⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
Статистика"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali. 👉 Murojaatlar uchun: Call center: 1154, (55) 707-60-60 Telegram messenjeri: +998 95 375-75-00
- Последний пост
- 17:56
- Последнее чтение
- 18:04
- Постов за неделю
- 70
- Всего постов
- 303
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 703
- 1/48двое суток
- 1 951
- 1/72трое суток
- 2 104
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
Avariyani “Blackout”ga aylantirmaslik qanday ta’minlanadi? Dunyoda elektr energetika tizimida mutlaqo avariya bo‘lmaydigan mamlakat yoki tizim yo‘q. Elektr stansiyasidagi texnik nosozlik, yuqori kuchlanishli tarmoqda uzilish, uskunaning ishdan chiqishi, tabiiy ofat yoki noqulay ob-havo sharoiti — bularning har biri elektr tizimi ishiga ta’sir qilishi mumkin. Ammo energetika tizimining haqiqiy barqarorligi avariya umuman sodir bo‘lmasligi bilan emas, avariya yuz bergan taqdirda uning butun tizim bo‘ylab tarqalib ketishining oldini olish, ta’sirini cheklash va elektr ta’minotini tezkor tiklash imkoniyati bilan belgilanadi. Buning uchun zamonaviy elektr energetika tizimida avariyaga qarshi avtomatika muhim o‘rin tutadi. Avariyaga qarshi avtomatika — tizimda xavfli o‘zgarishlar yuz berganda ularni tezda aniqlab, oldindan belgilangan algoritm asosida zarur himoya choralarini avtomatik ravishda amalga oshiradigan tizim. Masalan, tarmoqning bir qismida avariya sodir bo‘lsa, avtomatika uning ta’siri boshqa tarmoqlar, podstansiyalar yoki elektr stansiyalariga o‘tib ketmasligi uchun uskunalarni ajratishi, yuklamani qayta taqsimlashi yoki tizimning ayrim qismlarini himoya rejimiga o‘tkazishi mumkin. Bunda avtomatika faqat o‘rnatilgan bo‘lishi yetarli emas. U to‘g‘ri hisob-kitob qilinishi, loyihalanishi, sozlanishi, muntazam sinovdan o‘tkazilishi va har qanday ish rejimida ishlashga tayyor holatda saqlanishi kerak. O‘zbekiston energetika tizimida ham rele himoyasi va avariyaga qarshi avtomatika tizimlari shu maqsadda doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston elektr energetika tizimi Markaziy Osiyoning o‘zaro bog‘langan yagona energetika tizimi tarkibida ishlaydi. Bu tizimda mamlakatlar o‘rtasida elektr energiyasi oqimlari, chastota va boshqa muhim parametrlarni muvofiqlashtirish talab etiladi. Shu sababli har bir mamlakatning ichki avtomatikasi bilan bir qatorda tizimlararo avariyaga qarshi avtomatika va muvofiqlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi ham muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyo elektr tizimlarining parallel ishlashini muvofiqlashtirish, transchegaraviy elektr oqimlarini operativ boshqarish va tizimlararo avariyaga qarshi himoya choralarini muvofiqlashtirish Toshkentda joylashgan Markaziy Osiyo energetika tizimlarini muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday tizimning asosiy maqsadi — bir nuqtada yuzaga kelgan avariyaning boshqa hududlarga tarqalib, kaskadli avariyaga aylanishining oldini olish. Buning ahamiyatini dunyodagi yirik avariyalar ham ko‘rsatadi. Masalan, 2025-yil 28-aprelda Ispaniya va Portugaliyada yuz bergan yirik avariya natijasida ikki mamlakat elektr tizimining katta qismi ishdan chiqib, elektr ta’minoti deyarli to‘liq uzilgan. Hodisa bir nechta jarayonlarning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga kelib, kuchlanishning tez o‘zgarishi va generatsiya quvvatlarining ketma-ket tarmoqdan