Spayk
СтатистикаBosh kanal: @Sebs_channel "Animeshnik" house (level: beginner) Anime, manga, animatsiyalar haqida mahmadonalik qilib turaman.
- Последний пост
- 5 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 73
- 1/48двое суток
- 83
- 1/72трое суток
- 90
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Qaranglar, "Fullmetal alchemist brotherhood" ko'rishni boshlagandim, 1-qismdan ikkita Aizen Sosuke chiqib keldi ))
K-kreativ. Ashnaqa pishiradiganlar yo'qmi mabodo))
"20th century boys" mangasi hozircha menga rosa yoqmoqda. Hali tugatmadim, lekin hikoya qilinish uslubi, illyustratsiyalari juda ma'qul kelmoqda. Har bir bo'lim shunaqa personajlar mundarijasi bilan boshlanar ekan, eng qiziq tomoni, bo'limlar o'tib personajlar rivojlangani, yoki ular haqida bilib boraverganimiz sari, ular haqida yozilgan tavsiflar ham o'zgarib boraveradi. O'zi manga ham shu haqda, ya'ni 21-asr kelmasidan oldin insoniyat yo'q bo'lish tahdidi paydo bo'ladi, bu tahdidni yo'q qilishga harakat qilayotgan bir nechta bolalar kelajakni o'zgartirishga urinishadi, xuddi o'zlari uchun yozilgan izohlar o'zgarib borgani sari. Meni hayron qoldirgan narsa esa, bu manga barcha davrlarning eng zo'rlaridan deb hisoblansada haligacha animatsiyalashtirilmagan, nimaga, balki qiyinligi uchundir.
Qiziqib yangi Manga varoqlab o'tirgandim, birdan Damas chiqib qoldi )) Agar qiziqayotgan bo'lsangiz o'qishni boshlagan mangam "20th century boys". Manga muallifi Naoki Urasava. Uni esa siz katta ehtimol bilan afsonaviy Monster mangasi muallifi sifatida taniysiz. Xullas endi boshladim, tugatib qolsam yana yozarman.
Futbol bo'yicha Jahon Chempionati arafasida Norvegiyaning futbol jamoasini "Vinland Saga" animesiga o'xshatib yasalgan parodiya/ posteri internetda aylangandi. Keyin Jahon chempionati start olgach Avvaliga mashhur animelardan ko'chirma tarzida, keyin esa mustaqil g'oyalar asosida ishlangan qisqa anime komediyalar internetda aylana boshladi. Hozirga kelib men va balki siz ham bunday videolardan juda ko'pini ko'rib tashladik. To'g'risi men mazza qilib tomosha qilayabman bu trendni. Albatta undagi voqealar qisqa muddat ichidagi voqealarni qoplagani uchun uzoq muddat aktual bo'lolmaydi, lekin shu qisqa muddatda tayyorlanishini o'zi odamni hayratga soladi. Qizig'i, nega aynan Sun'iy intelektda bu videolarni anime tarzida yaratishadi hayronman, nega oddiy inglizcha ovozda emas, nega hayotdagiday emas. Bilmadim, balki osonroqdir shunaqa qilish, yo faqat animeshniklar yasashyabdi videoni )) Xullas zavqlaninglar.
https://youtu.be/mV7451mcw-E?si=vuF3y1FbKBpdUdLS
https://youtu.be/mV7451mcw-E?si=vuF3y1FbKBpdUdLS
Bitta o'zbekcha ijoddan ham tashlab qo'yaman nomiga. Lekin bu mem auditoriyasi hatto meni kanalimda ham kam bo'lsa kerak.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Avvallari @KinoMemlar kanalida haftaning qaysidir kunida (adashmasam chorshanba) obunachilarning o'zi uchun mem kuni qilar edik. Ya'ni aynan shu kuni obunachilar o'zlariga yoqqan memlarni ulashishlari uchun alohida post tashlanardi. Bugun ham men ertalabdan kuningiz yaxshi o'tishi uchun o'zimga hafta davomida yoqqan memlardan ulashgim keldi. Bu memlarning ba'zilarini KinoMemlar kanalida chiqarishim mumkin edi, lekin boshqa adminlardan hech qaysi bu seriallarni ko'rmagani uchun tarjima qilishga, yoki moslashtirishga urinmay qo'ya qoldim ))
Bu esa Chainsaw Man animesining ikkinchi mavsumi treyleri. Shaxsan mening fikrimga ko'ra uning eng yaxshi mavsumi aynan shu arka (assassination arc), yoki shu mavsum bo'ladi. Bilmadim, har xolda mangani o'qishdagi eng zavqlangan joyim shu bo'lgandi. Mening kutilmalarimga ko'ra bu mavsum yaqin yilliklar ichidagi har qaysi animening eng yaxshi mavsumi bilan raqobatlasha oladigan mavsum bo'ladi. Xullas, kutamiz.
Kecha VIZ birdaniga o'zining You Tube sahifasiga "Bleach: Thousand years blood war"ning birinchi 3ta qismini to'liq joylab yubordi. 1-qism: https://youtu.be/BIo21GPETNA?si=g_4NmHUKRkV0AwIk 2-qism: https://youtu.be/DciH0kPgRQw?si=7TLZm1xKsI0Wp-dh 3-qism: https://youtu.be/rWvKmTLpj5o?si=prEnHx7U_LRUCZzC Nega unaqa qilganligini bilmayman anig'ini. Balkim oldindagi final mavsum oldidan tomoshabinlarga serialni eslatib qo'yish, marketing yurishidir. Balkim, ikki kun avval o'zining 15 yillik yubileyini nishonlab "Jujutsu kaisen" va "Chainsaw Man" animelari yangi mavsum treylerlarini namoyish etgan MAPPA studiyasiga shunaqa javob qilmoqchi bo'lgandir. Xullas, tomoshabinlarga ko'rish uchun sovg'acha bo'ldida bu ham.
Nimalar ko'rayabsizlar o'zi shu kunlarda? Men hozircha faqat "Hunter x hunter" animesini qayta ko'rayabman.
Bilasizlarmi nega O'rgimchak odam Yaponiyada paydo bo'lmagan? Chunki Yaponiyada u bor: