tgindex
Saudiyadagi O’zbeklar

Saudiyadagi O’zbeklar

Статистика

Saudiyadagi oʻzbeklar uchun foydali maʼlumotlar va eng soʻngi xabarlar kanali. Hamkor kanallar: @Saudiya_elon @Makkah_hotell Admin: @Saudiya_elon_admin1

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
11
Всего постов
37
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
3 670
−50 за 5 дн.
Сутки
−3
−0,08%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
663
35 постов
Вовлечённость
18,1%
к подписчикам
Постов в день
1,6
всего 37
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
523
1/48двое суток
599
1/72трое суток
646

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🏎️ Qiddiya’dagi Speed Park trassasida tomoshabinlar uchun eksklyuziv zona quriladi 🇸🇦 Qiddiya City’da bo‘lajak Speed Park Track poyga trassasini kuzatish uchun premium darajadagi Exclusive Viewing Lounge majmuasi barpo etilmoqda. Majmuada: 🔹 Panoramali kuzatuv maydonlari 🔹 Xususiy lyuks xonalar 🔹 An’anaviy majlis zonalari Kelajakdagi Speed Park Track 21 ta burilishdan iborat bo‘lib, avtomobillar 325 km/soatdan yuqori tezlikka chiqishi mumkin. Trassa Formula 1 kabi yirik xalqaro musobaqalarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 📍 Manzil: Qiddiya City, Ar-Riyod yaqinida @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari

  • Madinadan Makkaga nimada ketgan yaxshi? 🤔 Avtobus? 🤔 Poyezd yoki taksidami? Xo'sh siz nimada ketgan bo'lardingiz? Videoni ko'rib o'z fikringizni yozib qoldiring! 📲 @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari

  • 🇸🇦 Saudiyada xayriya qoidalari yangilanmoqda 📄 Saudiya Arabistoni xayriya va mablag‘ yig‘ish faoliyati uchun yangi qoidalar loyihasini e’lon qildi. 🟠 Xayriya reklamalarida bolalardan foydalanish taqiqlanadi. 🟠 Har bir kampaniyada litsenziyani tekshirish uchun QR-kod bo‘lishi kerak. 🟠 Yolg‘on va bo‘rttirilgan da’volarga yo‘l qo‘yilmaydi. 🟠 Yordam oluvchilarning sha’ni va shaxsiy ma’lumotlari himoya qilinadi. 🟠 Mablag‘larning maqsadi va xarajatlari ochiq ko‘rsatiladi. 🤝 Qoidalar loyihasi bo‘yicha taklif va fikr-mulohazalar Saudiya hukumatining Istitlaa platformasi orqali 10-sentabrgacha qabul qilinadi. @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari

  • 🇸🇦 Absher’da uy xizmatchilari uchun yangi xizmat Endilikda ish beruvchilar uy xizmatchisining iqamada ko‘rsatilgan tarjima qilingan ism-sharifini Absher orqali onlayn tarzda o‘zgartirishlari mumkin. 📌 Xizmatdan foydalanish tartibi: 1️⃣ Absher platformasiga kiring. 2️⃣ “Uy xizmatchilari” bo‘limini tanlang. 3️⃣ “Rezident xizmatlari”ga o‘ting. 4️⃣ Xodimni tanlang. 5️⃣ “Tarjima qilingan ismni o‘zgartirish” xizmatidan foydalaning. ⏺️ Shuningdek, Absher orqali uy xizmatchilarining iqamasini 3 oydan boshlab moslashuvchan muddatlarga yangilash imkoniyati ham mavjud. @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari

  • 🕌 Tabuk universiteti hududidagi ushbu muhtasham masjid o‘zining go‘zal me’morchiligi va ma’naviy muhit bilan ajralib turadi. @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari.

  • 🧠 Saudiya Arabistoni global sun’iy intellekt markaziga aylanmoqda Jahon bankining 2026-yilgi hisobotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni AI (sun’iy intellekt) investitsiyalari bo‘yicha dunyodagi TOP-10 davlat qatoridan joy oldi. 📊 Muhim raqamlar: ➖ Ma’lumotlar markazlari quvvati 2021-yildagi 68 MW’dan 2026-yilda 467 MW’ga yetdi ➖ 5G va 4G tarmoqlari aholining 99 foizini qamrab oldi ➖ O‘rtacha internet tezligi 216 Mbit/s ga yetdi ➖ Texnologiya sohasida 426 mingdan ortiq mutaxassis faoliyat yuritmoqda ➖ Raqamli iqtisodiyot YaIMning 16 foizini tashkil etdi 🇸🇦Saudiya Arabistoni 2026-yilni rasman “Sun’iy intellekt yili” deb e’lon qilgan bo‘lib, mamlakat AI, texnologiya va innovatsiyalar bo‘yicha global markazga aylanishni maqsad qilgan. @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari.

