tgindex
Laziz Hamidov

Men Laziz Hamidov ta’lim bo‘yicha jurnalistman, shuningdek, “Tasnif” agentligi rahbariman. Bu yerda shaxsiy qarashlarim, mulohazalarim va atrofdagi yangiliklarga bo‘lgan munosabatim haqida yozib boraman. Taklif va mulohazalar uchun: @hamidovaloqa_bot

Последний пост
16:09
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
22
Всего постов
40
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
9 895
+3 за 6 дн.
Сутки
−3
−0,03%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 380
34 постов
Вовлечённость
34,2%
к подписчикам
Постов в день
3,1
всего 40
Упоминаний
15
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
2 926
1/48двое суток
3 353
1/72трое суток
3 616

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 16:091 2072311

    O‘zbekistonda ilk pulli yo‘l qurildi Prezident Shavkat Mirziyoyev 35 kilometrlik “Urganch – Xiva” pulli avtomobil yo‘li orqali Urganchga qaytibdi. @lazizhamidov

  • 11:021 742133

    Tadbirkorlarga xorijiy brendmeyker jalb qilish xarajatining yarmi — $500 minggacha qoplab beriladi. Milliy brendni tashqi bozorda targ‘ib qilish va xalqaro talablarga moslashtirish uchun $50 minggacha subsidiya ajratiladi. Marketpleyslarda omborga joylashtirish va sotish xarajatining yarmi, xalqaro tenderlar uchun konsalting xarajatining 80%i kompensatsiya qilinadi. Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashning yagona tizimiga kamida $1 mlrd yo‘naltiriladi. @lazizhamidov

  • 11:001 71652

    Tadbirkorlar uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 15 foizga tushiriladi. @lazizhamidov

  • 10:401 9506115

    Bugun bir fizika fani o‘qituvchisi bilan gaplashib qoldim. Mehnat ta'tilida ekan. Bilasiz, hozir avgust, maktablarda o‘qituvchilar uchun darslar soati taqsimlanadigan mavsum. Bunday vaqtda hamma o‘qituvchi maksimal ko‘proq dars soati olish uchun tinimsiz maktabga, direktor yoniga qatnaydi. Men sizga yuqorida aytgan fizika fani o‘qituvchisi esa shu mahalda dam olishga chiqibdi. "Nega bunaqa xotirjamsiz?" desam "bizani fanimizni zo'r o'ta oladigan o'qituvchi kam. Shuning uchun dars soatim naqd deydi". ​Bu voqeani nima uchun yozyapman? Joriy yilgi oliy ta'lim qabulida yana o‘sha eski tendensiyani ko‘rdik: til, huquq, filologiya kabi yo‘nalishlarda ballar osmonda, abituriyentlar oqimi hamon shu yoqqa qarab ketyapti. Ammo kimyo, biotexnologiyalar, metallurgiya, fizika kabi aniq va tabiiy fanlar sohasida ballar past, qiziqish ham nisbatan sust. ​Kelajakda oqim qayoqqa qarab ketishini anglab, shu bo'yicha suzing yoshlar) @lazizhamidov

  • 08:251 852468

    Prezident va O’zbekistonning eng faol tadbirkorlari🎖️ @minbarortida

  • 17 авг.2 341512

    Oliy ta’lim vaziri Kongratbay Sharipov “Hozir yangi universitet ochishga ehtiyoj yo‘q” debdi.

  • 17 авг.941удалён 17 авг.

