tgindex
𝙌𝙤𝙗𝙞𝙡𝙟𝙤𝙣 𝙎𝙝𝙚𝙧𝙢𝙖𝙩𝙤𝙫

𝙌𝙤𝙗𝙞𝙡𝙟𝙤𝙣 𝙎𝙝𝙚𝙧𝙢𝙖𝙩𝙤𝙫

Статистика

𝗔𝘀𝘀𝗮𝗹𝗼𝗺𝘂 𝗮𝗹𝗮𝘆𝗸𝘂𝗺! Bolalar yozuvchisi, "Mard oʻgʻlon" hamda "Ilhom" davlat mukofotlari sohibi, 2022-yilning yil kitobi (𝗕𝘂𝘃𝗮𝗺𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗼𝘀𝗵𝗾𝗼𝘇𝗼𝗻𝗶𝗱𝗮𝗴𝗶 𝗺𝗮𝗺𝗹𝗮𝗸𝗮𝘁) muallifi Qobiljon Shermatovning sahifasiga xush kelibsiz!

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
28
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
511
+1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
356
28 постов
Вовлечённость
69,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 28
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
156
1/48двое суток
178
1/72трое суток
192

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Rahmatlik bobom Abduqahhor ota meni ko‘rsalar: “Dunyo tan olgan yozuvchi bo‘ling!”— deb duo qilardilar. Bugun bobomning duosi ijobat bo‘lib, kitobimiz dunyoda tan olindi. Qarangki, men asarga prototip qilib olgan inson — o‘sha Abduqahhor otam bo‘ladilar. — Bobo, bu kitobda men sizning qalbingizni yozganman. Maktab qurgan, bir umr ustoz va direktor bo‘lgan, lekin bir dona ham maktabning mixiga xiyonat qilmagan halol inson haqida yozganman. Duo qilsangiz, soatlab aytardingiz. Nabiralar, qo‘ni-qo‘shnilar-u qarindoshlar… Siz hammaga yaxshilik tilashdan charchamas edingiz. Sizni mahalladagilar “Katta aka” deb atashardi. Ha, siz rostdan ham mehri, halolligi, odamiyligi katta inson edingiz. Qiyofam sizga oʻxshagani uchunmi meniyam “Katta aka” deydiganlar bor. Lekin bunga loyiqmanmi, bilmayman! Jahon bolalar adabiyoti kengashi raisi imzo qo‘ygan bu diplom aslida sizniki! Bu diplom sizning naqadar yaxshi inson bo‘lganingizning, chindan ham “Katta aka” bo‘lganingizning tasdig‘i, bobo! @ShermatovQobiljon

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 11 авг.11851из bolalarkontentiuz

    #bolalar_uchun #bolalar_adabiyoti 📚 IBBY va O‘zbekiston: bolalar adabiyotida yangi davr va tarixiy yutuqlar! ​Ottavada bolalar adabiyoti bo‘yicha xalqaro kengash — IBBY’ning 40-Butunjahon kongressi o‘z ishini yakunladi. Bolalar kontentini rivojlantirish markazi rahbarlik qilayotgan IBBY’ning O‘zbekiston milliy shoʼbasi ushbu jarayonda munosib ishtirok etdi. ​Har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladigan ushbu xalqaro anjuman o‘tgan davrdagi loyihalarni sarhisob qilib, yangi bosqichni boshlab beradi. O‘zbekistonning IBBY’dagi milliy seksiyasi 2022-yilda tashkil etildi. O‘tgan to‘rt yillik faoliyat O‘zbekiston bolalar adabiyoti uchun chinakam tarixiy davrga aylandi. ​📌 Asosiy natijalar: 🏦 O‘zbekiston delegatlari uchta muhim xalqaro kongressda to‘liq huquqli ishtirokchi maqomida qatnashdi! ​2022 — Putrajaya (Malayziya) ​2024 — Triyest (Italiya) ​2026 — Ottava (Kanada) ​ 🏦 X.K.Andersen mukofoti nomzodlari Bolalar adabiyoti sohasidagi eng nufuzli xalqaro mukofotga ikki o‘zbekistonlik adib — Raim Farhodiy, ​Muhabbat Yo‘ldosheva nomzod qilib ko‘rsatildi: ​ 🏦 IBBYning  2026-yildagi faxriy ro‘yxati: Ilk bor ushbu nufuzli ro‘yxatga o‘zbek tilidagi asar kiritildi. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida 3 nafar muallif va illyustratorimiz — Madina Mo‘minova, Qobiljon Shermatov, Nargis Karimova xalqaro miqyosda tan olindi. ​ 🏦 Xalqaro grant va mukofotlar ​IBBY-Asahi o‘qish targ‘iboti doirasida "Qahramonlar vaqti" bolalar ekologik harakati loyihasining sertifikatini qo‘lga kiritdi. ​Zulfiya Seytniyazova kitobxonlikning eng yaxshi targ'ibotchisi sifatida IBBY-iRead sertifikati bilan taqdirlandi. ​ 🏦 ​Bratislavadagi XXX Xalqaro illyustratsiya biyennalesida 4 nafar musavvirimiz — Nargis Karimova, Zilola Hamidova, Dinara Mo‘minova va Sevilya Akramova asarlari ko‘rgazmaning rasmiy katalogiga kiritildi. 🏦 ​Sankt Peterburg shahrida o‘tkazilgan “Kitob san’at sifatida” V biyennalesida, 7 nafar ijodkorimiz — Zilola Hamidova, Dilzodaxon Hamidjonova, Sevilya Akramova, Aleksandr Safonov, Dinara Mo‘minova, Muhabbat Yo‘ldosheva, Nargis Karimova asarlari tanlab olindi. ​ 🏦 Vakillarimiz Italiyadagi 62- va 63-Bolonya kitob ko‘rgazmalarida hamda XXI Sankt-Peterburg xalqaro kitob salonida mamlakatimiz nomidan muvaffaqiyatli ishtirok etdi. ​🚀  Navbatdagi manzil — Ispaniya! ​Erishilgan natijalar faqat debocha. Bolalar kontentni rivojlantirish markazi mamlakat ichida bolalar adabiyotini yangi bosqichga olib chiqish va xalqaro maydonda targ‘ib qilishni davom ettiradi. 📱 Telegram | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 X

  • 9 авг.189246

    🇨🇦 Kanadaning Ottava shahrida 6–9-avgust kunlari 40-IBBY Butunjahon kongressi doirasida 2026-yilgi IBBY Honour List — Faxriy ro‘yxat kitoblari namoyish etilmoqda. Namoyish 59 mamlakatning 52 tilida yaratilgan 191 ta sara asarni jamlagan bo‘lib, ulardan 76 tasi badiiy asar, 58 tasi illyustratsiya va 57 tasi tarjima yo‘nalishidagi kitoblardir. ✅Suratda badiiy asar yo‘nalishida so‘nggi yillarda dunyoda chop etilgan eng yaxshi bolalar asarlari o‘rin olgan. Ular orasida Qobiljon Shermatov qalamiga mansub «Buvamning oshqozonidagi mamlakat» asari ham bor. 📘Quvonarlisi, ushbu kongressda nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo tarixidagi ilk badiiy asarimiz bilan ishtirok etmoqdamiz. Endilikda mazkur asarlarni xalqaro ko‘rgazmalar, tarjimonlar va nashriyotlar bilan hamkorliklar, shuningdek albatta, yangi kitobxonlar kutmoqda. @ShermatovQobiljon

  • без подписи

  • 4 авг.30123из sayyoh94

    Ajoyib hikoya! Bolangizga halollikni tushuntiradigan sodda til va qiziqarli sarguzasht! Ijidkor do’stimiz aslida shu yo’nalishni tomiriga tushib olgan ekanlar 🙂 https://t.me/ShermatovQobiljon

  • 30 июл.390275из SanjarNazar

    “Buvamning oshqozonidagi mamlakat” — Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining 2026-yil uchun “Honour List” faxriy roʻyxatiga kiritilgan O‘zbekistondagi ilk kitob bo‘ldi. 📺 4+gurung 💬 https://t.me/SanjarNazar

  • — Bu yutuqda bizning ham hissamiz borligi biz uchun ham juda yoqimli. Sanjar Nazar, Akademnashr nashriyoti asoschisi. @ShermatovQobiljon

  • Taʼtil tavsiyasi "Har qanday yoshdagi bolani qiziqtira oladigan asar — Buvamning oshqozonidagi mamlakat!" — Abdulloh Sharopov. "Akademnashr" nashriyoti direktori Sanjar Nazar, bosh muharrir Abdulloh Sharopov hamda Dilshod Nazar "Buvamning oshqozonidagi mamlakat -1, 2" haqida... Xarid: t.me/akademsavdo |+998994331677 @ShermatovQobiljon

  • 9 июл.603341

    Film shu oy oxiridan suratga olinishni boshlaydi. Hudud sifatida Parkent va Soʻqoqning goʻzal joylari tanlangan. Tarixiy muhitni ifodalash uchun biratoʻla qishloq quriladi. Jarayonni shu yerda bafurja yoritib boramiz. "Temurbek" filmini kutayotganlar bormi?

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 9 июл.55114из bolalarkontentiuz

    #bolalar_uchun #ekspertlar_kengashi “Temurbek” badiiy filmi to‘liq tayyorgarlik davriga o‘tkazildi! ▪️ Ekspertlar kengashi Buyuk Amir Temur bobomizning bolaligi va o‘smirlik yillari haqida hikoya qiluvchi “Temurbek” tarixiy-badiiy filmining rejissyorlik ssenariysi muhokamasi hamda qisman tayyorgarlik jarayoni, foto va videosinov natijalari haqidagi hisobot bilan tanishdi.   🎬 Film haqida: Ssenariy mualliflari: Yusuf Roziqov, Qobiljon Shermatov Rejissyor: Akbar Bekturdiyev Studiya: “Cinema of Central Asia” 📌 Qizg‘in o‘tgan muhokamalardan so‘ng “Temurbek ” loyihasi qisman tayyorgarlik jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish sharti bilan to‘liq tayyorgarlik bosqichiga o‘tkazildi. 🚀 Bolalar kontentini rivojlantirish markazi ijodiy guruhga omad tilaydi! 📱 Telegram | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 X

  • 7 июл.342225из bolalarkontentiuz

    #bolalar_uchun #xushxabar 🎉 Oʻzbekiston bolalar adabiyoti ilk bor IBBY — 2026 Faxriy ro‘yxatida! 📚 Xalqaro bolalar va o‘smirlar adabiyoti kengashining (IBBY) 70 yillik tarixida ilk marotaba o‘zbekistonlik ijodkorlar nufuzli Faxriy ro‘yxatdan (IBBY Honour List – 2026) joy oldi. 🖋 Faxriy ro‘yxatdagi ijodkorlarimiz: ✍️ Qobiljon Shermatov — “Muallif” yo‘nalishi bo‘yicha “Buvamning oshqozonidagi mamlakat” dilogiyasi uchun (“Akademnashr” nashriyoti); ✍️ Madina Mo‘minova — “Muallif” yo‘nalishi bo‘yicha “Qahramonlar vaqti” eko-seriyasidagi “Zahramahr qo‘rquvlari yoxud hamma narsaga kim aybdor?” eko-kitobi uchun (rus tilida, “Asian Book House” nashriyoti); 🎨 Nargis Karimova — “Illustratsiya” yo‘nalishi bo‘yicha “Toshkent Ali va La’li bilan” nomli rasmli yo‘lko‘rsatkich kitobining ajoyib vizual uslubi uchun (“Asian Book House” nashriyoti). 📌 Bu natija Bolalar kontentini rivojlantirish markazi qoshidagi IBBY Oʻzbekiston milliy seksiyasining tizimli mehnati samarasidir. ▪️ Bolalar kontentini rivojlantirish markazi mualliflar hamda nashriyotlar jamoasini ushbu tarixiy debyut bilan tabriklaydi! 📱 Telegram | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 X

  • без подписи