Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov
Статистика💬 Shaxsiy fikrlar va qarashlar 📚 Kitob tahlili 🎬 Kino taqriz Murojaat uchun: @javokhir_makhkamov
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 34
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 165
- 1/48двое суток
- 189
- 1/72трое суток
- 203
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#mutolaa Yelena: G‘oyat olisdaman, ham yaqindaman Sening yoningdaman, bunda, bundaman. Faust: Hayajondan nafas olurman bazo'r Tushmi bu yoki o'ng? O, qanday huzur! Yelena: Hayotim so‘ngida qayta tug'ildim, Sening muhabbating ila yo‘g‘rildim. Faust: Ne naf, muhabbatdan ko‘p qilma‐yu arz, Bir dam bo‘lsin — yasha. Yashamoq — bu farz. Gyote " Faust ". @eski_z
Kutilmagan javob
Kutilmagan javob
Odamlarni fikrini o‘zgartirishga majburlashga urinmang. Ularga o‘z xato qarashlarini ko‘rib chiqish va mustaqil fikrlashga yordam bering.
Odamlarni fikrini o‘zgartirishga majburlashga urinmang. Ularga o‘z xato qarashlarini ko‘rib chiqish va mustaqil fikrlashga yordam bering.
MEN KIMNIDIR KUTAMAN MAHZUN, Men kimgadir yig‘lamog‘im shart, Tanholik-la turibman o‘zim, Mening bilan birgina zulmat. Yiroqlarda ingranar List ham, Qulog‘imga bo‘zlaydi Furqat. Huzurimga chiqmas bir odam, Men baribir kutgayman faqat. O‘ksib-o‘ksib axtaraman nur, Qorong‘uda bo‘lgayman ado. Qo‘ng‘iroqlar jarangi kelur, Qanday mash’um bu go‘zal sado. Shilliqurtday to‘lg‘anar ariq, Suyanaman badburush tolga, Osmon yuzi shundayin sariq, Sovuqlikni qaylardan olgan? Kular-da va qalqib borar oy, Kimni aldab, balqib borar oy – Tevarakda kecha qorasoch. Men kutgayman, eltmas uyqu, Men kimgadir yig‘lamog‘im shart. Ayting, nechun tashlab ketdi u, Nechun tashlab ketdi muhabbat? Tugab borar tun yanglig‘ toqat, Saharlarga bergayman hisob. Qayga ketdi, qayga muhabbat? Yuragimda muqaddas azob. Rauf Parfi, 1965
Insonning eng katta illyuziyalaridan biri - hayotni, yoki istalgan bir narsani tushunganiga ishonish. Bir nechta kitob. Bir nechta nazariya. Biroz tajriba. Shu kifoya. Odam hayotning algoritmini topgandek boshqalarga uni tushuntira boshlaydi. Algoritm qisman bordirkuya. Hamma narsada qonuniyatlar bordir. Ammo xaosning o'rni kattaroq. Hayotni bir necha formulaga, psixologik modelga yoki falsafiy qarashga sig'dirishga urinish - murakkablikni soddalashtirish xolos. Shuning uchun hayotni eng ko'p tushuntiradiganlar meni ishontira olmaydi. Aksincha, hayotning murakkabligini tan oladiganlar ko'proq ishonch uyg'otadi. Hayotni tushunish va hayotni tushundim deb ishonish - bir-biridan butunlay boshqa narsalar. @Qudrat
Eshitgan qo'shiqlarim orasida eng ma'noli matnga ega qo'shiq shu, manimcha! Har bir satrini alohida tahlil qilib, fikrlab ko'rishga arziydi. Qo'shiq she'ri juda falsafiy va hayotning o'zgaruvchanligi, inson tabiati, muhabbat, do'stlik va taqdir haqida chuqur mulohaza yuritadi.
Ishonaman, aytganlaring samimiy bari Lekin, birdek tutolmaymiz mayli rag′batni Ehtirosning mahsulidir ahd ila paymon Ammo o'sha olov bir kun so′nar begumon Butoqdagi meva rosa pishgandan keyin Bir kun yerga shart uzilib tushmog'i tayin Yashash uchun qasamlarni unutish lozim Qasamlarki shosha-pisha ichamiz doim Yolg'iz bitta rag′bat uchun yashamaymiz bas! Almashinib turar bizda ishtiyoq, havas Alvon-alvon sur′atida sevinch va qayg'u Bir-birini sovuradi, suradi yog′u Sevinch degan ko'rinadi qayg′uga xira Qayg'uning ham sevinch bilan ishi yo′q sira Hamma narsa muvoqiddir, foniydur hayhot Qaydan ketsa muhabbatning umriga sabot Kim kimniki, buni hali yechmoq kerakdir Taqdirni ishq yuritarmi yo ishqni taqdir Yiqilganda do'stlaring ham yuzin o'girar Yuksalganda dushmanlaring do′st bo′lib turar Xo'sh, nimadir ataymi yo tasodifmi bu? Kimki do′stdan bezor bo'lsa, uning do′sti mo'l Do′stga muhtoj bo'lib do'stni o′ylagan odam Oxir dushman qilib qo′yar yolg'iz do′stni ham Boshlagandim, o'sha gapga qaytaman yana Dunyo degan tuganmas bir tasodifxona Kerak paytda bizning izmu-ixtiyorda bas Orzu qilar, istak qilar, mahsuli qolmas Siz ikkinchi er qilishdan etsangiz xazar To birinchi bevalikka yetgunga qadar Taqdir shartlarga berolmay bardosh Tashlab ketdi mana yosh bir qalam-qosh Bir deganda ketdi ham do′st ham sirdosh O'ylab ko′r sababi nima? Maosh.
