tgindex
Qudrat
@QudratВидеоузбекский

Oʻrganish - o'zgarish demakdir. Agar o'zgarmagan bo'lsak demak, o'rganmabmiz. Donat - https://taps.uz/qudrat testolog.negiz.uz klinix.negiz.uz https://youtube.com/@Negizchi https://instagram.com/Negizchi Murojaat: @Qudratjohn

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
176
+1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
281
20 постов
Вовлечённость
159,7%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 21
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
57
1/48двое суток
65
1/72трое суток
70

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Men uzoq vaqt muammoni o'zimdan qidirdim. Nega bunchalik ko'p xato qildim? Nega ba'zi narsalarni kech tushundim? Nega shuncha vaqtni yo'qotdim? Avvaliga javob oddiy tuyulardi: demak yetarlicha aqlli emasman, demak yetarlicha harakat qilmaganman. Lekin vaqt o'tgani sayin bu javob meni qoniqtirmay qo'ydi. Chunki ortga qarab, hayotimdagi xatolarni birma-bir ko'ra boshlaganimda g'alati narsani payqadim. Ularning juda ko'pi aslida meniki emas edi. Men shunchaki mendan oldin yashagan odamlar qilgan xatolarni takrorlagan edim. Faqat ularning xulosalari menga yetib kelmagan. Balki yozilgan, balki aytilgan, balki umuman yashab ko'rsatilgan. Lekin men ularni o'z vaqtida uchratmaganman. Menga hayotning tartibi borligini o'rgatishgan. Yetarlicha o'qisang yaxshi ish topasan, yaxshi ishlasang qadrlanasan, halol bo'lsang albatta yutasan, deyishgan. Men bunga ishonganman. Ular meni aldash uchun emas, o'zlari ham shunga ishongani uchun aytishgan. Chunki hayotni tartibli deb tasavvur qilish xaosni tan olishdan ancha yengil. Keyin hayotning o'zi dars bera boshladi. Neft-gaz sohasida muhandislikka o'qidim. Menga bu mamlakatning strategik yo'nalishlaridan biri deyishgan. Lekin diplom olganimdan keyin tushundimki, ba'zan jamiyatning va'dalari bilan uning haqiqiy ehtiyojlari bir-biridan juda uzoqda bo'lar ekan. Men yillarimni sarflagan bilim bozor uchun deyarli ahamiyatsiz edi. Moslashishim kerak. Kimyo o'rgata boshladim. Men uchun kimyo formulalar to'plami emas. U tabiatning tili. Olamning ichki mantigʻi. Insonni hayratlantiradigan go'zallik. Men shuni ko'rsatmoqchi bo'ldim. Lekin bozor mendan hayratni emas, test natijasini sotib oldi. Ota-onalar farzandining tabiatni tushunishini emas, universitetga kirishini xohlashdi. Moslashishim kerak. Men ularni ham ayblay olmayman. Tizim ularni shunday yashashga majbur qilgan. Marketing bilan shug'ullandim. Menimcha, avval mahsulotni yaxshilash kerak, keyin reklama qilish. Bozor esa ko'pincha buning teskarisini mukofotlaydi. Ba'zan eng yaxshi mahsulot emas, eng baland ovoz yutadi. Ba'zan eng foydali g'oya emas, eng yaxshi sotilgan g'oya g'olib bo'ladi. Moslashishim kerak. (Gʻoliblikni nimaga qarab oʻlchash ham bor, ya'ni bu fikrni chuqurroq koʻrib chiqish kerak) Bundoq olib qarasamchi, oʻzi... Men xato o'ylayapmanmi? Yoki men yashayotgan tizim boshqa qonunlar bilan ishlaydimi? Moslashish borgan sari baxtsizlikka, vijdon oldidagi ogʻir savollarga qarab olib boradi. Hali ham bunga aniq javobim yo'q. Lekin bitta narsani tobora ko'proq his qilyapman. Men yozayotganimning sababi odamlarni o'zgartirish emas. Men dunyoni ham bir o'zim o'zgartirolmayman. Lekin dunyo mendan keyin ozgina bo'lsa ham yaxshiroq bo'lishi mumkin degan umiddan heech voz kecholmayman. Balki kimdir men qilgan xatoni qilmas. Balki u men yo'qotgan yillarni yo'qotmas. Balki unga ham hayotning tartibi bor deb aytishar, lekin u xaos ham bu dunyoning ajralmas qismi ekanini ertaroq tushunar. Balki u oʻz qadri bilan bozor bahosini bir narsa deb o'ylamas. Balki u men yig'lagan sabab bilan yig'lamas. Balki uning farzandi undan ham kamroq xato qilar. Menimcha, taraqqiyotning asl ma'nosi ham shu. Har safar yangi narsa ixtiro qilish emas. Har safar eski xatolarni kamroq takrorlash. Qudrat+ ham aslida shu illuziyadan tug'ilgan. Bu yerda men tayyor javoblarni yig'mayman. Men hayot mendan evaziga olgan narsalarni, evaziga bergan tushunchalarni yig'aman. Men haqiqatni topgan odam emasman.Men yozayotganlarimning hammasiga ishonmayman. Men ularni tekshirish uchun yozaman. Chunki fikr qog'ozga tushgandan keyingina unga qarshi chiqish mumkin. Ichingda qolgan fikr esa doim haq bo'lib tuyuladi. Balki o'n yildan keyin bugungi fikrlarimning ayrimlariga o'zim qarshi chiqarman. Lekin sukut saqlashni istamayman. Chunki eng katta yo'qotish xato qilish emas. Eng katta yo'qotish - har bir avlodning o'sha xatolarni yana boshidan boshlashi. Agar yozganlarim sabab bir kun kelib bitta insonning yo'li ozgina bo'lsa ham qisqarsa, bitta oilada kamroq og'riq bo'lsa, bitta bola yaxshiroq dunyoda ulg'aysa, menimcha, yozishga sarflangan umr bekor ketmagan bo'ladi.

