Sardor Rahimxon | RASMIY
СтатистикаSardor Rahimxonning rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! • instagram.com/sardor_rahimxon_official • youtube.com/@sardorrahimxonsi ▫️Yurak Amri rasmiy sahifasi: t.me/yurak_amri_rasmiy
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 35
- Всего постов
- 316
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 652
- 1/48двое суток
- 3 287
- 1/72трое суток
- 3 545
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
Sardor Rahimxon | RASMIY pinned «#PREMYERA #TEZKOR 🎬 Sardor Rahimxon QURIGAN “OROL” DENGIZINI QAYTA SUVGA TO’LDIRMOQCHI,😱 SUBHANALLAH.👏 MARHAMAT ENDI KO’RING, SHOV-SHUVLI PREMYERA, FAQAT YOUTUBE dagi Rasmiy Kanalda💣 VIDEONI ALBATTA KO’RING, YAQINLARGA YUBORING, OILANGIZGA KO’RSATING, MING…»
#PREMYERA #TEZKOR 🎬 Sardor Rahimxon QURIGAN “OROL” DENGIZINI QAYTA SUVGA TO’LDIRMOQCHI,😱 SUBHANALLAH.👏 MARHAMAT ENDI KO’RING, SHOV-SHUVLI PREMYERA, FAQAT YOUTUBE dagi Rasmiy Kanalda💣 VIDEONI ALBATTA KO’RING, YAQINLARGA YUBORING, OILANGIZGA KO’RSATING, MING IBRAT, MILLION HISLARNI TOPASIZ❤️🤲 ANA SHUNDAY VIDEOLARNI TRENDGA OLIB CHIQISHIMIZ KERAK✊ ⬇️. ⬇️. ⬇️. ⬇️. https://youtu.be/5zJHZbnpXjs?si=25c2BODgxZc-icB5
▫️Bismillahir Rohmanir Rohiym Alhamdulillah! Bizga yangi kunda, yangi hayot va yangi umr ne'matini in'om etgan Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin! ⚡️Yo Robbim! Bizlarni ne'matlaringga shukr keltiruvchi, o'tgan xatolarimizni mag'firat aylab, qolgan umrini solih amallar bilan isloh qiluvchi bandalaringdan qilgin. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! 🤲🏻 Tongingiz xayrli va barakali bo‘lsin! ✅Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube
«Sunnat» deya qo‘lda taomlanayotgan, ammo aslida hayvoniy tarzda ovqatlanayotganlarga rahmatli Shayximiz juda ibratli gaplarni aytgan ekanlar. ⚡️ Shu fikrlarni yana bir bor eshiting va tafakkur qiling! ☝🏻 ✅Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube
#Ibrat O'zgalar hayotini saqlab qolgan muhojirning munosib mukofoti 🇫🇷 Fransiyaning Parij shahridagi do'konga qurolli tajovuzkor bostirib kirganida, u yerda ishlovchi musulmon yigit Lassana Bathily o'z jonini xatarga qo'yib, 15 nafar odamni sovutgich xonasida yashirib, qutqarib qolgan. ▫️Lekin ko'p o'tmay, ushbu mardona harakati evaziga unga mamlakat fuqaroligi va davlat darajasidagi yuksak mukofot topshirildi. 📖 Qur'oni Karimda shunday marhamat qilinadi: «Kim bir jonni tiriltirsa (o'limdan saqlab qolsa), xuddi barcha insonlarni tiriltirgandek bo'ladi» (Moida surasi, 32-oyat). ✅Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube
#Juma #Ibrat ☝🏻 Juma kunidagi ehsonning boshqa kunlardan tengsiz ustunligi 🌙Islom ulamolaridan Imom Ibn Qayyim rahimahulloh ta'kidlaydilarki: "Juma kunida qilingan sadaqa va ehsonning fazilati — xuddi muborak Ramazon oyida qilingan ehsonning boshqa oylardagidan afzalligi kabidir". Shunday ekan, bugungi ulug' ayyomda birgina muhtojning mushkulini oson qilish, birgina yetimning boshini silash son-sanoqsiz ajrlarga va duolarning ijobatiga sabab bo'ladi. ☪️ Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: «Quyosh chiqqan kunlarning eng yaxshisi — Juma kunidir... Bu kunda shunday bir fursat borki, musulmon banda Allohdan nimani so'rasa, albatta beriladi» (Imom Muslim rivoyati). ✅Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube
#Ibrat Vayronalar ichida ham to'xtamagan saxiylik va mehr 🇵🇸 G'azoda uylari va do'koni vayron bo'lgan Majd Zarab ismli yosh novvoy loydan sodda pech qurib, topgan ozgina unidan och qolgan bolalar va muhtoj oilalarga tekinga issiq non yopib tarqatishni boshladi. Lekin u o'zi muhtoj bo'la turib, qo'lidagisini boshqalar bilan baham ko'rgani sababli minglab insonlarga umid bag'ishladi va xalqaro xayriya tashkilotlari unga uzluksiz un va yordam yetkazib berishni yo'lga qo'ydi. 📖 Qur'oni Karimda shunday marhamat qilinadi: «O'zlari muhtoj bo'la turib, o'zgalarni o'zlaridan ustun qo'yurlar» (Hashr surasi, 9-oyat). ✅Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube
Eng go’zal sadaqa — yetim bolaning o’qishi uchun qilingan ehsondir! ☝🏻 Yangi o'quv yili arafasida yurtimizdagi otasiz-onasiz bolajonlar uchun “MAKTAB” ehson loyihamizni boshladik! ❤️ Maqsadimiz: Yordamga muhtoj bolajonlarni maktab sumkasi, daftar-kitob, o'quv qurollari va kiyim-kechaklar bilan to'liq ta'minlash. Ularning ilm olishiga sababchi bo'lib, umrbod savobi yetib turadigan chinakam sadaqai joriyaga hissa qo'shing. O'z farzandingizga qanday muruvvat qilsangiz, shu murg'ak qalblarga ham shunday mehr uzating! 🤲🏻 📞 Murojaat va ma'lumot uchun: 33-091-99-99 ❤️ YURAK AMRI EHSON KARTALARI: Karta nomi: YURAKAMRI TALIM ▫️UZCARD: 5614 6812 5951 1008 ▫️HUMO: 9860 0101 0643 8236 ▫️VISA: 4466 1489 2285 8333 ⚡️ Kartalar Ipoteka bankiga tegishli. ⚡️ Karta bog'langan raqam: 33-091-99-99 Ehson qiling, biz yillar davomida sinalgan do’stmiz! ✊🏻 ✅Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube
без подписи
без подписи
без подписи
🇦🇶Antarktidada 2 kilometrlik ulkan piramida topildimi?! Muzliklar bag'rida joylashgan, to'rt tomoni geometrik jihatdan ideal darajada tekis bo'lgan bu ulkan cho'qqi tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi! "O'zga sayyoraliklar bazasimi yoki yo'qolgan sivilizatsiya inshootimi?" degan shov-shuvli savollar butun dunyoni o'ylantirib qo'ydi. Xo'sh, aslida nima ro'y bergan? Olimlar nima deydi? ▫️ Antarktidadagi Ellsworth tog'larida joylashgan ushbu cho'qqining kengligi qariyb 2 kilometrni tashkil etadi. ▫️ Ilmiy nomi (Nunatak): Geolog va olimlarning ta'kidlashicha, bu inson yoki o'zga sayyoraliklar qurgan bino emas, balki "nunatak" — muzliklar bag'ridan bo'rtib chiqqan tabiiy tog' cho'qqisidir. ▫️ Shakllanish siri: Millionlab yillar davomida sodir bo'lgan doimiy muzlash va erish (yemirilish) jarayonlari tog' yonbag'irlari va qoyalarini to'rt tomondan birdek silliqlab, piramidasimon shaklga keltirib qo'ygan. ⚡️ Insoniyat qanchalik hayratlanmasin, bu inson yoki boshqa mavjudot qo'li bilan yaratilgan bino emas. Yaratgan Zotning tabiatga joylagan mukammal qonuniyatlari, shamol va muzning millionlab yillar davomidagi sabrli harakati Allohning izni bilan inson qo'li bera olmagan tengsiz go'zallik va muvozanatni hosil qilgan! ✅Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube
без подписи
⚖️ O‘zbekiston qonunchiligidan “diniy ekstremizm” tushunchasi olib tashlanadi Senatda ma’qullangan yangi qonunga ko‘ra, “diniy ekstremizm” atamasi “ekstremizm” atamasi bilan almashtirildi. Mazkur yondashuv ekstremizmni muayyan bir din bilan bogʻlash amaliyotiga chek qoʻyishga xizmat qiladi. Shuningdek, ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bo'lgan materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish holati birinchi marta sodir etilganda toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlikka sabab boʻlmaydi. ⚡️Ezgu e'tiqod va bag'rikenglik dini bo'lgan Islomni salbiy tushunchalar bilan bog'lamaslik — jamiyatimizda o'zaro hurmat va barqarorlikni yanada mustahkamlaydi. Har birimiz ma'rifat, sabr va ezgulik yo'lida birlashib, tinchligimiz qadriga yetaylik! ✅Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube
▫️Bismillahir Rohmanir Rohiym Alhamdulillah! Bizga yangi kunda, yangi hayot va yangi umr ne'matini in'om etgan Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin! ⚡️Yo Robbim! Bizlarni ne'matlaringga shukr keltiruvchi, o'tgan xatolarimizni mag'firat aylab, qolgan umrini solih amallar bilan isloh qiluvchi bandalaringdan qilgin. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! 🤲🏻 Tongingiz xayrli va barakali bo‘lsin! ✅Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube
#TEZKOR #MUHIM 10 kishilik “Besh barmoq”ni bir o’zim yeb, trendga chiqib ketaman endi... Astag’firulloh! 😰😱 Nukusda ko’rsatgan "hunarimizni" ko'ring. Qoraqalpog’istondan keladigan cheksiz ajrlar bu! ☝🏻❤️ Aziz xalqimizga bu muborak maskanlar xayrli bo’lsin! Qoraqalpoq elining fidoiylari saxovati va mehr-oqibati bilan to’lib-toshsin! 🤲🏻❤️ 📍 Nukusdagi manzilimiz: "Qizil O’rda-2" MFY, O'zbekiston shoh ko'chasi (16 qavatli bino ro’parasida). 📞 Nukusdagi bazamiz telefoni: 99-707-52-25 (Jenis og'a). Alloh bu joylarga rahmat va barokatini yog’dirsin. Shu ezgu ishlar sababidan biz gunohkor bandalaridan ham O’zi rozi bo’lsin — niyatimiz faqat mana shu! ☝🏻😓 Jannat — saxiylar bog’idir. Saxiylardan bo’ling, har kuni ehson qiling. 💳 "YURAK AMRI" RASMIY KARTALARI: 🪙 Oziq-ovqat uchun: ▫️ 5614 6812 5948 5450 (Uzcard) ▫️ 4466 1489 2601 2580 (Visa) ⚡️(Karta bog'langan raqam: 33 091 99 99, Ipoteka bank) ✅Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube
⚡️ «Behuda dunyoni quvlama jigar, Bir kun majol, bir kun dunyo tugaydi...» (Mahbubiy she'ri) Bu so'zlarda qanchalik katta haqiqat, qanchalik chuqur dard yashiringan... Biz har kuni nimagadir ulgurishga, nimagadir erishishga intilamiz. Lekin aslida eng qimmatli narsamiz — vaqtimiz va qalb xotirjamligimiz ekanini unutib qo'yamiz. Dunyoni quvib charchamadingizmi? O'zingiz bilan yolg'iz qolib, ozgina tafakkur qilib ko'ring. Bizdan faqat yaxshilik va sof qalb qoladi... 🤲🏻🤍 ✅Sardor Rahimxon sahifalari: 🌐 Telegram • 🌐Instagram • 📺 Youtube