видео или голосовое, без подписи
Dushanba haqida qisqacha @kinoekrani
Kristofer Nolanning yaqinda kinoekranlarga chiqqan “Odisseya” filmini ko’rdim. Filmda bitta jumla alohida e’tiborimni tortdi: “O’zingga ravo ko’rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko’rma.” Filmda Odissey bu fikrni oddiy axloqiy tavsiya sifatida emas, balki deyarli qonun darajasiga ko’taradi. Eng muhimi, u boshqalardan talab qilayotgan narsaga avvalo o’zi amal qiladi. Aretologik nuqtayi nazardan qaraganda, bu tamoyil insoniyat uchun eng zarur axloqiy prinsiplardan biri. Chunki adolat, ishonch, sadoqat va hurmatning deyarli barchasi aynan shu bitta g’oyaning turli ko’rinishlaridir. Men ham bu fikrga qo’shilaman. Lekin orqamga, atrofimga, jamiyatga qarayman… Va men uchun juda g’alati bo’lgan manzarani guvohi bo’laman. O’zing tanqidni ko’tarolmaysan, lekin boshqalarni bemalol tanqid qilasan. O’zing mutlaqo radikalsan, lekin boshqalardan bag’rikenglik talab qilasan. O’zing yolg’on gapirasan, lekin odamlardan mutlaq rostgo’ylik kutasan. O’zing g’irt o’tkinchisan, lekin senga nisbatan cheksiz sadoqat bo’lishini xohlaysan. O’zing kechirishni bilmaysan, lekin seni hamma tushunishini kutasan. Shunday misollarni davom ettiraversang, bitta emas, bir nechta daftar to’ladi. Paradoks shundaki, inson ko’pincha boshqalarga qo’yayotgan axloqiy talablarini o’ziga nisbatan qo’llamaydi. Xuddi o’zi uchun boshqa qonun, boshqalar uchun esa boshqa qonun mavjuddek. Naqadar absurd. Ba’zan o’ylab qolaman, buning sababi nimada? Inson o’zini yetarlicha anglamagani uchunmi? Yo’q. Menimcha, muammo bundan ham chuqurroq. Inson boshqalarni tahlil qilishga sarflaydigan vaqtining juda oz qismini o’zini tahlil qilishga sarflaydi. Biz boshqalarning xatolarini juda aniq ko’ramiz, lekin o’z xatolarimizni ko’rish uchun zarur bo’lgan ichki masofani hosil qila olmaymiz. Chunki ego doimo o’zini oqlash bilan band bo’ladi. Natijada boshqalarga nisbatan talabchan, o’zimizga nisbatan esa nihoyatda bag’rikeng bo’lib qolamiz. Balki axloqning haqiqiy mezoni ham shu yerdadir. Sen boshqalardan nimani talab qilyapsan, avvalo o’sha narsa o’zingda mavjudmi? Menimcha, inson aynan shu savolga samimiy javob bera olgan kunidan boshlab haqiqiy ma’noda axloqiy kamolot sari harakat qiladi. @islom_nurmurod
Kubokni kim osa olaversin, kechagi o'yinni final deb qo'ya qolaylik @plossla
Chun g‘araz so‘zdin erur ma’ni anga, Noqil o‘lsa xoh xotun, xoh er. So‘zchi holin boqma, boq so‘z holini, Ko‘rma kim der oni, ko‘rgilkim, ne der. - Alisher Navoiy
CELTA amaliyoti qizg'in davom etyapti... 😇 Bu peer tutor observation: kursdosh o'qituvchilarning darsini kuzatish
Kapitalizm tarafdorlari o'zlarining qulayligi uchun qancha azob-uqubat kerakligini tushunishmaydi. Agar Sizning kapitalizm haqidagi tushunchangiz faqat o'z shinam hayotingiz bilan boshlanib, shu bilan tugasa — demak, siz bu tizimni tubdan tushunmaysiz, va yashayotgan dunyongizni ham tushunmaysiz. Loaqal, qo'lingizdagi smartfonlar uchun lityum-ion batareyalar tarkibidagi kobaltni Kongoda qazish uchun qanchadan-qancha yosh bolalar qonli mehnat qilishi haqida o'ylab ko'rganmisiz? Agar kapitalizm hammaga boylik va farovonlik olib kelsa, nega sizningcha Janubiy yarim shar (Global South) bunchalik