tgindex
Bobil Kinoteatri

Bobil Kinoteatri

Статистика

Vive le cinema!

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 214
−2 за 5 дн.
Сутки
−5
−0,41%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
630
27 постов
Вовлечённость
51,9%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 27
Упоминаний
6
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
313
1/48двое суток
358
1/72трое суток
386

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Yangi davr psixologik drama qirollaridan biri Michael Haneke 85 yoshida kinodagi faoliyatini tugatdi. Avstriyalik rejjisyor ilk badiiy filmini 47 yoshida suratga olib, shu paytgacha 12 ta toʻliq metrajli film qoldirdi, bular bilan 2 marta Kannda bosh mukofotni, bir marta Gran Pri va eng yaxshi rejjisyorni, shuningdek oskarda eng yaxshi xalqaro filmni yutdi, eng muhimi butun avlod xotirasiga ulkan tramvalar bilan esda qola oldi. U suratga olgan barcha film: The Seventh Continent (1989) Benny's Video (1992) 71 Fragments of a Chronology of Chance (1994) Funny Games (1997) Code Unknown (2000) The Piano Teacher (2001) Time of the Wolf (2003) Caché (2005) Funny Games (2007 - US Remake) The White Ribbon (2009) - Palme d'Or Amour (2012) - Palme d'Or Happy End (2017) @bobilkinoteatri

  • 9 авг.702241

    R.I.P Letterboxd💔🥀

  • Bu hafta kino klubimiz bilan "The Ascent" filmini koʻrgandik, koʻrib boʻlib rejjisyorga qiziiqandim, juda koʻp qiziqarli maʼlumotlar chiqdi. 1979-yil, 2-iyul. Leningrad. Ayni paytda nafaqat Sovet Ittifoqi, balki butun dunyoning eng yaxshi rejjisyorlaridan biri,1977-yilgi Berlin festivali gʻolibi, rejjisyor Larisa Sherpinko avtohalokatda vafot etadi. U mashhur rejjisyor Elim Klimovning rafiqasi edi. Larisa, oʻzining faoliyati boshidan beri olishni reja qilgan "Farewell" filmini suratga olayotgan edi(filmni eri nihoyasiga yetkazib qoʻygan). Aynan eng qiziq joyi, uning soʻnggi filmi - "The Ascent" urushga qarshi ishlangan eng yaxshi filmlardan biri hisoblanadi. Rafiqasi vafotidan keyin Klimov ancha yomon ahvolga tushib qolgan va 1985-yilda u ham oʻzining eng yaxshi va eng soʻnggi filmi - "Come and See"ni suratga olgan, bu esa kinodagi eng yaxshi urush filmi hisoblanadi. Film oʻta depressiv ruhda ishlangan, koʻpchilik buni, xotini vafotidan keyin ijodkorning ichki kurashlari tufayli deydi. Nima boʻlsa-da, u kinoga boshqa qaytmadi, rafiqasi kabi. Bugun yana, Klimov rafiqasi oʻlimidan keyin suratga olgan "Larisa" filmini ham koʻrgan, oʻlimi va ijodiga bagʻishlangan u. Koʻrib qoʻyinglar buniyam. 41 yoshda olamdan oʻtgan rejjisyor haqida eng qisqa tushunchalar bor, odatda bu rejjisyorlik uchun boshlangʻich nuqta ekani, Yevropani top-3 festivalida yutgan uchinchi ayol rejjisyor ekani, Larisa hali endi pikiga chiqayotganini koʻrishni oʻziyoq azobli boʻladi, buni Klimov koʻzidan koʻrish ham. https://youtu.be/ARAk47jNOoI?si=D2dIS4u0eY_wiEKr @bobilkinoteatri

  • 9 авг.823419

    R.I.P Letterboxd💔🥀

  • 9 авг.736184

    One and only❤️ @bobilkinoteatri

  • 8 авг.910104

    без подписи

  • #hayfakt Filmni yaralishi yordam bergan shaxslardan biri - Ford Coppola hisoblanadi. Kaufman ssneriyni birinchilardan boʻlib unga yuboradi, unga bu yoqib, koʻp tashkiliy ishlarga yordam beradi - xususan, rejjisyor sifatida qizi Sofianing eri, Spike Jonzeni olib keladi. Yana bir fakt, Kaufman buni faqatgina Malkovich uchun yozgan, ammo studiyalar juda koʻp marta buni oʻzgartishha harakat qilgan. Hattoki bir prodyuser, agar filmni "Being Tom Cruise" deb oʻzgartirib qayta yozsa, istagan pulini berishini aytgan, lekin Kaufman koʻnmagan. @bobilkinoteatri

  • #revyu #taqriz Ssneriy haqidagi kitoblar oʻqiganimda, bir juda katta dars olgandim - ssneriy murakkab boʻlishi, bir necha qavat-u, strukturalardan iborat boʻlishi shart emas, shunchaki u kreativ boʻlishini oʻzi yetarli boʻladi. Ushbu film ehtimol kino tarixidagi (istehzolarsiz) eng kreativ yozilgan filmlardan biri va aynan shu joyda Kaufmanga haqiqatdan tan berganman (bunaqa gʻalati filmni qabul qilgan studiya va prodyusergayam qarsaklar, odatda bunaqa ishlar "flop" hisoblanadi). Craig - kambagʻal qoʻgʻirchoqboz, allaqachon odamlar qoʻgʻirchoqlarga qiziqmay qolgan davrda, u shu ishi bilan yashab qolishni, sanʼat asari yaratishni istaydi. Ammo hech kimga bu qiziqmas, u veterinar xotini Lotte bilan kambagʻal holatda yashaydi. Allaqachon oʻrta yosh krizisiga uchragan, hayotdan ham, ishidan ham maʼno topa olmayotgan Craig yangi ishga kirib u yerdagi hamkasbi Maxxinega yoqishga harakat qila boshlaydi va xonasida bir portalga duch keladi va u mashhur aktyor John Malkovich boshida paydo boʻlib qoladi. Qizni ilintirishga harakat qilayotgan yigit Maxxinega bu haqida aytib, buni biznesga aylantirib yuborishga harakat boshlashadi. Agar filmga yaxshilab qaralsa - u psixologik horror, oʻzini hayotiga ega boʻlmagan odam, boshqa mashhur odamni hayoti tufayli muvaffaqiyatga erishmoqchi. Bu orqali avvalo oʻzini, oʻz shaxsiyatini yoʻqotadi, atrofdagi odamlar, yaqinlariga ham jiddiy psixologik taʼsir koʻrsatadi, eng yomoni Malkovichning hayotiga taʼsir qilib, uniyam turmushini buzib yuborishga boradi. Har bir odamda, faqatgina u bilishi kerak boʻlgan shaxsiy sirlari, oʻta shaxsiy hayoti bor, mana shu oltin qoida buziladi. Shuningdek, mana shunaqa qorongʻu mavzular ichida - film juda kulguli qilib ishlangan, mavzu oʻta jiddiy, ammo yetkazib berish usuli quvnoq mana shu ham filmning eng kuchli tomoni. Qoʻgʻirchoqbozning bir odam hayotini "oʻynatishi" kabi metaforaning oʻziyoq buni isboti. Va eng katta taʼsiri, ushbu film ayni odamlar mashhurlar hayotiga mukkasidan ketgan, ularga taqlid qilish kuchayib, paparazi degan balo avj olgan paytda chiqqani. Yana bir eslab oʻtish kerak boʻlgan jihat - bu Spike Jonzening debyut toʻliq metrajli filmi boʻlsa, Kaufmanning ilk ssenariysi hisoblanadi. Kinoga shunaqa kirib kelsangda kishi. Filmning davomi haqida doʻstimiz, aktyor John Malkovich gapiradi. Malkovich. Malkovich Malkovich Malkovich, Malkovich. Malkovich? Malkovich, Malkovich Malkovich. Malkovich! Malkovich? Malkovich Malkovich Malkovich. Malkovich, Malkovich, Malkovich, Malkovich... Malkovich. Malkovich Malkovich, Malkovich. Malkovich? Malkovich, Malkovich Malkovich. Malkovich! @bobilkinoteatri

  • #haftayulduzi "Being John Malkovich(Jon Malkovich boʻlish, Быть Джо́ном Ма́лковичем)1999 Rejjisyor: Spike Jonze Janr: komediya, psixologik drama, satira, showbiz, fentezi Reytinglar: IMDb - 7,7 Letterboxd - 4,1 Rollarda: John Cusack, Cameron Diaz, John Malkovich , Catherine Keener Byudjet - 13 mln, kassa - 23 mln Mukofotlari: - 3 ta oskar nominatsiyasi (ikkinchi darajali aktrisa - Keener, rejjisyor, ssenariy), BAFTA - eng yaxshi ssneriy gʻolibi , 4 ta Oltin Globus nominatsiyasi, Venetsiyada 2 ta maxsus mukofot va boshqa 46 turli sovrin @bobilkinoteatri