  • Hodisa - Talqin - Javob Bu 3 ta narsani koʻp holatlarga tadbiq qilsa boʻladi. Qulayroq misol bilan tushuntirishga harakat qilaman. 1/2 Internet g'alati joy. Bir kuni 50 ming dollarini qimorda yutqazib, hayotiga nuqta qo'ygan odam haqidagi xabarni o'qiysan.…

  • Hodisa - Talqin - Javob Bu 3 ta narsani koʻp holatlarga tadbiq qilsa boʻladi. Qulayroq misol bilan tushuntirishga harakat qilaman. 1/2 Internet g'alati joy. Bir kuni 50 ming dollarini qimorda yutqazib, hayotiga nuqta qo'ygan odam haqidagi xabarni o'qiysan. Oradan ko'p o'tmay esa 300 ming dollar qarzga botgan, hamma narsasidan ayrilgan, lekin bir necha yildan keyin yana oyoqqa turib, biznesini tiklagan boshqa bir inson haqida o'qiysan. Tashqaridan qaraganda ikkalasi ham og'ir yo'qotishni boshdan kechirgan. Hatto ikkinchi odamning vaziyati qog'ozda birinchisidan ham yomonroq ko'rinadi. Lekin yakun mutlaqo boshqacha. Nega? Menimcha, javob pulning miqdorida emas. 50 ming va 300 ming orasidagi farqda ham emas. Javob hodisaning o'zida umuman yashamaydi. Javob hodisa bilan insonning javobi orasidagi ko'rinmas hududda yashaydi. Biz ko'pincha hayotni voqealar boshqaradi, deb o'ylaymiz. Aslida esa voqealar emas, voqealarga bergan ma'nolarimiz bizni boshqaradi. Bir odam yo'qotishni "hammasi tugadi" deb talqin qiladi. Boshqasi esa "hammasi o'zgardi" deb talqin qiladi. Bu ikki jumla orasida atigi bir necha harf farq qiladi, lekin ularning orasida butun umr masofasi yotadi. Hodisalar deyarli hech qachon o'z-o'zidan ma'noga ega bo'lmaydi. Ular shunchaki sodir bo'ladi. Qolganini bizning ongimiz bajaradi. Ong esa sukutni yoqtirmaydi. U har bir voqeaga izoh topishga shoshiladi. "Men tugadim", "Men omadsizman", "Hayot adolatsiz", "Menda imkon qolmadi". Qizig'i shundaki, shu paytgacha hali haqiqat biror marta gapirmagan bo'ladi. Gapirgan narsa faqat bizning ichki hikoyamiz bo'ladi. Inson hayoti uchta narsadan iborat. Avval hodisa sodir bo'ladi. Keyin biz unga talqin beramiz. Oxirida esa o'sha talqinga mos javob qaytaramiz. Odamlarning taqdiri ko'pincha hodisalarda emas, aynan shu ikkinchi bosqichda ajraladi. Chunki hodisa bir xil bo'lishi mumkin, lekin talqin hech qachon bir xil bo'lmaydi. Talqin boshqa bo'lsa, javob boshqa bo'ladi. Javob boshqa bo'lsa, bir necha yildan keyin hayot ham boshqa bo'ladi. Balki shuning uchun ham men odamning bugungi holatiga qarab uning ertasini hukm qilishdan qo'rqaman. Bugungi mag'lubiyat ertangi g'alabaning boshlanishi ham bo'lishi mumkin. Bugungi g'alaba esa ertangi halokatning ilk qadami ham bo'lishi mumkin. Chunki insonga hodisa emas, hodisaga bergan ma'nosi uzoqroq ta'sir qiladi . Va ehtimol, taqdir degan narsa ham biz bilan sodir bo'lgan voqealardan ko'ra, o'sha voqealarni ichimizda qanday hikoyaga aylantirganimizning sekin-asta qotib qolgan shaklidir. @Qudrat

  • "Ben sana bu çiçekleri mezarlıktan çaldım." "Men senga bu gullarni qabristondan uzib keldim." Juda kuchli metafora. Go‘zallik ham ba'zan og‘riq va yo‘qotish ichidan tug‘iladi. Qoʻshiq mazmuni qabriston gullaridek chiroyli va chuqur ekan. Gazapizm

  • Insonning eng katta illyuziyalaridan biri - hayotni, yoki istalgan bir narsani tushunganiga ishonish. Bir nechta kitob. Bir nechta nazariya. Biroz tajriba. Shu kifoya. Odam hayotning algoritmini topgandek boshqalarga uni tushuntira boshlaydi. Algoritm qisman bordirkuya. Hamma narsada qonuniyatlar bordir. Ammo xaosning o'rni kattaroq. Hayotni bir necha formulaga, psixologik modelga yoki falsafiy qarashga sig'dirishga urinish - murakkablikni soddalashtirish xolos. Shuning uchun hayotni eng ko'p tushuntiradiganlar meni ishontira olmaydi. Aksincha, hayotning murakkabligini tan oladiganlar ko'proq ishonch uyg'otadi. Hayotni tushunish va hayotni tushundim deb ishonish - bir-biridan butunlay boshqa narsalar. @Qudrat

  • Bu fikrlarni hissiyot bilan emas, ta'lim sohasidagi uzoq kuzatishlarim va tajribam asosida yozyapman. Hozircha quyidagi xulosalarga kelganman: - Ta'lim bozorida narxlarda spekulyatsiya bor. Ta'limga bevosita aloqasi bo'lmagan omillar ham mahsulot qiymati sifatida sotilyapti. - Konvertda oylik beradigan ta'lim muassasasi qadriyatlar haqida gapirishdan oldin o'ziga qarashi kerak. Gap faqat soliqqa borib taqalmaydi. Ta'lim dargohi shaffoflikda jamiyatga namuna bo'lishi kerak. Aks holda "qadriyat" navbatdagi marketing so'ziga aylanadi. - Xodim avval o'z ustida ishlashi kerak. Shunda u faqat ish emas, rahbar ham tanlay oladi. Bozorga kerak bo'lgan mutaxassisning tanlovi bo'ladi. Yetarli malakaga ega bo'lmagan xodim esa ko'pincha tanlash emas, ko'nishga majbur bo'ladi. - Bugungi iqtisodiy, ijtimoiy va insoniy vaziyatni hisobga olsak, ta'lim sohasida "falon yildan beri ishlaymiz", "falon mingta natija qilganmiz" degan da'voni marketingga aylantirish menga sog'lom tafakkur emas, uyatli holatdek tuyuladi. Hozircha fikrim shu. O'zgarsa, yana shu kanalda yozaman. @Qudrat