  • Saudiya restoranlarni aqlli kameralar orqali nazorat qilmoqda 🍽 Munitsipalitetlar va Uy-joy vazirligi restoranlar, oshxonalar va boshqa oziq-ovqat muassasalarida sog‘liq va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini kuzatish maqsadida zamonaviy monitoring tizimidan foydalanmoqda. 🔹 Aqlli va mobil kameralar 🔹 Raqamli sog‘liq sertifikatlari 🔹 Xodimlar uchun maxsus treninglar 🔹 Kuchaytirilgan tekshiruvlar Kameralar Mumtathil ilovasiga ulangan bo‘lib, qoidabuzarliklarni hujjatlashtirish va nazorat jarayonining shaffofligini oshirishga xizmat qiladi. @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari

  • ✈️ Shartnoma bekor qilinganda yakuniy chiqish vizasi qanday olinadi? 🟠 Saudiya Jawazatining ma’lum qilishicha, mehnat shartnomasi o‘zaro kelishuv asosida tugatilgan va iqoma hali 1 yildan ortiq muddatga amal qilayotgan bo‘lsa, yakuniy chiqish vizasini rasmiylashtirish uchun tegishli davlat idorasiga murojaat qilish lozim. 🟠 Uy xizmatchilari esa ushbu xizmatdan Absher platformasi orqali elektron tarzda foydalanishlari mumkin. @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari

  • Saudiyaga borganda tez-tez uchraydigan holat! 🤩Siz ham Saudiyaga boraman deb arab tilini o'rganyapsizmi? @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari

  • ✨ Tunda Saudiyada "yulduzlar yomg‘iri"ni kuzatishingiz mumkin 💫 12-avgustdan 13-avgustga o‘tar kechasi Perseid meteor oqimi o‘zining eng yorqin bosqichiga yetadi. Osmon musaffo bo‘lsa, ko‘z bilan ham o‘nlab meteorlarni kuzatish mumkin. 🌌 Mutaxassislar eng yaxshi manzara uchun shahar chiroqlaridan uzoq hududlarga chiqishni tavsiya qilmoqda. @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari

  • Saudiyada davlat hujjatlari endi raqamli imzolanadi 🇸🇦 Saudiya Arabistoni davlat hujjatlari uchun yangi raqamli platforma — Ibramni ishga tushirdi. SDAIA tomonidan yaratilgan ushbu tizim davlat idoralari va xodimlariga hujjatlarni elektron tarzda imzolash va tekshirish imkonini beradi. 🔹 Raqamli imzo va muhrlar 🔹 Yuqori darajadagi xavfsizlik 🔹 Tezkor elektron tranzaksiyalar 🔹 Qonuniy kuchga ega hujjatlar ❗ Ayni paytda platformadan 87 dan ortiq davlat organlari foydalanmoqda. @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari

  • 💵 Saudiya qirollarining banknotalardagi tarixiy sayohati 👑1932-yilda Saudiya Arabistoni tashkil topganidan buyon mamlakat banknotalarida Qirollik tarixiga muhr bosgan hukmdorlar tasviri aks etib kelmoqda. Har bir yangi pul emissiyasi Saudiya taraqqiyoti, merosi va davlatchilik ramzlarini o‘zida mujassam etadi. @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari

  • 🕋 Sizga Makka shahridan qanday mehmonxona kerak? ⏺️ Ka'ba manzarasi ko'rinib tursinmi? ⏺️ Yoki yashash uchun qulay va hamyonbop narxdagi mehmonxonami? ⏺️ Yoki turgan joyingizdan Masjid Al-Haramga piyoda borib-kelishni xohlaysizmi? 🧑‍💻 Biz sizning talabingiz va byudjetingizga mos mehmonxonani topishga yordam beramiz. #⃣ Haramga yaqin mehmonxonalar #⃣ Turli narxdagi variantlar #⃣ Oilalar va guruhlar uchun xonalar #⃣ Ishonchli bron qilish xizmati O'zingizga mos variantni tanlash uchun kanalimizga qo'shiling ↘️ @Makkah_hotell @Bizning_mijozlar Mehmonxonalar bo'yicha batafsil ma'lumot uchun: @bdurakhmon