    Bojxona qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilning birinchi yarmida O'zbekistonga telefon importi 25,4 foizga oshibdi. Mobil qurilmalar eng ko'p Xitoydan olinmoqda, import telefonlarning o'rtacha narxi donasiga 202 dollardan to'g'ri kelyapti. @lazizhamidov

  • 17 авг.2 435285

    Qarorni qabul qilgan ham, zonani o‘zgartirgan ham, ma'lumotlar bazasini yangilashni kechiktirgan ham davlat idoralari hisoblanadi. Fuqaro esa so‘nggi uch yil davomida davlat tizimi ko‘rsatgan summani to‘lab kelgan. Idoralarning mas’uliyatsizligi va texnik kechikishi oqibatida yuzaga kelgan moliyaviy tafovut endi to‘lig‘icha fuqaroning zimmasiga tushibdi. (Batafsil) @lazizhamidov

  • 17 авг.2 9274510

    Oxirgi vaqtlarda xususiy universitetlar koʻpayib ketgani va ularning baʼzilari davlat standartlariga javob bera olmagani bahona qilinib, amalda yangi xususiy universitetlarga litsenziya berish deyarli toʻxtatib qoʻyildi. Adashmasam, ikki yildan beri shunaqa. Nahotki, ular yomon universitetni yopish bilan yangisining ochilishiga yo‘l qo‘ymaslik — ikki xil ish ekanini hamon tushunishmagan bo'lsa. Yaqinda "Ular" loyihamizda ham Aziz Gapparov bilan ayni shu mavzuda suhbatlashgandik. Ular aytyaptilarki: qonunan litsenziya olish mumkindek ko‘rinadi, amalda — deyarli iloji yo‘q. Hech kim senga rasman rad javobini bermaydi, shunchaki jarayon qotib turadi. Tasavvur qiling: real tadbirkor sarmoya kiritgan, binosi tayyor, oʻqituvchilar jamoasi va oʻquv dasturi bor. Litsenziya soʻrab ariza beradi va sababsiz rad javobini oladi. Nega? Javob yoʻq. Aziz aka aytdilarki, aslida yechim taqiq emas. Bozor qoidalariga koʻra, aniq talablar belgilanishi kerak: infratuzilma, oʻquv dasturi va sharoitlar boʻyicha qatʼiy standartlar qoʻyilishi lozim. Talabga javob berdimi — ishlashiga ruxsat berilsin. Eplay olmadimi — litsenziyasi bekor qilinsin. Lekin soha eshiklarini butunlay yopib qoʻyish mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. ​Axir bozor oʻzini oʻzi tozalaydigan mexanizm. Sifatsiz oʻquv yurti raqobatda yengilib, talabgor topolmay yopilib ketadi — buning uchun butun bir sohani sunʼiy muzlatish shart emas. Qolaversa, universitetlar koʻpayishi jamiyatdagi «diplom kulti»ni yoʻq qiladi: odamlar shunchaki qogʻoz uchun emas, real bilim va koʻnikma beradigan dargohni tanlashni boshlaydi. Sifat tushib ketishidan xavotirlanib boshlangan bu siyosat, raqobatni boʻgʻish orqali oxir-oqibat aynan oʻsha taʼlim sifatining yanada yomonlashishiga olib kelishi tayin. ​@lazizhamidov

  • 14 авг.6 11220520

    Rostdan kutilmagan boʻldi, lekin. Tabriklagan hammaga rahmat! @lazizhamidov

  • 14 авг.3 22277

    Biznes qachon va nega ma'lum bir nuqtaga kelib o'smay qoladi? O'zbekiston bozorida yirik darajaga chiqish, kompaniyalarni kengaytirish uchun qanday strategiyalar kerak? "ULAR" loyihasining navbatdagi mehmoni biznesni rivojlantirish bo'yicha mutaxassis, strateg Aziz Gapparov bo'ldilar. Ushbu sonda biz nima uchun faqatgina rahbarning shaxsiy brendiga qurilgan biznesni kelajakda sotish imkonsiz ekani, qachon davlat aralashuvini to'xtatib, bozorni erkin raqobatga qo'yib berish kerakligi va yaxshi xodimlarni olib qolish yo'llari haqida suhbatlashdik. https://youtu.be/fU6krUYrVj4

