tgindex
Kino ekrani

Kino haqida yozib turaman Letterboks: https://boxd.it/aSWDT

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 503
+6 за 5 дн.
Сутки
+3
+0,20%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 107
22 постов
Вовлечённость
73,7%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 23
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
487
1/48двое суток
558
1/72трое суток
601

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #serial Shoqolning kuni (The day of the Jackal 2024 - ) — Odamni yollanma qotil bo‘lgisi keladiye Germaniyada bir siyosatchi otib o‘ldirildi. O‘q deyarli imkonsiz masofadan otilgan, qotilni hech kim ko‘rmagan, uni topishni iloji yo‘q. Bu ish Britaniya razvedkasi e’tiboriga tushadi. MI6 qotilni izlashni boshlaydi... Men doim shu yollanma qotillar haqida biror kino yoki seriallar ko‘rsam, o‘zimni xuddi tutorial ko‘rayotgandek tutaman. Mana bu shuncha fint ishlatib suvdan quruq chiqyapti-ku, demak menda ham o‘xshaydi degan ishonch bo‘ladi ichimda. To‘g‘ri real hayotda odam o‘ldirish uchun, uni yuki bilan yurish ancha kuch kerak. Qonunga chap berish ham oson emas. Lekin chirigan g‘arb kino qiladimi, serial qiladimi shu mayda detallarigacha e’tibor beradiki, ko‘rib odam ishonadi. Hatto qotilning qanday qilib bu yo‘lni tanlagani ham batafsil bayon qilingan. U odam o‘ldiryapti, bir odamni hayotiga zomin bo‘lyapti. U odam qotilga hech nima qilmagan. Lekin shunday og‘ir gunoh qilsa hamki, qotilni kechirishni istaymiz. Chunki unda kechirishimiz uchun sabab borda. Serial boshidan oxirigacha biroz intrigali quvlashmachoq bilan o‘tadi. Bizda alamzada, o‘ta mohir killer bor va uni ushlamoqchi bo‘lgan MI6 ofitseri bor. Ijodkorlar eng sodda, absurd narsalarni tashlab, serialga real ko‘z bilan yondashishgani yoqdi. Ishdan charchab kelib ko‘rvoradigan serial ekan, ko‘ringlar. @kinoekrani

  • #posterlar Lea Seydu o'ynagan "Muloyim mahluq" filmining tizeri chiqibdi. https://youtu.be/hsOgBqDSi9M @kinoekrani

  • 11 авг.7021014

    Bir qiziq savol berib ko'rdim chatGPTga. Mana prompt sizlar ham sinab ko'ringlarchi: Men bilan suhbatlashganing davomida orttirgan shaxsiy taassurotlaringga asoslanib, menga o‘xshaydigan bitta film yoki serial qahramonini ayt. Faqat bitta ism yoz. Javobini esa izohlarga tashlab qo'yinglar. @kinoekrani

  • #kino So‘nggi uy (The Last house 2026) — Hichkok bilib aytgan o‘zi Yomg‘ir tufayli odamlar o‘z uylariga qamalib qolishdi. Tashqariga chiqish imkonsiz. Uyda borini yeyishga, uzoqroq omon qolish uchun tejashga majburlar. Lekin ularga xavf solayotgan narsa faqat ochlik emas edi... Filmdagi faqat bitta sahna menga juda ham yoqdi. Juda ta’sirli chiqqan, dramaturg o‘z ishini a’lo bajargan. Tomoshabinni drama bilan qiynay olgan. Lekin bu filmdagi yagona ijobiy narsa edi. Treyleridan rosa Stiven Kingcha nimadir kutgan edim. Lekin boshqa jihatlarni hisobga olmabman. Aktyorlik ijrosi shu darajada dabdalaki men qahramon nimani his qilayotganini umuman ko‘rmadim. Shunchaki yuzini burishtirib, boshqacha emotsiya ko‘rsatishga harakat qilayotgan odamlarni ko‘rdim. Vagner Mourada norm, lekin qolganlar absurd rol o‘ynashgan, tomoshabin ekranni mushtlashdan o‘zini zo‘rg‘a tiyib turadi.  Taxta aktyorlarni qanday qilib yana ham taxtaroq qilish mumkin ? Albatta o‘ta krinj, rasvo dialoglar bilan. Netfliks bu borada ham bizni umidimizni puchga chiqarmadi. Oilada bo‘layotgan ichki suhbatlarni eshitib darrov ichimda dramaturg professor uyg‘onib qoldi. Ssenariy muallifiga qarab barcha ssenariy maktablarida beriladigan eng bazaviy savolni bergim keldi: "Qara, odamlar hayotda chindan ham shunaqa gaplashishadimi ?"  Dunyoda ko‘rishga hech nima qolmasa, keyin shu filmni ko‘rsangiz bo‘ladi. @kinoekrani

