START-UP STUDIO 🇺🇿
СтатистикаUniver Startap studio - O'zbekiston Startap ekotizimining faol ishtirokchisi. 2020-yildan buyon mavjud. ✍️ Murojaat uchun: @startapstudio Oldingi faoliyatimiz: @biznesinkubatoruz
- Последний пост
- 31 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 39
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 32
- 1/48двое суток
- 36
- 1/72трое суток
- 39
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🥇 Dasturlar bilan tanishing. President Tech Award | Incubation Program G‘oyangizni haqiqiy startupga aylantirishga tayyormisiz? 🔎 Incubation Program — MVP yoki dastlabki prototipga ega bo‘lgan, mahsulotini rivojlantirish va keyingi o‘sish bosqichiga chiqishni istayotgan startup jamoalari uchun. Kimlar uchun? MVP yoki dastlabki prototipga ega bo‘lgan, mahsulotini rivojlantirish va birinchi yirik bosqichga chiqishni istayotgan early-stage startup jamoalari uchun. Nimalarga ega bo‘lasiz? 🔹 Workshop va amaliy sessiyalar 🔹 Mahsulot va biznesni rivojlantirish bo‘yicha ekspert yordami 🔹 Demo Day'da startapni taqdim etish imkoniyati 🏆 Eng yaxshi 25 ta startup $40,000 grant sohibiga aylanadi! 💬 Format: Online + Offline 📁 Arizalar qabuli: 1-iyul – 10-avgust 🔗 Ro'yxatdan o'ting Keyingi katta startup aynan sizniki bo‘lishi mumkin! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🏆 President Tech Award 2026 uchun ro‘yxatdan o‘ting! O‘zbekistonning eng istiqbolli startaplari uchun navbatdagi cheksiz imkoniyatlar eshigi ochildi. 🚀 Umumiy mukofot jamg‘armasi — $5 million. Tanlov inkubatsiya, akseleratsiya va eng yaxshi startap loyihalari yo‘nalishlarini qamrab olib, g‘oliblarga grantlar, investitsiyalar hamda tajribali mentorlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Ishtirokchilar quyidagi dasturlarda qatnashishlari mumkin: 🔹 Inkubatsiya (Idea va MVP) 🔹 Akseleratsiya (Pre-seed va Seed ) 🔹 Best Startup Project (Seed va Series A) Ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha cheklov yo‘q. 📌 Arizalar qabuli: Inkubatsiya dasturi - 10 Avgust Akseleratsiya dasturi - 10 Avgust Best Startup Project - 31 Avgust Arizangizni hoziroq awards.gov.uz orqali topshiring va keyingi muvaffaqiyat hikoyasining bir qismiga aylaning. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🎉 UzCombinator 45 kunlik Akseleratsiya dasturining 2-mavsumi rasman ochildi! Kutganmidingiz? Endi startapingizni haqiqiy daromadli kompaniyaga aylantirish vaqti keldi! 🚀 Ammo keling, dastlab sizni 1-mavsumdagi ajoyib natijalarimiz bilan tanishtiraylik: 📊 1453 ta arizadan 31 ta founder akseleratsiyaga qabul qilindi 🧠 435 ta eksklyuziv sessiyalar o'tkazildi 💰 Demo Day'da jami $975,000 investitsiya jamlandi 🔥 Endi esa sizni 2-mavsumda nimalar kutmoqda? 💡 45 kun davomida mutlaqo bepul startap ilmini olish 💻 Barcha kerakli va zamonaviy texnikalarga ega qulay ofis 🤝 Startapingizni qurishingizda yonma-yon turib, individual yordam berish 💵 $1000 stipendiya 💸 Demo Day'da $1,000,000 gacha investitsiya olish! ⚠️ Ariza topshirish uchun oxirgi muddat: 20-iyul! ⚠️ Nafaqat startapingizni, balki butun hayotingiz yo'nalishini 180°C ga burib yuboradigan bunday ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang. 👇 Hoziroq quyidagi havola orqali o'z arizangizni topshiring: https://uzcombinator.uz/apply @startap_studio
🏆 President Tech Award 2026 uchun ro‘yxatdan o‘ting! O‘zbekistonning eng istiqbolli startaplari uchun navbatdagi cheksiz imkoniyatlar eshigi ochildi. 🚀 Umumiy mukofot jamg‘armasi — $5 million. Tanlov inkubatsiya, akseleratsiya va eng yaxshi startap loyihalari yo‘nalishlarini qamrab olib, g‘oliblarga grantlar, investitsiyalar hamda tajribali mentorlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Ishtirokchilar quyidagi dasturlarda qatnashishlari mumkin: 🔹 Inkubatsiya (Idea va MVP) 🔹 Akseleratsiya (Pre-seed va Seed ) 🔹 Best Startup Project (Seed va Series A) ✅ Tez orada har bir dasturni birma bir ko'rib chiqamiz. Ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha cheklov yo‘q. 📌 Arizalar qabuli: Inkubatsiya dasturi - 10 Avgust Akseleratsiya dasturi - 10 Avgust Best Startup Project - 31 Avgust Arizangizni hoziroq awards.gov.uz orqali topshiring va keyingi muvaffaqiyat hikoyasining bir qismiga aylaning. @startap_studio
📢 Imkon VC Crowdfunding platformasi rasman ishga tushganini e’lon qilamiz. Platforma orqali investorlar istiqbolli startup loyihalarga investitsiya kiritishlari, startup asoschilari esa o‘z loyihalarini rivojlantirish uchun mablag‘ jalb qilishlari mumkin. Maqsadimiz — O‘zbekistonda startup va investitsiya ekotizimini yanada rivojlantirish hamda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash. 🚀 Kelajak kompaniyalariga bugundan investitsiya qiling. Invest qilish uchun: imkon.vc
Toshkentga kelganimdan foydalanib, founderlar uchun foydali tadbir o’tkazaylik degan niyat paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, bir nechta tanishlarimiz o‘z startaplarini pitch qilishni xohlashayotgan edi. Shularni inobatga olib, kelgusi payshanba kuni IMPACT.T Hub’da uchrashamiz. Tadbir davomida 10 ta startap o‘z loyihasini pitch qilishi mumkin. Bir necha investor do’stlarimizni ham taklif qilamiz. Yozilishga ulguring, joylar soni chegaralangan. Bu sahifada registratsiyadan o’ting pizzapitch.uz Eshitish uchun asoschi bo’lish shart emas. Qatnashish va eshitish bepul. @paiziev24
🇺🇿 O‘zbekiston bo‘ylab 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturi davom etmoqda IT Park Uzbekistan yoshlarga, talabalarga va startap g‘oya egalariga mo‘ljallangan 1 oylik Inkubatsiya dasturini davom ettirmoqda. Dasturning navbatdagi qismi quyidagi hududlarda amalga oshiriladi: 🟢Andijon viloyati 🟢Namangan viloyati 🟢Farg‘ona viloyati 🟢Jizzax viloyati 🟢Sirdaryo viloyati 🟢Toshkent viloyati 🟢Toshkent shahri Kimlar qatnashishi mumkin? — Oliy ta’lim muassasalari talabalari — IT o‘quv markazi tinglovchilari — IT kompaniyalari mutaxassislari — Startap g‘oyasiga ega barcha yoshlar Yo‘nalishlar cheklanmagan — istalgan sohada startap g‘oya bilan qatnashish mumkin. Dastur oflayn va onlayn formatlarda tashkil etiladi. Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda? ✔️ Lean Startup metodologiyasi asosida intensiv darslar ✔️ Mentorlar va ekspertlar bilan amaliy mashg‘ulotlar ✔️ Mahorat darslari ✔️ Jamoa bo‘lib ish yuritish ✔️ MVP yaratish bo‘yicha amaliy jarayonlar ✔️ Startapni venchur jamg‘armalar va investorlar oldida taqdim etish 🔜 Arizalar qabuli: 15–25-may 👉 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish @Startap_Studio
🚀 Startap sohasiga qiziquvchilar uchun ajoyib imkoniyat! Startap g‘oyangiz bormi yoki uni keyingi bosqichga olib chiqmoqchimisiz? Sizni 2 oylik “Startup Accelerator” dasturiga taklif qilamiz. Dastur davomida siz: - Startap g‘oyangizni noldan boshlab rivojlantirasiz; - Jamoada ishlashni va startap qurishni o‘rganasiz; - Tajribali mentorlar va startap mutaxassislari bilan ishlaysiz; - Loyihangizni haqiqiy biznes-modelga aylantirasiz; - Va albatta, “Demo Day”da o‘z loyihangizni katta sahnada investorlarga taqdim etasiz! G‘oya bosqichidan tortib, MVP’ga ega yoki mavjud startaplargacha — har qanday bosqichdagi jamoalar ariza topshirishi mumkin. ⚠️ Joylar soni cheklangan! 📆 Ariza topshirish uchun dedlayn: 10-aprel 🚀 Ariza topshirish @Startap_Studio
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🤔Oddiy g‘oya qanday qilib startapga aylanadi? 💡Har qanday startap kichik bir g‘oyadan paydo bo’ladi. Ammo haqiqiy jarayon shundan keyin boshlanadi: ➡️muammoni tushunish ➡️yechim topish ➡️mahsulotni sinab ko‘rish ➡️foydalanuvchilar uchun haqiqiy qiymat yaratish 🔥Startap — bu shunchaki g‘oya emas, balki muammoning yechimidir. 🚀@Startap_Studio
#tanlov #startup 📣TDIU Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi ILHOM FEST-2026 start-up loyihalar tanlovini e'lon qiladi! 🚀Eslatib oʻtamiz, tanlovda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavr va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin. 📆 Nomzod loyihalar belgilangan namuna asosida 2026-yil 10-aprelga qadar qabul qilinadi. ✅ Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lgan talabgorlar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari lozim. 💰Tanlovda g’olib deb topilgan loyihalar Innovatsion jamg’arma tomonidan moliyalashtiriladi! Nizom Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi 🔎Bizni kuzatib boring...
🚀DIQQAT, STARTAPCHILAR! Ekotizimda yirik o‘zgarishlar va muhim ochiq muloqot! ⚡️Ertaga, 7-mart kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida startap ekotizimini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan startaperlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda 20 dan ortiq vazirlik, idora va tashkilotlar, banklar hamda 10 ga yaqin nufuzli venchur jamg‘armalari mas’ullari aynan sizni eshitish, muammolaringizga yechim topish va dadil tashabbuslaringizni qo‘llab-quvvatlash uchun bir joyda jam bo‘ladi! Muloqot davomida: ⚫️Davlatimiz rahbarining 59-sonli qarori muhokamasi va uning doirasida yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar taqdimoti; ⚫️Startapchilar bilan ochiq muloqot: ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha sizning shaxsiy taklif va tashabbuslaringiz muhokamasi; ⚫️Davlat idoralari va venchur fondlari rahbarlari bilan yuzma-yuz muzokaralar hamda loyihalarga sarmoya jalb etishning yangi mexanizmlari. Agar sizda istiqbolli startap loyiha, sohani rivojlantirish bo‘yicha taklif yoki oldinga siljishingizga xalaqit berayotgan qandaydir to‘siqlar bo‘lsa — bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Keling, startap ekotizimi kelajagini birgalikda quramiz! 📍Manzil: Toshkent shahri, “Yoshlar ijod saroyi” ⏰Vaqti: 7-mart, soat 10:00 @Startap_Studio
😍Aziz tadbirkor ayollarimiz, yangi bosqichga chiqish vaqti keldi. 👌Agar siz biznesingizni katta ambitsiyalar bilan qurayotgan bo‘lsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun. Loyihangizni tajribali tadbirkorlar va investorlar oldida taqdim eting, professional baho oling va biznesingizni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ling. 🎙Sizni nimalar kutmoqda? - Loyihangizni 5 daqiqada taqdim etish - Mutaxassislardan fikr-mulohaza olish - Sovg‘alar va loyihangizni rivojlantirish uchun qo‘llab-quvvatlash - Bir fikrli insonlar va sohaga oid ekspertlar bilan aloqa o‘rnatish 🚀 Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi: 💻 Onlayn bosqich: 60 ta loyiha onlayn formatda ko‘rib chiqiladi. 