  • 14 авг.3 2522920

    Qonun bilan Administratsiya rahbarining vakolatlari belgilab berildi: Administratsiya Rahbari: - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshlig‘i sifatida davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlashga oid faoliyatini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlashga rahbarlik qiladi; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muvofiqlashtiruvida Administratsiya faoliyatiga rahbarlik qiladi, Administratsiya tarkibiy bo‘linmalarining tizimli faoliyatini ta’minlaydi, Administratsiyaning faoliyatini tashkil etishga doir farmoyishlar chiqaradi; - Administratsiyaning tashkiliy tuzilmasiga qo‘shimcha shtat birliklarini kiritadi va qisqartiradi, tegishli sohalar va tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofislarini tashkil etadi hamda tugatadi; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari (bundan buyon matnda Oliy Majlis palatalari deb yuritiladi), sud hokimiyati hamda sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorligini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlash choralarini ko‘radi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar hamda kuch ishlatishga vakolatli tuzilmalar faoliyatiga oid vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlash choralarini ko‘radi; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari faoliyatini nazorat qiladi, muvofiqlashtiradi hamda uning natijadorligini baholashni tashkil etadi; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga o‘z vakolatlari doirasida topshiriqlar beradi hamda ularning ijrosini tashkil etadi; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti uchun axborot-tahliliy va tashkiliy materiallarni tayyorlashni tashkil etadi, jamiyat va davlat hayoti uchun muhim bo‘lgan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tahliliy axborot kiritadi; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash organlari faoliyatini tashkil etadi; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash choralarini ko‘radi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy tusdagi va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlashni muvofiqlashtiradi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan qonun loyihalarini Oliy Majlis palatalarida ko‘rib chiqish jarayonlarida o‘z vakillari orqali ishtirok etadi; - respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, shuningdek davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi; - davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishishi talab etiladigan masalalarni ko‘rib chiqishni tashkil etadi; - hududiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtiradi va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holatini monitoring qiladi, shuningdek hududlarni rivojlantirishdagi tizimli muammolarni hal etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi; - respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarini qabul qiladi, ularni lozim darajada bajarmagan mansabdor shaxslarga nisbatan lavozimdan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy ta’sir choralarini qo‘llashni tashkil etadi, ushbu masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi; - davlat organlari uchun asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimining joriy etilishiga va amal qilishiga ko‘maklashadi; - belgilangan tartibda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarining huquqiy, moliyaviy, korrupsiyaga qarshi hamda boshqa turdagi ekspertizalarini tashkil etadi; - jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga kelib tushgan murojaatlariga oid masalalar bilan bog‘liq ishlarning, shuningdek davlat siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikri monitoringining amalga oshirilishini, aholi va tadbirkorlik subyektlarining dolzarb muammolari o‘rganilishini tashkil etadi; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga ko‘ra mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti manfaatlarini ifoda etadi, xalqaro muzokaralar va tadbirlarda ishtirok etadi; Administratsiyaning davlat organlari va tashkilotlari bilan bog‘liq faoliyatini tartibga solishga hamda bu borada ularning faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjat tusiga ega farmoyishlarni imzolaydi; - tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha hamda ushbu lavozimdagi rahbarlarni ozod etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslarini lavozimga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi, shuningdek davlat kadrlar siyosati amalga oshirilishini tashkil etadi; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan masalalar bo‘yicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartib asosida davlat organlari va tashkilotlarida komplayens nazorati xizmati tuzilmalarini, shuningdek ular rahbarlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari (maslahatchi) lavozimlarini joriy etadi va tugatadi; - Administratsiya majlislarida raislik qiladi, ularda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan topshiriqlarning bayonnomalarini imzolaydi; Administratsiyaning mansabdor shaxslarini, boshqaruv va xizmatchi xodimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy davlatlarga xizmat safarlariga yuboradi. Administratsiya Rahbari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Administratsiya Rahbari o‘ziga taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, takliflar tayyorlashda, Administratsiya Rahbarining topshiriqlari amalga oshirilishini tashkil etish va ijrosini nazorat qilib borishda, Administratsiya faoliyatining markazlashgan holda boshqarilishini ta’minlashda hamda boshqa vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashish uchun shartnoma asosida mustaqil maslahatchilarni jalb qilishi mumkin. @lazizhamidov

