tgindex
Bored Panda
@BoredPandablogInstagramузбекский

⛵️Digital Odyssey. Jasurbek Muad'Dibning jamiyat, siyosat va kino haqidagi fikrlari (+maishiy gaplar) Insta: instagram.com/jasurbek.bazarbaeff Tiktok: tiktok.com/@jasurbek.bazarbaeff hamkorlik: @boredpandauzbot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
39
Всего постов
94
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Instagram
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
1 975
−3 за 3 дн.
Сутки
+1
+0,05%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
436
40 постов
Вовлечённость
22,1%
к подписчикам
Постов в день
5,6
всего 94
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
404
1/48двое суток
462
1/72трое суток
499

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Afsuski, bugun ishdan chiqib borolmadim. Ammo yana tashkil qilinsa imkom topib boraman. Bundaychikin goʻzal gʻazal va she’riy kechalardan zavq olmoq kerak! Joy ham eski, tanish - endi yangi koʻrinishda.. @boredpandablog

  • Shu bratning kinolarini xronologik tomosha qilib kelayapman. Turishiga qarab “Panda brat endi Bollivudga oʻtib ketibdi” deb oʻylamanglar. Shyamalan – Gollivuddagi mashhur oldschool triller va ujastik suratga oladigan top rejissor bu. @boredpandablog

  • 14 авг.38414из Pandas_playlist

    @pandas_playlist

  • kanye west Olmaotaga kepti. 😎 Kutib olishdan rosa mazza qilayapti) @boredpandablog

  • kanye west Olmaotaga kepti. 😎 Kutib olishdan rosa mazza qilayapti) @boredpandablog

  • Shaharni bitta urinishda topingchi? @boredpandablog

  • #kinonews Djeff Snayder, Daniel Rixtman va yana bir necha insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, D23 tadbirining juma kungi ikki soatlik panelida (tadbirlarni Djinnifer Gudvin va Ke Xyui Kuan olib boradi) quyidagilar kutilmoqda: • «Simpsonlar kinoda 2» — Dana Uolden taqdim etadi; • «Malika kundaligi 3» — Enn Xetuey; • Pixar — Pit Dokter studiyaning bo‘lajak loyihalarini e’lon qiladi; • «Koko siri 2» — Bendjamin Brett; • Kingdom Hearts — Bendjamin Brett; • «Lilo va Stich 2» — Mayya Kealoxa; • «Persi Djekson va olimpiyachilar» (3-fasl) — Uoker Skobell, Ming-Na Ven va Andra Dey; • Camp Rock 3 — aka-uka Djonaslar, Lumi Pollak, Xadson Stoun, Malakai Barton va Liamani Segura; • «Muzlik davri» seriyasidagi yangi film — Kuin Latifa va Denis Liri; • «Romi va Mishel 2» — Liza Kudrou va Mira Sorvino; • Miss Piggi haqida film — miss Piggining o‘zi; • «Eng buyuk shoumen» — hozircha nomi ochiqlanmagan oltita aktyor; • «Rapunsel: Chigal tarix» o‘yinli remeyki — Ketrin Xan; • «Osvald» — Djon Favro va Ketrin Xan; • «Sher» (The Lion) — Djon Favro va Mayk Ganton; • «Gaston» — Glen Pauell Gaston rolida (prikvel-film); • VisionQuest — Pol Bettani va Djeyms Speyder; • «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» (Avengers: Doomsday) — Robert Dauni — kichik, Kris Evans va Xeyli Etvell; • «X-Odamlar» qayta yuklanishi (reboot) — Sedi Sink, Kit Konnor, Kristofer Ebbott (Professor X rolida) va hozircha nomi ochiqlanmagan yana ikki aktyor (ulardan biri Mister Sinisterni ijro etadi, mish-mishlarga ko‘ra bu Adam Drayverning roli bo‘lishi mumkin); • «Asoka» (2-fasl) — Rozario Douson, Deyv Filoni, Eman Esfandi va Xeyden Kristensen; • «Yulduzlar jangi: Yulduzli qiruvchi» (Starfighter) — Shon Levi va Rayan Gosling; • «Loy» (Clay) — yangi animatsion filmni Kiran Kalkin taqdim etadi; • «Sehrlanganlar» (Enchanted) — Xeyli Staynfeld, Djodi Foster va Uolton Goggins; • «Muzlagan qalb 3» (Frozen 3) — Idina Menzel, Kristen Bell va Djosh Ged. Jamoatchilikka Doomsday, Starfighter va VisionQuest treylerlari ochiq shaklda namoyish etiladi. @boredpandablog

  • ​#kinonews Bred Pitt kutilmaganda "anaqa kinolar" ko‘rmasligini tan oldi 62 yoshli aktyor birinchi marta hech qachon pornografiyani yoqtirmaganini oshkor qildi. Bred Pittning fikricha, kattalar uchun mo‘ljallangan filmlarda aktyorlar juda yomon o‘ynashadi. Jurnalistlar u bilan JCh-2026 vaqtida, televizorda o‘yin ketayotgan paytda suhbatlashishdi. Pitt simulyatsiyalardan (maydonda soxta yiqilishlardan) shikoyat qildi va futbolchilarga aktyorlik mahorati saboqlarini olishni maslahat berdi. «Simulyatsiya bo‘yicha mahorat darslarini ochishimga to‘g‘ri keladi, chunki bu yigitlarning o‘yini shunchaki dabdala. Men ko‘rgan eng yomon aktyorlik ijrosi shu. Bilaman, bu o‘yinning bir qismi, lekin padariga la’nat, ularga yordam xalaqit bermasdi. Neymarni olaylik: oshirib yubormaslikni va hammasi tabiiy ko‘rinishi uchun nega tez-tez simulyatsiya qilmaslik kerakligini tushuntirib beraman». Shu joyida Bred biroz to‘xtalib, o‘yga toldi va beqiyos darajada bekorchi (iste’sodsiz) aktyorlik o‘yini uchun tanqid qilinadigan yana bir sohani esladi. «Bu hamma ko‘nikib ketgan, lekin hech kimga yoqmaydigan narsalardan biri. Xuddi 40-yillardagi aktrisalar har qadamda hushidan ketadigan aktyorlik uslubiga o‘xshaydi. Rostini aytsam, yomon aktyorlik o‘yini meni jinni qiladi. Mana shuning uchun ham men porno ko‘rmayman!» @boredpandablog

  • Timsohning ko'z yoshlari...😏😎 @boredpandablog

  • #kinonews “Maxfiy materiallar: Ishonmoqchiman” filmining rejissyorlik talqini 18 yildan so‘ng Hulu platformasida namoyish etildi. Film doktor Frankenshteyn haqidagi hikoyaning zamonaviy talqinidir. Yangi talqinga PG-13 reytingi sababli avval olib tashlangan qo‘rqinchli unsurlar ko‘proq qo‘shilgan. Kris Karterning Vrach Frankenshteyn (“Doktor Frankenshteyn”) nomi ostidagi kartinasi asl nusxadan yetti daqiqaga qisqaroq chiqqan. @boredpandablog

  • 14 авг.34763из insusambil

    ⚡️ “Taxtlar o‘yini” olamiga asoslangan real vaqtdagi strategiyaning yangi tizeri chiqdi. Geympley namoyishi 25-avgust kuni Gamescom doirasida bo‘lib o‘tadi. @insusambil

  • #kinonews 20-avgust kuni Kris Evans, Anya Teylor-Jey, Vensan Kassel, Salma Hayek va Jon Malkovich ishtirokidagi “Taqdir qurboni” nomli qora hajviya katta ekranlarga chiqadi. Syujetga ko‘ra, Gretsiyadagi go‘zal xayriya tadbiri falokat bilan yakunlanadi: bir guruh eko-faollar dunyoni qutqarish uchun uch nafar mashhur shaxsni vulqonga qurbon qilishga qaror qiladi. Filmni Romen Gavras suratga olgan. Hammasi shu qadar chiroyli ko‘rinadiki, hatto mashhurlarning ovi ham orzudagi ta’tilni eslatib yuboradi. Aktyorlar safida Yung Lean va Charli XCX ham bor. @boredpandablog

  • #premyera Paramount+ “Gangsterlend” serialining ikkinchi mavsumi uchun to‘liq treylerni namoyish etdi. “Gangsterlend” Londondagi ikki qudratli jinoiy oila va ularning Tom Hardi ijro etgan “muammolarni hal qiluvchisi”ga bag‘ishlangan. Premyera 18-sentyabrda bo‘lib o‘tadi. @boredpandablog

  • ☄️ “Ajdar Xonadoni” seriali uchinchi mavsumining final qismini ko‘rib bo‘ldingiz degan umiddaman. Xo‘sh, yaqin kelajakda Martin yaratgan muhtasham olam bo‘yicha bizni yana qanday loyihalar kutmoqda: • “Yetti qirollik ritsari” serialining 2-mavsumi 2027-yil boshida namoyish etiladi • “Ajdar Xonadoni” serialining 4-mavsumi 2028-yil o‘rtalarida chiqishi kutilmoqda • “Eygon istilosi” nomli to‘liq metrajli film esa taxminan 2027-yildan so‘ng, kinoteatrlarda namoyish etiladi Kutamiz, saqlab qo‘yamiz, Devordan uzoqroq yuramiz! ❤️ @insusambil

