Sertifikat Tarix va Huquq
СтатистикаTarix va Huquq fanidan oliy taʼlimga kirishda koʼmakchi .
- Последний пост
- 8 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 414
- 1/48двое суток
- 474
- 1/72трое суток
- 511
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Miloddan avvalgi (m.av.) va milodiy (m.) yil hisoblash tizimi Dionysius Exiguus tomonidan kiritilgan. U VI asrda yashagan rohib va olim bo‘lib, Iso Masihning tug‘ilgan yilini asos qilib olib yangi taqvim tizimini taklif qilgan. Shu asosda: Milodiy yil (Anno Domini — A.D.) — Iso Masih tug‘ilganidan keyingi yillar Miloddan avvalgi yil (Before Christ — B.C.) — Iso Masih tug‘ilishidan oldingi yillar. #shaxs
Tarixda kelib chiqish sababi yoki g'aroyib bahonalari sababli o'zgacha nom olgan ko'plab urushlar o'tgan. Emu qushlari urushi (1932-yil): Avstraliya hukumatining ekinzorlarni payhon qilayotgan 20 000 ga yaqin emu qushlariga qarshi pulemyotlar bilan qurollangan harbiylarni safarbar etishi. Qushlarning chaqqonligi sabab harbiylar o'z maqsadiga to'liq erisha olmagan. Futbol urushi (1969-yil): El-Salvador va Gonduras terma jamoalari o'rtasidagi Jahon chempionati saralash o'yinidan so'ng keskinlashgan va 4 kun davom etgan qurolli nizo. Cho'chqa urushi (1859-yil): San-Xuan orolida amerikalik fermer britaniyalik qo'shnisiga tegishli cho'chqani o'zining kartoshka paykalini payhon qilgani uchun otib o'ldirishi ortidan AQSh va Buyuk Britaniya harbiylari to'qnash kelgan holat. Tort (Pishiriq) urushi (1838–1839-yillar): Mexikoda fransuz novvoyining do'koni talong'or qilingani va unga tovon puli to'lanmagani sababli Fransiya Meksikaga harbiy flot yuborgan. Jenkins qulog'i urushi (1739–1748-yillar): Ispaniya qirg'oq qo'riqchilari britaniyalik kapitan Robert Jenkinsning qulog'ini kesisb olgani va u buni Britaniya parlamenti oldida ko'rsatib bergani ortidan boshlangan Buyuk Britaniya va Ispaniya o'rtasidagi urush. Daydi it urushi (1925-yil): Gretsiya-Bolgariya chegarasida grek askari chegaradan o'tib ketgan itining ortidan yugurib o'tgani va bolgar chegarachilari uni otib qo meksika/bolgar hududida otishmaga sabab bo'lgan toqnashuv. Apelsin urushi (1801-yil): Ispaniya va Portugaliya o'rtasidagi ushbu toqnashuvda ispan generali Manuel de Godoy Portugaliya qal'asi yaqinidan uzilgan apelsin shoxlarini Ispaniya qirolichasiga g'alaba belgisi sifatida yuborgani sababli shunday nom olgan. 335 yillik urush (1651–1986-yillar): Niderlandiya va Silli orollari (Buyuk Britaniya tarkibidagi) o'rtasida rasman e'lon qilingan, biroq biror marta o'q uzilmay va qurbonlarsiz 335 yil o'tib rasmiy tinchlik shartnomasi bilan yakunlangan urush.