  • 🎲 Chapter 26 — barcha ko‘ngilochar mashg‘ulotlar bir joyda! Ar-Riyoddagi Chapter 26 mehmonlarga bir tom ostida turli xil o‘yinlar va qiziqarli tajribalarni taklif qilmoqda. 🔹 Mantiqiy boshqotirmalar va sinovlar 🔹 Do‘stlar bilan stol o‘yinlari 🔹 Kvest xonalari (escape room) 🔹 Jonli chiqishlar va shoular 🔹 Dam olish uchun restoran va kafelar 📚 Bu yerda kun davomida maroqli vaqt o‘tkazish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini sinash va yangi taassurotlar olish mumkin. 📍 Joy: Al-Malfa Hall, Misk City, Ar-Riyod 📅 Sana: 21-avgustgacha ⏰ Vaqti: 18:00 dan boshlab 💰 Narxi: 49 SAR dan @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari

  • 🇸🇦 Saudiyada 6 oyda qariyb 47 ming yangi kompaniya ochildi 2026-yilning birinchi yarmida Saudiya Arabistonida 46 900 ta yangi kompaniya ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu mamlakatda biznes muhiti tobora yaxshilanib, tadbirkorlik faolligi ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Asosiy ko‘rsatkichlar: ▪️ 46 900 ta yangi kompaniya tashkil etildi ▪️ 86 800 ta biznes subyekekti ro‘yxatdan o‘tkazildi ▪️ 3 500 ta onlayn do‘kon tasdiqlandi ▪️ Tadbirkorlarga 2,9 milliondan ortiq xizmat ko‘rsatildi ▪️ 16 ta shahardagi 21 ta filial orqali xizmatlar taqdim etilmoqda ▪️ 80 ta davlat idorasi bilan integratsiya qilingan 4 800 ta xizmat mavjud 🌍 Saudiya Arabistoni 2026-yilgi IMD Jahon raqobatbardoshlik reytingida dunyoda 13-o‘rin, G20 davlatlari orasida esa 3-o‘rinni egalladi. @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari

  • Saudiya mehmonxonalar uchun minimal xodimlar sonini belgilamoqchi 🏨 Saudiya Arabistoni Turizm vazirligi mehmonxonalar va turistik obyektlar uchun minimal xodimlar soni bo‘yicha yangi talablarni joriy etishni rejalashtirmoqda. 📌 Taklifga ko‘ra: 🟠 5 yulduzli mehmonxonalarda — har bir xonaga 3 nafargacha xodim 🟠 4 yulduzli mehmonxonalarda — har 5 xonaga 3 nafar xodim 🟠 3 yulduzli mehmonxonalarda — har 5 xonaga 2 nafar xodim 🟠 1–2 yulduzli va tasniflanmagan obyektlarda — har 5–10 xonaga 1 nafar xodim bo‘lishi kerak. 📅 Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish va jarimalar qo‘llash 2027-yil 1-yanvardan boshlanishi rejalashtirilgan. @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari

  • Saudiya Arabistoni BMT bayonotini olqishladi 🇸🇦 Saudiya Arabistoni BMT Xavfsizlik Kengashining Husiylar tomonidan Qirollikka va tijorat kemalariga uyushtirilgan hujumlarni qoralagan bayonotini olqishladi. ⏺️ Qirollik xalqaro hamjamiyatni mintaqaviy xavfsizlik, xalqaro savdo va dengiz qatnoviga tahdid soluvchi harakatlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rishga chaqirdi. Saudiya Arabistoni o‘z xavfsizligi va suverenitetini himoya qilish huquqini yana bir bor ta’kidladi. #⃣ Manba @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari

  • 🕌 Masjid An-Nabaviy imomlari haftalik jadvali 📅 1448-hijriy yil 25-safar (yakshanba)dan 2-rabi’ul-avval (shanba)gacha 🔹 Bomdod namozi – Xolid Al-Muhanna 🔹 Peshin namozi – Ahmad Al-Huzayfiy 🔹 Asr namozi – Muhammad Barhajiy 🔹 Shom namozi – Abdulboriy As-Subaytiy 🔹 Xufton namozi – Muhammad Barhajiy @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari

  • 🕋 Masjid Al-Haram imomlari haftalik jadvali 📅 1448-hijriy yil 26-safar (yakshanba)dan 2-rabi’ul-avval (shanba)gacha 🔹 Bomdod namozi – Bandar Balilah 🔹 Peshin namozi – Yosir Ad-Dosariy 🔹 Asr namozi – Bandar Balilah 🔹 Shom namozi – Yosir Ad-Dosariy 🔹 Xufton namozi – Yosir Ad-Dosariy @Saudiadagi_Uzbeklar – Saudiya hayoti va so‘nggi yangiliklari

  • без подписи