6 nafar hakamlar hay’ati 20 tadan loyihani baholab, final bosqichiga eng kuchli ishtirokchilarni saralab oladi. Bu haqida batafsil ma’lumotni keyingi postda ulashamiz. 🏆 Oflayn final: Eng yaxshi jamoalar o‘z yechimlarini ekspertlar hay’ati oldida jonli tarzda taqdim etadilar. 🌍 Eng muhimi — 5 nafar g‘oliba Ispaniyaga safar doirasida Yevropa startap ekotizimiga chuqurroq kirib borish uchun noyob imkoniyatni qo‘lga kiritadi. 📌 Muhim: Safar uchun Shengen vizasini rasmiylashtirish g‘olibalar tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. ⏰ Ariza topshirish uchun oxirgi muddat: 7-mart, soat 18:00 📆 Tadbir sanasi: 14-mart, soat 15:00 📍Manzil: C-Space Yunusobod 🚀 Ariza yuborish: https://pizzapitch.uz/ PizzaPitch Women dasturi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMTTDning “ Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. @Startap_Studio
#startaperlar_tavsiyasi 🚀 Ko‘pchilik startaplarni bozor emas, balki founderlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sindiradi. G‘oya qanchalik kuchli bo‘lmasin, jamoa ichidagi ishonchsizlik, noaniq rollar va kelishilmagan qoidalar loyihani izdan chiqarishi mumkin. ✅ Shu bois quyidagi masalalarni albatta oldindan tartibga soling va ularga qat’iy amal qilishni odat qiling. Bu nafaqat startapingizni himoya qiladi, balki uni barqaror o‘sish sari olib boradi. ➡️ Avval kelishib oling Vazifalar va javobgarlik doirasini boshidanoq ravshan qilib qo‘ying - og‘zaki kelishuv yetarli emas, kelishuvlarni yozma shaklda tasdiqlang. ➡️ Huquqiy shaklni to‘g‘ri tanlang Biznes modeli va kelajakdagi o‘sishga mos shaklni tanlash muhim. ➡️ Kompaniya ichki tartibini aniq shakllantiring Aksiyalar (ulushlar), qaror qabul qilish tartibi va exit mexanizmini yozma tarzda mustahkamlang. 💡 Katta maqsadlar kuchli tartibni talab qiladi. @Startap_Studio
Joriy yildan “Kelajak tadbirkori” dasturi ishga tushiriladi va yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatgacha 15 foizli kredit ajratish boshlanadi. Xususan, o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga garovsiz 20 million so‘mgacha, tadbirkorlik ko‘nikmasiga ega bo‘lib, o‘z biznesini boshlayotganlarga 300 million so‘mgacha, faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga 2 milliard so‘mgacha, kamida 5 ta bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga esa 10 milliard so‘mgacha kredit beriladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda “Mening birinchi kasbim” dasturini boshlash topshirildi. Bunda stajirovka dasturi asosida oliygoh bitiruvchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazib, ularga oyiga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi. Tadbirkorlikni endi boshlayotgan yoshlarning 30 foizi biznes ko‘nikmasi yetishmagani uchun qiyinchilikka uchrayotgani qayd etildi. Shu bois, har bir hududda tadbirkorlikka o‘qitish, g‘oyani biznesga aylantirish, buxgalteriya, bank, marketing, ichki va tashqi bozorlarga chiqish bilan bog‘liq kompleks xizmatlarni ko‘rsatadigan “Yoshlar biznes inkubatori” ishga tushiriladi. Mutasaddilarga yoshlar uchun qulay joylarni belgilab, bu yil Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent shahrida, kelgusi yilda qolgan hududlarda bunday markazlarni tashkil qilish topshirildi. Facebook|Instagram|X
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "Startaplarni qo'llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorga imzo chekdi! ✅Qarorga muvofiq startap g‘oyani shakllantirish, loyihani ishlab chiqish, ishga tushirish hamda…