Hammaga salom. O'zim uchun kichik bir loyiha tashkillamoqchiman. Qo'llab yuborasizlar degan umiddaman. Xullas, kelgusi yakshanba kechga kinolar mavzusida QUIZ tayyorlamoqdaman. Musobaqa o'zbek va jahon filmlari/seriallarini o'z ichiga oladi. Xo'sh, loyihani qo'llab quvvatlab, unda qatnashasizmi? Imkon bo'lsa kanalingizda bo'lishing! Kanal havolasi: @meeningcha
Beruniy ilovasiDA TESTLAR TAYYOR. Tez kunda
без подписи
🌟Shaxslar va ularning faoliyat yoʻnalishlari. ©️Tarix Samarqand
TARIX (MAJBURIY) SAVOLLARI: 2-smena ✅ 22-iyul || 2026-yil ✅ 1. Ona urug' davri nima deb ataladi? Javob: Matriarxat✅ 2. V asrda barpo etilgan kanal? Javob: Darg'om/Bo'zsuv/Zog'ariq✅ 3. Muhammad Rahimxon I davriga oid boʻlgan maʼlumot? Javob: Oliy kengashning joriy etilishi✅ 4. XVII asrda Buxoroda hukmronligi tugagan sulola? Javob: Shayboniylar✅ 5. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga oid boʻlgan maʼlumot? Javob: Abdulla Oripov va Mutal Burhonov madhiya haqida tushgan✅ 6. Ilk Oʻrta asrlarda boʻlgan qoʻzgʻolon? Javob: Abruy qoʻzgʻoloni/Oq kiyimlilar qoʻzgʻoloni✅ 7. Oʻrta Osiyoda Jadidchilik harakati namoyondasini belgilang? Javob: Mahmudxoja Behbudiy✅ 8. Quyidagilardan toʻgʻri/notoʻgʻri maʼlumotni toping? Javob: Fon Kaufman Turkiston general-gubernatori – Toʻgʻri Fon Kaufman Turkiston Muxtoriyati general gubernatori – Notoʻgʻri✅ 9. O'rta asrlardan yashagan va islomga oid kitoblar yozgan olim? Javob: Imom Buxoriy/ Imom Termiziy/ Zamaxshariy✅ 10. 1917-1924-yillarda Turkistonda sodir boʻlgan voqea? Javob: Fuqaho Jamiyati/ Sho'royi islomiya✅ 11. Buxoroda XVIII asrda tugatilgan sulola? Javob: Ashtarxoniylar
#tushgan_savollar Tarix tushgan savollar | 22-iyul, 1-smena 2026-yil, Majburiy 1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣ 1. Xiva xonligida Oliy kengash majlisida qaysi lavozim qatnashmagan? Javob: Ko'kaldosh / Shod / Jevachi👍 2. Islom Karimov davrida oid bo'lgan voqeani aniqlang. Javob: Qatogʻon qurbonlari xotirasi" muzeyi 👍 3. Mezolit davriga oid manzilgohni belgilang. Javob: Qo'shilish / Machay /Obishir👍 4. O'zbeklar byurosiga a'zo bo'lgan shaxsni aniqlang. Javob: Kalugin / Qori Yoʻldosh Poʻlatov✅ 5. Oʻrta asrlarga oid maʼlumot aniqlang. Javob: Moʻgʻullar samarqandni vayron qildi👍 6. Ichan qal'a darvozasini toping. Javob: Bog'cha / Polvon / Tosh / Ota 👍 7. XVII asrda Samarqand hokimi o'z mablag'iga qurdirgan madrasani aniqlang. Javob: Sherdor / Tillakori👍 8. Hukmdorni moslang. Javob: Anushteginiylar – Sulton Muhammad 👍 9. Xiva hukmdorlarini davom ettiring. Javob: Olloqulixon va Muhammad Rahimxon / Anushaxon va Sherg'oziyxon✅ 10. Toʻgʻri/notoʻgʻri javobni aniqlang. Javob: Ruslar Oʻrta Osiyoni boʻsib olishning 2 bosqichida Buxoro amirligi egallandi – Toʻgʻri ✅
Yaxshi ma'lumot
Tarix tushgan savollar | 21-iyul, 2-smena 2026-yil, Majburiy 2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣ 1. Islom Karimov davriga oid maʼlumotni aniqlang. Javob: Asaka tumanida Daewoo zavodi ochilishi✅ 2. Xiva xonligida Oliy kengashda qatnashmagan lavozimni aniqlang. Javob: Mingboshi✅ 3. Qutbiddin Muhammad qaysi sulola vakili? Javob: Anushteginiylar sulolasi✅ 4. Orta asrlarda bo'lgan voqeani toping. Javob: Somoniylar davlati tugatildi✅ 5. Samarqandda qurilgan madrasani aniqlang. Javob: Tillakori madrasasi ✅ 6. 1919 yil Fargʻona muvaqqat hukumatini kim tashkil etgan? Javob: Madaminbek ✅ 7. V-VII asrlarda hukmronlik qilgan davlatni aniqlang. Javob: Turk xoqonligi ✅ 8. Oʻrta asrlarda yuz bergan voqeani aniqlang. Javob: Gʻaznaviylar davlati tugatildi✅ 9. Paleolit davriga oid manzilgohni aniqlang. Javob: Selungur✅ 10. Toʻgʻri/Notoʻgʻri maʼlumotni aniqlang. Javob: Sirdaryo viloyati tarkibiga Turkiston viloyatiga tegishli yerlar kirgan – toʻgʻri ✅ 11. Madaminbek Veyryovkin-Roxalskiy bilan qayerga yarash bitimini imzoladi? Javob: Skobelev shahrida ✅ 12. Buxoro hukmdorlarini davom ettiring. Javob: Ubaydullaxon II✅
#tushgan_savollar Tarix tushgan savollar | 21-iyul, 1-smena 2026-yil, Majburiy Xorazmshohlar davlati tarkibiga kiruvchi hududni aniqlang. Javob: Samarqand ✅ Shayboniylar davrida xon va qoʻshinni qurol yaroq bilan taʼminlab turgan lavozimni aniqlang. Javob: Jevachi✅ Shavkat Mirziyoyev davriga oid boʻlmagan voqeani aniqlang. Javob: Oʻzbekiston MDH ga azo boʻldi.✅ Toʻgʻri/Notogri berilgan javobni aniqlang. Javob: Buxoro amirligi va Rossiya oʻrtasida Gandimiyon shartnomasi imzolandi – notoʻgʻri✅ Harbiy kommunizmni siyosatini yuritishning maqsadini aniqlang. Javob: Dehqonlarning mahsulotini ortiqcha qismini davlatga topshirish✅ Aleksand Makedonskiy bosib olgan hududni aniqlang. Javob: Baqtriya ✅ Oʻrta asrlarga oid emas voqeani belgilang. Javob: Spitamen oʻldirilishi✅ Quyidagilar orasidan harbiy lavozimni aniqlang. Javob: Koʻkaldosh ✅
#Saqlab_oling Konditsioner pultidagi tugmalar nima vazifani bajarishini bilib oling. Yaqinlaringizga ham yuborib qo‘ying.
Misr sultoni Sulton Faraj ibn Barquq Amir Temurga o‘z elchilari orqali turli sovg‘a-salomlar qatori jirafa ham yuborgan ekan. Miniatyura Sharafiddin Ali Yazdiyning 1436 yilda ko‘chirilgan "Zafarnoma" qo‘lyozmasidan olingan.
#BMBA 19-iyul tushgan testlar #Majburiy_Tarix Xiva xonligida yerni ijaraga olib, hosilning teng yarmiga ishlovchilar qanday atalgan? ✅ Javob: Yarimchilar “Teatr — bu ibratxonadir” degan fikr qaysi jadid namoyandasiga te- gishli? ✅Javob: Mahmudxo‘ja Behbudiy Kurash bo‘yicha ikkinchi jahon chempionati qayerda bo‘lib o‘tgan? ✅ Javob: Anqara So‘m-kupon qachon muomalaga chiqarilgan? ✅ Javob: 1994-yil 1-iyul Turkiston Muxtoriyatining birinchi bosh vaziri kim bo‘lgan? ✅ Javob: Muhammadjon Tinishboyev Oks qaysi daryoning qadimgi nomi hisoblanadi? ✅ Javob: Amudaryo Binkat qaysi shaharning qadimgi nomi? ✅ Javob: Toshkent “Hindiston” asari muallifi kim? ✅ Javob: Abu Rayhon Beruniy To‘lg‘ama jang usulini kim qo‘llagan? ✅ Javob: Shayboniyxon 1740-yilda Xiva xonligi qaysi davlatga qaram bo‘lib qolgan? ✅ Javob: Eron
2026-yil 20-iyul majburiy blok 1️⃣Islom Karimov davriga oid emas voqeani aniqlang. Mard oʻgʻlon mukofoti taʼsis etilishi 2️⃣Rofe ibn Lays qoʻzgʻoloni sodir boʻlgan hududni aniqlang. Samarqand 3️⃣Mil avv VII-VI asrlarda yashamagan xalqni aniqlang. Shummerlar 4️⃣1925 yilda tashkil topgan viloyatni aniqlang. (bu savol qaytarilgan) Fargʻona 5️⃣Kichik Kengash tarkibiga kirmagan lavozimni aniqlang. Buzruk 6️⃣Toʻgʻri berilgan javobni aniqlang. “Gulshan ul-mulk” asari – Muhammad Yoqub Doniyolbiy 7️⃣Xiva xonligida hukmronlik qilgan hukmdorlarni davom ettiring... Olloqulixon 8️⃣Gʻarbiy Turk xoqonligiga kirgan hududni aniqlang. Sirdaryo va Amudaryo 9️⃣Xiva xonligida Kichik Kengash tarkibiga kirmagan lavozimni aniqlang. Buzruk 🔟Toʻgʻri/Notoʻgʻri maʼlumotni aniqlang. Jadid soʻzi arabchadan olingan boʻlib yangi degan maʼnoni anglatadi - toʻgʻri
Qorda yalangoyoq. Papa qal'asi tashqarisida o‘tkazilgan uch kun. ⏺️1077-yilning yanvar oyi. Italiyadagi Kanossa qal'asi darvozasi oldida, qor ustida yalangoyoq holda Yevropaning eng qudratli insoni — Muqaddas Rim imperiyasi imperatori, Germaniya va Italiya qiroli, 27 yoshli Genrix IV turibdi. Egnida faqat jun ko‘ylak. Yanvar sovuqida. Uch kun davomida. Bugungi kunda ham barcha Yevropa tillarida "Kanossaga borish" iborasi o‘ta sharmandali holatni yoki chuqur xorlikni anglatadi.