  • #5/44 HAMMADAN AJRALIB QOLASIZ | Eshitishni o'rgansangiz

  • Texnologiya faqat ishni tezlashtirish uchun emas, balki butun jarayonni tartibga solish uchun ham xizmat qilishi kerak. Shu gʻoya bilan bir muddat oldin Negiz Testolog platformasini ishga tushirgandik. Uning vazifasi taʼlim muassasalarida offline imtihonlarni roʻyxatdan oʻtkazishdan boshlab natijalarni eʼlon qilishgacha boʻlgan jarayonni avtomatlashtirish edi. testolog.negiz.uz Endi esa shu yondashuvni tibbiyot sohasiga ham olib kirdik. Klinix - xususiy klinikalar va tibbiyot markazlari uchun boshqaruv platformasi. Qabul, bemorlar bazasi, tibbiy kartalar, toʻlovlar, hisobotlar va boshqa muhim jarayonlarni bitta tizimda boshqarishga yordam beradi. klinix.negiz.uz Aslida bu alohida loyihalar emas. Ularni bitta maqsad birlashtiradi: murakkab jarayonlarni sodda, tushunarli va avtomatlashtirilgan tizimlarga aylantirish. Oldinda hali koʻp rejalar bor. Bosqichma-bosqich ulashib boraman. 🚀 @Qudrat

  • https://youtu.be/VgBa_2VtdJU?si=IYYRTmRrb5oiRuq6

  • #4/44 Siz haqingizdagi eng katta sir

  • #3/44 | Ta'limning mohiyati nima?

  • #2/44 | Qizil ip: Nega ba'zi odamlar boshqalar ko'rmaydigan bog'liqliklarni ko'radi?

  • #1/44 | Perfeksionizm sizni mukammal emas, harakatsiz qiladi

  • 🚀 Ta'lim sohasida startap boshladik va hozir hamkor-investor izlayapmiz. So'nggi bir necha oy davomida ta'lim muassasalari uchun test va baholash jarayonlarini avtomatlashtiruvchi B2B platforma - Testolog ( testolog.negiz.uz ) ustida ishladik. Bugungi kunda platforma foydalanishga tayyor. Bu shunchaki g'oya yoki MVP emas - real ishlaydigan mahsulot. Hozircha tijoriy daromad shakllanmagan. Buning asosiy sababi platforma ishga tushgan vaqt yozgi ta'til davriga to'g'ri kelgani. Shu sababli ko'plab maktablar va o'quv markazlarida yangi tizimlarni joriy etish sentabr oyiga qoldirilgan. Shunga qaramay, 40 dan ortiq ta'lim muassasasi bilan yangi o'quv yilidan platformani joriy etish bo'yicha muloqotdamiz. Potensial mijozlarimiz: • O'quv markazlari • Xususiy maktablar • Akademik litseylar • Boshqa ta'lim muassasalari Bugungi ehtiyojimiz mahsulot yaratish emas, balki uni bozorga tez va sifatli olib chiqish. Buning uchun mablag' quyidagi yo'nalishlarga yo'naltiriladi: sotuv va marketingni kuchaytirish; yangi mijozlarni jalb qilish; huquqiy va operatsion jarayonlarni mustahkamlash; to'lov tizimlarini to'liq avtomatlashtirish. Loyihaning bugungi qiymatini adolatli baholash qiyin, chunki hali real savdo statistikasi shakllanmagan. Shu sababli investitsiya shartlari va ulush masalasi ochiq muzokara asosida kelishiladi. Rejamiz: • Sentabr–noyabr oylarida real sotuvlarni yo'lga qo'yish; • Daromad, mijozlar soni va o'sish sur'ati asosida kompaniya qiymatini shakllantirish; • Shundan so'ng investitsiya shartlarini yakuniy ko'rinishda rasmiylashtirish. Agar siz: ta'lim va texnologiya sohasiga ishonsangiz; uzoq muddatli loyihaga investitsiya qilishni istasangiz; yoki platformani o'z muassasangizda sinab ko'rish, maslahat yoki tanishuvlar orqali yordam bera olsangiz, menga shaxsiy xabar yozishingiz mumkin. 👉🏻 @Qudratjohn Bu loyiha men uchun oddiy biznes emas. Maqsadimiz - O'zbekistondagi ta'lim muassasalari uchun zamonaviy va ishonchli infratuzilma yaratish. Agar bu yo'lda hamkor bo'lishni istasangiz, suhbatlashishdan mamnun bo'laman. Har qanday yordam - investitsiya, tanishuv yoki tavsiya - biz uchun qadrli. Rahmat!