  • #kino #KinoYoz2026 Aloqa (Coherence 2013) 8 nafar do‘stlar kechki dasturxon atrofida yig‘ilishadi. Shu tunda yer atrofidan kometa ham uchib o‘tayapti. Bu atrofda bo‘layotgan voqealarga ham ta’sir o‘tkaza boshlaydi... O‘tgan yili adashmasam Asaxiy books zamonaviy fransuz adabiyotidan bir zo‘r say-fay triller romanni bosib chiqargan edi. Kitobdagi intriga qiziq va jonli kechganidan 1-2 kunda o‘qib qo‘ygandim. Yengil kitob bo‘lgani uchun hammaga tavsiya ham qilgan edim. Bu filmni tomosha qilib shu asar yodimga tushdi.  Umuman olganda bu kabi mavzularga qo‘l urish maza. Qarang, ilmiy asoslab siz ko‘rsatgan voqea hodisalar real hayotda ham sodir bo‘lishi mumkin deysiz. Ilmiy asoslar keltirasiz, tomoshabin ishonadi, filmni yana ham yaqinroq qabul qiladi. Lekin isbotlashni iloji yo‘q shunga ja ko‘p boshingizni qotirmaydi ham. Mana shunaqa mavzuda film olinglar. Filmning byudjeti 50 ming ekanini bilish uchun 2-3 daqiqa ko‘rish yetarli. Aktyorlar ham shunchaki asosiy g‘oyani tushunib olib, ko‘p dialoglarni improvizatsiya qilganiga ishonaman. Bu faktorlar filmni yaxshilashga xizmat qilgan. Ko‘ringlar bir vaqt topib. @kinoekrani

  • 10 авг.7546512

    Dushanba ertalab ishga ketayotganimda yostig'im menga qanday qarab turadi: @kinoekrani

  • 9 авг.810993

    Oskarda "Yilning eng yaxshi aktyori" bo'lish uchun kurashadigan nomzodlar e'lon qilinibdi. @kinoekrani

  • 9 авг.918102

    #kino Mandalorlik va Grogu (The Mandalorian and Grogu 2026) — Faqat Star wars’chilar uchun Yovuz Imperiya qulagan, lekin uni qayta tiklamoqchi bo‘lganlar galaktika bo‘ylab yashirinib yurishibdi. Yangi Respublika esa ularni qo‘lga olishda mohir ovchi mandalorlik Jin Jardin va uning shogirdi Grogudan yordam so‘rashadi. Men serialni ko‘rishni boshlagan edim, lekin ja zo‘r tortib ketmadi. Kinodagi voqealar esa 3 mavsumlik serialdan o‘tib sodir bo‘larkan. Serialni ko‘rmadim-ku deb (bahona bu) kinoteatrga tushmagan edim.  Ba’zi filmlar bo‘ladi ularga "o‘rtacha film" tamg‘asini bosolmaysiz. Bu kabi filmlar yo yaxshi bo‘ladi yoki yomon. Men "Mandalorlik va Grogu" filmini shunday atagan bo‘lar edim. Epik blokbaster emas, lekin "Yulduzlar jangi" franshizasini qaytishiga yangi umid desak bo‘ladi) Menga o‘sha eski qahramonlari 4k tasvirda yanada realroq ko‘rish yoqib tushdi. Nega ko‘pchilikka yoqmaganini ham tushunaman. Serialning 1 ta epizodida aytsa bo‘ladigan narsani zo‘rlab, majburlab katta film qilamiz deb cho‘zishgan. Endi Tony Starkni haydovchisidan nimayam kutish mumkin ? Ko‘ringlar, chips yeb. @kinoekrani

  • 7 авг.1 050176

    What the fuck is Twilight ?? @kinoekrani

  • 6 авг.1 163211

    Shu filmni ham kutyapman. @kinoekrani

  • 5 авг.1 16620из hayotekrani

    Ha bo‘ldi. Adibni o‘zi Nolanqul ekanu.

  • 5 авг.1 237201

    Fikrlar ? @kinoekrani

  • 3 авг.1 405574

    "O'rgimchak odam: Yap-yangi kun" filmini birinchilardan bo'lib ko'rish uchun ishda har soniya Cinematica saytini yangilab o'tirgan men: @kinoekrani

  • 3 авг.1 324432

    Yana dushanbami ? @kinoekrani

  • 1 авг.1 4504

    без подписи

  • 1 авг.1 495194

    Harrison Ford buyuk aktyor. Buyuk rejissyorlar bilan buyuk filmlarda, unutilmas rollar ijro etgan. Shunda ham u intervyulari bilan yodimda qoladi. Aktyor o'z shaxsiyatini ommadan yashirish uchun mana shunaqa "yasama" obraz yaratib olgan. Bu alter egoga biz "Intervyu berayotgan Harrison Ford" deb nom beramiz. Men 2 ta misol ko'rsatdim xolos. @kinoekrani

  • 30 июл.1 467443

    Bugun, meni bolaligimni filmlari bilan nurga to'ldirgan insonning tug'ilgan kuni ekan. Nafaqat meni adamniyam bolaligini nurlantirvorgan bu odam) @kinoekrani

  • 29 июл.1 467172

    #posterlar Eggers "Nosferatu" filmini ikkinchi qismini chiqaribdi. Mana posteri. @kinoekrani

  • 27 июл.1 6219

    без подписи

  • 27 июл.1 6409

    без подписи