https://www.youtube.com/shorts/rzP_Era7Hgs?feature=share
#majburiy_tarix Tarix tushgan savollar | 18-iyul, 2026-yil 1. Islom Karimov davrida amalga oshirilgan islohotlarga kirmagan? Javob: Respublika harbiy akademik litseylariga "Temurbeklar maktabi" nomining berilishi 2. Ushbu mantiqiy qatorni davom ettiring: Amir Haydar, Olimxon, Eltuzarxon... Javob: Madalixon 3. Quyidagilardan toʻgʻri/notoʻgʻri maʼlumotni aniqlang. Javob: 1873-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan Buxoro amirligi hududidan Amudaryo bo‘limi ajratib olindi 4. 1925-yilda tashkil etilgan viloyatni aniqlang. Javob: Fargʻona 5. Turkistonda sovet rejimiga qarshi qaratilgan istiqlolchilik harakati rahbarini aniqlang. Javob: Kichik Ergash 6. 2009 yil yubileyi nishonlangan shaharni aniqlang. Javob: Toshkent 7.Ashtarxoniylar sulolasi vakilini aniqlang. Javob: Nodir Muhammad 8. “Shayboniynoma” asari muallifini aniqlang. Javob: Muhammad Solih 9. Ilk o'rta asrlarda qaysi hudud hukmdorlari avval "malikshoh" keyinchalik "yabg'u" deb atalgan? Javob: Toxariston 10. VII-VI asrlarda hukmronlik qilgan davlat. Javob: Turk xoqonlig
Tarix tushgan savollar | 17-iyul, 2026-yil 1. Xiva xonligida urush paytlarida qoraqalpoqlardan yigʻib olingan soliqni aniqlang. Javob: Qozon puli✅ 2. 1853 yil Oqmachit qal’asi rus qo‘shinlari tomonidan egallangach, unga qanday nom berilgan? Javob: Perovskiy Forti✅ 3. Sug‘d yozuvi qaysi qadimgi yozuv asosida vujudga kelganligini aniqlang. Javob: Oromiy yozuvi✅ 4. Rossiya imperiyasining Buxoro amirligidagi birinchi vakili etib tayinlangan shaxsni aniqlang. Javob: P.Lessar✅ 5. Qaysi davrda inson o‘q-yoy yasashni o‘rganib olgan? Javob: Mezolit✅ 6. “Tarixi jahonkushoy” asari muallifini aniqlang. Javob: Atomalik Juvayniy✅ 7. Fors shohi Kir II tomonidan asos solingan shaharni aniqlang. Javob: Kurushkat✅ 8. Oʻzbekiston respublikasida 1992-yil tashkil etilgan lavozimni aniqlang. Javob: Bosh vazir✅ 9. Birinchi jahon urushi davrida mardikorlikka 1916-yilda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolonni aniqlang. Javob: Jizzax qoʻzgʻoloni✅ 10. IV – XV asrlar oraligʻida Xurosonda hukmronlik qilgan davlatni aniqlang. Javob: Tohiriylar davlati✅
🎁2026-yil 17-iyul majbur blok 1️⃣Rossiya imperiyasining Buxoro amirligidagi birinchi vakilining qaror-gohi qaysi shaharda joylashgan edi ? Kogon 2️⃣"Tarixi jahonkushoy" ("Jahon fotihi tarixi") asari muallifini toping. Alouddin Atomalik Juvayniy 3️⃣Abu Mansur al-Moturidiy xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi qayerda barpo etilgan ? Samarqandda 4️⃣305-yilda Xorazmshoh Afrig' o'z qarorgohini qaysi qadimgi shaharga ko'chirgan ? Kat 5️⃣Amudaryodan shimolda joylashgan boy viloyatlarni arablar nima deb atashgan ? Movarounnahr 6️⃣Quyidagilardan qaysi biri XX asrning birinchi yarmida tashkil topgan ? Farg'ona Muvaqqat Muxtoriyat hukumati 7️⃣Quyidagilardan Qo'qon xonligida hukmronlik qilgan shaxsni aniqlang ? Abdurahimbiy 8️⃣XIX asrning 70-yillarida Qo'qon xonligida ko'tarilgan qo'zg'olonga rahbarlik qilgan shaxsni toping. Po'latxon 9️⃣XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyo davlatlarida sug'orish ishlarini yuritish va nazorat qilish bilan kimlar shug'ullangan ? Miroblar 1️⃣Kishilarning eng qadimiy mashg'uloti bo'lgan termachilik va ovchilik qanday xo'jalik hisoblanadi ? O'zlashtiruvchi xo'jalik