  • 3 июл.438из NegizTestolog

    Endi imtihon o'tkazish kunlab vaqt va ortiqcha mehnat talab qilmaydi. Har bir ta'lim muassasasi uchun eng muhim savol - o'quvchi haqiqatan ham bilim oldimi? Negiz Testolog offlayn imtihonlarning butun jarayonini avtomatlashtiradi: o'quvchilarni ro'yxatdan o'tkazish, testlar, savollar kitobini shakllantirish, javoblar varaqalarini tekshirish, natijalarni hisoblash, reytinglar va statistik tahlillargacha. Platformada 4 xil imtihon rejimi mavjud: 📌 DTM 📌 Milliy sertifikat 📌 Olimpiada 📌 Prezident maktabi imtihoni Natijada siz: ✅ Imtihon jarayoniga ketadigan vaqt va energiyani 90% gacha tejaysiz ✅ Inson omilidan kelib chiqadigan xatolarni deyarli bartaraf etasiz ✅ Har bir o'quvchining bilim darajasini chuqur tahlil qilasiz ✅ Guruh, fan va o'qituvchi kesimida natijalarni nazorat qilasiz ✅ Qarorlarni real ma'lumotlarga asoslanib qabul qilasiz Negiz Testolog - bu shunchaki test platformasi emas. Bu ta'lim muassasasida akademik sifatni boshqarish va haqiqiy bilimni o'lchash tizimi. 🌐 testolog.negiz.uz

  • https://youtu.be/heZMPTeTkUo?si=lBbD5lDUJ4zaNNEW

  • Qudrat pinned «Ta'limni biznes sifatida qurish mumkin. Ta'limni mohiyat sifatida ham qurish mumkin. Eng qiyini esa - ikkalasini bir vaqtda ushlab turish. Bir podkastda eshitgan fikr meni uzoq o'ylantirdi. Agar maktabning ambitsiyasi biznes bo'lsa, u katta ehtimol bilan…»

  • Balki ta'limdagi eng katta muvaffaqiyat bugun qancha daromad topganing bilan emas, yigirma yildan keyin sen o'qitgan avlod qanday jamiyat qurgani bilan o'lchanishi kerakdir. Chunki bino qurish uchun bir necha oy kifoya. Kompaniya qurish uchun bir necha yil yetadi. Ammo inson qurish uchun ba'zan butun bir avlod kerak bo'ladi. @Qudrat

