Shayxontohur tuman hokimligi Matbuot xizmati
Статистикаmurojaatlar va korrupsiya holatlari aniqlanganda xabar berish uchun murojaatlar dushanba-juma kunlari soat 10.00dan 17.00gacha qabul qilinadi https://t.me/shayxontohur_matbuot_xizmati
- Последний пост
- 18:17
- Последнее чтение
- 03:13
- Постов за неделю
- 51
- Всего постов
- 1 241
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 616
- 1/48двое суток
- 705
- 1/72трое суток
- 761
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⚠️ DIQQAT E’LON! 🔌 Olmazor va Shayxontohur tumani aholisiga 2026-yil 18-avgust kuni soat 00:00 dan 05:00 ga qadar 110/10/6 kV kuchlanishli “Vistavochnaya” podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Natijada quyidagi hududlar elektr energiyasidan vaqtincha uziladi: Olmazor tumani: ▪️ “Quyosh” MFY ▪️ “Allon” MFY ▪️ “Chustiy” MFY ▪️ “Orzu” MFY ▪️ “Ziyo” MFY ▪️ “Universitet” MFY ▪️ “Chimboy” MFY ▪️ “Zamondosh” MFY Shayxontohur tumani: ▪️ “Bog‘ ko‘cha” MFY ▪️ “Yangi shahar” MFY ▪️ “Ilg‘or” MFY ▪️ “Zafarobod” MFY ▪️ “Bo‘ston” MFY 🔧 Ta’mirlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda elektr yuklamalarini teng taqsimlash maqsadida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi. 🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 🔹AXBOROT XIZMATI
🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va yangi kelajak yaratamiz!” 🎉 Xuvaydo mahallasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. ✨ Tadbirda yurtimiz mustaqilligi, tinchlik-osoyishtalik va xalqimiz farovonligi ulug‘lanib, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish, mahalla birdamligini yanada mustahkamlash borasida fikrlar bildirildi. 🎶 Bayram tadbirida kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar va dilbar chiqishlar namoyish etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 🤝 Yagona Vatan — yagona xalq! 🇺🇿 Birligimiz — kuchimiz, mustaqilligimiz — bebaho ne’matimiz! Тelegram|Facebook|Instagram|Twitter|YouTube|Web
Prezidentimiz Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi. — Президент нашей страны ознакомился с новым терминалом для официальных делегаций международного аэропорта Ургенча. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🌿 “MAHALLA OBODLIGI VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” 🏡 “Ibn Sino” mahallamizda “Mahalla obodligi va mehr-saxovat oyligi” doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. 🌱 Hududlarni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, ko‘chalar hamda umumiy foydalanish joylarini tartibga keltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🤝 Zero, mahalla obodligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz. Mehr-oqibat, hamjihatlik va saxovat esa mahallamizni yanada fayzli va farovon qiladi. ✨ Obod mahalla — farovon hayot! ❤️ Mehr va saxovat — xalqimizning ezgu qadriyati! Тelegram|Facebook|Instagram|Twitter|YouTube|Web
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi. — Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Хорезмскую область. #Mirziyoyev #safar #Xorazm Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
📋 DXX Kubogi — Respublika bosqichi qur’a tashlandi! ⚽️ Qur’a natijalariga ko‘ra, musobaqada ishtirok etayotgan jamoalarning raqiblari aniqlandi. 🏆Toshkent shahri Shayxontohur tumani sharafini himoya qilayotgan Yangi Beltepa va Gulobod jamoalariga hamda barcha ishtirokchilarga omad, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalar tilaymiz! 🤝 Musobaqa ishtirokchilari sport ruhini namoyon etib, muxlislarga unutilmas bahslarni taqdim etishiga ishonamiz. 🌟 Olg‘a, Shayxontohur jamoalari! Тelegram|Facebook|Instagram|Twitter|YouTube|Web
📢 RASMIY MUNOSABAT ❗️Ijtimoiy tarmoqlarda Shayxontohur tumani Jangoh mahallasi hududida baxorda ekilgan koʻchatlar qurib qolganligi haqida xabar tarqaldi. 📍Mazkur holatlar to‘liq nazoratga olindi. 🔧 Qurib qolgan koʻchatlar oʻrniga yangilari ekildi, daraxtlar sugʻorildi. Holat toʻliq bartaraf etildi. Kelajakda bu kabi holat yana yuzaga kelmasligi uchun timan obodonlashtirish xodimlari tomonidan mazkur hududdagi daraxtlar va gul koʻchatlari muntazam ravishda sugʻorib turilishi belgilandi. 🤝 Muammoga befarq bo‘lmay, holat haqida o‘z vaqtida xabar bergan fuqarolarga minnatdorlik bildiramiz. Тelegram|Facebook|Instagram|Twitter|YouTube|Web
☄️ #TEZKOR Hurmatli Poytaxtimiz fuqarolari va mehmonlari! 🚨 Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi tomonidan 2026-yil 17-avgust kuni soat 08:30 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani Botir Zokirov ko'chasida joylashgan "TASHKENT CITY MALL" hududida yong'in o'chirish amaliy-taktik mashqi o‘tkazilishini maʼlum qilamiz. Mashq jarayonlarida yong‘inlarni barvaqt oldini olish, yong‘in va zilzila vaqtidagi to'g'ri harakat qilish hamda o‘t o‘chirish vositalarini qo‘llash harakatlari mujassamlashgan. Hurmatli fuqarolar! ‼️ Agarda ushbu hududda harakatlanganingizda amaliy jarayonlarga guvoh bo‘lsangiz, Xavotirga tushmang! 👉 O‘quv mashg‘ulotlari vaqtida barcha xavfsizliklar taʼminlanadi. Тelegram|Facebook|Instagram|Twitter|YouTube|Web
🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqasi doirasida 🏓 stol tennisi sport turi bo‘yicha Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi. Unda Shayxontohur tumani “Kox Ota” MFYdan Turg’unov Islombek 22-26 yosh toifasida faxrli 1-o’rinni egallab Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi Ushbu musobaqada 16–21, 22–26 hamda 27–30 yosh toifalarida jami o‘g‘il-qizlar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. 🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlar Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. 🥇 Barcha g‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz hamda Respublika bosqichida omad tilaymiz! Тelegram|Facebook|Instagram|Twitter|YouTube|Web
🌿 “MAHALLA OBODLIGI VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” 🏡 “Chorsu” mahallamizda “Mahalla obodligi va mehr-saxovat oyligi” doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. 🌱 Hududlarni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, ko‘chalar hamda umumiy foydalanish joylarini tartibga keltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🤝 Zero, mahalla obodligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz. Mehr-oqibat, hamjihatlik va saxovat esa mahallamizni yanada fayzli va farovon qiladi. ✨ Obod mahalla — farovon hayot! Тelegram|Facebook|Instagram|Twitter|YouTube|Web
#ObodMahalla #ObodXonadon #MahallaObodligi #BirgalikdaObodQilamiz Тelegram|Facebook|Instagram|Twitter|YouTube|Web
без подписи
без подписи
без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish yuzasidan sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda “Odil sudlov – 2030” strategiyasi ko‘rib chiqildi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с руководителями судебной системы, посвященную результатам судебно-правовых реформ и приоритетным задачам в этой сфере. На ней была рассмотрена Стратегия «Правосудие – 2030». #Mirziyoyev #uchrashuv #sud #strategiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” 🎉 Shayxontohur tumanining Ibn Sino mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. 🎶 Tadbir davomida tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari o‘zlarining dilrabo kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin! #Shayxontohur #IbnSino #Mustaqillik35yil #YagonaVatanYagonaXalq Тelegram|Facebook|Instagram|Twitter|YouTube|Web
Kabinetdan tashqaridagi hokim: Shavkat Umurzoqov Anhor.uz'ga intervyu berdi Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov 11-avgust kuni Chilonzor tumaniga ishchi tashrifi davomida Anhor.uz'ga eksklyuziv intervyu berdi. Suhbatda renovatsiya va qurilishlardan tortib tirbandlik, kommunal infratuzilma, tanqid va hokimning shaxsiy javobgarligigacha bo‘lgan masalalar ko‘tarildi. Ayrim savollar, xususan, faoliyatidagi eng qiyin qarori va bugun boshqacha yo‘l tutgan bo‘larmidi, degan savollar poytaxt rahbarini ancha o‘ylantirdi. ▶️ Video: https://youtu.be/umFaXO2XyKA Batafsil: https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/shavkat-umurzoqov-anhoruz-intervyu @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Olim Davlatovich Davlatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi; Ruslanbek Quroltayevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. — Соответствующими указами Президента Республики Узбекистан: Давлатов Олим Давлатович назначен на должность советника Президента Республики Узбекистан по вопросам представительных органов, негосударственных некоммерческих организаций и молодежи; Давлетов Русланбек Куролтаевич освобожден от должности советника Президента Республики Узбекистан по вопросам представительных органов, негосударственных некоммерческих организаций и молодежи. Facebook|Instagram|X
без подписи