  • #revyu #taqriz Kaufman filmlarini eng ajralib turuvchi jihati - nima haqiqiy va nima aslida roʻyo ekanligini film soʻnggigacha tushunmasliging boʻlsa kerak (baʼzida koʻrib boʻlib ham tushunmaysan). Bu film ham shunaqa, lekin biroz boshqacha shaklda, men buni, hattoki Kaufman uchun ham gʻalati film degan boʻlardim. Maykl - oʻrta yoshli motivator, avtor va mashhur spiker. U nutq soʻzlash uchun bir shaharga uchib keladi. Uni kasalligi bor - Fregoli sindromi, uni koʻziga hamma odamni yuzi bir xil koʻrinib, ovozlar bit xil boʻlib eshitiladi. Mehmonxonaga joylashgan, ertaga nima boʻlishi haqida oʻylayotgan, hammaga motivatsiya berib, oʻzi oʻrta yosh krizisiga tushib qolgan Maykl Lisa ismli ayolni uchratib qoladi. Qizigʻi, boshqalardan farqli ravishda Lisa oʻz yuzi va ovoziga ega edi. Filmning birinchi yarmi - haqiqiy romantika, xuddiki butun dunyo bitta, sen sevgan odam bitta. Maykl oilali, farzanli odam, lekin sevgi baribir unga keldi, u sevib qoldi. Koʻzlar hammani bir xil koʻradi, lekin sen sevgan odamni emas, u oʻzgacha, u bitta, u yagona. Lekim hammasi ikkinchi yarmida ochiladi. Film mana shu yerdan boshlanadi. Pastda spoyler bor. Filmning ikkinchi yarmida, yani ular birga boʻlganlaridan keyin Lisa ham boshqalar kabi bir xil boʻlib qoladi. Bu yerdan koʻrgan odamlar, ha demak sevgi oʻtkinchi, faqat yotoqqacha kabi fikrga kelishadi. Bu Kaufman filmi, hech qachon bunchalik oddiy boʻlishi mumkin emas. Filmda kichik, lekin oʻta muhim detall bor, mehmonxona nomi - Fregoli, xuddi kasallik kabi. Demakki, aslida barcha voqealar shunchaki Mayklning miyasida sodir boʻlyapti, Lisa hech qachon mavjud emas, u oʻz tasavvurida shularni yaratdi. U oʻzi oʻylab, oxirida oʻzi bunga chek qoʻydi hamda oʻz oilasiga qaytdi. Har xolda man shunaqa deb oʻylayman. Film qoʻgʻirchoqlar orqali ishlangani sababi ham shu, aynan mana shu omil bilan hammasi soxta ekraniga ishora qoldirilgan. Filmni koʻringlar. @bobilkinoteatri

  • #haftayulduzi "Anomalisa"(2015) Rejjisyor: Charlie Kaufman, Duke Johnson Janr: stop-motion animatsiya, drama, romantika Reytinglar: IMDb - 7,2 Letterboxd - 3,8 Rollarda: David Thewlis, Jennifer Jason Leigh Byudjet - 8 million, kassa - 5 million Mukofotlari: - 1 ta oskar nominatsiyasi(animatsion film), Venetsiya festivalida Jury Prize va boshqa 24 mukofot @bobilkinoteatri