  • Ta'limni biznes sifatida qurish mumkin. Ta'limni mohiyat sifatida ham qurish mumkin. Eng qiyini esa - ikkalasini bir vaqtda ushlab turish. Bir podkastda eshitgan fikr meni uzoq o'ylantirdi. Agar maktabning ambitsiyasi biznes bo'lsa, u katta ehtimol bilan tez rivojlanadi. Filiallar ochiladi, o'quvchilar soni oshadi, daromad ko'payadi, brend kuchayadi. Chunki uning barcha qarorlari bozor nimani talab qilayotganiga qarab qabul qilinadi. Bozor esa bugungi natijani sotib oladi: yuqori ball, sertifikat, universitetga kirish, chiroyli bino, zamonaviy reklama. Bularning barchasi yomon emas. Aksincha, kerak. Ammo bir savol bor: bugungi natijalar uchun yugurayotganimizda, ertangi jamiyatni qurayotganimizni unutmayapmizmi? Ta'limning eng katta paradoksi shundaki, uning haqiqiy natijasi hech qachon bugun ko'rinmaydi. Bugun birinchi sinfga kirgan bola yigirma yildan keyin qanday shifokor, qanday muhandis, qanday olim, qanday ota yoki qanday rahbar bo'lishi - mana shu ta'limning asl natijasi. Lekin o'sha natija paydo bo'lganda, uni yaratgan maktab allaqachon boshqa avlodni o'qitayotgan bo'ladi. Demak, ta'lim shunday sohaki, unda eng katta meva eng kech pishadi. Muammo ham aynan shunda. Xarajatni maktab bugun qiladi, foydasini esa jamiyat yigirma yildan keyin oladi. Biznes esa tabiatan bugungi pul oqimi bilan yashaydi. U o'qituvchining maoshi, bino ijarasi, kommunal xarajatlar, soliqlar va yuzlab kundalik masalalarni bugun hal qilishi kerak. Shuning uchun ko'pchilik xususiy maktablar o'zini uzoq muddatli ijtimoiy loyiha emas, qisqa va o'rta muddatli biznes sifatida boshqarishga majbur bo'ladi. Bu ularning yomonligi emas, tizimning iqtisodiy mantig'i. Lekin shu yerda eng muhim savol tug'iladi. Agar maktab faqat ota-onalar bugun sotib oladigan narsani ishlab chiqarayotgan bo'lsa, u haqiqatan ham ta'lim bilan shug'ullanyaptimi yoki shunchaki imtihon natijalarini ishlab chiqarayotgan korxonaga aylanib qolyaptimi? Bugungi kunda muvaffaqiyatni juda tor ma'noda o'lchayapmiz. Nechta o'quvchi universitetga kirdi? Nechta sertifikat oldi? O'rtacha ball qancha? Bu ko'rsatkichlar kerak. Lekin ular insonning qanchalik halol, mas'uliyatli, mustaqil fikrlaydigan yoki jamiyat uchun foydali ekanini o'lchamaydi. Balki eng muhim sifatlar aynan shular bo'lishi mumkin. Haqiqiy ta'lim insonni faqat javob topishga emas, savol berishga ham o'rgatadi. Faqat yodlashga emas, shubha qilishga ham o'rgatadi. Faqat buyruq bajarishga emas, nima uchun shunday qilish kerakligini tushunishga ham o'rgatadi. Chunki tanqidiy fikrlashning mohiyati qarshi chiqish emas, dalilni shaxsdan ustun qo'yishdir. Bunday inson kerak bo'lsa hukumatni ham, oppozitsiyani ham bir xil mezon bilan baholaydi. U mashhur fikrga emas, asosli fikrga ergashadi. Ana shunday odamlarni tarbiyalash esa juda uzoq davom etadigan jarayon. Agar bir maktabning asosiy ambitsiyasi "yana beshta filial ochish" bo'lsa, barcha qarorlar asta-sekin shu maqsadga xizmat qila boshlaydi. Agar asosiy ambitsiyasi "yigirma yildan keyin mamlakatning eng yaxshi olimlari, muhandislari va halol rahbarlarini yetishtirish" bo'lsa, bugungi qarorlar ham mutlaqo boshqacha bo'ladi. O'qituvchi tanlash mezoni ham, dars mazmuni ham, maktab madaniyati ham o'zgaradi. Chunki ambitsiya faqat maqsad emas, u har kuni qabul qilinadigan minglab kichik qarorlarning yo'nalishini belgilaydi. Shu sababli bugun meni eng ko'p o'ylantirayotgan savol bu: O'zbekistonda yigirma yildan keyingi jamiyatni qurishni o'z oldiga maqsad qilgan nechta xususiy maktab bor? Balki bordir, lekin juda kam. Chunki bunday yo'l tez foyda bermaydi. U sabr talab qiladi. U uzoqni ko'ra olishni talab qiladi. U investor emas, bunyodkor tafakkurini talab qiladi. Ehtimol, kelajakdagi eng buyuk ta'lim muassasalari na faqat biznesni, na faqat g'oyani tanlaydi. Ular biznesni vosita, mohiyatni esa maqsad qiladi. Chunki biznes maktabni tirik saqlaydi, ammo mohiyat uning nima uchun mavjudligini belgilaydi. Agar vosita maqsadning o'rnini egallasa, maktab pul topadigan tashkilotga aylanadi. Agar maqsad vositasiz qolsa, eng yaxshi g'oyalar ham uzoqqa bormaydi. @Qudrat

  • Yilning yarmi tugayapti Odatda bu paytda odamlar o‘z natijalarini hisoblaydi. Men ham hisoblab ko‘rdim. Rostini aytsam, hali bu yilni katta g‘alabalar yili deb ayta olmayman. Oldimda hali ko‘p ishlar, ko‘p maqsadlar va bosib o‘tishim kerak bo‘lgan yo‘l bor. Lekin shu olti oy ichida boshqa bir narsani qo‘lga kiritdim. Men talabalik davrimdagi o‘zimni yana topayotgandek bo‘ldim. Bir vaqtlar men uchun kitob o‘qish oddiy mashg‘ulot emas, dunyoni tushunish usuli, hayotim mazmuni va ajralib turadigan jihatim edi. Keyin hayot tezlashdi. Mas'uliyatlar, maqsadchalar, darslar keyinroq yig‘ilishlar, rejalar, muammolar ko‘paydi. Hayotga "real" qarash, "katta"lardek oʻylash vaqti kelgandi. Vaqt o‘tib, o‘qish odati ham sekinlashdi. Bu yil esa yana kitoblar bilan yashay boshladim. Shu olti oy ichida Talebning "Qora oqqush" va "Tasodifga aldanganlar" asarlarini qayta o‘qidim. Har safar bu kitoblarni o‘qiganimda inson qanchalik ko‘p narsani nazorat qilyapman deb o‘ylashi, aslida esa hayotidagi eng muhim voqealar ko‘pincha kutilmagan joydan kelishini yana bir bor his qilaman. Bu kitoblar doim sumkamda yuradi. Hararining "Sapiens" asarini qayta o‘qidim. Bu kitob menga yana bir bor odamzodning eng katta qudrati mushaklarida ham, aqlida ham emas, balki umumiy hikoyalarga ishonish qobiliyatida ekanini eslatdi. Jek Londonning "Martin Iden" asarini qayta o‘qidim. Avval bu kitobdan ambitsiya, maqsad sari qanday harakat qilish kerakligi haqida tasavvur olgan bo‘lsam, bugun unda boshqa narsani ko‘rdim: inson ba'zan cho‘qqiga chiqish uchun umrini sarflaydi, lekin cho‘qqiga chiqqach nimani izlayotganini unutib qo‘yishi ham mumkin. Bu yil "Chernobil tavallosi"ni qayta o‘qidim. Undagi hikoyalar menga texnologiya yoki siyosatdan ko‘ra ko‘proq inson haqida gapirayotgandek tuyuldi. "Gods Debris", "Exhalation", "Falsafa", "Demokratiya", "Qonunlar ruhi haqida", "Miya", "Globallashuv", "Almanack", "Yuqumlilik", "Marketing 4.0", "Ta'lim", "Virtual yoki real qaramlik", "Ko‘ngillarni zabt et", "Ko‘rgan-kechirganlarim", "Kulgili odamning tushi", "Puankare"... Har biri alohida mavzu, alohida olam. Lekin qiziq tomoni, ularning barchasi meni bir xil xulosaga olib kelyapti. Biz o‘ylaganimizdan kamroq narsani bilamiz. Dunyo o‘ylaganimizdan murakkabroq. Inson o‘ylaganimizdan g‘alatiroq. Va kelajak o‘ylaganimizdan noaniqroq. Hozir esa oʻtgan yil rejalashtirganim Maksim Ilyaxov, Lyudmila Sarichevaning "Yoz, qisqartir" kitobini o‘qiyapman. Hozir menga aynan kerak deb oʻylaganim uchun. Bu yil hisobidan 23-kitob. Bu 6 oy menga yana savollar berdi. Yaxshiroq savollar. Chuqurroq savollar. Men esa yillar o‘tgan sayin insonning hayot sifati uning javoblari bilan emas, savollari bilan belgilanadi, degan fikrga tobora ko‘proq ishonib boryapman. Shuning uchun yilning birinchi yarmiga qarab afsuslanmayapman. @Qudrat

Qudrat — tgindex