Faxriya_Ya'qub
СтатистикаFaxriya Ya’qub 4 yillik yozuvchilik yo‘li Sakiyna · Seni izlab · Xilqat · Tirik tobutlar Tanaffusdagi tafakkurlar: Qalbdan qalbga ulashilgan satrlar "Sobiq yozuvchi, ammo samimiyatga sodiq" Kanal ijtimoiy
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 95
- 1/48двое суток
- 108
- 1/72трое суток
- 117
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Sohibjamol_va_maxluq Oilasi, onasi istagan farzand boʻlibgina qabul qilingan, Surayyo katta hayot yoʻlida ham oʻzini isbotlashga majbur. —Erkaklar nima kutadi?–dedi sharbat hoʻplab,—Men Saʼdiyning mendan nima kutishini haligacha aniq bilmayman,–dedi.…
#2_bob —Bilasanmi, Surayyo. Aslida oilaning barqarorligi nimaga bogʻliq ekan?–dedi. —Nima?–dedi Surayyo. —Erkakning himoyasida,–dedi Nozima. —Qanday?–dedi Surayyo. —Homiladorlik erkakning asl yuzini koʻrish davri boʻladi. Erimdan oʻsha vaqtda himoya koʻrdim…
"U seni tanlamaydi" —Sayohat koʻngildagidek oʻtdimi? Surayyoning ogʻir yuz ifodasi yumshagan, koʻzlari porladi: —Juda ham. Yashil manzaralar naqadar yoqimli!–dedi Surayyo. —Kelasi yili Shveytsariyaga boramiz,–dedi Surayyoning yuzidan silab Saʼdiy. —Uchchalamiz…
"Sen mahbubangning qalbi nimadan oziqlanishini bilishing kerak edi" Kechki ovqatdan soʻng, koʻp qavatli xonalarining balkonida oʻtirardilar. Surayyoning yolgʻiz, maʼyus yuzi, nigohlaridagi "meni oʻzgartirma, shunchaki yonimda qol" deya yotganiga ancha boʻlgan.…
Assalomu alaykum, qadrlilar! Hikoyaning davomini bugun yozib tashlayman.
Togʻ tomon safar, eski xotiralar va qalbdagi taranglikni tarqatib yuborgandi. Har holda Saʼdiy shunday oʻylardi. U istagandek ayol boʻla olmayotgan Surayyoning olamiga turmushdan keyin kirib borayotgandi. Ilk boqishdagi yoqtirish va qiziqishni sevgi deb…
—Ha, tinchlikmi?–darvoza oldida ikki oʻgʻli bilan turgancha yigʻlagan qizini koʻrib ona. —So'ramang, eski hammom eski tos,–dedi qiz. Bu uydan sira qadami uzilmaydigan xola ham shart darvoza oldiga chiqdi. Bolalarni ichkariga kirgizib yuborib: —Nima boʻldi?–dedi…
Bu yuzlashuv kichik oilaning sovuq ob-havosiga iliq shamollar keltirdi. Saʼdiyning bu nikohdan maqsadi–obrõ, na'munali ayolga ega boʻlish bilan bir qatorda, u ayolga nisbatan hissiy hamdardlikni ham olib kelgandi. Surayyodan qanchalik yashirin hayot kechirmasin…
Davomini tashaymi
"Baxt — senga nasib etmagan narsalar boshqalarga nasib etganida ham, qalbingda xotirjamlikni saqlay olishdir." —Sizningcha, bu sayohat foyda beradimi? — dedi Surayyo, ruldagi eriga qarab. Sa'diy jilmaydi. —Beradi. Ikkalamiz ham uzoq vaqtdan beri siqilib qoldik. Bizga tog' havosi kerak. —Ichimga hech narsa sig'mayapti, — dedi Surayyo deraza ortidagi manzaraga tikilib. Sa'diy unga bir qarab oldi. —Bilasanmi, seni birinchi marta ko'rganimda ham shunday eding. —Qanday? —Juda siqilgan... Juda o'ychan. Shu yoshgacha ko'rgan qizlarimning hech birining yuzida sendagidek mungni ko'rmaganman. O'shanda ichimda: «Nega bu qiz doim shunchalik g'amgin?» degan savol tug'ilgandi. Surayyo hayrat bilan unga yuzlandi. —Rostdanmi? —Ha. Besh yil oldin. Dadang bilan uchrashuvimiz tugab, binodan chiqayotgandim. Bino oldidagi ochiq qahvaxonada daraxt soyasida bir qiz yolg'iz o'tirardi. —Meni o'sha yerda birinchi marta ko'rganmisiz? —Ha. Sa'diyning ovozi xotiralarga cho'mdi. —Quyuq qahva rang ko'zlar... Qop-qora jingalak sochlar... Go'yo kinodan chiqib kelgandek go'zal bir qiz. Lekin chehrasida quvonch emas, o'y bor edi. Qoshlarini chimirib, peshonasiga mayin ajin tushirgancha qahvasini ichardi. Bilagidagi ingichka tillarang taqinchoq esa quyosh nurida yaltirab turardi. Surayyo kaftini iyagiga tirab, indamay uni tinglardi. —Ba'zan osmonga uzoq tikilib qolardi. Keyin chuqur xo'rsinardi. O'shanda ichimda: «Bu qizning hayoti oson emas shekilli», deb o'yladim. U qahvasini asta ichdi, so'ng ryukzagidan quloqchinlarini olib taqdi. Musiqa eshita boshladi. Orada yana osmonga qarab qo'yardi. Bir mahal ko'zlarini yumib, yuzida juda mayin tabassum paydo bo'ldi... Men o'sha tabassumni ko'rib, ilk bor seni yo'qotishdan qo'rqadigan darajada yoqtirib qoldim. Sa'diy uning ko'zlariga boqdi. —Balki sen buni bilmagandirsan... Ammo men seni sevishni aynan o'sha kuni boshlaganman.
Bu yuzlashuv kichik oilaning sovuq ob-havosiga iliq shamollar keltirdi. Saʼdiyning bu nikohdan maqsadi–obrõ, na'munali ayolga ega boʻlish bilan bir qatorda, u ayolga nisbatan hissiy hamdardlikni ham olib kelgandi. Surayyodan qanchalik yashirin hayot kechirmasin…
Ularga oxirgi daqiqalarda qoʻshilgan Sa'diy: —Kuttirib qoʻyganim uchun kechir, hayotm! Chet eldan kirayotgan tovarimiz bojxonadan oʻtmay qoldi, shunga kech qoldim,–dedi. Surayyo tushunmagandek ishora qildi: —Bojxona bilan muammo borligini bilmasdim. Majlisda…
—Kim uchundir u kuni shunchaki bir homila nobud boʻldi. Men uchun jonimdan bir jon uzildi. Men uning sochlarini xayol qilardim, koʻzlarini. Lekin...–dedi, qarshisida aniqlik xohlagan Nozima: —Birgina eʼtiborsizlik deganda nimani aytmoqchisan? Qanday boʻldi…
—Kim uchundir u kuni shunchaki bir homila nobud boʻldi. Men uchun jonimdan bir jon uzildi. Men uning sochlarini xayol qilardim, koʻzlarini. Lekin...–dedi, qarshisida aniqlik xohlagan Nozima: —Birgina eʼtiborsizlik deganda nimani aytmoqchisan? Qanday boʻldi bu hodisa? Seni xavfga qoʻygan oʻsha voqea haqida indamading?–deb soʻradi. —Sa'diy xizmat bilan safarga ketishi kerak edi. Men bir kun oldin uning chamadonini tayyorlash bilan band edim. Homiladorligim yodimdan chiqib, bir necha kilolik yukni koʻtarib yuborganman,–dedi aybdorlik bilan jilmayib. Nozima : —Keyinchi?–dedi kuyinib. —Hech narsa qilmagandek uch kun yurdim. Qilgan ishimni hech kimga ayta olmasdim, buning ustiga hech qanday ogʻriq sezmadim, ozgina dam olsam oʻtib ketadi, deb oʻyladim. Birgina xato va bir umrlik pushaymon,–dedi. —Homiladorlikda oʻzini ehtiyot qilish shart. Kelinmiz deb shoshamiz, lekin ayollarning nozikligini unutamiz,–dedi Nozima. Surayyo Nozimani xotirjam qilish uchun: —Bolang tugilguncha yoningda boʻlaman. Agar senga eslatib turmasa, sen yukni emas, yuk mashinasini ham koʻtarib yuborasan,–dedi kulib. Ikki ayol oʻrtasida xijolat boʻlayotgan Kozimni koʻrgan Surayyo: —Onam qoʻngʻiroq qilyaptilar. Javob berib qaytaman,– deb u yerni birozga tark etdi.
#oilaviy_uchrashuv —Bugun borishimiz shartmi?-ko'zini ochar-ochmas soʻradi Saʼdiy. —Surayyo: —Yarashganimizga bir oy boʻldi. Kozim bilan Nozima bizning jigarlarimizdek, ular bilan ko'rishishni istamayotganizga hayronman. Kozimning oilasi sizga bolalikdan…
"Lekin u Xoliq" Surayyo yana oʻtmish xotiralariga choʻmdi: «—Sa'diy yaxshi yigit —Ishonchingiz komilmi, oyi, —Bo'lmasamchi, aynan u seni baxtli qiladi,–dedi onasi. —Baxt unga bogʻliqmi? —Sa'diyning sevgisi bor ekan, baxting ham bor,» Paxtaqand oʻrniga…
"Lekin u Xoliq" Surayyo yana oʻtmish xotiralariga choʻmdi: «—Sa'diy yaxshi yigit —Ishonchingiz komilmi, oyi, —Bo'lmasamchi, aynan u seni baxtli qiladi,–dedi onasi. —Baxt unga bogʻliqmi? —Sa'diyning sevgisi bor ekan, baxting ham bor,» Paxtaqand oʻrniga…
#Aqim "Odamlar jamoasi uni "aqim" derdi" —Bugun xolajoningiz keladi. Mexmonxonani tayyorlang. Dasturxon tuzang,–deb oʻzi dam olgani kirib ketdi. Surayyo oʻzini oqlash uchun hech qanday imkon koʻrmadi. Erining gaplaridan soʻng butun oila aʼzolari Surayyoga…
Ijodda nima yangilik? Yangilikni kanalda eʼlon qildim. Qanchalik professional yozyapman, qanchalik ahamiyatli buni sizlar aytingizlar
Bolalikdagi issiq quchoqlarda uygʻonsa, Surayyo. Onasining hidini hidlasa, oʻsha paytlardagi bahor misol ochilgan onasining mehrini his qila olsa. Lekin, koʻzlarini ochganda yolgʻiz oʻzi uygʻondi. Tunda boʻsh yostiqqa tikila-tikila uxlaganini xotirladi.…