Sayyora Erkayeva | Kreativ bloging
Статистика⚡️ Man bilan uy bekalikdan biznes ladyga aylanasiz 💸 Noldan +1000$ daromadga chiqqanman ❗️ Har qanday biznesni rivojlantirish yo’llarini o’rgataman 💥 Bepul darslar
- Последний пост
- 27 июн.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 31
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📆 Kunlar o’tgani sari nimadir qilishim kerakligini tushunib, o’ylab-o’ylab SMM sohasini rivojlantirishga qaror qildim. Faqat o’zim uchun, hislarimni ochish uchun. Savdo va pul man uchun ahamiyatsiz bo’lib qolgandi. Asta-sekin yana kurslar sotib oldim. Avvaliga 150 000, keyin 900 000, 1 000 000 xullas yemay-kiymay faqat kurslarda o’qishni boshladim. Pullik, bepul, marafon har ko’yga soldim bu boshimni lekin hech natija ko’rinmasdida🙁 ❗️Har ishda eng boshidan muvaffaqiyat qozongan qiz emasmanmi — bu man uchun juda og’riqli va qiyin edi. Eng yomoni yaqinlarim, erimdan: qachon endi o’sha pullarni topasan, qani pul faqat og’zingda bu gaplar degan kesatiqlar eshitganman. Maylida ishonmasanglar ishonmanglar baribir ko’zlagan maqsadimga yetaman deb harakatdan to’xtamadim. Oxir-oqibat siz ko’rib turgan 100+ lab o’quvchilar ustozi, oylik daromadi 1000$+ bo’lgan ekspertga aylandim. Bu maning hikoyam edi. To’g’ri juda ko’p qisqartirishlar kiritdim lekin asl mazmun shu — ba’zi jarayonlar uzoq vaqt va mehnat talab qilishi mumkin. Muhimi chekinmaslik — men uddalayman degan ichki ishonchda qolish. Endi navbat sizga, sizni hayot hikoyangiz qanday? Izohlarda yozing, birga o’qiymiz ❤️
Navoiyda yer qimirladi 🤯
Eng muvaffaqiyatsiz ishim. Yoxud kutilmagan omadlarga erishish tarixim. 👩🎓 Hayot yo’lim 9-o’rinda davlat granti asosida talaba bo’lganimdan boshlanadi nazarimda. Aynan shu kundan o’zimni juda muvaffaqiyatli va omadli sanaganman. Ilk o’qish kunlaridan guruh sardori etib saylandim. Xullas 20 yoshli Sayyora uchun bular ulkan yutuq edi. Asta-sekin kosmetika sotuviga kira boshladim. Avvaliga o’zim uchun, keyin boshqalar uchun ham yetkazib berdim. Shunday kunlarning birida agar Faberlic kompaniyasiga 3 ta odam a’zo qilsam opacham “tilla sepochka” sovg’a qilishini aytdi. Ana endi yuragim yonishi ko’ringda. 3 ta odam nima bo’pti deb 1 katalogda 27 ta odam a’zo qilganman. Biri ashriq biri mashriq tarafdan. Ana-mana 2 katalogda “DIREKTORLIK” pog’onasiga chiqanman. Oyliklar, kamanda mehri, mani pulsiz qoldirmaydigan savdo, sepimni FABERLICdan to’ldirib oila qurganman. Tabiiyki tez kunda homiladorlik davri boshlanib, toksikoz bilan bu ish manga zavq bermay qo’ydi. 🫠 Maylida deb qolgan pullarimni ishlatib yursam “MENTALNIY ARIFMETIKA” fani ommalashib ketyapti (2019-yil haqida gap ketyapti). Tavakkalchi qizmasmanmi shu sohani o’rganish uchun 1-darsi bepul kursga bordim. Mutaxassisligim informatika va o’qituvchilik genimda bo’lganiga bu soha manga ma’qul kelib, 2-darsga borguncha naqt 14 ta o’quvchi yig’ganman. 3 xil lokatsiyada narxi 100 000 so’m, u vaqtlarda ota-onalar boshlang’ich sinf bolalariga bu pulni berishga tayyor emasdi. Lekin man uddalab ota-onalarni shunga rozi qilganman. Ana endi ishim yana besh. Hattoki ishonmaysiz shu yo’nalish bo’yicha shogirdlar ham chiqarganman. Shu o’rinda mani hayotdagi eng katta yutug’im ideal vaziyat kutmasdan harakat qilganim deb bilaman. Bo’lmasa o’zi 1 ta darsni olib kurs ochardimmi. 🤢 Shu orada davlat ishida ham ishladim, ham mental arifmetikadan to’garak o’tib pullarimni yig’ib kir yuvish mashinasi va pilesos olganman, shunchalar qadrli bu buyumlar man uchun. Dekretga chiqib ona yurtim Qiziltepaga borib o’quv markaz ochaman deb turganda, kutilmaganda 32 haftada farzandim tug’ilib karantin boshlangan. Bu ish ham tugadi karantin sabab. Asta-sekin yana pul muammosi boshlandi. Har doim o’zini shaxsiy ehtiyojlari uchun pul topib o’rgangan qiz sifatida bunga ko’nika olmadim. O’ylab-o’ylab, oxiri endi ommalashayotgan online savdo sohasiga kirishga qaror qildim. O’zim tushunadigan kosmetika sohasida boshlab kengaytirdim. Navoiyda turib “TOSHKENTLIKLARGA” dostavka jo’natganimga qoyil qolamanda😀. Juda ko’p qizlarga optom tovar tarqatadigan bo’ldim, mijozlarim mehrini qozondim. 128 000 bilan boshlangan biznesim magazin ochish darajasida kengaydi. Joy bor, klient bor, hatto o’zim uchun YTT ochtirdim. SMM sohasini ham aynan shu online telegram kanalimni rivojlantirishdan boshlaganman. 🥺 Shu vaqtda Yaratgan boshimga man umuman kutmagan sinovlarni berdi. Avval dadamdan, keyin esa 9 oy ichida onamdan ayrildim, va manda aynan pul ishlab topishga bo’lgan qiziqish butunlay yo’qoldi. Shunchaki nafas olib turardim bundan o’zimni cheklolmasdim. Chunki bu vaqtda mani vujudimda 7 oylik homilam bor edi. Ana shunaqa qilib salkam 3 yil o’tgan bo’lsada manga narsa buyurtma beradigan sodiq mijozlarim bilan ishni tugatganman. Shu yo’sinda yashay boshladim …
“Yaxshimi yoki yomon?” Bir xislatim bor shu sabab ba’zida qadrlansam, ba’zida shu fe’lim sabab ishonchimni suiste’mol qiladiganlar ham topiladi. 😊 Bu fe’limni ayniqsa men bilan ishlaganlar va o’quvchilarim juda yaxshi bilashadi. Hech berganimdan ko’nglim to’lmay, olganim uchun cheksiz quvonadigan nazarimda haqini ado etolyapmanmi deb o’ylab qolaman. Mani davomiyligi 1 oylik kursim kamida 1,5-2 oy, kelishilgan kelishuvdagi kontentlar 5 ta bo’lsa 7 taga yetadigan vaziyatlar juda ko’p. ❤️ Balki shu sabab o’quvchilarimning eng sevimli ustozi, ish beruvchilarning davomiy ishlagan SMM mutaxassisi sifatida kasbimda faxr topib kelyapman. 👉 Manga ishonib xoh kursimga, xoh xizmatimga murojaat qilgan har bir insonga maksimal darajada o’zimga juda katta yukni olib bo’lsada bor bilim va tajribam bilan yordam berish mani eng katta hayotiy missiyalarimdan biri. ❗️Axir hech bo’lmaganda 1 ta ayol va qizlarimiz man bergan bilim sabab rivojlanib oilasi va o’zi uchun daromad olsa — bundan ortiq baxt bormi? ✅ Aslida hozirgi hayotim va holatim mani 2 yil oldingi sizga kecha aytgan yo’qotish va o’zimni topolmayotgan vaqtimdagi niyatim edi: “Allohim mani har doim foydali va kerakli qil. Bilimim bo’lsin, e’tiborim bo’lsin, moddiy manfaatim bo’lsin har birini berishim avvalo sani roziling uchun. Qalbimni har doim keng qil 🤲”. Shu sabab ba’zida mayli bu fe’lim qadrlanmasa ham mayli deya yo’limda davom etib shu qadriyatim bo’yicha davom ettaveraman. Sizchi? Siz ham menga o’xshaysizmi?
QALBIMDA QOLGAN ALAM 😢 yoxud dadam bilan ko’rgan futbol qissasi. 🗣️: siz ham futbolga qiziqasizmi deb so’rasangiz, JAVOBIM: yo’q 🙃 ❗️Lekin O’zbekiston jahon chempionatiga chiqan har soniyani, gollarini qayta-qayta ko’rdim. Buni sababini hozir sizga tushuntiraman. Necha yoshligim esimda yo’q esimni tanigan vaqtlarim, 12 yoki 16 yil oldin… 🏡 Uyimizda jahon chempionatini hamma tomosha qilyapti dadam,akam xullas televizor qarshisidamiz ⚽️. Aniq eslolmayman o’yin qanday kechganini lekin hayajonli baqir-chaqirga boy bo’lgandi. Dadam, akamlarga qarab hayajonlanib, ularni quvonchi uchun yutishimizni xohlayapman. Hisob yo ochilmagandi yoki durang edi o’yin tugayapti. 📌 FAKT: manimcha bu Mirjalol Qosimovning eng oxirgi o’yinga tushishi edi, uni tushirishmadimi yo kech tushirishdimi uyda shuni rossa muhokama qilishib norozi bo’lishgandi. Eng qiziq joyini aytaymi o’shanda ham qaysi jamoa bo’lsa ham o’yinni cho’zish uchun sal narsaga yiqilib yotib olishgandida 🤯. 🕚 Oxirgi daqiqalarda Mirjalol Qosimov penaltilar seriyasini urishga erishgandi lekin gol urilmagandi. Va o’yin tugadi … 💔Voy yuragim rossa qattiq og’rigandida shunda nega yutqazishdi deb, aytganimday o’shanda manimcha dadam va akamlarni quvonchi uchun ham rossa xohlaganman futbolchilarimiz yutishini. ❤️🔥Xullas o’sha futbolni hech unutolmayman, umuman bitta koptokni ortidan 24 kishi maydonda nega yugurishini tushunolmayman. Lekin vatan tuyg’usi o’sha qalbimda qolgan mag’biliyatdan keyin har doim o’zimizning jamoa FUTBOLI bilan qiziqaman. Hammasini ko’rmayman asabim chiqamaydi, faqat oxirgi hisob qiziq. O’yin tugagandan keyin esa qayta-qayta urilgan gollarni ko’raman, bu manga boshqacha adrenalin beradi 😇. 👏 Nima bo’lganda ham bugungi o’yin uchun judayam xursandman, jahon chempionatigacha bora olishdi futbolchilarimiz BARAKA TOPISHSIN. Xudo xohlasa manam niyat qildim 3 o’g’limdan biri balki keyingi jahon chempionatlaridagi “OLTIN GOLLAR” muallifi bo’lishar 🤲.
💔 Yetimligim xabarini onamdan eshitganman. Odatiy qish kunlari uyimda bolam bilan,kichik online biznesimni rivojlantirib yurgan vaqtlarim. Biroz shamollaganman, onam uyingda bo’l o’zim boraman, suyak sho’rva qildim hozir dadang bilan qishloqqa ham berib yubordim deb qoldila. Ha xop deb onamni kutib tursam. Qo’ng’iroq bo’ldi ko’tarsam onam dadangni yo’lda mazzalari bo’lmapti yonlariga ketyapman deb xavotir to’la ovoz bilan o’chirib qo’ydila. Ichim muzladi ana dedim o’zimga qara Sayyora xudo sanga har safar belgi beryapti, tezroq ulgurib qolishing kerak ko’nglingdagi niyatlarni qilishga dedim, yuragim siqilib yig’ladim. Ammo yo’qotish qo’rquvim yo’q. Sababi dadam anchadan buyon yuraklariga qo’yilgan stend bilan yurardilar. Ora-orada shunaqa holatlar bo’lib tuzalib ketardila. Dadamga nok oboraman dedim xayolimga negadir shu keldi, u oboraman, bu oboraman degan xayolla bilan band edim. Shu vaqt telefon jiringladi ko’tarsam onam Sayyora o’zingni bosib qo’lga ol endi dadang yo’qqqqq - NIMAAAAAA - O’zingni bos yig’lama dedim biz ketyapmiz san ertaga ertalab borasan … - YO’Q ONA SHOSHMANG, hozir boraman, Nima bo’ldi, Nega bunaqa bo’ldi deyolmadim … - Onam ham kutilmagan vaziyatdan streesga tushib mani qayg’urmasin deb tinchlantirish yo’llari edi bu. Qani endi onam urushganlari bilan bu o’tib ketsa. ❤️ Dadajon, dadajonim deb baqirdim. Eng alam qilgani 25 yoshimgacha hali dadamni biron marta o’zlarini dadajon deb chaqirmaganim edi. Yuragim shunchalar og’ridi o’shanda tushundim dadamni qanchalar yaxshi ko’rishimni, ular manga juda kerak ekanliklarini. Lekin kech edi 💔. Shu ko’yi qancha turdim bilmayman bir vaqt ko’zim 2yoshli o’g’limga tushdi, qo’rqib ketganidan manga qarab turardi, endi uni bag’rimga bosib davom etdim. Mani his qilib jim qimirlamay turardi bag’rimda. Shu bilan qaynona-qaynotam kelib mani olib ketishdi. Yo’l bo’yi jim ketdim, xayolimda hammasi xatolik kutilmagan vaqtda yaxshi xabar eshitaman. Qizlik uyimga borsam tumonat odam, kim baqirgan, kim yig’lagan man esa onamni izlayman. Onamni bag’rimga bosgim kelyapti, onam esa dadasi nega bolalarimizni yetim qilib ketdiz, kimga tashlab ketyapsiz deb yig’lardila. Nahotki endi biz ham yetim edik. Bu so’z lug’atimdagi eng og’ir va ayanchli so’z edi nazarimda faqat yosh juda qiyin ahvolda qolgan bolalarga atalgan so’z. To’g’ri oila qurgan, farzandli bo’lgan kasb-korli bo’lgan katta inson edim. Lekin man haliyam hatto aptekaga ham o’rniga dadasi boradigan erkatoy qizaloq edim o’sha ongacha. 💔 O’sha onda man hayotdagi eng qadrli, tanam va ruhim quvvati bo’lgan ta’riflab berolmaydigan darajada suyanch va g’amxo’rlik qiladigan insonimdan ayrilgandim.
Ox meni birinchi onaligim O’ylab qarasam ONALIK menda nafaqat tana balki ruh charchog’i bilan kelgan ekan. 1-farzandim o’ynab-kulib 30 haftalik bo’lguncha ishlagandim. Baraka topishsin maktabda 8 soat darsni 5 kun 2 smenaga qo’yishgandi. Yana kamiga mentalni arifmetika kirib kelgandanoq o’rganib kvartiramizda, qizlik va kelinlik uyimda ham to’garak o’tardim. Xullas mazza qilib ishlagandim. 30 haftaga yetdi man dekretga chiqdim, oldimda 2 ta tanlov shaharda qolish yoki qishloqqa kelinlik uyimga qaytish. Turmush o’rtog’imga qolsaa shaharda qolishni xohlaganlar. Men esa ketishni sababi kamina Qiziltepada “Mentalni arifmetika” bo’yicha o’quv markaz ochishni niyat qilib yurgandim va yana Onam meni kutayotgandilar 🥹.Bolangni birgalashib katta qilamiz, tez-tez biznikiga kelib turasan derdilar. Vaqti soati yetdi 1-fevral biz qishloqqa qaytdik. Ko’chib borish osonmi 1 hafta joylashdik, uni yuv, buni o’rniga qo’y qildik oyijonim, onam uchalamiz.Endi men niyatimni amalga oshirish uchun vaziyat kutyapman. LEKIN afsus 10-fevral menda kutilmagan erta tug’ruq boshlandi 30 hafta 5 kunlikmiz o’shanda. Gnikolog tug’ruq boshlangan deganda qo’rquvdan zalga chiqiboq onamga qarab yig’lab yuborgandim 🥲. Meni zudlik bilan shahar tug’ruqxonasiga yuborishdi sababi erta tug’ilgan homilani saqlab qolish uchun tumanimizda yetarli sharoit yo’q ekan. O’shanda onam-dadam yonimda biz tug’ruqxonaga keldik kerakli davolash boshlandi. Oradan 3 kun o’tdi meni uyga javob berishdi. Men tajribasiz ONA ana bo’ldi hammasi o’tdi deb o’ylab xursandman. Onam o’shanda jon kuydirib Sayyora jon bolam egilib “oyog’ing ostidagi yostiqni olma” derdila. Ha xo’p derdimu qayoqda nazarimda hech qayerim og’rimayaptiku deb yuraverdim, o’zimcha hadeb yotishga uyalib. Ex o’shanda har kun bolamni xavfga solayotganimni bilmasdim … davomi bor
Men haqimda 3 ta fakt 1. Yoshim 28 da, lekin qorong‘ulikdan hamon qo‘rqaman Ha, bu unchalik faxrlanadigan fakt emasdek tuyulishi mumkin, lekin bu menman. Qorong‘ulik, baland ovoz va yolg‘izlik — bu “kattalarning qo‘rqmaydigan narsalari” ro‘yxatida bo‘lishi kerak bo‘lsa ham, menda bor. Ishonasizmi, ikki farzandim bilan uyda yolg‘iz qolgan kunlarimda uxlolmay chiqaman. Derazaga termulib, har tovushni eshitib, yuragim “duk-duk” urib yotaman. Yaxshiyam shaharda yashayman. Yaxshiyam yonimda doim odamlar bo‘ladi. Shu qo‘rquvdan qutulolmayapman. Fobiya bo‘lsa kerak. Lekin bu menga ish qilishimga, loyihalar yaratishimga, auditoriyamga ilhom berishimga xalal bermaydi. 2. Men qanday ko‘rinsam, aslida shundayman Ba’zida odamlar hayotda “Instagramdagi kabi emas” bo‘lishadi. Menda esa teskarisi: qanday ko‘rsangiz, xuddi shundayman. Bosiq, xotirjam, yonib ketmaydigan, sokin insonman. Bir qarashda menga qanday baho bersangiz — aslida ham shundayman❤️🔥 Lekin ba’zida odamlar bor, ataylab bezbetlik qiladi. Shunda ham ichimdan “bir nima desammi?” degan fikr kelsa ham, lekin “ko‘ngliga og‘ir botmasin” deb jim qolaman. 3. Men orzularimdan hech qachon osonlikcha voz kechmayman Bilaman, hammamizda orzular bo‘ladi. Lekin ularni rostdan ham chin yurakdan xohlasangiz, yuragingizda olovdek yonib, o‘zingizga ishonib-ishonmay turganingizda, sinovlar ketma-ket kelayotganida ham qo‘yib yubormaganingizda — u orzu emas, maqsadga aylanadi. Men universitetga 3-urinishda kirganman. 2 yil yiqilganman. Oson bo‘lmagan. SMM sohasini o‘rganishni boshlaganimda kursimning 2-haftasida dadamni yo‘qotdim. Hammasini tashlab ketishim mumkin edi. Lekin ichimda bitta gap aylanib turdi: “dadamni xursand qilishga ulgurmadim, onamni xursand qilay”. Balki Alloh o‘zining sabr sinovini bergandir. Lekin men to‘xtamaganman. To‘g‘ri, hozir balki o‘sha paytdagidek kuchli emasdirman… Lekin hali ham yuragimda bir istak bor: ilmim, tajribam orqali boshqa ayollarga kuch berish. Maslahatim — yuragingizga quloq soling. Qo‘rqsangiz ham, boshqalardan sust bo‘lsangiz ham, kech deb o’ylasangiz ham, to‘xtamang.
Tegib ketgan - bugungi gap ❗️Bugun bir hamkasb dugonamni kanallarida ovozli xabarga ko’zim tushdi, odatda ovozli xabarni ochib eshitmasdim negadir shu xabarni eshitdim. Eshitdimu miyamga chiqib ketsada - berilgan insaytlar. Xullas gap bunday hozir ko’pchilikning muammo - storiesda prasmotrlarni oshirish. Audioda esa nafaqat stories axvatlarini balki blogni raketa qilib uchirish usuli aytilgandi. Bu kitobiy gaplar emas, ayni haqiqat edi. Aslida audioni ekspertlarimga foyda berar deb eshitmoqchi edim qarasam o’zimga kerak gaplar ekan. Blog rivojida harakat muhimligini juda ajoyib misol bilan tushuntirdilar dugonam Sadoqat. Aytingchi siz lalaygan odam bilan birga bo’lishni xohlardingizmi 🤣. Pozitiv odamlar bilan bo’lishni xohlaysiz to’g’rimi, unda nega blogda o’zingizni ochmaysiz ( shaxsiyat) tomonlama deyilgandida Miyamga chiqib ketdi bu fikr, storiesga chiqishni xohlamaydigan ekspertlarimga zo’r misol bo’ldi bu. Hammalariga aytdim endiyam storiesga chiqishmasa uyatda. Tan olaman o’zim ham oxirgi vaqt lalayib yurganimni his qivordimda shu joyida. To’g’ri deyarli 2 yildan beri homiladorlikda edi, yana yetmaganiga sinovlar lekin baribir nimadir qilsam bo’lardi degan fikr boshimda aylanadida. Endi tiklanib blogimda o’zimni yangi qiralarimni tortinmay, aniqrog’i lalaymay ochmoqchiman 😎. Shunga sizam meni qo’llab turing reaksiyalar bilan. Bilaman hozir blogimda hech narsaga qaramay men bilan qolgan haqiqiy “yaqin obunachilarim” qolishgan, sizni padejkangiz hozir menga muhim.
BAXT nima sizga aytaymi? Yarim kechasi 2dan o’tib charchab ishdan qaytsada eringiz uy uchun kerakli narsalarni olib kelishida. Ertalab o’zing tushib olasan demasdan, sizga mehr va e’tibor ko’rsatganida. Balki siz buni oddiy vazifa deb hisoblarsiz, lekin man yostig’im ustiga keltirib qo’yilgan bu shkalatda ulkan muhabbatni ko’raman. ❤️ Turmushimizni 15-kunidan mustaqil bo’lib, talabalik sabab alohida chiqib kelganmiz, shundan buyon ko’p qiyinchilik bo’ldi, tushunmovchiliklar bo’ldi. LEKIN turmush o’rtog’imdan juda minnatdorman, qila oladiganlarining eng yaxshisini har doim oilamiz uchun qildilar. Eng muhimi manga yordam kerak bo’lgan har holatda yonimda bo’ldilar. Eng yaqinlarimni yo’qotib qalbim singan pallalarda manga suyanch bo’lib man BORMAN dedilar. Ayniqsa oxirgi kunlarda farzandlarimni betobligidagi bu g’amxo’rlik juda qadrli. Erim kanalimda yo’qlarda, bo’lmasa 1 qop semirardilar bu maqtovlardan 😄. Hozir o’ylab qoldim munosabatlarimizda bir oltin qoida bor ekan. - Bir-birimizni kamchilik va xatolarimizni deyarli eslatmaymiz, shuni qurol qilib payt poylamaymiz. Ko’proq muvaffaqiyatli ishlarimizni e’tirof etib bir-birimiz bilan har doim faxrlanamiz❤️. Ishonamiz hali hamma orzu-maqsadlarimizga birgalikda sevgida erishamiz. - Hayot yo’limdagi bu insonim uchun avvalo yaratganga, so’ngra bizga qalbi sevgi va e’tiborga to’la farzand o’stirganlari uchun qaynota-qaynonamdan, MINNATDORMAN! Har bir qizga eng kamida shunday suyanch bo'la oladigan, mehribon turmush o’rtoq nasib qilsin deyman 🤲 P.S. bananni rasmga tushirishga ulgurmasimdan o’z missiyasini bajarib bo’libti 😉
без подписи
"Hammasini sinab ko‘rdim, lekin hech narsa o‘xshamayapti!" — Nega siz to‘xtab qoldingiz va qanday bundan chiqish yo‘lini topish mumkin? Siz reelslar montaj qilasiz, postlar yozasiz, blogingizni reklama qildirasiz... Ammo obunachilar ko‘paymayapti, sotuvlar o‘sha-o‘sha, oxvat esa attraksion tepaliklariga o‘xshaydi — bir yuqoriga, bir pastga. Go‘yoki hamma usullarni sinab ko‘rdingiz, lekin natija — nol. To‘xtang. Bu — boshi berk ko‘cha emas. Bu — strategiyani o‘zgartirish kerak degan signal. Nega shunday bo‘layapti? 1. Eskirgan uslublarni takrorlayapsiz 6 oy oldin ishlagan metodlar bugun ishlamasligi mumkin. Algoritmlar yangilanadi, auditoriya shablonlardan zerikadi — sizga yangi ko‘z qarash kerak. 2. Miqdorni sifatdan ustun qo‘yyapsiz 100 ta “shunchaki” reels = 0 mijoz. 1 ta o‘ylangan voronka = 10 ta mijoz. Farq sezilyaptimi? 3. Algoritmlarga qarshi yolg‘iz kurashyapsiz Yangi uslublar va analiz bo‘lmasa, siz o‘zingiz ham sezmagan holda o‘sishingizga to‘sqinlik qilayotgan xatolarni ko‘rmay o‘tkazib yuborishingiz mumkin. Endi nima qilish kerak? 1-qadam: To‘xtang Endi “g‘oyalarni devorga uloqtirish”ni bas qiling. Bir oz tanaffus oling va mana bu savollarga javob bering: - Qaysi kontent sizga haqiqiy mijoz olib kelgan? - Obunachilar qayerda sizdan “uzilib” qolmoqda? (post o‘qimayapti, profilga o‘tmayapti) - Obunachilar so‘rovlarda nima deb yozmoqda? 2-qadam: Yangi yo‘llarni toping Masalan: • Reels ishlamayaptimi? Karusel postlarini sinab ko‘ring. • Oxvat tushib ketdimi? Sahifangizni yangi dizayn bilan qayta boshlang. 3-qadam: Blogingizni qayta yig‘ing Blog — bu tizim. Bir qismi ishlamasa, butun mexanizm buziladi. Mana bu savollarga javob bering: • Profil sarlavhasi auditoriyaning muammosini aytib bera oladimi? • Highlightsda “Salom”dan “Sotib olish”gacha yo‘l bor-mi? • Kontentingiz haqiqiy muammolarni hal qilyaptimi yoki faqat life kontentmi? Hamma ham bilmaydigan sir: Katta natijalarga erishish ko‘pincha yangi taktika bilan emas, fundamentni qayta ko‘rib chiqish bilan sodir bo‘ladi: - Siz kimga yordam beryapsiz?- - Qanday og‘riqni yengillashtiryapsiz? - Nega odamlar aynan sizni tanlashi kerak? Ba’zida “Qanday qilish kerak?” savolidan ko‘ra “Nima uchun?” degan savol ko‘proq yordam beradi.
❗️Sizga hozir manga juda katta stressdan chiqishimda yordam bergan sehrli usul haqida gapirmoqchiman. 🥲 Har bir ayol boshidan kechiradigan, qiyinchilik, uyda o’tirib qolish, pulsizlik, xayolan atrofdagilar bilan urushish hech narsaga ko’nmaslik, hamma zo’r yashayaptiyu faqat men hech narsani uddalay olmayapman degan fikrlar, holatlar menda ham bo’lgan yana ustiga ustak yolg’izlik ota-onamdan ayrilish, farzandimni yo’qotish, turmush o’rtog’imni ishdagi inqirozlari. ✨Lekin bularni hammasini imkon qadar yengil qabul qilishga, isyon qilmaslikga, bir yig’lab yana yo’limda davom etgishga o’zimni majburladim.Eng asosiysi hech kimdan xafa bo’lmasligim kerak edi va men buni UDDALADIM. 🔥 Buni siri esa O’ZIMNI BAND qilganimda. Ha o’qish bilan izlanish bilan band bo’lib miyamda muammolarni o’ylashga vaqtim qolmaganida deb bilaman. Nafaqat yo’nalishim balki aqliy va ruhiy o’sishim uchun ham izlandim. Eng og’ir kunlarda eng ko’p shukr qilgan narsa bajaradigan ishim borligi, atrofga kerak ekanligim edi. Bilasizmi turmush o’rtog’im WIFi uchun pul to’lab bersala bo’ldi mandan baxtli inson yo’q edi 3 yil oldin 😁 . Esimda xijolatda har oy WiFI uchun pul to’lov qilishlarini so’rardim. Qani natija, qachon edni natija kabi gaplarni aniqrog’i malomatlarni ham eshitganman bir vaqtlari, to’g’ri xafa bo’lganman lekin niyatimdan qaytmadim, chekinmadim. Natijada bugun xoxish-istaklarini o’zi amalga oshiradigan, erkin ayolga aylandim. Ertaga vaqt topib sizga 3 yilda nimalarga erishganim haqida aytib beraman, xopmi? Aslida gap natijada ham emas, muhimi ayol o’z xayollarini band qilishida. Sizga ham tavsiyam o’z sevadigan kasbiz va ishiz bo’lsin. Shunda har qanday vaziyatda o’zingizni kuchsiz sezmay yana davom etish uchun sababingiz bo’ladi.
Aytmadimmi sizga g’oyalarimni amalga oshirishiga jiddiy kirishdim deb.Bugun bolajonim 20 kunlik bo’ldi Men esa asta-sekin ish va o’qish rejimiga qaytyapman
“G‘oyalarni amalga oshirolmaslik haqida” ✨ Kimdir siz ham eplaydigan, qo‘lingizdan keladigan ishni bajarib muvaffaqiyatga erishayotganida tushunarsiz - Men ham qila olardimku - Nega aynan shu ishni men boshlamadim - Bu g‘oya menda ham bor ediku, degan tushunarsiz hislarni his qilasizmi? Menimcha, javobingiz — ha. 👉 Men ham shundayman. Boshqalar men bajara oladigan ishni bajarib muvaffaqiyatga erishganini ko‘rsam, o‘zimni urishishni boshlayman. G‘oyalarimni vaqtida ushlab qolmaganimga afsuslanaman. Shularni o’ylab bir narsani sezib qoldim, doim bir xil tugarkan. ✅ G‘oya keladi ✅ Ideal qilishni o‘ylayman ✅ Vaqt o‘tadi ✅ Ikkilanaman ✅ Keyinga qoldiraman va oxirida o‘sha g‘oyani boshqalar amalga oshirganini ko‘raman 🫠 Ko’pchilikning muammo aslida g‘oyaning yo‘qligida emas balki o‘ziga ishonmaslikda. Biz ko‘pincha muvaffaqiyatga erishgan odamlarni kuchli deb o‘ylaymiz. Aslida esa ular harakat qilganlari uchun muvaffaqiyatga erishishgan. Aytmoqchi bo’lganim “bilganimiz emas - bajarganlarimiz ertangi kunimizni qanday o’tishini” belgilab beradi. Kichik bo’lsada muntazam harakatlar natijasi vaqti kelganda o’zingizni ham hayratlantirishi aniq. Men ham hozir shu kichik qadamni o’tayapman, vazifa sifatida har kuni post yozayapman🫠. Boshqalar uchun oson, kundalik ishdek qaraymanu - o’zimga kelganda yaxshigina qiynalyapman. Mayli shunaqa bo’lsada imkon qadar harakat qilyapman oldinda yana 35 KUN BOR, QANI UDDALAY OLARKANMANMI? Bu yo’l oxirida yaxshigina mativatsiya kutyapti meni 😀
Bahonalar qachon tugaydi? 🚫 Oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erisholmasligimizning asosiy sabablaridan biri bu - o‘z-o‘zimizni aldashimizdir. Ya’ni maqsadga olib boradigan harakatlarni bajarish uchun qulay fursatni kutish, atrofga, insonlarga bog‘lash ... Qanday qilib deysizmi? Keling buni misollar orqali ko‘rib chiqamiz: - hozir farzandlarim yosh, katta bo‘lishsin keyin men ham o‘z xoxishlarimni bajaraman; - hozir ob-havoni ko‘ryapsizku, kunlar ilisin keyin yugurishga chiqaman; - menga juda kerakli darslar bor ekan kursda,lekin bu oy maoshimni ishlatib bo‘ldim,keyingi safar albatta qatnashaman. Bu jumlalar sizga ham tanishmi?! ❗️Unutmang o‘zingiz yoki atrofingizdagi insonlar yuqoridagi kabi gaplarga maqsadlarini bog‘lashgan bo‘lsa, bilingki bular shunchaki bahona. O‘z-o‘zini aldash! ⏳Vaqt bu - inson hayotidagi eng qimmatli omildir. Yo‘qotilgan vaqt ortida esa qo‘limizdan chiqargan, qayta takrorlanmas imokoniyatlarimiz turadi. ❌Siz imkoniyatlarini qo‘ldan chiqaruvchi, bahonalar bilan o‘zini chalg‘ituvchi, muammolar girdobiga tushib oxirida pushaymon bo‘lib qoluvchilardan bo‘lmang. ✅Siz maqsadlari sari bahonalarsiz, barcha imkoniyatlardan foydalanib go‘zal hayotini o‘z qo‘li va izlanishlari bilan yaratuvchilardan bo‘ling. 🎈Go‘zal hayot sari harakat kichik qadamlardan boshlanadi. Hoziroq qo’ygan maqsadingiz uchun kichik bo’lsada harakatni amalga oshiring. Masalan: - ertalab yurishga chiqish uchun kiyimlaringizni tayyorlab qo’ying - ertalabdan telefon ko’rib fikringiz bo’linmasligi uchun kitobni yostig’ingiz yoniga qo’ying - ertaga kun davomida qilishingiz kerak bo’lgan ishlarni rejalashtirib yozib qo’ying va h.k 🫠 Bu post eng avvalo o’zim uchun, qo’rquvlar tugadi endi oldimga qo’ygan maqsadlar uchun TO’G’RI va MUNTAZAM HARAKAT qilishim kerak.
💫 ALLOH insonlarga doim tanlov va xulosa uchun imkon beradi. ❓Qanday qilib bilasizmi ? ❗️Sizga va bizga ko'rib, eshitib xulosa qilishimiz, xatolarimizni payqashimiz uchun turli xil vaziyatlar berarkan ( Bu rasm, video, hikoya, musiqa, ko'chadagi tarbiyasizlik qilgan inson, qo'pol taksis xullas har xil holatlarda) 💯 Natija bizga bog'liq ko'rolsak, sezolsak marra bizniki ❌Yo'q bu menga tegishli emas deb qochgan sari yana usha vaziyatlar bizga berilaveradi . Boshimiz toshga tegaveradi, xatolar qilaveramiz ... ♥️ Allohdan esa madad kutamiz Aslida esa javob yonimizda bo'ladi, o’zgarish imkoni esa qo’limizda. Xulosa qilishim uchun bir vaziyatga berildi bugun menga. 🤦♀Men hozirgina 3 yoshli bolamni arzimas harakati uchun urushdim . Va shu payt bu videoga ko'zim tushdi Bu menga belgi edi balki sizga ham ⁉️O'zim bilmasdan yuragim bo'lagini sindiryotganimga belgi edi va to'g'rilamasam kelajakdagi oqibatlarini ko'rsatdi. Shunaqa vaziyatlarda bilasizmi o’zimni nima deb aldarkanman ishim ko’p, ham oila, ham ishni eplayotganimni o’zimga pesh qilarkanman. Vaholanki bu yo’lni o’zim tanlaganman, qancha mashaqqati bo’lsa o’zimga tegishli. Bolalarimni bunga aloqasi yo’q 🙁. Oxirgi kunlarda 3 ta bola bilan moslashuv ketyapti uyimizda hammamizga 😇. Kichginam kelganiga o’rtanchamni rossa qizg’anchiligi tutgan 🫠 Nimalar qilardim borlariga shukr farzandlar biz uchun katta ne’mat va mukofot. Bu video menga yaxshigina saboq bo’ldi, sizga ham manfaatli bo’lsa xursand bo’laman.
без подписи
Sayyora Erkayeva | Kreativ bloging pinned «RIVOJLANISH HAM OSONMASA O’RTOQLAR ( Yoxud zapuskga kirishimni 2-kuni menga qanchaga tushdi) Bugun o’ylab qoldim erkaklar ham har safar yangi qadam, yangi rivoj oldidan bir muammoga kirib qolisharmikan yo faqat ayollarda shunaqami? Nega bunaqa deyapman hozir…»
RIVOJLANISH HAM OSONMASA O’RTOQLAR ( Yoxud zapuskga kirishimni 2-kuni menga qanchaga tushdi) Bugun o’ylab qoldim erkaklar ham har safar yangi qadam, yangi rivoj oldidan bir muammoga kirib qolisharmikan yo faqat ayollarda shunaqami? Nega bunaqa deyapman hozir tushunib olasiz. ❗️Hech e’tibor berganmisiz ayollar yangi kasb o’rganaman, rivojlanaman,o’saman desa, qayergadir boraman desa hatto ota-onasinikiga bo’lsa ham nu’qul nimadir ishgal bo’ladi oilasida. Yo qish bo’yi shamollamagan bolasi shamollaydi, yoki yiqilib tushadi, yoki atayin qilganday uyiga yilda kelmagan mehmon keladimi, erini ishlari yurishmay qoladimi. Xullas ayolni boshlagan ishidan qaytarish uchun “tesha tegmagan” ishlar bo’ladi. TO’G’RIMI, QO’SHILASIZA GAPIMGA 👋 😎O’zimdan misol yaxshiyam menda bolalarim bilan bog’liq vaziyat kelmaydi shunisigayam shukr, biroz boshqachayu lekin doim bir yangi qadam oldidan muammolar boshlandi. Turmushimizni ilk yillarida rivoj oldidan yoki oxirida erim bilan urushib olardik. O’zi sanoqli urushganmiz shu ham bo’lsa kaminani RIVOJI VAQTIDA bo’lgan. Keyinchalik erim bilan urushish miyamga og’irlik qilmay qoldimi bilmayman RIVOJ CHO’NTAKGA URADIGAN bo’ldida 🥲. 💸 Rivoj degani bizni sohada xarajat degani emasmi, xarajat ustiga xarajatda 🤣. Pul jigardan emasmi erim bilan janjaldan ham og’irroq botyaptida. Lekin qaytish yo’q. Masalan bugun hayotimda bo’lmagan ish bo’lsada. Tuppa-tuzuk orginal ayfon zaryadchik yonimda shiq etsada tokda turganida, qarasam telefon zaryad olyamapti. O’ngga, chapga, to’g’ri, teskari xullas har qanaqasida ko’rdim ishlamasada 😭. Erim ustaga oborsalar tashxis “kuyish” o’rtoqlar. Kosmetika bo’lsaku shartta keyingi oy olaman desamda, menga havodek kerak bu zaryadchik degani. Xullas yangi “zaryadchik” qulluq bo’lsin menga 😅. Yana o’zi qimmatligi yetmaganday zaryadchigi ham palon pul bu kishimni voydod ayfonni marketingidan. Ha maylida ishqilib zapuskga kirishimni boshlanishi yomonmas. Buyog’iga ishimni rivojini bersin, nima dediz?