  • #kinonews «I Want Your Sex» filmi 1-sentabrda raqamli platformalarda chiqadi When to Stream xabariga ko‘ra, Oliviya Uayd va Kuper Xoffman bosh rollarni ijro etgan «I Want Your Sex» filmi 1-sentabr kuni «raqamli» formatda namoyish etiladi. Gregg Araki qalamiga mansub ushbu erotik triller kinotanqidchilar tomonidan iliq kutib olindi, biroq tomoshabinlar unga o‘rtacha baho berishdi: Rotten Tomatoes saytida film tanqidchilarning 91% va tomoshabinlarning 65% ijobiy bahosini to‘plagan. @boredpandablog

  • #news «LESTER» sotuvga qo'yilibdi. 2010-yilda Srivaddhanaprabha oilasi klubni 35 million funtga sotib olgan edi. 🔽 Ushbu mavsumni «tulkilar» Angliyaning kuch jihatidan uchinchi divizionida (League One) boshlashadi. "tulkilar"ga qiyin bo'lyapti bu davr.. @boredpandablog

  • #kinonews Warner Bros. «Barbi» filmining davomini hech tasdiqlay olmayapti Variety nashri katta hajmli maqola e'lon qildi, undagi asosiy tezislar: — So'nggi uch yil ichida Warner Bros. Greta Gervig, Margo Robbi va jamoaning boshqa a'zolariga «Barbi 2»ni suratga olish bo'yicha oltitadan ortiq turli xil taklif kiritdi, biroq ularning barchasi rad etildi. — Oxirgi bitim shu yil bahorda muhokama qilingan bo'lib, u Warner Bros. tarixida suratga olish guruhi va aktyorlarga taklif qilingan eng yirik gonorarni nazarda tutgan. Manbalardan biri bu miqdorni «hayotni o'zgartirib yuboradigan pul» deb atagan. — Robbi, Gervig, Rayan Gosling va Noa Baumbaxning yangi moliyaviy talablari boshlang'ich gonorarlarning oshirilishi hamda kassa tushumidan olinadigan ulushning sezilarli darajada ko'payishini o'z ichiga oladi. Ma'lumotlarga ko'ra, Gosling Ken rolini qayta o'ynash evaziga 20 million dollar talab qilmoqda. Shu bilan birga, jamoa «first-dollar gross»ni, ya'ni studiya filmga sarflangan mablag'ni qoplab olmasdan turib kassa tushumidan haq olishni talab qilmayapti. — Agar taraflar kelisha olmasa, huquqlar Mattel kompaniyasiga qaytadi. Kompaniya kinofranshizani qayta ishga tushirishi mumkin, biroq Greta Gervig filmidagi g'oyalardan foydalana olmaydi. — Ko'plab yuqori martabali insayderlar vaziyatning tashqi ko'rinishidan g'azablanmoqda: Paramount kompaniyasi Warner Bros.ni sotib olish bitimini tasdiqlasa, yuzlab million dollar ishlab topishi mumkin bo'lgan Devid Zaslav gonorarlar borasidagi kelishmovchiliklar sababli milliardlab dollarlik kassa yig'imiga erishishi mumkin bo'lgan potensial davom filmni aslida bloklab qo'ymoqda. — Warner Bros.dagi «Barbi» taqdiri Devid Ellison tufayli kutilmagan tarzda hal bo'lishi mumkin — agar u studiyani sotib olish bitimini yakunlasa. U Mattel huquqlarini qayta faollashtirib, ijodiy jamoani muzokara stoliga qaytarishi mumkin. Variety'ning manbasi shunday deydi: «Ishonchim komilki, bu uning birinchi bitimi bo'ladi». @boredpandablog

  • https://t.me/the_bakiroo/13051 Aholini ba'zi qatlamiga "Yoqadigan populistik" va maniulyatsion post qanday bo'ladi deb so'rashsa, men ekspert sifatida shuni ko'rsatgan bo'lardim. Bakiroo hali hamma o'z viloyatida ishlasin deyishi ham mumkin. Toshkent istaymizmi…

  • Tezlikni kamaytirish boʻyicha men koʻrgan eng kreativ anti-reklama🤣🤣 @boredpandablog

  • Avgust Bu jazirama goʻzal va salqin oʻtgan Iyun uchun badal boʻlsa kerak. @boredpandablog

Bored Panda — tgindex