  • #revyu #taqriz Kaufman ijodiga koʻpchilik boshqa filmlar orqali kirishgan, lekin shaxsan hammasini boshidan birinchi marta koʻrib chiqish kerak boʻlsa - ushbu filmdan boshlash kerak. Chunki bu yerda uning eng aniq fishkalari koʻringan. Kaufmanni koʻpchilik David Linchning ssenariyshunos varianti deya hisoblaydi, chunki ikkalasi ham xuddi mastlikda koʻrilgan tushga oʻxshab, qayerda roʻyo tugab, haqiqat boshlanishini tushunish qiyin. Film borasida Linch ancha oldinda boʻlgani bilan, aynan ssenariy borasida Kaufman ehtimol kino tarixidagi eng yaxshilaridan biri, chunki unda har bir ssenariy muallifiga oʻrgatiladigan bir narsa eng yuqori darajada - rewriting. Buni filmlarini bir necha marta koʻrgan odam tushunadi, har bir sahna orqasida yana bir sahna yotgan boʻlib, qavat-qavat ketgan. Film sevgan qizini ota-onasi bilan ilk marta koʻrishishga olib borgan yigitdan boshlanadi. Boʻron, shahar chekkasidagi xonadon, juftlik tashrif buyuradi. Ammo uy biroz gʻalati, qiz oʻzida noqulayliklarni his qila boshlaydi, vaqt oʻtishi bilan ota-onaning ham munosabati ham oʻzgarib, vaziyat yanada yomonlasha boshlaydi. Ular ketishga qaror qilishadi, boʻrondago muzqaymoqlar, eski maktabdagi farrosh chol. Qandaydir horror vaybimi? Faqatgina filmni oxirigacha koʻrgan odam filmni tushuna boshlaydi (shundayam koʻpchilik faqatgina koʻrib boʻlib, u haqida oʻqib tushunganini aytgan). Pastda spoyler bor, koʻrib oʻqilsin. Film aslida nima haqida? Film aynan soʻngidagi farrosh cholning miyasida boʻlib oʻtadigan voqealar haqida. U oʻz yoshligini eslaydi, oʻtgan umrga achinadi, miyasida hech qachon boʻlmagan sevgan qizini yaratib, u bilan soxta xotiralar oʻylab topadi. Ota-onasi, uyidagi voqealar oʻzining yomon oʻtgan bolaligi tasviri, u har xil hikoyalar orqali shuni qayta yaratadi, shu haqida, oʻtib ketgan ota-onasi va oʻzining soniya sari tugab borayotgan umri haqida oʻylaydi. Filmdagi yagona real voqea - chol va uning oʻlimi, film ayni oʻlimdan oldingi soʻnggi xotira haqida soʻzlaydi. Film aynan shu nomdagi romanga asoslangan boʻlsa-da, Kaufman uni oʻz uslubiga moslab abstrakt asarga aylantirgan. Aynan shu filmdan boshlashni oʻrinli deb topdim va tavsiya qilaman. @bobilkinoteatri

  • #haftayulduzi "I'm thinking of ending things (Hammasiga chek qoʻyishni oʻylayapman,Думаю, как всё закончить)2020 Rejjisyor: Charlie Kaufman Janr: psixologik drama, triller Reytinglar: IMDb - 6,5 Letterboxd - 3,5 Rollarda: Jesse Plemons, Jessie Buckley, David Thewlis, Toni Collette, Guy Boyd Byudjet - 5 million dollar, kassa - striming Mukofotlari: - 13 ta turli mukofot @bobilkinoteatri

  • 3 авг.557121

    #haftayulduzi Bu hafta ehtimol zamonaviy kinoda oʻz nomini rejjisyorlarniki bilan bir xil darajaga olib chiqqan kam sonli ssenariystlardan biri - Charlie Kaufman ssenariy yozgan va rejjisyorlik qilgan filmlar haqida gaplashamiz. @bobilkinoteatri

  • 2 авг.588142

    Bir hafta davomida mana Tarkovskiy haqida gaplashdik. Shu haqida fikr bildiringlar qani, kimdir oʻqidimi oʻzi, koʻrishga yoki u haqida oʻrganishga motivatsiya paydo boʻldimi? Buni davom ettirish kerakmi, ha boʻlsa yana kimlarni, qanday oʻzgartishlar bilan? Fikrlarga ochiqman bugun. @bobilkinoteatri

  • 2 авг.583145

    #hayfakt Andrey Tarkovskiyning bor yoʻgʻi 7 ta toʻliq metrajli badiiy filmi bor va bulardan barchasi Letterboxd Top-500 listidan oʻrin olgan. GOAT? @bobilkinoteatri

  • #revyu #taqriz Tarkovskiy shoir kabi, uning filmlari nasrdan koʻra nazmga yaqinroq. Uning eng yaxshi sheʼri esa shubhasiz "Mirror". Unda ijodkor oʻzining butun bolaligini jamlagan. Film bir oʻrta yoshli shoirning oʻtmishi va buguni haqida hikoya qiladi. Bolaligi oʻtgan qishloq, uning mungli kunlari, onasi bilan boʻlib oʻtgan voqealar keyin esa hozirgi hayoti, rafiqasi va bolasi bilan hayoti. Eng qiziq jihati, onasi ga rafiqasini bir aktrisa, bolaligi va bolasini bir aktyor oʻynagan, Tarkovskiy oʻtmish va bugunga shu orqali oyna tutgan. Tarkovskiy filmlaridagi bosh aktyor - doimo tabiat boʻlgan. Ushbu filmda tabiat ham oʻzining eng yaxshi rolini ijro etgan. Tarkovskiy tabiatni hikoya shunday goʻzal bogʻlaganki, har bir barg toʻkilishining ham hikoyada oʻz oʻrni bor. Quyosh nuri, olov, yomgʻirning ovozi, goʻzal emasmi? Filmning eng yoqimli jihati - film voqealari uzuq-yuluq koʻrsatiladi. Nimaga? Chunki bu xotira, inson hech qachon ayni voqeani boricha eslab qola olmaydi. Tarkovskiy esa aynan shuni toʻgʻri tushungan, u bolaligini oʻzi eslaganicha koʻrsatgan. Yana Tarkovskiyning oʻz jumlasi bilan tugatmoqchiman: "Bu film o‘z yaqinlariga juda ko‘p azob bergan, ammo o‘sha yaqinlari uni sevgan bir inson haqida. Endi esa u o‘lim to‘shagida yotibdi va ulardan kechirim so‘rashga urinmoqda. Lekin buni qanday qilishni bilmaydi." @bobilkinoteatri

  • #haftayulduzi "Mirror(Koʻzgu, Зеркало)1975 Rejjisyor: Andrey Tarkovsky Janr: drama, biografiya Reytinglar: IMDb - 7,9 Letterboxd - 4,3(148) Rollarda: Anatoliy Solonitsyn, Margarita Terexova, Ignat Daniltsev Byudjet - 622 ming rubl, Kassa - 124 ming dollar Mukofotlari: - @bobilkinoteatri

  • #taqriz #revyu Tarkovskiy juda murakkab shaxs, uni hayotini oʻrganib borsa, juda koʻp narsani oʻrgansa, ilhomlansa boʻladi ayniqsa shu hafta bu haqida juda koʻp oʻrgandim. Ushbu film esa ehtimol uning shaxsiyatini eng koʻp ifodalaydi. Hammasi juda oddiy aslida, inson ishonishi va boʻysunishi kerak boʻlgan yagona narsa - xudo. Film oʻrta asr Rossiyasidagi rassom Andrey Rublyov haqida hikoya qiladi. Oʻsha davrda rassomchilik faqatgina din uchun xizmat qilgan, rassomlar esa eng kuchli dindorlar boʻlishgan, chunki dinni rasmga tushirish uchun birinchi navbatda uni oʻz tanasida his qilishi kerak kishi. Rublyov esa oʻsha davr Rusidagi bu borada eng yetuk odam edi. Film uning butun hayotidagi 7 turli hikoyani soʻzlaydi. Biz bu yerda isteʼdodning buyukligidan, umidsiz inson qismatigacha, eng hurmatli kishidan, xudodan boshqa hech kimi yoʻq odamgacha barchasini koʻramiz. Toʻgʻrisi film diniy film ekanligini eshitib, koʻrmay yurgandim, chunki odatda juda oddiy konsepsiya asosida ishlanadi bunday filmlar, hammasi yaxshi edi, keyin yomon boʻladi, xudoga ishonib yetuklikka erishadi. Ammo bu yerda umuman boshqa, Tarkovskiy haqiqiy dindor odam qanday boʻlishini koʻrsatgan, har qanday holatda ham xudo bilan oʻrtasiga hech narsa tusha olmaydigan insonni koʻrsatgan u. Tarkovskiy butun umr oʻzi boʻlishni istagan odamni ekranga koʻchirgan. Men aynan ana shuni sevaman, ijodkor asarida yashasa, mana shu eng yaxshi film boʻladi. Andrey Rublyov esa, ushbu gapga eng mos boʻlgan film. Uni koʻrishni kimgadir tavsiya bermayman, chunki buni kimdandir eshitib koʻrib boʻlmaydi, bu davrga odamni oʻzi yetib kelishi kerak, boʻlmasa uni tushunish mumkin, lekin toʻliq his qilib boʻlmaydi. @bobilkinoteatri

  • #haftayulduzi "Andrei Rublev (Andrey Rublyov, Андрей Рублёв)1966 Rejjisyor: Andrey Tarkovsky Janr: historical, epic, biografiya Reytinglar: IMDb - 8 Letterboxd - 4,4(38) Rollarda: Anatoliy Solonitsyn, Ivan Lapikov, Nikolay Grinko, Nikolay Sergeyev Byudjet - 1 mln rubl, Kassa - 179 ming dollar Mukofotlari: Kannda maxsus mukofot va yana 4 ta mukofot @bobilkinoteatri