  • 14 авг.2 8762011

    “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 6-avgustda qabul qilingan. Senat tomonidan 2026-yil 7-avgustda ma’qullangan. Prezident 14-avgust kuni imzoladi. @lazizhamidov

  • 14 авг.3 372166

    Tadbirkorlar asosan elektr va gaz muammosidan qiynalmoqda Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda biznesning optimizm darajasi sezilarli darajada oshgan. So‘rovnomada ishtirok etgan tadbirkorlarning 64 foizi biznes yuritish sharoiti yaxshilanganini qayd etgan bo‘lsa, 82 foizi o‘rta muddatda iqtisodiyot rivojlanishiga ijobiy qaramoqda. Iqtisodiy faollik yuqori darajada saqlanib, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish ko‘rsatkichi 58 foizga, buyurtmalar hajmi esa 56 foizga o‘sgan. Ayniqsa, qurilish, turizm, ishlab chiqarish kabi sohalarda o‘sish va qo‘shimcha ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Biroq, ijobiy kutilmalarga qaramay, biznes to‘liq quvvatda ishlashini cheklayotgan jiddiy muammolar hamon saqlanib qolmoqda. Bularning eng asosiysi — gaz va elektr ta’minotidagi muntazam uzilishlardir (ayniqsa, Toshkentda bu muammo o‘tgan yilgiga nisbatan keskin oshgan). Shuningdek, talabning pastligi, yoqilg‘i narxlarining qimmatlashishi, logistika qiyinchiliklari va malakali ishchi kuchi yetishmovchiligi tadbirkorlikka to‘sqinlik qilmoqda. Bundan tashqari, aylanma mablag‘lar tanqisligi va qarz majburiyatlarining ortishi ko‘plab korxonalar uchun moliyaviy bosimni yuzaga keltirmoqda. @lazizhamidov

  • 14 авг.3 0085515

    Rahbarlarning atrofida olim insonlarning ko'p bo'lgani juda yaxshi. Agar u Navoiyni anglagan bo'lsa ikki hissa yaxshi. @lazizhamidov

  • 13 авг.3 680351

    Qolaversa, ularning 73 foizi majburiy ijrodagi byurokratik jarayonlar biznesga salbiy taʼsir koʻrsatayotganini bildirgan. @lazizhamidov

  • 13 авг.3 841243

    Tadbirkorlar prezident bilan bo'lib o'tadigan ochiq muloqotdan oldingi so'rovnomada elektr energiyasining tez-tez uzilishi, kuchlanish va bosimning pastligi, limit hamda tariflar bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilishgan. @lazizhamidov

  • 13 авг.3 8539

    без подписи

  • 13 авг.3 818519

    Men tushunmayapman, xo'p alifbomizni o'zgartirish shart ham deylik, lekin nega u bosqichma-bosqich? U bosqichlarning nihoyasi qachon? O'zbekiston lotin yozuviga o'tishni 1993-yilda boshlagan. O'tish muddati avval 2000-yil edi, keyin 2005-ga, keyin 2010-ga surildi. Natijada 33 yildan beri mamlakatda ikkita alifbo parallel yashayapti. Agar yangi o'zgarish ham "bosqichma-bosqich" noaniq muddatlar bilan ketsa, endi ikki emas, uchta alifbo parallel yashaydigan mamlakatga aylanamiz. Aylanyapmiz ham. Agar alifbo chinakamiga o'zgartirilar ekan, unda birinchi navbatda aniq va uzil-kesil yakuniy muddat bo'lishi kerak. Muddatsiz islohot islohot emas, cho'zilgan azob, savodsiz avlodlar degani. Ikkinchidan maktab darsliklari bosqichma-bosqich emas, sinxron almashtirilishi kerak, bola bir alifbodan boshqasiga sakrab yurmasligi lozim. Uchinchidan raqamli infratuzilma — klaviaturalar, shriftlar, avtomatik konvertorlar, davlat saytlari — qonun kuchga kirmasidan oldin tayyor bo'lishi kerak, keyin emas. Yana bir narsa: "O'" va "G'" harflaridagi apostrof real texnik nuqson. Bu ikki harfni tuzatish kerakligiga jiddiy e'tiroz bildirayotgan mutaxassisni men uchratmadim. Biroq, "Sh" va "Ch" masalasi biroz bahsli.