ajralishi kaskadli uzilishga olib kelgan. Bu misol energetikadagi muhim tamoyilni ko‘rsatadi: avariyaning o‘zi har doim ham eng katta xavf emas. Asosiy xavf — uning ta’siri kengayib, butun tizim ishiga ta’sir ko‘rsatishi. Kechagi avariyada esa avariya oqibatlarini tezkor cheklash, tizim ishini nazoratda ushlab turish va elektr ta’minotini bosqichma-bosqich tiklashda avariyaga qarshi avtomatika, dispetcherlik boshqaruvi va joylardagi mutaxassislarning muvofiqlashgan harakatlari muhim rol o‘ynadi. Energetika tizimi — bu faqat elektr stansiyalari, podstansiyalar va elektr uzatish liniyalari emas. Bu bir-biri bilan uzluksiz bog‘langan murakkab texnologik tizim va uni boshqarayotgan yuqori malakali mutaxassislar jamoasidir. Shuning uchun tizim ishonchliligi faqat avariyalarning oldini olish bilan emas, balki avariya sodir bo‘lgan taqdirda uni tezda aniqlash, lokallashtirish, kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va elektr ta’minotini qisqa vaqtda tiklash imkoniyati bilan ham ta’minlanadi. Kechagi avariyani tezkor bartaraf etishda ishtirok etgan barcha energetiklarga, shu jumladan, dispetcherlar va tezkor brigadalarga minnatdorlik bildiramiz. Telegram
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! 33-fiderning 6 kV kabel tarmog‘ida kuzatilgan nuqson sababli Samarqand shahridagi Nurli yo‘l, Oltin asr mahallalarida (mazkur fider orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadigan iste'molchilarda) elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Hozirda ushbu nuqsonni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Tez orada holat bartaraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanadi. ✅ https://t.me/SamHETK
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari! Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali hamda tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalarida navbatchilik asosida ish tashkil etilgan. Mazkur tizim elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi. Shuningdek, murojaatlarni qabul qilish maqsadida hududlar kesimida Telegram guruhlari tashkil etilib, faoliyat yuritmoqda. Fuqarolar elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ushbu guruhlar hamda belgilangan telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali: ✍️Telegram messenjer: +998 95 375-75-00 Tezkor dispetcherlik xizmati. ☎️ (66) 237-76-88 ⚡️Call-markaz: ☎️ 1154 (qisqa raqam), (55) 707-60-60 ⚡️Jomboy tuman elektr ta’minoti. ☎️ (66) 475-29-00, (55) 707-19-54, (91) 708-29-00 ASKUE: (66) 475-29-08 Telegram guruhi. ⚡️ Oqdaryo tuman elektr ta’minoti. ☎️ (55) 707-42-31, (77) 401-47-20 Telegram guruhi. ⚡️Ishtixon tuman elektr ta’minoti. ☎️ (66) 629-14-85, (66) 629-21-56 Telegram guruhi. ⚡️ Payariq tuman elektr ta’minoti. ☎️ (77) 401-47-22, (55) 707-40-24, Chelak bo‘limi. (77) 401-47-21, (55) 701-15-19 Telegram guruhi. ⚡️ Kattaqo‘rg‘on tuman elektr ta’minoti. ☎️ (66) 414-28-47, (77) 401-47-25 Telegram guruhi. ⚡️Urgut tuman elektr ta’minoti. ☎️ (77) 401-47-23, (55) 701-30-78 Telegram guruhi. ⚡️Dehqonobod elektr ta’minoti. ☎️ (66) 240-16-18, (77) 401-47-24 Telegram guruhi. ⚡️ Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti. ☎️ (55) 707-30-84, (55) 707-16-38, Go‘zalkent bo‘limi: (55) 701-10-87, (77) 401-47-28 Telegram guruhi. ⚡️ Toyloq tuman elektr ta’minoti. ☎️ (55) 707-01-17, (55) 706-01-17 Telegram guruhi. ⚡️ Samarqand tuman elektr ta’minoti. ☎️ (66) 240-05-65, Do‘stlik bo‘limi: (66) 