SamDTU Talabalari ⚕️
Статистика🥇 Канал СамДТУ 🇺🇿талабалари 🎓учун узбек тилида ва рус тилида! 📍 Расмий ! Ишончли! Фойдали! ✅ 🗯 маслаҳат: ✏️ @Dr_LOR_Xirurg 📝
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 50
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 799
- 1/48двое суток
- 2 061
- 1/72трое суток
- 2 223
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
📌 Aytishlaricha, Mandat ertaga 08:00 dan boshlab e’lon qilinadi. Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!
❓Mustaqillik bayramida o’zbekistonliklar necha kun dam oladi? ✅ Javob: bu yil 1-sentyabr – Mustaqillik bayrami munosabati bilan haftada 5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 4 kun, 6 kunliklar esa 3 kun dam oladi. Boisi 31-avgust, dushanba kuni qo’shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 📄 Asos: 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-sonli Prezident farmoni. Unga ko’ra, dam olish kunlari quyidagicha: ✅❌ 29-avgust, shanba — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish; ✅✅ 30-avgust, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni; ✅✅ 31-avgust, dushanba — barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni; ✅✅ 1-sentyabr, seshanba — Mustaqillik bayrami. Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!
📢TEXNIKUM BITIRUVCHILARI DIQQATIGA! 📌2026/2027-o‘quv yilida Samarqand davlat tibbiyot universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan texnikum bitiruvchilari uchun kirish suhbati sanasi belgilandi. 🧾O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilish yuzasidan Samarqand davlat tibbiyot universitetiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish suhbati 2026-yil 10-avgust kuni soat 09:00 da o‘tkaziladi. 👉 https://www.sammu.uz/uz/announcements/2581074 Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!
❓Hozir abituriyentlar nimalarni tanlashi kerak? #abituriyent Ayni kunlarda tanlovning 2-bosqichi boshlangan va 8-avgustgacha abituriyentlar quyidagilarni tanlashi kerak: 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. 2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/29032 Yuqorida tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishish mumkin. ‼️Yo’nalish tanlamagan abituriyentlar o’qishga kira olmaydi. Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!
⚡️ Bugun, 24-iyul Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan kun! Davlatimiz rahbari 69 yoshni qarshi oldilar. Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!
Magistratura va doktoranturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining ro‘yxati #abituriyent Bunda qaysi mutaxassislikka C1, B2 va B1 daraja talab etilishi belgilangan. Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!
#Qabul2026 #Magistratura Xorijiy tilda tahsil olgan bakalavrlar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikatini taqdim etishdan ozod etiladi 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tillarning birida (ta’lim tili xorijiy til bo‘lgan holda) tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi. Mazkur tartib quyidagi holatlarda qo‘llaniladi: ➖ bakalavriat taʼlim dasturini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 24-maydagi 3515-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatida qayd etilgan 16 ta xorijiy tilning birida tamomlagan bo‘lsa; ➖ abituriyent bakalavriatga qabul qilingan yildagi tasdiqlangan qabul parametrlariga muvofiq aynan shu ta’lim tilida tahsil olgan va bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili xorijiy til ekani qayd etilgan bo‘lsa. 📌 Agar bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bakalavriat ta’lim dasturi xorijiy tilda o‘zlashtirilganligi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida ko‘rib chiqiladi. Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!
2026/2027-oʻquv yili uchun Klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar qabuli boshlandi! 👉 https://www.sammu.uz/uz/announcements/2580886 Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!
#Kvota #Magistratura #Kunduzgi #Qabul2026 Magistratura kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti. ✅ Jami: 22 050 ta. Davlat granti – 10 340 ta; Shundan: ➖o‘zbek tili – 9 009 ta; ➖rus tili – 1 331 ta. Kontrakt – 11 710 ta; Shundan: ➖o‘zbek tili – 9 649 ta; ➖rus tili – 2 061 ta. Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!
⚡️KVOTA-2026. MAQSADLI QABUL #abituriyent ✅ Sog‘liqni saqlash sohasi uchun Jami: 1 031 ta. Bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida). Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!
⚡️Diqqat: Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi 2026/2027-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi: ➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”; ➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”. Arizalar 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi. Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!
