi. 😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda 🕊Telegram📱Instagram🕊Info chat
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #tanlov2026 Kasbiy ta'lim muassasalariga tanlov jarayoni davom etmoqda 👥 Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-avgustga qadar my.uzbmb.uz saytida kasbiy ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim. 👨💻 Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin. 📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. 😎 Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi! 😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda 🕊Telegram📱Instagram🕊Info chat
#TTJ #Qabul2026 🔺2026/2027-o‘quv yilida Oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylariga joylashish uchun online ariza yuborish videoyo‘riqnomasi 🆔 my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish va kirish tartibi t.me/sdtu_samdaqu_samdaqi/7879 😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda 🕊Telegram📱Instagram🕊Info chat
📣 1-KURSLAR UCHUN MUHIM! Samarqand davlat texnika universitetiga 1-kursga qabul qilinadigan abituriyentlar uchun maxsus Telegram guruhi tashkil etildi! Ushbu guruhda talabalikka qabul qilinish jarayoniga oid muhim ma’lumotlar, yangiliklar va kerakli tavsiyalar berib boriladi. Guruhga qo‘shilish: https://t.me/sdtu_1_kurs 😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda 🕊Telegram📱Instagram🕊Info chate
#eslatma 📣 Bugundan qayta o‘qish oraliq nazorat imtihoni boshlanadi! Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 17–19-avgust kunlari yozgi semestr (qayta o‘qish) darslarida ishtirok etgan hamda kredit-modul shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshirgan talabalar uchun oraliq nazorat o‘tkaziladi. Eslatma: Qayta o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirmagan talabalarning ishlari qabul qilinmaydi va baholanmaydi. 📋 Oraliq nazorat grafigi: t.me/sdtu_samdaqu_samdaqi/7839 😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda 🕊Telegram📱Instagram🕊Info chat
#Qabul2026 #TTJ 📣 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! 🗓Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar my.gov.uz portalidan foydalanish va davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanish uchun o‘z nomiga rasmiylashtirilgan SIM-kartaga ega bo‘lishi lozim. 🆔Agar abituriyent hali o‘z nomiga, ya’ni pasportiga SIM-karta rasmiylashtirmagan bo‘lsa, ertaga ushbu masalani hal qilib olish tavsiya etiladi. Shaxsiy raqam orqali my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, yotoqxonaga joylashish uchun onlayn ariza yuborish mumkin. ↔️18 yoshga to‘lmagan abituriyentlar esa SIM-karta rasmiylashtirish masalasida ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi vasiylikdagi shaxs bilan birgalikda mobil aloqa operatorining ofisiga murojaat qilib, o‘z nomiga SIM-karta rasmiylashtirishlari mumkin. ⚙Ayni paytda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari amalga oshirilmoqda. 🏬Mazkur jarayon yakunlangach, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim tashkilotlarining talabalar turar joylariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari kerak bo‘ladi. 🆔 my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish va kirish tartibi: https://t.me/sdtu_samdaqu_samdaqi/7879 📌Eslatma: 1-kurs talabalariga yotoqxonaga joylashish uchun ariza yuborish imkoniyati ochilgach, ushbu jarayon bo‘yicha qo‘shimcha muammo yuzaga kelmasligi uchun SIM-karta masalasini oldindan hal qilib qo‘yish tavsiya etiladi. 😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda 🕊Telegram📱Instagram🕊Info chat
#abituriyent 🆔 my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish va kirish tartibi 😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda 🕊Telegram📱Instagram🕊Info chat
#Qabul2026 #Apellatsiya Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha 📆 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin. ✅ Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. 🎤 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. 😎 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak. 🔶 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2026-yil 19-avgustdan boshlanadi. 😇 SDTU 24 — ijtimoiy tarmoqda 🕊Telegram📱Instagram🕊Info chat
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи