Seb's
СтатистикаBu yerda Seb's bo'lgan. Zerikarli jazz klubiga xush kelibsiz. Anime haqida bu yerda qoralab turaman: @Spayk_li
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 7
- Всего постов
- 54
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Развлечения
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 236
- 1/48двое суток
- 270
- 1/72трое суток
- 291
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Chellenjimizda qatnashgan kanallar: 1. Marafonshunos 2. Everything 3. Tanazzul 4. Жалка бу́лмасин шунча фикрлар! 5. Arlivan... TV Unda qatnashgan barchaga rahmat. Ishonaman film hammaga yoqqan. Navbatdagi filmda ham ko'proq odamni kutib qolaman.
без подписи
без подписи
Nikkining Beardan keyingi hayoti: Aktrisa Inde Navarette aslida sobiq strimer ham hisoblanadi. Aynan sobiq deb aytsak bo'lar, chunki endigi mashhurligi va kelajakda bir dunyo loyihalardan taklif tushayotganligini inobatga olsak uning strimer sifatidagi faoliyati aktrisalik oldida bosh egsa kerak. Qiziqqanlar uchun uning You Tube sahifasi: https://youtube.com/@inde_navarrette?si=Le1Y9dUmEc1s_-oB
"Lock, stock and two smoking barrels" filmidagi ushbu sahnani kecha ko'rganimdan beri hech esimdan chiqmayapti. Gay Richining filmdagi ushbu sahnasi shubhasiz men uchun kinolardagi eng zo'r poker sahnasi sifatida yodda qolsa kerak. Chellenjning navbatdagi filmi aynan shu ekanligi esingizdan chiqib qolmasin deb eslatib qo'yayabman.
Katta og'a o'z raqobatchilari oldida "kitobi kinosidan yaxshi" jumlasiga o'rin qoldirmaslik uchun "Begona" asarini o'qib chiqib, u haqida ikki qator qoralabdi. Bu issiqda Mersoga o'xshab sang'ib yurmay o'qinglar, qiziq bo'lsa.
Chellenjimizning keyingi filmi, hozirgi kunga kelib oti chopishdan bosh tortayotgan, lekin paytida dialoglari uchun "Britaniya Tarantinosi" deb maqtalgan rejissyor Gay Richining debyut filmi "Lock, stock and two barrels" (Карты, деньги, два ствола) kartinasi. Filmni tomosha qilib, taqrizlaringizni 14-avgust, juma kuni 21:00 da #KinoYoz2026 heshtegi bilan joylashingiz mumkin
Watchmen | The Comedian Superqahramonlar haqida barcha davrlarning eng yaxshi filmi "Watchmen" (Хранители) ichidagi personajlardan biri, Komediant haqida ikki og'iz: Edvard Bleyk "Komediant", o'ldirilgan, yomg'ir ostida ko'milmoqda endi. Hammamizni taqdirimiz shunaqami? Do'stlarsiz, qabrimiz ustini dushmanlar gul bilan bezagan holda? Shafqatsiz hayotning shafqatsiz yakuni. Bleyk bir narsani tushunardi: odamlar tabiatan vaxshiy mavjudot. Har qancha buni qog'ozga o'rashga, yashirishga urinma, Bleyk jamiyatning asl yuzini bilardi. Keyin esa o'zi buning parodiyasi bo'lishga qaror qildi - hazil. Men ham bir hazil eshitgandim: Bir kishi shifokorga boradi. O‘zini tushkunlikka tushganini aytadi. Hayot shafqatsiz va og'ir bo'lib tuyulayotganini, bu xavfli dunyoda o‘zini yolg‘iz his qilayotganini so'zlaydi. Shunda shifokor, "Buning davosi oddiy. Buyuk masxaraboz - Palyachi shahrimizda. Uning tomoshasiga boring. Kayfiyatingizni aniq ko'taradi u," deydi. Haligi kishi esa uvvos soladi, "Lekin doktor..." deydi u, "Men o‘sha Palyachiman." Yaxshi hazil hamma kuladi, do'mbiralar chalinadi, pardalar olinadi. Yuqoridagi monologni film davomida Rorshax aytib beradi. Uning rakursi orqali biz asl Komediant haqida tasavvur hosil qilamiz. Komediant o'sha davrdagi tartibsizlik, zo'ravonlik, xusumat ustunlik qilgan jamiyatning parodiyasi bo'lishni istagan qahramon edi. Yuqoridagi hazil ham Komediantning o'ta yaqqol portreti bo'la oladi: U komediant, odamlarni kuldirib, og'irini unuttirib, hammaga kayfiyat ulashishi kerak bo'lgan kasbga atab qo'yilgan nom. Lekin ironiyaning cho'qqisi shundaki, eng boshidan, hammadan oldin odamlarga ishonchini yo'qotgan odam asli Komediant. Bizda mashhur "tabibimning o'zi ham bemor ekan" jumlasi Komediantga juda mos tushadi. Film davomida bir sahnada, u oddiy odamlarga qarata o'q uzadi va ularni himoya qilayotganligini ta'kidlaydi. Bilasizmi u odamlarni nimadan himoyalaydi? O'zlaridan albatta. Gap shundaki, Komediant biladi, odamlar eng avval antik davrlarda ham bir-birlari bilan urushishi tabiatlarida bor. Nima qilibdi, istalgan turdagi jonzotlar tur ichida kurash bo'lib turadi, xuddi Darvin aytganday deysizmi? Albatta, Komediant ham buni bilardi. Uni qo'rqitadigani boshqa tafsilot edi, odamlarda bir-birlarini yagona harakat bilan butunlay qirib tashlashga endi imkoniyat bor edi. Gap shunchaki imkoniyat borligida emas, gap bu yomon ishning sodir bo'lishi reallikga yaqinligida. Xuddi Myorfi qonuni kabi, bu ish sodir bo'lmog'i kerak bo'lsa, albatta bo'ladi. Uni fojeaning ko'lami ham emas, uning naqadar absolyutligi daxshatga solardi. Aynan shu daxshatlar sabab ham, avval boshida jamiyatga parodiya sifatida "hazil" bo'lishni tanlagan Komediant, o'z umri so'nggida bularning barchasi hazil bo'lib chiqishini xohlaydi.
Hozir kanalda oxirgi yozilgan postlarga qarab uyalib ketdim ochig'i. Aaancha paytdan beri bir qiziqroq narsa, yo hech bo'lmasa qiziqroq shaxsiy fikr ham yozmabman. Chellenj, letterboxd rubrikalari bilan bo'lib, oxirgi vaqtlardagidan ancha ko'p kino, serial ko'rayotgan bo'lsam ham faqat umumiy gaplar va statistika yozaverganman. Uyat emasmi? Shunga hozir o'tirib, Watchmen filmi haqida bir nimalar qoraladim.
без подписи
Chellenjimizda qatnashib, Coherence filmi uchun taqriz yozgan kanallar: 1. Movieghost (Riri) 2. Final Shot 3. Tanazzul 4. Жалка бўлмасин шунча фикрлар! 5. #better_bro 6. 𝑩𝒂𝒓𝒉𝒂𝒚𝒐𝒕𝒊𝒚 7. Катта Оға 🎬 8.Everything 🎬 9. Arlivan...!TV™ O'tgan haftadagiday, bu safar ham 9ta kanal bo'libdi. Doimgiday, filmni ko'rgan barchaga rahmat. Umid qilamanki, film sizga yoqqan.
без подписи
O'z yozgan taqrizlaringiz bo'lsa linkni izohda qoldiring, heshteg bilan hammasi ham chiqmay qolishi mumkin👇
#taqriz #tavsiya #KinoYoz2026 Coherence (Связь, 2013) Shryodinger mushugining adaptatsiyasi: Fanda Shryodinger mushugi degan tushuncha bor. Bu bir tajriba bilan bog'liq, aytaylik bir qutiga mushukni solamiz, keyin qutiga zahar ham solamiz va quti og'zini berkitamiz. Endi bu yerda ikki xil holat bo'lishi mumkin: mushuk yoki o'lgan, yoki hali ham tirik. Najitani esa faqat qutini ochganda bilib olamiz to'g'rimi? Kvant fizikasi esa bizga bu mushuk bir vatning o'zida ham o'lik, ham tirik ekanligini aytadi, faqatgina qutini ochganimizda ikki hodisa o'zaro to'qnashib, bittasi reallikga chiqadi. Bo'pti gapni cho'zmay filmga o'tamiz: To'rtta tanish juftliklar kechgi ovqat bahona yig'ilishmoqchi. Lekin buning qarangki ular tanlagan kechada Astronimik qandaydir anomaliya kuzatilarkan. Bular ortidan esa yig'ilgan qahramonlarimiz bilan o'ta g'alati ishlar sodir bo'lishni boshlayapti. Filmning ssenariysi, uning g'oyasi juda ajoyib, hamda qiziqarli. Kamtargina byudjetli ($50.000) bo'lsada, o'ta yaxshi chiqqan ilmiy fantastika. Filmni olishga ketgan byudjet juda-juda kichik ekanligini ko'rganimdan so'ng, bu film ham film yaxshi chiqishi uchun asosiy sabab pul emasligiga misol ekanligini sezdim. Filmdagi ba'zi kamera rakurslari dogma 95 ni eslatib yuboradi, lekin men buni ijodkorlar ataylab qilishganmi yoki byudjet kichikligidan shunga majbur bo'lishganmi unchalik amin emasman. Lekin bir narsani bilamanki, bu harakatlar filmga juda yarashgan. Diqqat qiling, filmni suratga olish ishlari bor yo'g'i 5 kundan iborat bo'lgan, butun boshli filmni 5 kechada (faqat kechada) suratga olib tashlashgan. Filmdagi voqealar ham butun boshli bir tushlik vaqtida ro'y beradi deyarli. Lekin ijodkorlar bu kichik joyda bizni hecham zeriktirib qo'ymaydi, chunki qahramonlarimiz naqd 8ta. O'zi ijodkorlar haqida gapirganda film ssenaristi, hamda rejissyoriga hurmat aytib o'tish kerak bu filmi uchun. Filmga fan aralashganini, ayniqsa u fizika bo'lsa yaxshi ko'rsangiz, reallik bilan o'ynashishni yoqtiradigan filmlarni yoqtirsangiz, mustaqil indie filmlar, hamda sci-fi lar yonidan jim o'tib keta olmaydigan tipdan bo'lsangiz unda bu film siz uchun. ——— Shaxsan o'zim film haqida juda ko'p spoylerli tahlillarni ko'rganman. Hamda ulardan film haqida ajoyib teoriyalarni eshitganman. Endi esa bu kabi teoriyalarni sizdan eshitish uchun, yoki sizning tasavvuringizni buzmaslik uchun o'zim eshitganlarimni spoyler qilib yozmaslikka qaror qildim. Lekin siz o'z matnlaringizni spoylerga olgan holda, bemalol film haqida muhokama qilishingiz mumkin.
Chellenjni davom ettiramizmi? Keyingi hafta uchun tanlangan film Coherence (Связь, 2013). Film qiziqarli janrda, o'zi ham ajoyib bo'lishiga qaramasdan uni juda kamchilik ko'rgani meni hayron qoldirdi, menimcha bu xatoni to'g'irlash vaqti keldi azizlar. Filmni…
Bugun juda ko'p joyda Zendayaning filmlardagi ro'liga qilingan parodiyaga ko'zim tushdi. Albatta hammasining izohlari bir xil holatda. Shularni o'qib bir qiziq savol keldi, sizningcha hozirgi yosh avlod aktrisalari ichida, kelajakda eng zo'ri bo'ladigani qaysi biri?
Aytgancha, keyingi Letterboxd kartalari qaysi filmdan bo'lishini xohlar edingiz? (Faqat serial yozmang, letterboxda faqat filmlar) Qiziqroq variantlar bo'lsa marhamat 👇
O'tgan yili chiqqan filmlar uchun oskar nomzodlari orasida hatto yarim og'iz ham eslab o'tilmagan "No Other Choice" filmi haqida Akademiya bunaqa videolar qo'yganini ko'rish men uchun ironiyaning cho'qqisi bo'lib tuyulmoqda. Bilmadim nega qo'yishmagan, balki o'zlari "zakaz" olgan nomzodlari bo'lsa yutib qo'yishidan qo'rqishganmi. Hech bo'lmasa shunaqa film ham chiqqan deb eslashmagandi ham.
Agar ko'rayotgan serialing shu qo'shiqni ijro qilishni boshlasa bilginki serial 💣 bo'ladi