  • 13 авг.3 3911418

    "The Times of Central Asia" nashri Markaziy Osiyo mintaqasining asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlarini tahlil qilibdi. Unga ko'ra, mintaqaning umumiy yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 543 milliard dollarni tashkil etmoqda, ammo iqtisodiy quvvat va inson kapitali o'rtasida jiddiy tafovut mavjud. O'zbekiston mintaqa aholisining qariyb yarmini (44% yoki 37 mln kishi) tashkil qilsa-da, umumiy YaIMning 27.1% ini ($147 mlrd) shakllantirmoqda. Qozog'iston esa 25% aholi (21 mln) bilan mintaqa iqtisodiyotining yarmidan ko'pini — 56.4% ini ($306 mlrd) o'zida jamlagan. Bu farq sarmoyaviy jozibadorlik va tashqi savdoda ham yaqqol ko'zga tashlanadi. Mintaqaga kiritilgan jami 220.5 milliard dollarlik to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning mutlaq katta qismi (68.6% yoki $151.3 mlrd) Qozog'iston hissasiga to'g'ri keladi. Qiziq tomoni shundaki, sarmoya jalb qilish bo'yicha ikkinchi o'rinni Turkmaniston (20.2%) egallab turibdi. O'zbekistonning ulushi esa 7.6% ($16.7 mlrd) atrofida. Jami 139 milliard dollarlik mintaqa eksportining asosiy yuki ham xuddi shu yetakchilar zimmasida: Qozog'iston bu borada 66% ($92 mlrd), O'zbekiston esa 23% ($32 mlrd) ulushga ega. Makroiqtisodiy xavfsizlik yostiqchasi — tashqi qarzni o'z zaxiralari hisobidan qoplash imkoniyatlariga kelganda, davlatlarning holati barqaror baholangan. Xususan, Qozog'istonning umumiy zaxiralari ($129.3 mlrd) uning tashqi qarzidan ($34 mlrd) qariyb to'rt barobar ko'p. O'zbekistonda esa 66.3 milliard dollarlik zaxira tashqi qarzdan ($39.2 mlrd) 1.69 barobar ortiqligi qayd etilgan. 2025-yilgi prognozlarga ko'ra, davlat qarzining YaIMga nisbati Qirg'izistonda 36.0%, O'zbekistonda 28.6% va Qozog'istonda 24.6% darajasida shakllanadi. Mintaqa iqtisodiyotining yana bir e'tiborga molik jihati — uning tashqi omillarga tobelik darajasidir. 2024-yilgi ma'lumotlar shuni ko'rsatmoqdaki, mehnat migrantlarining pul o'tkazmalari Tojikiston YaIMining deyarli yarmini (47.2%) tashkil etib, davlat iqtisodiyoti aynan shu oqimga tayanib qolgan. Bu ko'rsatkich Qirg'izistonda 17.6% ni, O'zbekistonda esa 13.7% ni tashkil qiladi. Xalqaro tashkilotlarning beg'araz yordamiga qaramlik bo'yicha ham (Yalpi milliy daromadga nisbatan) Tojikiston (3.5%) va Qirg'iziston (2.9%) oldinda borayotgan bo'lsa, O'zbekistonda bu ko'rsatkich sezilarli darajada past — 1.1%. 2026-yilgi suveren kredit reytinglariga ko'ra, mintaqada investitsion darajadagi (BBB-) reytingga ega bo'lgan yagona mamlakat — Qozog'iston. O'zbekistonning pozitsiyasi "BB" darajasida qat'iy turgan bo'lsa, Turkmaniston (BB-), Qirg'iziston (B+) va Tojikiston (B) nisbatan yuqori xavfli qarz oluvchilar ro'yxatidan joy olgan. @lazizhamidov