228-11-31, (77) 401-47-30 Telegram guruhi. ⚡️Kattaqo‘rg‘on shahar elektr ta’minoti. ☎️ (66) 455-23-18, (66) 455-23-15 Telegram guruhi. ⚡️ Qo‘shrabot tuman elektr ta’minoti. ☎️ (66) 646-13-46, (66) 646-13-39 Telegram guruhi. ⚡️Bulung‘ur tuman elektr ta’minoti. ☎️ (77) 401-47-26, (55) 706-36-64, (55) 706-36-65 Telegram guruhi. ⚡️ Paxtachi tuman elektr ta’minoti. ☎️ (66) 403-16-47, (66) 403-11-65 Telegram guruhi. ⚡️ Narpay tuman elektr ta’minoti. ☎️ (66) 432-27-87, (66) 432-12-59 Telegram guruhi. ⚡️ Nurobod tuman elektr ta’minoti. ☎️ (77) 401-47-29, (66) 240-16-69 Telegram guruhi. ⚡️ Samarqand shahar elektr ta’minoti. ☎️ (66) 233-12-12, 233-12-15, 233-20-16, 233-41-79, 233-50-72. Telegram guruhi. ✅ https://t.me/SamHETK
#Intervyu #Hamkorlik 🇺🇿🇹🇷Turkiyaning “Aksa Elektrik” kompaniyasi bosh direktori Alper Erbash: O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi uzoq yillik do‘stlik, shuningdek, ikki davlat rahbarlarining yaqin va samimiy munosabatlari energetika sohasidagi hamkorligimiz uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. ✅ https://t.me/SamHETK
#Axborot_24 ⚡️Energiya ta’minoti yaxshilash bo‘yicha Yangiyo‘l tajribasi ommalashtirilyapti ✅ https://t.me/SamHETK
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! Ertaga, 16-avgust kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlari tomonidan “Nayman” podstansiyasida yangi o‘rnatilgan 16 000 kVA T-1 transformatorini ishga tushirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Payariq tumanidagi Mustaqillik, Go‘zal, Farovon, Alisher Navoiy, Birlashuv, Javsharota, Ko‘paki, Gulzor, Qirqovul, Xosa, Boshqo‘rg‘on, Tohirshayx, Fidokor, Guliston, Beshqo‘rg‘on, Istiqlol, Oqtosh ota, Dehqonobod, Bahrin, Do‘stlik mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. ✅ https://t.me/SamHETK
⚡️Elektr energiyasidan samarasiz foydalanib kelgan korxonaga nisbatan iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi O‘zenergoinspeksiya tomonidan Samarqand viloyatining Urgut tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbirida “U. Q. L.” MChJga qarashli korxonada reaktiv quvvatni kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi aniqlandi. Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasiga ko‘ra, 29,6 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi. ✅ https://t.me/SamHETK
Hududlarda yoqilg‘i-energetika sohasidagi ishlarni tizimli tashkil etish vazifalari belgilandi Prezident Shavkat Mirziyoyevga “Yangiyoʻl tajribasi” asosida hududlarda isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash, energiya samaradorligini oshirish, tarmoqlardagi yoʻqotishlar va debitorlik qarzdorlikni kamaytirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Avvalroq ushbu tajriba asosida har bir hududdan bittadan tanlab olingan 14 ta tumanda namunaviy tizim yaratish vazifasi qoʻyilgan edi. Shu maqsadda ishlar “mahallabay” tashkil etilib, energetika sohasidagi muammolarni joyiga chiqqan holda oʻrganish va manzilli choralar koʻrish yoʻlga qoʻyildi. Bu 916 ta mahalla, 832 mingta xonadon, 49 mingta tadbirkorlik subyekti va 2,2 mingdan ortiq ijtimoiy soha obyektini qamrab oldi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin. ✅ https://t.me/SamHETK