❗️O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar 2026-yildan inobatga olinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda chet tili hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish tartibi joriy etilgan. 📆 Mazkur qaror 2026-yil 12-iyundan kuchga kirgan va uning talablari 2026-yildagi o‘qishni ko‘chirish jarayonida ham to‘liq qo‘llaniladi. Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!
☄️ ABITURIYENTLAR DIQQATIGA: ERTADAN TEST SINOVLARI BOSHLANADI! ✨ Barcha abituriyentlarga omad tilagan holda, joriy yilgi test sinovlari bo‘yicha eng muhim ma’lumotlarni eslatib o‘tamiz. 📆 2026-2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar (10 kun) bo‘lib o‘tadi. 👉 Testlar kuniga 2 smenada tashkil etiladi: 💬 1-smena: boshlanishi soat 08:00 da 💬 2-smena: boshlanishi soat 15:00 da Muhim: Belgilangan hududga imtihon boshlanishidan kamida 1,5 soat oldin yetib kelishingiz shart! ❗️ Ruxsatnomani yuklab olishni unutmang! 🪪 Test sinovlarida ishtirok etish uchun my.gov.uz orqali “Abituriyent ruxsatnomasi” berilmoqda. Portalga kirib, shaxsiy ruxsatnomangizni yuklab oling va chop etib (qog‘oz shaklida) o‘zingiz bilan olib keling. 📍 Manzil, kun va smena o‘zgarmaydi: 🔔 Siz faqat ruxsatnomangizda ko‘rsatilgan aniq manzildagi binoda, belgilangan sana va smenada test topshira olasiz. Boshqa hudud yoki vaqtda imtihonga kirishga ruxsat berilmaydi. ❓Imtihonga kirish uchun nimalar kerak va nimalar taqiqlanadi? ✅O‘zingiz bilan faqat pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi (qog‘oz shaklida) bo‘lishi shart. ✅Pasport nusxasi (kopiya) yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar testga kiritilmaydi. ✅Belgilangan vaqtdan kechikib kelganlar imtihonga qo‘yilmaydi. 👨💻 Hozirning o‘zida ruxsatnomangizni yuklab oling va tayyorgarlikni tekshiring. 🎉 Barcha abituriyentlarga yuqori ballar va talabalik nasib etishini tilaymiz! Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!
❗️2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) bo‘yicha turdosh bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi Yo‘nalishlar jami 34 ta turdosh guruhlarga ajratildi. ℹ️ Ma’lumot uchun, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi klassifikatorga muvofiqlashtirgan holda inobatga olinadi. Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!
❗️Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn arizalar topshirish boshlandi #abituriyent Bugun, 10-iyuldan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Arizalar 10-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda qabul qilinadi. 📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar: ▪️Fuqarolik pasporti yoki ID-karta ma’lumotlari; ▪️Bakalavr diplomi va uning ilovasining elektron nusxasi; ▪️O‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim tashkiloti hamda ta’lim yo‘nalishi tanlovi. Xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim. ❓Qabul parametrlari va kvotalar qanday belgilanadi? Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari har bir oliy ta’lim tashkilotining ilmiy-pedagogik salohiyati hamda moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda, oliy ta’lim tashkilotining Kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha o‘qitish to‘liq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!
⚡️O'qishni ko'chirishda 132 ball to'plash kerak bo'lgan ta'lim yo'nalishlari: - Davolash ishi - Pediatriya ishi - Xalq tabobati - Tibbiy profilaktika ishi - Oliy hamshiralik ishi - Harbiy tibbiyot - Tibbiy-biologik ish - Bolalar stomatologiyasi - Stomatologiya (yo'nalishlar bo'yicha) - Farmatsiya (turlari bo'yicha) - Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha). ❕ Eslatma: Ushbu ballar 2026/2027 oʻquv yili uchun tasdiqlangan boʻlib, joriy yildan amal qiladi. Bizni kuzatib boring: ✉️ Telegram: @SamDTU_talabalar 📸 Instagram: Instagram sahifamiz ℹ️ Do‘stlaringiz bilan ulashing va xabardor bo‘ling!