Samarqand viloyati transport boshqarmasi
СтатистикаSamarqand viloyati transport boshqarmasining sahifasi Ishonch telefoni – 1167 https://www.instagram.com/samarqand_transportboshqarmasi/ https://www.facebook.com/profile.php?id=61562159850795
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 42
- Всего постов
- 79
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 287
- 1/48двое суток
- 328
- 1/72трое суток
- 354
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🚍 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, quyidagi yo‘nalishlarni uzoq muddatli shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha navbatdagi ochiq tender bo‘lib o‘tadi. 🗓 Ochiq tender 2026-yil 13-sentabr kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi. Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi. 🗓 Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 12-sentabr kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi. 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi ▸ YT 417 — “Ulug‘bek” rasadxonasi-Olmazor qishlog‘i (Ikkala tomondan) (M1)
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Tramvay harakati vaqtincha to'xtatildi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialining ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 14-avgust kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan “Shimoliy” podstansiyasining elektr tarmog‘ida (SSH-110-1) joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi ayrim hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. Shu munosabati bilan Samarqand shahar 🚊1-sonli va 2-sonli yo‘nalishdagi tramvaylar harakati vaqtincha to‘xtatildi. Ishlar yakuni bilan harakat qayta tiklanadi.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🏛 Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasida Samarqand viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Navro‘z Rahmonov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida hududlardan tashrif buyurgan fuqarolar mahallalarida amalga oshirilayotgan dasturlar doirasidagi ishlar, obodonlashtirish, gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar hamda sohaga oid boshqa murojaatlari yuzasidan o‘z muammo va takliflarini bildirdilar. Har bir murojaat o‘rganilib, fuqarolarning taklif va muammolari tinglandi. Murojaatlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, ularni qonuniy va adolatli hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamda mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
‼️Bugun, 14-avgust sanasida tashkil etilgan “Siyosiy-ma’rifat soati”da boshqarma xodimlari ham ishtirok etdi. “Siyosiy-ma’rifat soati”da ishtirokchilarga siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar taqdim etildi. Siyosiy-ma’rifat soati davomida xodimlarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tayyorlangan targ‘ibot materiallari namoyish etildi. Bundan tashqari, oquv soatida boshqarmaning Inson resurslarini boshqarish va rejim bo‘yicha bosh mutaxassisi S.Saliyev tomonidan axborot texnologiyalari va sun’iy intellektdan foydalanishda amal qilinishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan tushuncha berildi. Mazkur siyosiy-ma’rifiy soati xodimlarning siyosiy savodxonligi va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.
DIQQAT VAKANSIYA! O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qiladi. Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha ma’lumotlar hamda nomzodlarga qo‘yilgan malaka talablari bilan quyidagi havolalar orqali batafsil tanishishingiz mumkin. Xalqaro hamkorlik, logistika va reytinglar boshqarmasi boshlig‘i. ВНИМАНИЕ, ВАКАНСИЯ! Министерство транспорта Республики Узбекистан объявляет открытый конкурс на следующие вакантные должности. С подробной информацией об участии в конкурсе и квалификационными требованиями к кандидатам можно ознакомиться по ссылке ниже. Начальник управления международного сотрудничества, логистики и рейтингов.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи