umm nuroyn
Статистика﷽ Ahli sunna. Ilmsizlik – jaholatdir. Eslatma va qaydlar. Murojaat uchun: @Solihlarsafida_bot
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 75
- 1/48двое суток
- 85
- 1/72трое суток
- 92
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Duo qiluvchi ijobatini kutishi sunnatdir. Soʻrashi bir ibodat boʻlsa kutishi boshqa bir ibodatdir. Shayx Muhammad ibn Ibrohim
Bir kitobda o‘qigandim: «Ayol balog‘atga yetganidan buyon faqat Qur’on oyatlari bilan gapirar ekan — xoh savollarga javob berishda bo‘lsin, xoh o‘z ehtiyojlarini bayon qilishda. “Nima uchun onangiz bunday qiladi?” deb so‘rashganida, o‘g‘illari: “Onamiz Allohning huzuridagi javobdan qo‘rqadi. Shuning uchun faqat Qur’on oyatlari bilan gapiradi. U Qur’on oyatlari bilan so‘zlagan tilining hisob-kitobi yengil bo‘lishidan umid qiladi”, deb javob berishgan ekan». SubhanAlloh… O‘sha ma’lumotni o‘qiganimda, bu kitobdan olgan eng katta foydalarimdan biri shu bo‘lgan edi. Shundan buyon imkon qadar so‘zlarimni zikr, duo, istig‘for va hamd bilan qisqartirishga harakat qildim. Odatda gapiradigan gaplarimning eng kamida yarmi, kimningdir haqqiga qilingan duo bo‘lib qolgan. Shu sababmi, ayrimlar meni «duojo‘y» deb atashadi. Men ham bu amalim bilan Robbim huzuridagi hisob-kitobim yengil bo‘lishidan umid qilaman. Zikrning barakasi, istig‘forning qabuli va duolarning ijobati ila Robbim so‘zlarimizni bizga qarshi emas, foydamizga hujjat qilsin va huzuridagi hisobimizni yengil qilsin. Omin! Ummu Nuroyn
Rasululloh ﷺ biror kulfatga duch kelsalar: الحمد لله على كل حال — «Har qanday holatda ham Allohga hamd bo‘lsin», der edilar. Xursandchilikka erishganlarida esa: الحمد لله رب العالمين — «Olamlarning Robbi Allohga hamd bo‘lsin», der edilar. “Har holimiz uchun ham hamdlar bo‘lsin O‘ziga..” Ummu Nuroyn
Chorasizlik aro qolganingda ham kulib turadigan darajada kuchli bo‘l. Qalbing sinib, chil-chil bo‘lganida ham hech ta’sir qilmagandek be’e’tibor bo‘la ol. Tabassumlaringni oshkor qil-u, ko‘z yoshlaringni zinhor ko‘rsatma. Toki bu yoshlar Robbingdan shikoyating belgisi bo‘lib qolmasin. Ammo bilki, Robbing yig‘lamasingdan avval qancha yosh to‘kishingni-yu, nega yig‘layotganingni bilib turguvchidir. Bilguvching bor ekan, bilmaslar qoshida yig‘lama…
Qadar o’zgarmaydi. Taslim bo’lish esa qalbni o’zgartiradi. Tanlovingiz bormi? Taslim bo’lishni tanlang. Hammamizning ustimizda Allohning go‘zal taqdiri bor.
Bugungi kunga qadar hayotingizda nimaiki yuz bergan bo‘lsa — unda siz bilmagan, ammo siz uchun eng xayrlisi bo‘lgan hikmat bor.
без подписи
Tolibi ilm asal ari kabi bo‘ladi. Har gul*dan asalni yig‘ib ketaveradi. Gulni tikoni bor ekan deya gulni tark etmaydi. O‘zi uchun kerakli asalni yig’adi va kegingi gulga ketadi. *ustoz #darsdanfoyda
“Kim talabi ilm yo‘lida duch keladigan qiyinchiliklarga sabr qilsa, u jaholatning zulmatidan omonda qoladi.” #darsdanfoyda
Ilm yo‘lidagi qanday qiyinchilik bo‘lmasin, u sizni o‘ldirmaydi. Balki, ilm yo‘lidagi har bir sinovning o‘ziga xos tarbiyaviy hikmati bor. Har bir qiyinchilik sizni o‘stiradi. (Moddiy) Har bir qiyinchilik sizni kuchli qiladi. (Bedorlik) Har bir qiyinchilik sizni matonatli qiladi. (Sog‘inch) Har bir qiyinchilik irodangizni yanada mustahkamlashiga vasila bo‘ladi. (Ilm talab qilishlik yo‘lidagi sabr) Ayting-chi, birgina qiyinchilik ortiga shuncha hikmatni yashirgan Zotga yaqinlashishdan ham ulkanroq baxt bormikin?… Ummu Nuroyn
Talabaning shaqovati (baxtsizligi) sabablaridan biri — solih amallarni kechiktirishdir. Talabaning ilmida baraka kesilishini sabablaridan biri — behimmatlik (dangasalik)dir. Agar talaba ilmida baraka, muvaffaqiyat va tavfiqni istasa, g‘ayratli, intizomli va oliy himmatli bo‘lishi zarur. Chunki Alloh taolo yuksak maqsad sari intilgan va mehnat qilgan bandasining ilmiga baraka ato etadi. #eslatma
Agar qaysiki amal Alloh uchun bo'lmasa, amalga madadni U Zot qiyinlashtirib qo'yadi. #eslatma
Ustozlik… Ko‘pincha odamlardan kasbi haqida so‘rashsa, shunday javob berishadi: “Bu yo‘lni men tanlamaganman, aslida bu yo‘l meni tanlagan.” Kamina ham alohida “ustoz bo‘laman”, deb harakat qilmaganman. Ammo hayotdagi turli vaziyatlar, Allohning taqdiri va fazli ila meni aynan shu yo‘lga boshlab kelgan ekan. Bu kasbning shunchalik ko‘p ijobiy tomonlari borki, sanab sanog‘iga yetish qiyin. Shulardan biri — faoliyatimiz davomida turli kasb egalari, turli davlatlarda yashovchi va tahsil olayotgan, har xil yoshdagi ayol-qizlar bilan uzoq yillar davom etadigan muloqotdir. Ba’zan safarga chiqqanimizda o‘sha yurtda istiqomat qilayotgan o‘quvchilarimiz mehmonlikka taklif qilishadi, safar davomida yordamga oshiqishadi. Aslida yordam qabul qilishni unchalik xush ko‘rmayman, ammo ularning samimiyligi va mehri insonni juda quvontiradi. Shifokorlardan tortib ko‘p farzandni tarbiyalayotgan uy bekasi onalargacha, maktab yoshidagi qizlardan tortib onam tengi, hatto undan ham katta yoshdagi ayollargacha… Barchasi bilan bir jamoada bo‘lish nasib etgan. Ular bizdan qancha ilm olgan bo‘lsalar, yillar davomida men ham ulardan juda ko‘p hayot saboqlarini oldim. Bugun ortga qarab, shu yo‘lni kuzatsam, kamina uchun bundan ham sharafli, bundan ham mazmunli va bundan ham maroqli yo‘l bo‘lmas edi, balki. Eng quvonarlisi esa — yillar avval ta’lim bergan tolibalarimizning bugun o‘zlari ham yetuk ustozlarga aylanganidir. Kimdir offline, kimdir online tarzda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Yana ba’zilari esa o‘z jamoamizda, tor doiramizda, biz bilan yelkama-yelka xizmat qilishmoqda. Bu — ustoz uchun eng katta mukofotlardan biri bo‘lsa kerak. Alloh taolo bizni bu yo‘lga munosib, ilmiga amal qiladigan va boshqalarga manfaat yetkazadigan bandalaridan qilsin. Amin! 💭 tarjamaatiy
Alloh kimni jannat uchun yaratgan boʻlsa, undan koʻngilsizliklar keti uzilmaydi. Qatʼiyatli moʻmin buyuk ishlarda sobit boʻladi. Uning fikri oʻzgarmaydi, tili shikoyat soʻzlamaydi. Shunday ekan, oʻzingga yetgan koʻngilxiralikni ajr vaʼdasi ila va yengil sanash bilan osonlashtir. Shunda mashaqqatlar, shikoyatsiz ariydi. Shuni doim yodingda tutgin-ki, berilish uchun mahrum boʻlgansan! Ofiyatli boʻlish uchun sinalgansan! Poklanish uchun balolangansan! Ibn Qayyim rahimahulloh
Oila — vafo ustiga quriladigan, sabr (hurmat) bilan saqlanadigan qo‘rg‘ondir. متعلمة
Bu bizning Instagramdagi blogimiz. U yerda xossatan bola tarbiyasiga oid eslatmalar bilan faoliyatlik olib boramiz. Alloh xayrga sabab qilsin!
Ummu Nuroyn — ikki nurning onasi 🤍 O’zim haqimda qisqacha ma’lumot o’rnida: Allohga hamdki haqiqatan ikki nurning — ikki qizning onasiman. Katta qizim maktab yoshida. Kanalni anchadan beri kuzatib kelayotganlar uni yaxshi taniydilar. Kichik qizim esa sirli qiz. Ehtimol, uning borligini bugungi ma’lumot orqali ilk bor bilayotganlar ham bordir. Kanal faoliyati sezilarli darajada faolligi tushib ketti. Shunday bo‘lsada tark etmasdan, biz bilan birga qolgan 1-2-3-4-5 yillik obunachilarimizga ko‘p rahmatlarimiz bo‘lsin) Keyingi faoliyatimiz shaxsiy qaydlar bilan bola tarbiyasiga, eslatmalarga va mutolaamizdan olingan iqtiboslarga hamda oila mavzularida bo‘lishi kutilmoqda. Alloh manfaatini keng qilsin va xayrimizga hujjat qilsin. O‘zi farzandlarimiz tarbiyasida-da yordamchimiz bo‘lsin.. Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
Channel photo updated
Channel name was changed to «umm nuroyn»
Oila — vafo ustiga quriladigan, sabr (hurmat) bilan saqlanadigan qo‘rg‘ondir. متعلمة