qashshoq? Siz rostdan ham dunyoning yarmi qanday mehnat qilishni bilmaydi deb o'ylaysizmi? Rostdan ham 20 ming yildan beri o'z yerida dehqonchilik qilib kelayotgan xalqlarga, ularga qanday ish tutishni ko'rsatish uchun yevropaliklar kerak deb o'ylaysizmi? Kapitalizm boy "rivojlangan" mamlakatlarda ham qashshoqlik va uysizlikni hal qila olmayapti. Buning uchun Amerikada rasmiy uysizlik statistikasiga qarashning o'zi kifoya. Lekin siz u Janubiy yarim shardagi milliardlab odamni qashshoqlikdan sehrli tarzda qutqaradi deb o'ylaysizmi? Bu qachon sodir bo'ladi deb ishonasiz? Kapitalizmning bu muammolarni hal qilish uchun qandaydir muddati yoki strategiyasi bormi? Kapitalizm bu savollarga javob bera olmaydi, chunki bu javoblar kapitalizm ostida umuman mavjud emas. Chunki kapitalizmning YAGONA maqsadi — boylarni yanada boyitish... Va bizning qolganlarimiz esa buning evaziga qashshoqlik sari surib tashlanishimiz kerak. Kapitalizm kolonializm davrida paydo bo'lganidan beri, u doim boylarni yanada boyitish uchun ekspluatatsiya va talon-taroj bilan bog'liq bo'lgan. Va "kapitalizm millionlab odamni qashshoqlikdan qutqardi" deyishingiz mumkin faqat... faqat kapitalizm milliardlab boshqa odamlarni qashshoqlikka SURGANINI butunlay e'tiborsiz qoldirsangiz. Kapitalizm tarafdorlari million xil Lego o'yinchoqlarini, 100 xil tish pastasini va 20 xil avtomobil markasini ko'rib, "Ha, mana bu — erkinlik" deb o'ylashadi... Ammo siz o'z imtiyoz va qulayligingiz bilan faxrlanishingiz mumkin, faqat butun bu logistik tarmoqni harakatga keltiruvchi qon daryolariga ko'z yumsangiz. Kapitalizmning yutuqlari bilan faqat sanoat chiqindilari daryolari va plastik axlat okeanlariga e'tibor bermasangiz faxrlanishingiz mumkin. Kapitalizmning "erkinligi" haqida gapirishingiz mumkin... faqat korporativ foyda uchun milliardlab odamga majburan yuklangan tinimsiz urushlar, genotsid va o'ta yuqori darajadagi qashshoqlikka ko'z yumsangiz. Shuni tushunishingiz kerakki, kapitalizm — o'z-o'zini yo'q qiluvchi tizim. U boylar biror tiyin ham yo'qotmasdan turib, jamiyat va sayyorani halok qiladi. Kapitalizm uchun kurashishni bas qilish kerakmikin? Chunki u hech qachon siz uchun kurashmaydi. Sizga qarshilar — immigrantlar va dunyo bo'ylab boshqa ishchilar emas, balki dunyodagi hamma narsa o'zimizniki, deb turib olgan milliarderlardir. Va ular bizni "qirindilar" bilan yashashga tashlab, o'zlari hech qachon tuzatishni o'ylamagan sayyorani vayron qilishda davom etishadi. Xohlaysizmi-yo'qmi, siz sinfiy kurashdasiz. Va kapitalist sinf qo'rqadigan yagona narsa — kommunizm. Endi buning sababini bilib olish va nima qilish kerakligini anglash kerak. Bizlar bir-birimiz uchun eng muhim arsenalmiz, va yorqin kelajak uchun yagona imkoniyatimiz — hamkorlik. Shu haqida fikr yuritib ko'rish kerak...
Yaxshi yangiliklar ham bor, koʻz tegmasin! @choponliaka
Kim ushbu san'at asarini oldin ko'rgan? Yoki eshitgan u haqida?
Kim ushbu san'at asarini oldin ko'rgan? Yoki eshitgan u haqida?
Xalqaro huquq degan narsa mavjud emas. Mavjudi — AQSh imperiyasi. Jazodan xoli imperializm. B-52 bombardimonchilari. 80 mamlakatdagi 800 ta AQSh harbiy bazasi. Maxsus "zarba guruhlari". O‘lim otryadlari. Genotsidlar. Davlat to‘ntarishlari. Va, albatta, neft.