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! Joriy yilning 15-avgust kuni soat 00:00 dan 06:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan 110 kV “L-Sharqiy” elektr uzatish tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Oqsaroy, Yoshlar, Ro‘dakiy, Matonat, Baxtli hayot, Sayqal, Maqsud Shayxzoda, Tutzor, Sevali ota, Farovonlik, Anhor, Fidoyilar, Ko‘kmachit, Xo‘ja Zulmurod, Dari zanjir, Afrosiyob, Imom Vose, Yominiy, Abdurahmon Jomiy, Xo‘ja Doniyor, Chilustun, Xalqobod, Bog‘ibaland, Qo‘rg‘oncha, Qir, G‘iyosiddin Jamshid, Geologlar, Yuksalish, Qircha, Obi Rahmat, Motrid, Xo‘ja G‘unjoyish, Aravasozi, Galaosiyo mahallalarida hamda mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan boshqa iste’molchilarda (Respublika shoshilinch tibbiy markazi, Ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi, shahar shifoxonasi va SamMI klinikasi, sud tibbiyot ekspertizasi, “Shodiyona” savdo majmuasi, elektrobuslarni quvvatlash stansiyasi, tadbirkorlik subyektlari, ta’lim muassasalari) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. ✅ https://t.me/SamHETK
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari! Ertaga, 15-avgust kuni soat 7:30 dan 13:00 oralig‘ida 10 kV "Ziadin" fiderining elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan. Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Paxtachi tumani markazi Ziyovuddin shaharchasi hududida elektr ta’minotida uzilish kuzatiladi. ✅ https://t.me/SamHETK
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! Ertaga, 15-avgust kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida 233-fiderning havo elektr uzatish tarmog‘ida temir beton ustunlari o‘rnatish (141-qaror ijrosi doirasida) ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Toyloq tumanidagi Xonchorbog‘, Beklar va Samarqand tumanidagi Badal, Talibarzu, Qoziqo‘rg‘on mahallalarida (mazkur fider orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchtlarda) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. ✅ https://t.me/SamHETK
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari! Bugun soat 13:00 dan 15:00 ga qadar 234-fiderning elektr uzatish tarmog‘ida tayanch ustunlari o‘rnatish ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Toyloq tumanidagi Madaniyat, Vorsin hamda Samarqand tumanidagi Pulimug‘ob, Badal, Chumchuqli mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi. ✅ https://t.me/SamHETK
⚡️NUROBOD TUMANIDA TARMOQLARNI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA Nurobod tumanida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Hududda yuklama bilan ishlayotgan taqsimlash punktlarining quvvati oshirilmoqda, eskirgan simyog‘ochlar yangilanib, SIP kabellari tortilmoqda. Shu bilan birga, energiya samaradorligini oshirish maqsadida aholi xonadonlariga quyosh panellari o‘rnatilib, muqobil energiya manbalaridan foydalanish ko‘lami kengaytirilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida elektr tarmoqlarining texnik holati yaxshilanib, texnik yo‘qotishlar kamaymoqda, elektr ta’minotining ishonchliligi va uzluksizligi ortmoqda. Bu haqda Samarqand telekanalining “Maxsus reportaj” axborot dasturida batafsil so‘z yuritildi. ✅ https://t.me/SamHETK
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! Bugun soat 11:00 dan 18:00 oralig‘ida Pastdarg‘om tumanidagi Po‘latchi, Qatorterak, Parchaqora, Buyuk Turon, Elbek mahallalarida va "Pastdarg‘om meva-sabzavot" MCHJda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. Sababi, ushbu hududlarni elektr energiyasi bilan taʼminlovchi 6-10 kV "Chimgan, "Angor", "Shiypon" elektr uzatish tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi. ✅ https://t.me/SamHETK