Shavkat Rahmonov
СтатистикаYoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 19
- Всего постов
- 52
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 94
- 1/48двое суток
- 107
- 1/72трое суток
- 116
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
✨ "Qizlar Biznes Marafoni" — ayol-qizlar uchun katta BEPUL loyiha! 🕊 Marafonda 6 nafar o'z sohasining kuchli mutaxassislarining ekslyuziv darslarida ishtirok etishingiz, qimmatbaho sovg'alar va maxsus sertifikatlarga ega bo'lishingiz mumkin! ••• Qatnashish mutlaqo bepul va yosh chegaralanmagan! 👉 Ro'yxatdan o'tish: https://t.me/QizlarAkademiyasiMarafonBot?start=JZ73ALDQ Bizning sahifalarimiz: 🌐Telegram |🌐Instagram|🌐Facebook
Qahramonimiz Ro’zim Genjiyev 30 yoshda, u berilgan imkoniyatni shunchaki imkoniyatligicha qoldirmay, uni aniq maqsad, mehnat va qat’iyat bilan muvaffaqiyatga aylantirdi. Yoshlar uchun ajratilgan imtiyozli kredit orqali o‘z ishini yo‘lga qo‘yib, bugun nafaqat o‘z daromadini yaratmoqda, balki yangi ish o‘rinlari tashkil etish va tengdoshlariga o‘rnak bo‘lishga ham hissa qo‘shmoqda. Uning hayot yo‘li bir haqiqatni yana bir bor isbotlaydi: imkoniyat berilishi — boshlanish, undan to‘g‘ri foydalanish esa muvaffaqiyat sari qo‘yilgan eng muhim qadamdir. #bizningYoshalar #YoshTadbirkor Bizning sahifalarimiz: 🌐Telegram |🌐Instagram|🌐Facebook
💡G‘oyangiz bor, uni amalga oshirish uchun imkoniyat izlayapsizmi? Endi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tadbirkorlik va startap yo‘nalishlaridagi g‘oya va tashabbuslarini "Yoshlar yagona elektron platformasi" orqali taqdim etib, loyihalarini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan ko'maklardan foydalanishi mumkin. Buning uchun platformaga OneID orqali kirib, g‘oyangiz yoki loyihangiz haqida ma’lumot qoldirasiz. Shundan so‘ng uni amalga oshirish uchun moliyaviy imkoniyatlardan foydalanishga ariza yuboriladi. Platformaga hali to‘liq shakllanmagan g‘oyangiz, yangi tashabbusingiz yoki rivojlantirmoqchi bo‘lgan startap loyihangiz haqida ham ma’lumot qoldirish imkoni yaratilgan. Ariza topshirishga havola 👈 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Vebsayt
Buxoroda “Yosh mobilograflar maktabi” va “SMM maktab” loyihalari bitiruvchilari ishtirokida taqdimot o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun Kontent tayyorlash markazi, viloyat hokimligi hamda, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda yirik korxona va tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar, OAV xodimlari hamda yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda zamonaviy media kasblariga bo‘lgan talab, yoshlarni SMM, mobilografiya va raqamli kontent yaratishga o‘rgatish, ularning kasbiy salohiyatini oshirish va bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Taqdimot davomida loyiha tinglovchilari tomonidan tayyorlangan media mahsulotlar namoyish etildi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan ish beruvchilar va tadbirkorlar yosh mutaxassislarning ijodiy ishlari bilan tanishib, ularni ishga taklif qilishdi. Yakunda “SMM maktab” loyihasini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi. Bizning sahifalarimiz: 🌐Telegram |🌐Instagram|🌐Facebook
❓CHEMPIONATDA ISHTIROK ETISH UCHUN ARIZA QANDAY TOPSHIRILADI? — VIDEO QO'LLANMA Buning uchun Siz Google tizimiga kirib, qidiruv bo‘limiga yoshfermer.uz deb yozasiz. Natijada sayt sahifasi ochiladi... ❓Ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan savollaringiz bo‘lsa mahallangizdagi yoshlar yetakchisiga yoki quyidagi kontakt orqali aloqaga chiqishingiz mumkin: @yoshfermer_uz 🀄️Ro‘yxatdan o‘tish davomida so‘ralgan ma'lumot va hujjatlarni to‘liq hamda to‘g‘ri taqdim etmagan nomzodlarning arizalari rad etiladi! 📹Batafsil videoda tomosha qiling. Chempionatda ko‘rishguncha! #yoshfermerlar #chempionat #agrovision #ariza Bizning sahifalarimiz: 🌐Telegram |🌐Instagram|🌐Facebook
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha jabhalariga jadal kirib kelayotgani barobarida zamonaviy media sohasiga boʻlgan ehtiyoj ham tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar uchun sifatli kontent yaratish, auditoriya bilan samarali muloqot oʻrnatish, foto va videomateriallar tayyorlash kabi koʻnikmalar yoshlar uchun yangi kasbiy imkoniyatlarni ochib bermoqda. Buxoro davlat tibbiyot institutida “SMM maktabi” va “Yosh mobilograflar maktabi” loyihalari bitiruvchilari ishtirokida oʻtkazilgan taqdimot tadbiri ham ana shu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar samaralariga bagʻishlandi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun Kontent tayyorlash markazi, Buxoro viloyati hokimligi, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi hamda “Aloqabank” Buxoro filiali hamkorligida tashkil etildi. Unda viloyatdagi yirik korxona va tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, soha mutaxassislari, loyiha bitiruvchilari va faol yoshlar ishtirok etdi. Batafsil Bizning sahifalarimiz: 🌐Telegram |🌐Instagram|🌐Facebook
📣DIQQAT! OʻZBEKISTONDA ILK BOR “YOSH FERMERLAR CHEMPIONATI”GA START BERILDI! Joriy yilning avgust–oktabr oylarida respublikamiz boʻylab qishloq xoʻjaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar oʻrtasida yirik chempionat bo'lib o'tadi. 🧑🏻🌾Nomzodlar 12 ta nominatsiya bo'yicha bellashadi: Yilning yosh agro innovatori Yilning agro startap loyihasi Yilning agro brendi Yilning yosh eksport chempioni Yilning yosh kooperatsiya ustasi Yilning yosh dehqoni Yilning yosh bogʻboni Yilning yosh chorvadori Yilning yosh issiqxonachisi Yilning yosh ayol fermeri Yilning oilaviy fermer xoʻjaligi Yilning yosh agro blogeri Har bir nominatsiya bo‘yicha gʻoliblar: 🥇 1-oʻrin — 50 million soʻm 🥈 2-oʻrin — 30 million soʻm 🥉 3-oʻrin — 20 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 📲Hoziroq yoshfermer.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻting va gʻoliblik sari ilk qadamni tashlang. 📞Murojaat uchun telefon: +99895 754 02 77 📆Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi. Balki Oʻzbekistonning ilk "Yosh fermer chempioni" aynan Siz boʻlishingiz mumkin! Chempionatda koʻrishguncha! Bizning sahifalarimiz: 🌐Telegram |🌐Instagram|🌐Facebook